9-mavzu: 1991–2017-yillarda Germaniya Federativ Respublikasi, Buyuk Britaniya, Fransiya. Reja



Download 38,33 Kb.
bet3/9
Sana29.05.2022
Hajmi38,33 Kb.
#614853
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
9 mavzu 1991–2017 yillarda Germaniya Federativ Respublikasi, Buyuk

2017-yil sentabrda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida A. Merkel boshchiligidagi koalitsiya 33% ovoz oldi. Bu hukumatni shakllantirish uchun yetarli bo‘lmadi. Bir qator partiyalar bilan koalitsiya tuzish uchun o‘tkazgan muzokaralar shu yil noyabr oyida natijasiz yakunlandi.
Shunga qaramasdan, zamonaviy Germaniyaning ijtimoiy va madaniy muvaffaqiyatlari ancha katta. Bularning barchasi turmushning yangi, XXI asr da’vatlariga javob bera oladigan yuqori sifatini yaratish imkonini berdi.

1991-2017-YILLARDA BUYUK BRITANIYA


1990-yili Buyuk Britaniya bosh vaziri etib saylangan Jon Meyjor siyosati M. Tetcher davridagi neokonservatizm kursini davom ettirishga, ayni paytda «tetcherizm»ning avtoritar boshqaruvga og‘ish hollaridan va boshqa qoldiqlaridan asta-sekin voz kechishga qaratilgan edi. Ammo uning ko‘plab saylovoldi va’dalari amalga oshmasdan qolib ketdi.
Shunga qaramasdan, 1992-yil bahor oyida bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari J. Meyjorning taktikasi to‘g‘riligini ko‘rsatdi. Konservatorlar partiyasi saylovlarda g‘olib bo‘ldi.
XX asrning 90-yillari birinchi yarmida Buyuk Britaniya iqtisodiyoti uzoq muddatli retsessiya davrini boshdan kechirdi. Inflatsiya juda yuqorilab ketdi. Soliq tizimini isloh qilishga urinish muvaffaqiyat keltirmadi, aksincha, konservatorlar partiyasining obro‘yiga salbiy ta’sir qildi.
1990-yillarning ikkinchi yarmidan iqtisodiy o‘sishning boshlanishi ham konservatorlar partiyasining obro‘yini ko‘tarmadi. J.Meyjor «tetcherizm»dan qat’iy uzoqlashib, o‘zining mustaqil kursini ishlab chiqa olmadi.
Shunday holatda o‘zlariga yangi yetakchi va yangi mafkuraviy dasturni tanlagan Leyboristlar partiyasi 1997-yil may oyida bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida g‘olib chiqdi. Partiya yetakchisi yosh Entoni Bler hukumat boshlig‘i bo‘ldi. Endi ular o‘zlarini «yangi leyboristlar» deb atadilar.
E. Bler kabineti faoliyatining asosiy yo‘nalishi konstitutsion islohot bo‘ldi. E. Bler va uning safdoshlari fikricha, islohotlar Shotlandiya va Uelsga avtonomiya, Angliya mintaqalariga ko‘proq mustaqillik berishni, saylov haqidagi qonunni isloh qilishni, yuqori palatani qayta tashkil qilish va uning saylanishini joriy qilishni va boshqa bir qator tadbirlarni ko‘zda tutardi. Ammo bu islohotlarni amalga oshirish ancha og‘ir kechdi.
Faqat 1999-yilga kelib dastlabki yutuqlarga erishildi. Shotlandiya va Uels milliy assambleyalariga saylovlar o‘tkazildi. Tashqi siyosatda leyboristlar siyosati an’anaviyligicha qoldi. E. Bler hukumati tashqi siyosatdagi barcha masalalarda AQSHning eng yaqin hamkori bo‘ldi.

Download 38,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish