Xalqning etnopsixologik xususiyatlarining madaniyat va tarix bilan bog‘liqligiga misollar keltiring...
Xalqlarning xarakter va temperament xususiyatlarining vujudga kelishini ular iste’mol qilayotgan ozik-ovqatlar bilan boglab tushuntirishga xam urinishlari bulgan. Mashxur matematik va faylasuf Pifagor (eramizdan avvalgi 570-500) ning tushuntirishiga karaganda, xayvon gushti va yogini ko‘p iste’mol kilinishi, xalqlarda kattikkullik va dagallikni vujudga keltiradi. Aksincha, usimlik mevalari va sabzavotlarni mutassil iste’mol kilinishi esa tana faoliyatini suslashtirib, odamlar tabiatini muloyimlashtiradi.
Antik dunyoning buyuk akl egasi Aristotel (eramizdan avvalgi 384-322 y) , xaddan ortikcha issik yoki sovuk iklim sharoitida yashaydigan xalqlar kattikkul, shafkatsiz bulishadi, deb ishongan.
Buyuk bobomiz A.R.Beruniy “Osori boqiya” (Abadiy qadriyatlar) asarida turli xalqlar: qadimgi greklar, eroniylar, sug‘dlar, xorazmliklar, xristianlar va dinlar, yaxudiylar, musulmonlarning ruxiy xususiyatlari va ularning eralarini boshlanish sabablarini kursatib bergan. U bu xalqlarning ma’lum davrlar ish vaktlarga tugri keladigan mashxur bayramlari, xotira kunlari, xamda bir xalqni ikkinchisidan farklantiradigan urf-odatlari, turli xalqlar kullayotgan yil xisoblash usullari, oy va yillarning farki kabi masalalarni bayon kilib bergan.
Turli xalqlarga xos xususiyatlarni o‘rganish uchun Beruniy o‘ziga xos ilmiy metod yaratadi. Buning uchun, deb kursatadi u, qadimgi xalqlar rivoyatlarini xamda utmish avlodlar tugrisidagi ma’lumotlarni bilishi lozim. Shuning uchun “Mukaddas kitob” larga amal kiluvchi xalqlar, muayyan akidalarga rioya etuvchi dinlar, mazxablarga e’tikod kuyganlar izidan borishga tugri kelishligini kursatadi. Bunda ularning turli karashlari asos kilib olinadi va isbot kilish maksadida keltirilgan suz, fikrlarni va faktlarni bir-biri bilan solishtirib kurish lozim. Shu yul bilan olingan ma’lumotlarni, ularga kushilib ketgan afsonalardan tozalash kerak buladi, deydi.
Beruniy o‘zining mashxur “Xindiston” asarida xindlarning dini va tafakkur qilish xususiyatlari, diniy va dunyoviy xayoti bilan bog‘liq bulgan urf-odatlari, ularning xudolarga ishonishlari, materiya va shakl, jonning kuchib yurishi, duzax va jannat xakidagi tasavvurlari bayon kilingan.
Xalqlarning psixologik xususiyatlarni iklim va boshka tabiiy omillar bilan boglab tushuntirish keyingi davrlarda yashab ijod kilgan XVII-XIX asr mutafakkirlari-Monteskye, J.J,Russo, Didro, Gumboldt, shuningdek, xozirgi davrdagi ayrim tadkikotchilar faoliyatida xam uchraydi. Sotsiologiyadagi “geografik determinizm” okimining asoschilaridan biri-fransuz ma’rifatparvari SH.Monteskye (1689-1755 y) xam xalqlar urtasidagi ruxiy tafovutlarni asosan, kishilar tanasiga doimiy ta’sir etadigan turli-tuman tabiiy-iklim natijasi, deb tushuntiradi. Uning fikricha, iklim va zamin xalqlarning axlok normalarigagina ta’sir etib kolmasdan, shuning bilan birga davlat siyosatiga, madaniy tarakkiyot darajasiga “psixologik kiyofa” siga xam kuchli ta’sir kursatar ekan. Iklimning rolini xaddan tashkari oshirib yuborish natijasida Monteskye sovuk iklimda yashaydigan xalqlar chidamli, bakuvvat, issik iklimda yashaydigan xalqlar esa jismoniy jixatdan zaif va oniz bulishida, degan xulosaga keladi
Do'stlaringiz bilan baham: |