9-mavzu: Trikotaj mashinlarini tashkil etuvchi mеxanizmlar



Download 233,75 Kb.
bet1/3
Sana09.07.2022
Hajmi233,75 Kb.
#759178
  1   2   3
Bog'liq
9-ma'ruza

9-mavzu: Trikotaj mashinlarini tashkil etuvchi mеxanizmlar.




Reja:



  1. Trikotaj to‘qimasi to‘g‘risida tushuncha. Halqa hosil qilish jarayonlari o‘rganilib, chizmalari chizilsin.

  2. Trikotaj to‘qimalarining o‘lchamlari, halqa hosil qilish vositalari.



Tayanch iborlar: halqa, tilsimon igna, igna uyasi, hosila.

Halqa xosil qilish usullari.


Halqa xosil qilish jarayoni odatda shartli 19 amallardan tashkil topgan bo‘lib, bular: birinchi amal-eski xalqani surib, yangi xalqaga joy berish; ikkinchi amal-ipni qo‘yish; uchinchi amal- ipni bukish (egish); to‘rtinchi amal-yangi xalqani ilmoq tagiga kiritish; beshinchi amal- presslash; oltinchi amal-eski xalqani ilmoqqa ilish; ettinchi amal - xalqalarni bog‘lash; sakkizinchi amal- eski xalqalarni ignalardan tushirish; to‘qqizinchi amal – yangi xalqa shakllanish va o‘ninchi amal- yangi xalqalarni ignaning beliga perpendikulyar qilib burish. Bu amallarni bajarilish tartibiga qarab, xalqa xosil qilishni ikki usuli mavjud:

  1. Trikotaj usuli. 2. Bog‘lash usuli.

Trikotaj usulida xalqa xosil qilishda, odatda ilgakli ignalardan foydalaniladi. Bu usulni o‘ziga xosligi egish amali birdaniga ip tashlash amalidan, keyin bajarishida 8- ramda trikotaj usulida xalqa xosil qilish jarayoni keima-ketligi va bajarilish tartibi keltirilgan.



9.1-rasm.

Halqa xosil qilishni bog‘lash usulida xam trikotaj usuliga o‘xshash, xalqa xosil qilish jarayonida 10 ta amallar mavjud bo‘lib, faqat amallarni bajarilish tartiblari o‘zgacha. Bog‘lash usulida xalqa xosil qilishni o‘ziga xosligi etish (3 amali), eski xalqalarni ignalardan tushirish (8 amal) va yangi xalqa shakllanish (9 amallar) bilan bir paytda o‘tadi. Bog‘lash usulida xalqa xosil qilish jarayoni turli ignalar yordamida bajarilishi mumkin, (6-rasm)da tilsimon ignalar yordamida xalqa xosil qilish jarayoni keltirilgan. Igna 4 (6-rasm) 1, strelka yo‘nalishida ilgarilanma-qaytma xarakat qiladi. Ignaga qo‘yilgan ip igna ilmog‘i yordamida tish ularda bukilib xalqa bo‘ladi.









9.3-rasm

9.4-rasm

Eski xalqalar platina yoki uruvchi taroq yordamida ignalar suriladi. Igna I igna uyasi L o‘yig‘i o‘rnatiladi, unda qo‘zg‘almas uruvchi ular bor. Eski xalqa S qo‘zg‘almas, chunki uning yuqoriga xarakat qilishi uchun unga burish kuchi qarshilik qiladi, bu kuch strelka e2 bo‘ylab yo‘nalgan, ularning pastga qarab xarakat qilishga esa uruvchi tishlar to‘sqinlik qiladi. (9.4-rasm)da (ko‘ndalang) trikotajni tilsimon igna yordamida xalqa xosil qilish jarayoni ko‘rsatilgan.
Halqa xosil qilishni bog‘lash usulini trikotaj usuliga nisbatan unumdorligini yuqori bo‘lganligi, bu usulni keng tarqalganligiga sabab bo‘ldi
Hamma trikotaj o‘rilishlarini 2 sinfga bo‘lish mumikn:

    1. Bosh o‘rilishlar;

    2. Naqshli o‘rilishlar.

Bosh o‘rilishlar bir qavatli va ikki qavatli bo‘lishi mumkin.
Bir qavatli bosh o‘rilishlarga: Silliq, zanjir, triko, atlaslar kiradi.
Ikki qavatli bosh o‘rilishlarga: Lastik, teskari silliq, lastik zanjiri, lastik trikosi, lastik atlaslar kiradi.
Xosila o‘rilishlari, turli bosh o‘rilishlar qo‘shish yoki boshqa amallar natijasida xosil qilinadi. Ular xam bir qavatli va ikki qavatli matolar o‘rilishlariga bo‘linadi.
Bir qavatli xosila o‘rilishlariga – silliq xosilasi, triko xosilasi va atlas xosilalari kiradi.
Ikki qavatli xosila o‘rilishlariga lastik xosilasi, teskari mato xosilasi, zanjir xosilasi, triko xosilasi va atlas xosilalari kiradi.
Naqshli o‘rilishlar sinfiga bosh o‘rilishlar asosida ularni murakkablashtirish natijasida xosil bo‘ladigan o‘rilishlar kiradi. Naqshli o‘rilishlar bilan ishlab chiqarilgan trikotaj matolar sirtida turli naqshli jilolar xosil qilinadi yoki trikotaj matolarining fizik- mexanik xossalari o‘zgartiriladi.
Bosh o‘rilishli trikotaj. Silliq trikotaj - keng tarqalgan o‘rilish turi bo‘lib, ich kiyimlik, sport kiyimlari, paypoq va paypoq maxsulotlari ishlab chiqarishda keng foydalaniladi. ¤rilish quyidagi xususiyatlarga ega: mato yuzida xalqa ustunlari aniq ko‘zga tashlanadi (8, a-rasm), matoda archasimon ko‘rinishda bo‘ylamasiga ketgan, yoy shaklida (8, b-rasm) va matoning teskari tomonida ko‘ndalang yo‘llar xosil bo‘ladi.



a) b)
9.5-rasm.

Undan tashqari trikotajni bog‘lash yo‘nalishida va unga teskari yo‘nalishda echilish xususiyatlariga ega. Matoning chetlarini buralishi uni pardozlashda, bichish va tikishda qiyinchilik yaratadi. Silliq trikotajda vertikal bo‘yicha uzilish kuchi gorizontalga nisbatan taxminan 2 marta yuqori bo‘ladi (bu xalqa uzunligi bilan bog‘liq).

  1. Trikotaj o‘rilishlarining tasnifi.

Xamma trikotaj o‘rilishlarini 2 sinfga bo‘lish mumkin: Bosh o‘rilishlar;
Naqshli o‘rilishlar.
Bosh o‘rilishlar bir qavatli va ikki qavatli bo‘lishi mumkin.
Bir qavatli bosh o‘rilishlarga: Silliq (glad), zanjir, triko, atlaslar kiradi.
Ikki qavatli bosh o‘rilishlarga: Lastik, teskari silliq (glad), lastik zanjiri, lastik trikosi, lastik atlaslar kiradi.
Xosila o‘rilishlari turli bosh o‘rilishlar qo‘shish yoki boshqa amallar natijasida xosil qilinadi. Ular xam bir qavatli va ikki qavatli matolar o‘rilishlariga bo‘linadi.
Bir qavatli xosila o‘rilishlariga – silliq xosilasi, triko xosilasi va atlas xosilalari kiradi.
Ikki qavatli xosila o‘rilishlariga lastik xosilasi (interlok), teskari mato xosilasi, zanjir xosilasi, triko xosilasi va atlas xosilalari kiradi.
Naqshli o‘rilishlar sinfiga bosh o‘rilishlar asosida ularni murakkablashtirish natijasida xosil bo‘ladigan o‘rilishlar kiradi. Naqshli o‘rilishlar bilan ishlab chiqarilgan trikotaj matolar sirtida turli naqshli jilolar xosil qilinadi yoki trikotaj matolarining fizik- mexanik xossalari o‘zgartiriladi.
Bosh o‘rilishli trikotaj

Download 233,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish