8-mavzu lok va bo’yoq materiallarning asosiy xossalari. Lok va bo’yoq materiallar (lbm)


Bo‘yoq tarkiblarining komponentlari



Download 23,81 Kb.
bet3/6
Sana26.04.2022
Hajmi23,81 Kb.
#582586
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8 maruza LOK VA BO’YOQ MATERIALLARNING ASOSIY XOSSALARI.LOK VA BO’YOQ MATERIALLAR

3. Bo‘yoq tarkiblarining komponentlari
Lok-bo‘yoqlar tayyorlashda asosiy komponentlar sifatida organik va noorganik bog‘lovchilar, pigmentlar, kukun to‘ldirgichlar, plastifikatorlar, erituvchilar, sikkativlar hamda yordamchi materiallar-stabilizatorlar, dispergatorlar, suyultirgichlar, qotiruvchilar va boshqalar ishlatiladi.
3.1 Bog‘lovchi moddalar
Bog‘lovchi moddalar pigment va dispers to‘ldirgichlarni o‘zaro bog‘lab yupqa bo‘yoq qatlami hosil qiluvchi komponent bo‘lib, asosga mustahkam yopishishi talab etiladi.
Bog‘lovchilar organik va mineral strukturali bog‘lovchi moddalarga bo‘linadi. Hosil bo‘lishi jihatidan bog‘lovchi moddalar tabiiy va sintetik turlarga ajratiladi. Organik bog‘lovchi moddalarga tabiiy va yarim tabiiy oliflar, yog‘och va hayvonlardan olingan elimlar, polimerlar va boshqalar, noorganik bog‘lovchilarga ohak, sement, suyuq shisha va sh.k. kiradi.
Bo‘yoq tarkiblarning asosiy fizik-mexanik, kimyoviy va texnologik xossalari bog‘lovchi moddalarning turi va xossalariga bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Moyli bo‘yoq tarkiblar uchun bog‘lovchilarga quriydigan o‘simlik moylari, mineral moylar, sintetik polimerlar va moy loklari kiradi. Moyli bog‘lovchilardan hosil bo‘lgan parda qatlamlari ko‘pi bilan 24 soatgacha to‘la qurishi talab etiladi.
Oliflar. Oliflar tabiiy (natural) bog‘lovchi modda bo‘lib, zig‘ir, kanop kabi o‘simliklar moylariga maxsus ishlov berib olinadi. Olif atmosferadan kislorodni biriktirib qurish, ya’ni qotish xususiyatiga ega. Oliflarning qotish jarayonini tezlashtirish uchun tarkibiga sikkativlar qo‘shiladi.
Tabiiy oliflar juda mustahkam, namlikka va agressiv muhitlarga chidamli qoplama pardalar hosil qiladi. Ular metall, yog‘och, gips va sementli qorishmalar bilan suvalgan devor yuzalarni bo‘yash uchun sifatli tarkiblar tayyorlashda ishlatiladi. O‘simlik moylarini tejash maqsadida tabiiy oliflar asosida yarim tabiiy oliflar tayyorlanadi. Tarkibida 55% o‘simlik moyi va 45% uayt-spirt (texnik kerosin) bo‘lgan “Oksol” olifi va 70% o‘simlik moyi va 30% uayt-spirt bo‘lgan kombinatsiyalashgan oliflar ishlab chiqariladi. YArim tabiiy oliflar qurigach yupqaroq, kuchli yaltiraydigan, mustahkam, ammo ob-havo sharoitiga nisbatan chidamsiz qoplamalar hosil qiladi.
Ular normal quyuq-suyuqlikdagi moyli bo‘yoqlar olishda ishlatiladi. Tayyorlangan bo‘yoq tarkiblari metall, yog‘och, suvoq yuzalarni bezashda qo‘llaniladi.
Sun’iy (kombinatsiyalashgan) oliflar o‘simlik moylari qo‘shilmasdan yoki 35% gacha qo‘shilib neft va boshqa organik xom ashyolar asosida olinadi.
Sun’iy oliflarga gliftalli, pentaftalli, perxlorvinilli va boshqa oliflar kiradi. Gliftalli oliflar zig‘ir moyi, ftalli angidrid va glitsirinni harorat bilan ishlov berish natijasida olinadi. Sun’iy oliflar ob-havo ta’siriga nisbatan chidamsiz va rangi qoramtir bo‘ladi. Ular asosida xona ichida ishlatiladigan metall, yog‘och va suvoq yuzalarni bezashga yaroqli bo‘yoq tarkiblari tayyorlashda qo‘llaniladi.
Moyli loklar tabiiy va sun’iy smolalarni erituvchilar va sikkativlar qo‘shilgan o‘simlik moylarida eritib olinadi. Bunda erituvchilar loklarga zarur bo‘lgan konsistensiyani ta’minlaydi.
Moyli loklar atmosfera muhiti ta’siriga chidamli bo‘lgan bo‘yoq tarkiblarni tayyorlashda ishlatiladi. Moyli bo‘yoq tarkiblar olishda sintetik bog‘lovchilarni ishlatilishi o‘simlik moylarini tejaydi va ularga yangi xossalar beradi. Sintetik bog‘lovchilarga turli polimer materiallar kiradi. Polimer bog‘lovchilar asosida loklar, emallar, pastalar, mastikalar, suvli dispersiyalar olinadi.

Download 23,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish