8-mavzu. Kasbga yo’naltirish omillari va kasblarning psixologik tasnifi



Download 115,28 Kb.
bet1/14
Sana10.12.2022
Hajmi115,28 Kb.
#883155
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
МАЪРУЗА 8


8-mavzu. Kasbga yo’naltirish omillari va kasblarning psixologik tasnifi. Kasbiy xususiyatlarni tadqiq etishus ullari va psixodiagnostikasi (2soat).
8.1. Kasbga o’z – o’zini yo’naltirish va o’z – o’zini anglash.
8.2. Shaxsning kasbiy kamoloti. Shaxsning o’z – o’ziga baho berishi va kasbiy o’zligini anglash.
8.3. Psixodiaghostika. Ya.Xolland taklifi bo‘yicha odamlar va ko‘pchilik kasblarni shartli guruhlash (realistik, ijtimoiy, konvensial (shartli), tadbirkor, artistik tiplar).
Shaxsning tashkilotchilik va kommunikativ xususiyatlarini diagnostika qilish.
Mavzuning o‘quv maqsadi:
Ta’limiy: talabalar tomonidan mutaxassislik, kasbiy ta’lim, kasb doirasida ma’lum faoliyat turini, kasblarni tizimlashtirish va kasb tipologiyasi,kasbiy shakllanish jarayonida Shaxs taraqqiyoti , qisqa va asosli talablar majmuasini va Muhandis tizimida kasbiy qobiliyat va kasbiy mahorati xozirgi kundagi axamiyati haqidagi bilimlarni o‘zlashtirilishini tashkil etish.
Tarbiyaviy: bo‘lajak muhandislar tomonidan kasblarning psixologik tavsifi va uning mohiyati, texnologik jarayonlar ta’siri va boshqa usullar xilma - xilligidan vaqt, kuch va vaziyatlarni minimalligi, Muhandis xodimlar kasbiy faoliyatining xususiyatlar ruhiy jihatdan tayyorgarligiga salmoqli ta’sir ko‘rsatishi xozirgi kundagi axamiyati haqidagi bilim, malaka va ko‘nikmalari asosida dunyo qarashini kengaytirish.
Rivojlantiruvchi: mavzuning ta’limiy va tarbiyaviy o‘quv maqsadlari asosida talaba Shaxs ini rivojlantirish.


8.1. Kasbga o’z – o’zini yo’naltirish va o’z – o’zini anglash.
Shaxs kasbiy shakllanishining maxsulligi va anglay olishining muxim omili uning kasbiy mehnatda ma’no topishidadir, o’z kasbiy hayotini loyihalashtirish, mas’uliyat bilan kasb mutaxassislik va ish joyini tanlash borasida qaror qabul qilishdadir. Albatta, bu muhim kasbiy muammolar shaxs oldida butun hayoti davomida paydo bulaveradi. Shaxe esa doimo o’zgarib rivojlanib turadi. Demak, uning rivojlanishini turli bosqichlarida kasbiy anglash muammolari turlicha hal etiladi. Kasblar olamida o’z rasbini tugri tanlash, o’z ijtimoiy kasbiy rolini kasbiy mehnatga jamoaga va o’ziga bo’lgan munosabatini anglay olishi inson xayotining muhim komponentlari bo’lib qoladi. Gohida kishi kasbdan uzoqlashib, undan og’irlik seza boshlaydi unda o’z kasbiy holatidan qoniqmaslik xissi paydo bo’ladi. Shuningdek, insonlarda majburiy xolatda kasb (mutaxassislik)ni va ish joyini almashtirish hollari gohida uchrab turadi.
Ta’kidlash mumkinki, shaxs oldida doimo undan kasbga bo’lgan munosabatni aniqlash, gohida o’z kasbiy yutuqlarini tahlil etish, kasb tanlovi yoki uni almashtirish qarorini qabul qilish, karerani aniqlash va korreksiyalash boshqa kasbga xos bo’lgan masalalarni hal etishni talab etadi. Kasbshunoslikda barcha bu muammolar kompleksi kasbiy aniqlanish deb tushuniladi. Tabiiyki, bunday murakkab psixologik xodisa psixologiya fanida yagona tugri ta’rifga ega bo’lishi mumkin emas. Shaxsda kasbiy shakllanish konsepsiyasini tadqiqotchi psixologlar tomonidan turlicha tushuntirib berilgan.
A.Maslou konsepsiyasi bo’yicha, inson takomillashib borishiga, o’zini namoyon etishiga bo’lgan intilishi aks etadi. Uning konsepsiyasida “Aniqlanish” tushunchasi “O’zini namoyon etish” tushunchasi yaqin atama sifatida e’tirof etiladi. P.G.SHedrovskiy “Aniqlanish” insonning o’zini o’zi o’z individual tarixini yaratish qobiliyati sifatida, o’zligini aniqlay olishida ko'radi.
E.A.Klimov kasbiy anglashni batafsil tahlil etib, uni “psixik rivojlanishining, nimadir foydali ishni qiluvchilar” professionallar hamjamiyatining to’laqonli ishtirokchisi sifatida o’zini shakllantirishning muhim ko’rinishidir. Kasbiy anglash bo’yicha ye.A.Klimovning fikri qadrli hisoblanadi. Uning fikricha, oson va qisqa muddatli hisoblangan kasb tanlovi aslida “laxza KUSHUV butun kelgusi xayot” formulasi asosida amalga oshiriladi.
Shaxsning mutaxassis sifatida shakllanish jarayoni xususida mualliflik qarashlari keltirilgan. Ilgari ishlab chiqilgan shaxsning mutaxassis sifatida shakllanishi yosh xususiyati va ish stajiga bog‘liq degan qarashlardan farqli ravishda muallif tomonidan shaxsning kasbiy mahorati bu parametrlarning funksiyasi hisoblanmasligi, aksincha individning kasbiy shakllanishining qaysi bosqichida ekanligiga qarab aniqlanishini ko‘rsatib bergan. Kasbiy faoliyatni turli darajada o‘zlashtirgan mutaxassislar haqidagi tasavvurlar, qolaversa, kasbiy shakllanish mezonlarining tavsifi keltirib o‘tilgan.
Malakali kadrlar tayyorlash tizimini o’zluksiz ravishda rivojlantirish ehtiyoji va turli ishlab chiqarish sohalarida ko‘p yillik ish staji bilan faoliyat yuritayotgan shaxsning o‘z imkoniyatlarini to‘liq amalga oshirmasligi shaxsni har tomonlama kasbiy faoliyatda o‘zini namoyon qilishi muammosini yo’zaga keltirdi. Bu muammolarni hal qilmasdan turib kelgusi kasbiy faoliyatdagi muvaffaqiyatli sifatli ta’limini va rejalashtirishni amalga oshirish mumkin emas.
Bu muammoning amaliy ahamiyati uni turli fan doiralar qatorida psixologiya doirasida ham o‘rganishni muhimligini ko‘rsatib berdi. Kasbiy shakllanish jarayonini o‘rganishdagi qiyinchiliklar qobiliyatlar va kasbiy qobiliyatlarning ishni bajarishning muayyan bir usuliga asoslangan normativ faoliyatga yo‘naltirilganligidadir. SHuning uchun ham kasbiy etuklik darajasi ajratib ko‘rsatilmaydi, balki faqatgina yosh xususiyati va mutaxassis sifatida yuritilayotgan vaqt inobatga olinadi.
Ijtimoiy sohalarda faoliyat yurituvchi shaxsning kasbiy shakllanishini o‘rganishda insonning imkoniyatlarini to‘liq ochib beruvchi sub’ekt va ijtimoiy muhit orasidagi turli ijtimoiy aloqalar tipiga ahamiyat berish muhimdir.
Har bir ijtimoiy aloqalarning yana odamovilik va muloqotchanlik kabi kichik tiplarga bo‘linishi biz uchun muhim ahamiyatga egadir. Birinchi tipda sub’ekt o‘zini “topgan”, o‘zida va faoliyatida o‘zini o‘zgartirishni hoxlamasligi bilan xarakterlanadi. Ikkinchi tip esa sub’ektning o‘zini-o‘zi “qidirishi” bilan tavsiflanadi. Bu o‘tish, oraliq holat hisoblanadi. Individ (yoki jamiyat) bir shaklni tark etib jamiyatning boshqa yuqori darajasiga erishadi.
Hayotiy faoliyat modusi – bu insonning tashqi dunyo bilan o‘zaro hamkorligini, inson turmush tarzi qanday to’zilganligini aniqlab beruvchi ko‘pgina munosabatlarning o‘zaro bog‘liqligini to‘liq xarakteridir. Hayotiy faoliyat modusi faqatgina inson turmush tarzini turli voqeliklarga munosabatini ifodalab qolmasdan, balki individning turli individual qobiliyatlarini ham faollashtiradi. Uning ta’sir ostida Shaxs qadriyatlari, ehtiyojlari sohasi va boshqalar shakllanib boradi. Turli hayotiy faoliyat moduslaridagi munosabatlar tizimi haqidagi tushunchalarning mazmuni quyidagi jadvalda keltirilgan.
Shaxsning kasbiy shakllanishini boshqa vektori inson allaqachon o‘zini “topganligi”, uning o‘zini va o‘z faoliyatini o‘zgartirishni istamasligi bilan yakunlanadi. Shaxs faoliyatga nisbatan o‘z ehtiyojlarini qondiruvchi vosita sifatida qaraydi.

Download 115,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish