8- mavzu: Traheyya bilan nafas oluvchilar kenja tipi harakteristikasi va klasifikatsiyasi. Traheyya bilan nafas oluvchilar kenja tipida hashorotlar sinfining vakillarini qishloq ho’jaligidagi va halq ho’jaligidagi hamda meditsinada tutgan


Pauropodalar (Pauropoda) kenja sinfi



Download 2,54 Mb.
bet4/8
Sana23.07.2022
Hajmi2,54 Mb.
#840678
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8-maruza. Traheyya bilan nafas oluvchilar kenja tipi harakteristikasi va klasifikatsiyasi.

Pauropodalar (Pauropoda) kenja sinfi. Pauropodalar juda mayda (1-2 mm), keng tarqalgan ko`poyoqlilar (qarang: 146-rasm). Chiriyotgan o`simlik qoldiqlari va tuproqning ustki qatlamida shuningdek, to`kilgan barglar ostida uchraydi. Boshqa ko`poyoqlilardan bo`g`imlarining kamligi (7-10 ta) hamda ikkala mo`ylovlarining ham ikki shoxli bo`lishi bilan farq qiladi. Tundra va sahro mintaqalaridan boshqa hamma yerda tarqalgan.
Ikki juftoyoqiilar (Diplopoda) kenja sinfi. Har bir tana bo`g`imida ikki juftdan yurish oyoqlarining bo`lishi tufayli bu hayvonlar ikki juftoyoq­iilar nomini olgan. Ularning bu xususiyati tana segmentlarining juft-juft bo`lib qo`shilishi bilan bog`liq. Boshida bir juft kalta mo`ylovlari, ikki juft jag`lari va ko`zlari joylashgan. Boshidan keyingi bo`yin bo`g `imida va oxirgi 1 -3 ta bo`g`imlarida oyoqlar bo`lmaydi.


Nazorat uchun savollar:
1. Traxeyalilar kenja tipi xarekteriskasi?
2. Ko`poyoqlilar sinfining o`ziga xos tomonlari?
3. Ko`poyoqlilarning tuzilishini ayting?
4. Ko`poyoqlilarning turkumlari?
Ko`poyoqlilarning tshqi tuzilishi Ichki tuzilishi



Skolopendra


Laboyoq paximer

Hasharotlarning tanasi bosh, ko`krak va qorin bo`limlaridan tashkil topgan. Boshi akron va 4 bo`g`imdan, ko`kragi 3 bo`g`imdan, qorin bo`limi 6-11 bo`g`im va telsondan iborat.


Bosh qismining bo`g`imlari birga qo`shilib ketgan bo`lib, umumiy xitin kutikula bilan qoplangan. Boshi harakatchan, ko`krakdan ingichka buyin orqali aniq ajralib turadi. Boshining oldingi uchi ostki tomonida og`zi joy­lashgan. Boshining ikki yonida bir juft murakkab ko`zlari, ul­arning o`rtasida ba`zan bir necha mayda oddiy ko`zchalar yalcka-yakka bo`lib joylashgan. Boshida 4 juft o`simtalari bo`ladi. Ulardan birinchisi antennalar, ya`ni mo`ylovlar akron bilan bog`liq. Mo`ylovlar xilma-xil tuz­ilgan, shakliga ko`ra qilsimon, ipsimon, arrasimon, taroqsimon, patsimon, tizzasimon, to`g`nog`ichsimon bo`ladi. Birinchi tana bo`g`imi (interkalyar bo`g`im) hasharotlarda to`liq reduksiyaga uchragan. Qolgan uch juft o`simtalar esa 2, 3, 4-tana bo`g`imlariga tegishli. Bu o`simtalar og`iz teshigi atrofida joylashib, og`iz apparatini hosil qiladi.
Hasharotlarning og`iz organlari oziq xili va oziqlanish usuliga muvofiq har xil tuzilgan. Ko`pincha hasharotlar lichinkasi va voyaga yetgan davrida turlicha oziqlanganligi sababli ularning og`iz organlari ham har xil tuzilgan bo`lishi mumkin Og`iz organlarining kemiruvchi, keimiruvchi- so`ruvchi, so`ruvchi, sanchib so`ruvchi, yalovchi va boshqa хillari mavjud. Og`iz organlarining tuzilishi va ishlashi o`rtasida umumiy o`xshashlik bor. Shuning uchun og`iz organlarining barcha ma`lum xillari sodda tuzilgan yagona og`iz organidan kelib chiqqan deyish mumkin.
Suvaraklar, chigirtkalar, qo`ng`izlar, kapalaklaming qurtlari va boshqa hasharotlar uchun xos bo`lgan kemiruvchi og`iz organ eng qadimiy, ya`ni birlamchi hisoblanadi. Chunki quruqlikda paydo bo`lgan qadimgi hasharotlar dastlab birmuncha qattiq organik qoldiqlar — detritlar bilan oziqlangan; keyinchalik ular yirtqichlik va o`simlik to`qimalari bilan oziqlan- ishga o`tishgan. Buning uchun oziqni ushlab turish va uni kemirish zarur bo`lgan. Suyuq oziq (qon, o`simlik nektari va shirasi, chiriyotgan suyuq organik qoldiqlar) bilan oziqlanish butunlay boshqa tipdagi og`iz organ- larining kelib chiqishiga olib kelgan. Kemiruvchi og `iz organining barcha qismlari to`liq bo`lishi, ko`poyoqlilar og`iz apparati bilan o`xshashligi va nihoyat hamma hasharotlar lichinkalari uchun xos ekanligi uning kelib chiqishi birlamchi ekanligidan dalolat beradi. Kemiruvchi og`iz organiga misol qilib suvarakning og`iz organini ko`rsatish mumkin. Suvarak og`iz teshigini old tomondan xitin qoplag `ichdan hosil bo `lgan yagona ustki lab plastinkasi yopib turadi.
Kapalaklarning so`ruvchi og`iz organi - hartumi ham suyuq nektar bilan oziqlanishga moslashgan, lekin kemiruvchi-so`ruvchi og`iz organiga nisbatan kuchli o`zgargan. Bu tipdagi og`iz organida yuqori lab, yuqori jag`lar va pastki lab (2-maksillaIar) redukdiyaga uchragan. Pastki lab faqat plastinkadan iborat bo`lib, unda uch bo`g`imli pastki lab paypaslagichiari joylashgan.
Chivinlar va qandalalarning og`iz qismlari hayvonlar terisini yoki o`simlik po`stini teshib, qonni yoki o`simlik shirasini so`rishga moslash­gan sanchib so`ruvchi apparatga aylangan. Chivinlarning pastki lablari uzun tarnovchaga aylangan. Uning ustini xuddi shunga o`xshash ustki lab yopibolishi tufayli naysimon g`ilof hosil bo`ladi. Bu g`ilof ichida ustki va pastki jag`lar hamda gipofarinks hisobidan hosil bo`lgan 5 ta o`tkir qillar joylashgan. Hasharot oziq so`rayotganida qillar g`ilofdan chiqarilib, o`simlik yoki hayvon tanasiga sanchiladi; suyuq oziq g`ilof nayi orqali so`rib olinadi.
Yalovchi tipdagi og`iz organi suyuq oziqni yalab olishga moslashgan bo`lib, pashshalardarivojlangan. Yalovchi og`iz organidafaqat pastki lablar yaxshi rivojlanib, filtrlovchi apparatga ega bo`lgan plastinkasi- mon ikkita o`simtani hosil qilgan. Yuqori lab va gipofarinks pastki labning oldingi devori bilan birga naychani hosil qiladi.
Ko`krak oyoqlar ham bo`g`imlarga bo`lingan bo`lib, asosiy bo`g`imi chanoq, undan keyingi kalta bo`g`imi o`ynog`ich, yo`g `on va yirik bo`g `imi son; ingichka va uzun bo`g`imi boldir, oxirgi bo`g`imi panja deyiladi. Panjalar ham 5 tagacha mayda bo`g`imlardan iborat. Panjalar ikki yoki ba`zan bitta rirnoq bilan tugaydi. Harakadanish usuli va yashash muhiti ta`sirida oyoqlar turli darajada o`zgarishga uchraydi. Yuqorida keltirilgan tavsif yuguruvchi tipdagi oyoqlarga tegishli. Suvaraklar, qo`ng`izlar, qandalalar, pardaqan- otlilar, kapalaklar, chumolilar va boshqa juda ko`pchilik hasharotlarning oyoqlari xuddi shunday tuzilgan.

Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish