8-mavzu: Buxoro vohasi shaharlari. Reja



Download 33,3 Kb.
bet1/7
Sana30.03.2022
Hajmi33,3 Kb.
#519654
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
8-mavzu Buxoro vohasi shaharlari


8-mavzu: Buxoro vohasi shaharlari.
Reja:

  1. Buxoro shahri haqida umumiy ma’lumot.

  2. Buxoro ilk o‘rta asrlar davrida.

  3. Varaxsha, Romitan, Vobkent, Poykand – savdo shahar-davlati.

Asosiy qism:
Buxoro shahri haqida umumiy ma’lumot. Buxoro Markaziy Osiyoning eng ko‘hna shaharlaridan biridir. O‘zbekistonning janubiy-g‘arbida, Zarafshon daryosi quyi oqimida joylashgan. Bugungi kunda dunyodagi ming-minglab sayyohlarning e’tiborini o‘ziga jalb etayotgan Sharqning ana shu afsonaviy shahrida saqlanib qolgan me’moriy obidalarning aksari qismi olis moziyning bizga nisbatan yaqinroq bosqichi – uyg‘onish davrida bunyod etilgan. Lekin O‘zbekiston Fanlar akademiyasi olimlari olib borgan me’morlik qazilmalaridan ma’lum bo‘ldiki, bu obidalarning ostida “madaniy cho‘kindilar”ning boy qatlamlari uning qadimgi tarixidan darak beradi. Madaniy qatlamlar bir paytlar er yuzidan yo‘qolib ketib, keyin o‘zining qonuniy o‘rnida qayta bino bo‘lgan manzilgohlarning qoldiqlaridir. Bu shahar bo‘sh joylar hisobiga kengaygan emas. Aksincha, hamma vakt sobit qolib yuksalib borgani aniq.
Arxeologik tadqiqotlar. Buxoro shahrini arxeologik jihatdan faol o‘rganish ishlari 70-80-yillarga to‘g‘ri keladi. O‘zbekiston FA Arxeologiya institutitining maxsus arxeologik jamoasi (A. R. Muhammadjonov, I. Ahrorov, J. Mirzaahmedov, SH. Odilov) va O‘zbekiston Madaniyat vazirligining Me’moriy yodgorliklarni ta’mirlash va asrash in-ti otryadi (E. G. Nekrasova boshchiligida) tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida hozirgi Buxuro viloyati hududida miloddan avvalgi IV–III ming yilliklardayoq ovchilik va baliqchilik bilan shug‘ullangan, toshdan turli qurol va buyumlar yasash mahoratlari yuksak darajaga etgan neolit davriga mansub qabilalar yashagani aniqlandi. Milolddan avvalgi II ming yillikning 2-yarmida Zarafshon daryosi o‘zaniga yaqin erlarga, ayniqsa uning qad. Tarmoqlari (Vobkentdaryo, Mohondaryo, Gujayli va boshqalar) havzalariga chorvadordehqon qabilalar kelib joylashib, ular botqoq erlarda dehqonchilik qilish bilan birga yaylovlarda chorvachilik bilan ham mashg‘ul bo‘lganlar. Arxeologlar Qorako‘l tumanidagi Zamonbobo degan joydan mazkur qabilalar manzilgohlaridan birining qoldiqlarini topib o‘rgandilar. Shu bois bu madaniyat fanda Zamonbobo madaniyati deb ataldi. Miloddan avvalgi I ming yillikda Buxoro vohasida astasekin sun’iy sug‘orish tarmoqlari va mustahkamlangan qishloqlar vujudga kela boshlaydi. Zarafshon daryosining kad. Tarmog‘i — SHoxrud bo‘ylaridagi dastlabki qishloqlarning, jumladan hozirgi Buxoro shahri o‘rnida bo‘lgan qishloqning barpo bo‘lishi aynan ana shu davrga to‘g‘ri keladi. 70 yillarda Buxoroning eski shahar qismida olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida Buxoroni arxeologik jihatdan o‘rganish tarixida birinchi marta materik qatlamga qadar etib borishga va madaniy qatlamlanish chuqurligi 20 m dan ortiq ekanligini aniqlashga muvaffaq bo‘lindi. Mir Arab madrasasi yaqinidagi arxeologik qazishma chog‘ida materik qatlam ustida to‘q jigarrang torf qatlami (40-70 sm) borligi, uning ichida esa yovvoyi va xonaki hayvonlar suyaklari qoldiqlari hamda sopol idish va buyumlar parchalari ko‘p ekanligi ma’lum bo‘ldi. Torf qatlami Madrasa tomon tobora qalinlashib borib, bino ostiga kelganda qalinligi 7,5 m ga etgan. Bu esa qadimda Buxoro hududidan Zarafshon daryosi tarmoqlaridan biri — ilk o‘rta asr manbalarida qayd etilgan „Rudi zar“ („Oltin irmoq“) ning o‘tganligini isbotlaydi. Arxeologik tadqiqotlar keyinchalik qurib qolgan mazkur tarmoqning har ikki qirg‘og‘i bo‘ylab bir qancha mustahkamlangan qishloqlarning vujudga kelgani va ular Buxoroning eng qadimgi shahar o‘zagini tashkil qilganini tasdiqladi. Shahar o‘zagi 3 qism — „Oltin irmoq“ning o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan ark, ya’ni qal’a hamda uning o‘ng va so‘l qirg‘oqlaridagi qishloqlardan iborat bo‘lgan. Bu erdan topilgan ko‘plab ashyoviy dalillar, xususan sopol idish va buyumlar Buxoro tarixining turli davrlari (milolddan avvalgi I ming yillikning 3-choragidan XX asr boshlariga qadar) ga oid bo‘lib, ulardan 2 tasi milolddan avvalgi V asrga taalluqli ekanligi aniqlandi. Bundan tashqari, Buxoro arkida olib borilgan arxeologik qazishmalar vaqtida yana ko‘plab yangi va nodir ashyoviy dalillar topildiki, ular shaharning qadimgi tarixini o‘rganishda muhim ahamiyatga egadir. Bu erda 13-15,5 m, shuningdek 16,5-18,5 m chuqurlikdan 2 ta paxsa devor qoldig‘i topildi. Ular Buxoroning qadimiy mudofaa devori harobalari bo‘lib, biri (miloldiy IV-V asrlar) ning balandligi 2,5–3 m, ikkinchisi (miloddan avvalgi IV-III asrlar) niki 2-2,5 m.

Download 33,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish