8-mavzu. Kasbga yo’naltirish omillari va kasblarning psixologik tasnifi


Shaxsning kasbiy kamoloti. Shaxsning o’z – o’ziga baho berishi va kasbiy o’zligini anglash



Download 115,28 Kb.
bet3/14
Sana10.12.2022
Hajmi115,28 Kb.
#883155
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
МАЪРУЗА 8

8.2. Shaxsning kasbiy kamoloti. Shaxsning o’z – o’ziga baho berishi va kasbiy o’zligini anglash.
Ko‘p qo‘llaniluvchi “kompetentlik” tushunchasi kasbiy shakllanish va kasbiy etuklikni baholovchi me’yor bo‘lib, hali aniq ta’rifga ega emas. U mehnat sub’ektiga nisbatan aniq faoliyat talablari yoki aynan, sub’ektning aniq faoliyatning o‘ziga xos jihatlariga nisbatan munosabatini tavsiflovchi xususiyat sifatida qo‘llaniladi. Umuman olganda, bu tushuncha Shaxs ning qandaydir hayotiy vaziyatlarda, ijtimoiy va kasbiy faoliyatda avtoritarligi, shu soha bo‘yicha tushuncha hamda bilimlarga egaligi bilan tavsiflanadi. A.K.Markovaning fikricha, muayyan bir Shaxs ning kompetentligi uning kasbiy shakllanishiga qaraganda ko‘proq uchraydigan tavsifnomasidir. Bunga ko‘ra, kasbiy kompetentlikning xilma-xil turlarini ajratish mumkin: maxsus (mehnat jarayonini amalga oshirishda), ijtimoiy (hamkorlikdagi faoliyatni amalga oshirishda), Shaxs iy (o‘zini-o‘zi boshqarish va takomillashtirish malakalariga egalik) va boshqalar. Ayrim mualliflar kasbiy muloqotdagi, mutaxassis Shaxs ining rivojlanishidagi kompetentlikni ham ajratib ko‘rsatadilar.
Kompetentlikning yuqorida sanab o‘tilgan turlari albatta bir insonni to‘liq shaklda tavsiflashi shart emas, chunki, Shaxs yaxshi mutaxassis bo‘lishi mumkin, lekin o‘zini-o‘zi boshqarish yoki Shaxs lararo kasbiy muloqot malakalariga ega bo‘lmasligi mumkin, qolaversa, yuqori darajada kasbiy kompetentlikka ega bo‘la turib, Shaxs iy va ijtimoiy kompetentligi past bo‘lishi mumkin.
Aytish mumkinki, o‘z navbatida professionalizm darajasi sub’ektning professionalizatsiyani yo‘nalganligi, ko‘rsatgichi va mazmuni hamda mutaxassisning professionallashuv darajasiga ta’sir etuvchi ijtimoiy, psixologik, iqtisodiy va boshqa keng doiradagi kompetentliki bilan shartlangandir.
Dj. Raven (2003) tadqiqotlari kompetentlikning to’zilishli-funksional konsepsiyani asoslashga imkon berdi va u quyidagilarda aks etadi:

  • Eng avvalo, Shaxs qadriyatlari, ijtimoiy-siyosiy ishonchi va fikrini aniqlovchi Shaxs motivatsion-qadriyatlar sohasini tizimli ravishda namoyon bo‘lishi va shakllanishining ahamiyati;

  • Shaxs iy qadriyatlarning mehnat jarayonini tashkil qilish va mazmuniga nisbatan bevosita qiziqish, liderlik, tashkilotchilik kabi xususiyatlarda aks etishi;

  • Kompetentlikning tabiati kognitiv, emotsional va irodaviy jarayonlarning, individning maqsadga erishishini ta’minlovchi masalalarni echishga, hal qilishga tayyorligini baholash mezoni va namoyon bo‘lishiga asoslangan bo‘ladi;

  • Kompetentlik faqatgina o‘zining faol komponentlari hisobiga emas, balki yangi hayotiy vaziyatlarda namoyon bo‘lishi mumkin bo‘lgan passiv komponentlari hisobiga ham shakllanib boradi;

  • Kompetentlik o‘zining bir-biridan mutlaqo mustaqil, lekin bir-birini o‘rnini ahamiyatli darajada samarali xulq-atvor omili sifatida egallab tura oladigan, ko‘p sonli komponentlari yordamida aniqlanadi.

Kompetentlikning komponentlari qatoriga kognitiv, emotsional, irodaviy sifatlardan tashqari o‘ziga ishonch (o‘zining kasbiy bilimlariga, liderlik qobiliyatiga va b); qaror qabul qilish va uning ijrosini boshqarish malakasiga ega bo‘lish; qiziqarli umumiy maqsadlarni qidirish, anglash va qaytarma aloqani qo‘llashdagi samarali faoliyat; o‘zini-o‘zi boshqarish, o‘zini-o‘zi takomillashtirish qobiliyatlariga ega bo‘lish; o‘zini-o‘zi nazorat qilish, moslashganlik, murakkab muammolarni hal qilishga tayyorlik va tavakkalchilikka moyillik, qat’iyatlilik, kasbiy ma’suliyatlilik va boshqalarni kiritishimiz mumkin.
E.F.Zeerning ta’kidlashicha, kasbiy kompetentlikning funksional taraqqiyotini tadqiq qilish kasbiy kamolotga erishish chog‘ida kompetentlikning turli ko‘rinishlari integratsiyalashib borishini va ularning kasbiy muhim Shaxs sifatlari bilan aloqasi kuchayib borishini ko‘rsatdi. Aytish joizki, kompetentlikning asosiy darajalari kasbiy tayyorgarlik va tajriba, o‘z-o‘zini anglash, o‘z kuchiga ishonish, o‘zga insonlar tomonidan ko‘rsatilgan kamchiliklarni to‘g‘ri qabul qilish va shu kabi boshqa kasbiy kamolotni belgilab beruvchi Shaxs xususiyatlari kiradi.
Taxmin qilish mumkinki, mehnat sub’ektining sanab o‘tilgan professionallashuv ko‘rsatkichlari, mutaxassis bo‘lish (malaka, kompetentlik) va sub’ektning kasbiy etukligi orasida o‘zaro aloqa va o‘zaro ta’sir mavjud. K.Mak-Goven va L.Xartlar asosiy urg‘uni o‘z tarkibiga kasbiy rollarni amalga oshirish va yangi qadriyatlarni, ustanovkalarni va kasbiy sifatlar tarkibini rivojlanishi uchun talab etiladigan maxsus bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni qamrab oluvchi ijtimoiy o‘rganish jarayoniga qaratadilar. Pedagoglarning kasbiy shakllanishini tadqiq qilish natijasida quyidagicha tahliliy xulosaga kelingan: pedagog-talabalar tanqidiy tafakkur, Shaxs lararo munosabatlar, nizolarni bartaraf etish kabi sohalar yo’zasidan maxsus bilim, ko‘nikmalarni o‘zlashtirishlari, qolaversa, kompyuter texnologiyalari va turli metodlarni qo‘llay olishlari zarur.
Kasbiy sifatlarining shaxsiy va ijtimoiy aspektlarining muvofiqligi g‘oyasi “psixoijtimoiy sifatlar” tushunchasida to‘laligicha aks ettirilgan bo‘lib, u kasbiy taraqqiyotning ijtimoiy kontekstlari bilan bog‘liq kasbiy sifatlarni anglatadi. Bu bilan shaxs taraqqiyoti va faoliyatni amalga oshirishda ijtimoiy muhitning roli alohida ko‘rsatib o‘tiladi. Muammoga bu jihatdan yondoshish G.Teshfelning ijtimoiy sifatlar nazariyasi yo’zaga kelgandan so‘ng ommalashib ketdi. Faoliyat va o‘zaro hamkorlikni o‘zlashtirish natijasida shakllanuvchi ijtimoiy sifatlar ishchilar guruhining o‘zaro munosabatlariga hamda individning kasbiy taraqqiyotiga ta’sir o‘tkazadi.
Kasb-jamiyatga zarur bo‘lgan faoliyatning tarixan yo’zaga kelgan shakllaridir. Uni bajarish uchun inson bilim, ko‘nikma va malakalar yig‘indisiga mos keluvchi qobiliyat va kasbiy muhim sifatlarga ega bo‘lish lozim. Kasb (aniq bir kishi nuqtai nazaridan)-bu faoliyat bo‘lib, uning yordamida ushbu Shaxs jamiyat hayotida ishtirok etadi va bu unga yashash uchun zarur bo‘lan moddiy vositalar asosiy manbai bo‘lib xizmat qiladi. SHuningdek, u Shaxs iy o‘zini o‘zi amalga oshirishning vositasi ham hisoblanadi.

Download 115,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish