9-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Ma’lumotlardan foydalanishning mantiqiy nazorati Ishdan maqsad



Download 0,65 Mb.
Sana03.01.2022
Hajmi0,65 Mb.
#314707

9-Amaliy mashg’ulot



Mavzu: Ma’lumotlardan foydalanishning mantiqiy nazorati

Ishdan maqsad: Windows OTda foydalanishni cheklash siyosatini amalga oshirishni o’rganish.



Faylga ruxsatlarni o‘rnatish va foydalanuvchi huquqlarini cheklash

Kompyuterda ishlash jarayonida ko‘pincha ma’lumotlardan birini yoki boshqasini noqonunuy, ruxsatsiz ko‘rish va tahrirlashdan himoya qilish kerak. Ushbu vazifa odatda lokal tarmoqda ishlayotganda, shuningdek turli vaqtlarda bir nechta foydalanuvchilar kompyuterdan foydalana olganda paydo bo‘ladi.

Windows operatsion tizimining oldingi versiyalarida ma’lumotni ruxsatsiz kirishlardan himoya qilish tizimi mavjud edi. Ushbu bo‘limda biz Windows 10 OTda ko‘rib chiqamiz.

Faylga kirish huquqini sozlash uchun faylni tanlab «sichqoncha»ning o‘ng tugmachasini bosing va paydo bo‘lgan kontekst menyusidagi “Свойства” buyrug‘ini tanlang. Keyin ochilgan oynada tarkibiy qism shaklda ko‘rsatilgan “Безопасность” yorlig‘iga o‘ting.




Rasmda faylga nisbatan “Пользователи” guruhining foydalanuvchilari “Чтение и выполнение” (O‘qish va Bajarish) huquqiga ega.
“Безопасность” (Xavfsizlik) yorlig‘ida joriy ruxsatlarni, foydalanuvchi yoki foydalanuvchilar guruhini qo‘shish yoki mavjud ruxsatlarni o‘zgartirish uchun “Изменить” (O‘zgartirish) tugmasini bosing. Natijada quyidagi oyna hosil bo‘ladi.

Agar siz foydalanuvchi yoki foydalanuvchilar guruhi uchun ruxsatlarni o‘zgartirishni xohlasangiz, “sichqoncha”ni bosish orqali guruhlar yoki foydalanuvchilar ro‘yxatidagi tegishli pozitsiyani tanlang, so‘ngra tegishli katakchalarni belgilab oynaning pastki qismida “Запретить” - ta’qiqlash yoki “Разрешить” - ruxsatni belgilang.


Ro‘yxatga yangi foydalanuvchi yoki foydalanuvchilar guruhini qo‘shish uchun "Dobavit " (Qo‘shish) tugmasini bosing. Natijada rasmdagi oyna ko‘rinadi.

Bir vaqtning o‘zida ushbu maydonga bir nechta nomlarni kiritish mumkin – bu holda ularni nuqta-vergul bilan ajrating.

“Проверить имена” (Ismlarni tekshirish) tugmachasi yordamida “Введите имена выбираемых объектов” (Tanlangan obyektlarning nomlarini kiritish) maydonida ko‘rsatilgan foydalanuvchi nomlari va foydalanuvchi guruhlari qidiriladi.


Ushbu oynaning yuqori qismida joylashgan “Выберите тип объекта” (Obyekt turini tanlang) maydonida topilishi kerak bo‘lgan obyekt turi ko‘rsatilgan, masalan, siz faqat foydalanuvchilar uchun ruxsat bera olasiz, yoki faqat foydalanuvchi guruhlari yoki o‘rnatilgan xavfsizlik subyektlari uchun yoki barcha turdagi obyektlarni bir vaqtning o‘zida. Obyekt turlarini tanlash uchun “Типы объектов” (Obyekt turlari) tugmachasini bosing, so‘ng ochilgan oynada tegishli katakchalarni belgilab kerakli obyekt turlarini belgilang va OK ni bosing.
Ruxsatnomalarni o‘rnatish uchun foydalanuvchi yoki guruhni obyektlar ro‘yxatidan olib tashlash uchun «sichqoncha»ni bosish bilan ro‘yxatdagi mos joyni tanlang va “ Удалить ” (O‘chirish) tugmasini bosing. Bunday holda, ehtiyot bo‘lish kerak, chunki tizim o‘chirish operatsiyasini tasdiqlash uchun qo‘shimcha so‘rov bermaydi, lekin tanlangan obyektni darhol ro‘yxatdan o‘chiradi.
Xuddi shunday, siz papkalar uchun ruxsatnomalarni sozlashingiz mumkin. Shu bilan birga papkalar va kataloglar uchun qo‘shimcha kirish parametrlarini ham sozlashingiz mumkin.

Dasturlarga ruxsatlarni o‘rnatish va foydalanuvchi huquqlarini cheklash

Dasturlarga ruxsatlrni o’rnatish va foydalanishni cheklash uchun Pusk tugmasini bosamiz






“Локальная политика безопастности” oynasini ochganimizda ushbu oyna hosil bo’ldi, so’ng bu yerdan “Политики ограничeнного использования программ” bo’limidan “Дополнитeльный правила” bo’limi tanlanadi.






Topshiriq variantlari:

Windows OT yangi foydalanuvchi yaratib, uni kirish huquqlarini cheklash bo’yicha amallarni bajaring.

Biror fayl, papkani tanlab foydalanuvchilarni biriktiring va huquqlarini belgilang

Bajargan ishingiz bo’yicha hisobot tayyorlang.

Hisobotda quyidagi ma’lumotlar bo’lishi kerak:


  • Amaliy ish tartibi, mavzusi, maqsadi

  • Amaliy ish bajarish ketma ketligi, bajarilgan ish rasmlari, grafigi, jadvali

  • Amaliy ishdan olingan xulosa.

Foydali xavollar:

https://studfile.net/preview/7882801/



http://e-dastur.uz/maqola/dars/120-windows.html
Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish