8-Mavzu: Kameral soliq tekshiruvini o’tkazish(A) Reja : Kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish



Download 38,5 Kb.
bet3/4
Sana04.07.2022
Hajmi38,5 Kb.
#739374
1   2   3   4
_________________________________





































(Soliq organi boshlig‘ining F.I.O.)




birlamchi hujjatlarni, buxgalteriya hisobi registrlarini hamda soliqlarni hisoblab chiqarish uchun asos bo‘lgan boshqa hisob hujjatlarini;
taqdim etilgan soliq hisoboti va hisob hujjatlariga doir tushuntirishlarni;
soliqlarni va (yoki) yig‘imlarni hisoblab chiqarish va to‘lash bilan bog‘liq boshqa axborotlarni talab qilib olishga haqli.
So‘rovnoma soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi va jo‘natilgan sanadan e’tiboran uch kundan keyin olingan deb hisoblanadi.
Agar soliq to‘lovchida soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti mavjud bo‘lmasa, so‘rovnoma pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi va u jo‘natilganidan so‘ng besh kundan keyin olingan deb hisoblanadi.
So‘rovnoma tekshirilayotgan shaxsga (uning vakiliga) shaxsan imzo qo‘ydirgan holda topshirilishi mumkin.
So‘rovnomada nazarda tutilgan hujjatlar va tushuntirishlar soliq organiga so‘rovnoma olingan kundan e’tiboran besh kun ichida taqdim etilishi kerak. Hujjatlarni taqdim etish muddati soliq to‘lovchining hujjatlar taqdim etish uchun sabablari va zarur bo‘lgan muddatlari ko‘rsatilgan arizasiga ko‘ra soliq organi tomonidan uzaytirilishi mumkin, bunda ariza soliq to‘lovchi tomonidan soliq organiga so‘rovnoma olingan kundan e’tiboran keyingi kun davomida taqdim etiladi.
Hujjatlarni (axborotni) uchinchi shaxslardan talab qilib olish zarur bo‘lgan hollarda soliq organi tekshirilayotgan soliq to‘lovchining faoliyatiga taalluqli hujjatlarga (axborotga) ega bo‘lgan kontragentdan yoki boshqa shaxslardan ushbu hujjatlarni (axborotni) talab qilib olishga haqli.
Kameral soliq tekshiruvi jarayonida tekshirilayotgan soliq to‘lovchi tomonidan soliq organi talab qilgan hujjatlar belgilangan muddatda taqdim etilmaganda, soliq organi Soliq kodeksining 111-moddasiga asosan soliq to‘lovchining banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarini to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli, bunda mazkur talab tekshirilayotgan soliq to‘lovchining faoliyatiga taalluqli hujjatlarga (axborotga) ega bo‘lgan uchinchi shaxslarga tatbiq etilmaydi.
Agar tekshirilayotgan soliq to‘lovchining faoliyatiga taalluqli hujjatlar (axborot) boshqa hududda hisobda turgan soliq to‘lovchidan (uchinchi shaxsdan) olish talab etilsa, kameral soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi soliq organi tegishli hujjatlarni (axborotni) talab qilib olish to‘g‘risida soliq to‘lovchi (uchinchi shaxs) hisobda turgan joyidagi soliq organiga topshiriqnoma yuboradi.
Topshiriqnomada kameral soliq tekshiruvi jarayonida talab qilib olinadigan hujjatlar (axborot) ko‘rsatiladi hamda kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq nusxasi ilova qilinadi.
Topshiriqnoma olingan kundan e’tiboran uch kun ichida hujjatlar (axborot) qaysi shaxsdan talab qilinayotgan bo‘lsa, o‘sha shaxsning hisobda turgan joyidagi soliq organi tomonidan uchinchi shaxsga hujjatlarni (axborotni) taqdim etish to‘g‘risida talabnoma yuboriladi.
Hujjatlarni (axborotni) taqdim etish to‘g‘risida talabnomaga hujjatlarni (axborotni) talab qilib olish to‘g‘risidagi topshiriqnomaning ko‘chirma nusxasi ilova qilinadi.
Soliq kodeksining 147-moddasiga muvofiq hujjatlarni (axborotni) taqdim etish to‘g‘risida talabnomani olgan shaxs ushbu talabnoma olingan kundan e’tiboran besh kun ichida uni bajaradi yoki talab qilib olinayotgan hujjatlarga (axborotga) ega emasligi haqida xabar qiladi.
Agar talab etiladigan hujjatlarni (axborotni) mazkur muddatda taqdim etish imkoni bo‘lmasa, hujjatlarni (axborotni) taqdim etish to‘g‘risida talabnomani yuborgan soliq organi hujjatlar (axborot) qaysi shaxsdan talab qilib olingan bo‘lsa o‘sha shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra ushbu hujjatlarni (axborotni) taqdim etish muddatini uzaytirishga haqli. Bunday hollarda hujjatlarni (axborotni) taqdim etish muddati uzaytirilganligi haqida topshiriqnoma yuborgan soliq organiga xabar yetkaziladi.
Hujjatlar soliq to‘lovchi tomonidan tasdiqlangan ko‘chirma nusxa shaklida taqdim etiladi.
Talab etilgan hujjatlar soliq to‘lovchi tomonidan shaxsan yoki vakil orqali taqdim etilishi, pochta orqali buyurtma xat bilan yuborilishi yoki telekommunikatsiya aloqa tarmoqlari yoxud soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda taqdim etilishi mumkin.
Tekshiruvni o‘tkazuvchi (amalga oshiruvchi) mansabdor shaxsining talabiga ko‘ra, soliq to‘lovchi elektron shaklda tuzilgan hujjatlarning qog‘ozdagi ko‘chirma nusxalarini taqdim etishi shart, bundan elektron hisobvaraq-fakturalarning axborot tizimida ro‘yxatga olingan elektron hisobvaraq-fakturalar mustasno.
Soliq to‘lovchidan avvalgi kameral yoki sayyor soliq tekshiruvlari o‘tkazilganda soliq organlariga ilgari taqdim etilgan hujjatlarni, shuningdek soliq monitoringini o‘tkazish jarayonida tasdiqlangan ko‘chirma nusxalar shaklida taqdim etilgan hujjatlarni qayta taqdim etish talab etilmaydi.
Agar hujjatlar ilgari soliq organiga asl nusxalar tarzida taqdim etilib, keyinchalik tekshirilayotgan soliq to‘lovchiga qaytarilgan bo‘lsa, shuningdek soliq organiga taqdim etilib, bartaraf etib bo‘lmaydigan kuch holatlari oqibatida yo‘qotilgan taqdirda, hujjatlar tekshirilayotgan soliq to‘lovchisidan qayta talab qilib olinishi mumkin.
Soliq organlaridan tegishli hujjatlarni (axborotni) taqdim etish to‘g‘risida talabnomani olgan soliq to‘lovchi ushbu Nizomning 16-bandida ko‘rsatilgan talabga rioya etilmasdan yuborilgan talabnoma bo‘yicha hujjatlarni (axborotni) taqdim qilishni rad etishga haqli.
Hujjatlarni (axborotni) talab qilib olish to‘g‘risidagi topshiriqnomani olgan soliq organi tomonidan to‘plangan hujjatlar (axborotlar) ikki kun ichida ushbu hujjatlarni (axborotni) topshiriq bergan soliq organiga yetkaziladi.
Tekshiruvni o‘tkazuvchi (amalga oshiruvchi) mansabdor shaxs tekshiruvni amalga oshirish chog‘ida soliq to‘lovchilarni tekshiruv yuzasidan tushuntirishlar berish uchun, shu jumladan ular tomonidan soliqlarning to‘lanishi (ushlab qolinishi va o‘tkazilishi) munosabati bilan soliq organiga yozma xabarnoma asosida chaqirishga haqli.
Soliq organi kameral soliq tekshiruvini amalga oshirishga doir tadbirlarda ishtirok etish uchun:
ahamiyatga ega biror-bir holatlar o‘ziga ma’lum bo‘lgan har qanday voyaga yetgan jismoniy shaxsni ko‘rsatmalar berish uchun guvoh sifatida chaqirishi;
shartnoma asosida ekspert, mutaxassis va tarjimonni jalb etishi mumkin.
Kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish jarayonida soliq organlari Soliq kodeksining 14-moddasiga asosan soliq to‘lovchi tomonidan tuzilgan bitimlar, ularning yuridik rasmiylashtirilishidan qat’i nazar haqiqiy iqtisodiy mazmunidan kelib chiqib tekshiruvni amalga oshiradi.
Bunda, bitim yoki iqtisodiy munosabatlarning yuridik rasmiylashtirilishi uning haqiqiy mazmuniga muvofiq bo‘lmasa, soliq organlari soliq solish maqsadida bitimning yuridik tavsiflanishini, soliq to‘lovchining maqomi va (yoki) uning iqtisodiy faoliyati xususiyatini o‘zgartirishga, huquqni suiiste’mol qilish alomatlariga ega bo‘lgan ayrim operatsiyalarni yoki operatsiyalar ketma-ketligini e’tiborga olmaslikka va soliqlar summalarini bunday suiiste’mollikning ta’sirini istisno etadigan tarzda o‘zgartirishga haqli.
Huquqni suiiste’mol qilish, bitim qalbakiligi (ko‘zbo‘yamachilik uchun tuzilganligining) holatlarini aniqlash, shuningdek ularning oqibatlarini qo‘llash soliq organlari tomonidan, soliq to‘lovchi norozi bo‘lgan taqdirda esa — soliq organlarining da’vosi bo‘yicha sud tomonidan amalga oshiriladi.
Tekshirishda o‘rganilgan hujjat va ma’lumotlar yuzasidan tekshiruvni o‘tkazuvchi (amalga oshiruvchi) mansabdor shaxs mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda xulosa tuzadi.

NAMUNA



















______________________________________________________ da soliq to‘lovchi sifatida

(davlat soliq organi nomi)







ro‘yxatga olingan __________________________________________________ da o‘tkazilgan

(soliq to‘lovchining nomi)









































Download 38,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish