9-mavzu XI-XV asrlarda Eron Reja



Download 374,16 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana29.04.2022
Hajmi374,16 Kb.
#591478
  1   2   3
Bog'liq
2.5-mavzu XI-XV asrlarda Eron



9-MAVZU XI-XV asrlarda Eron 
Reja: 
1.
XI asrdagi Erondagi siyosiy va ziyat. 
2.
Shaddodiylar va Ziyoriylar hukmronligi. 
3.
Buiylar (Bivayhiylar)ning hokimiyat tepasiga kelishi 
Tayanch so‘z va iboralar: 
Shaddodiylar, Ziyoriylar, Buvayhiylar, Kokuiylar, Diyorbakr, 
Daylam, Kura, Araks, Shialik. 
Asosiy matn: 
SHaddodiylar 
340-571/951-1174
Arron va SHarqiy Armaniston 
1. Ganja va Dvindagi ulug’ urug’ 
taxm. 340/951 Muhammad ibn SHaddod(Dvinda)
360/971 Ali LashkariyI ibn Muhammad(Ganjada)
368/978 Marzubon ibn Muhammad 
375/985 Fazl1 ibn Muhammad 
422/1031 Abulfath Muso 
425/1034 Ali LashkariyII
440/1049 Anushirvon ibn Lashkariy 
441/1049 Abu-l-Asvar SHovurI ibn Fazl(413/1022 yildan Dvinda 
441/1049 yiddan Ganjada hukmronlik qilgan)
459/1067 FazlII ibn SHovur 
466-468/1073-1075 Fazl III (Fazlun) ibn Fazl 
Arronni Saljuqiylar lashkarboshisi Sav tegin bosib oldi 
2. Oniydagi urug’ 
taxm. 465/1072 Manuchehr ibn SHovurI
taxm. 512/1118 Abulasvar SHovur11
518/1124 Gruzinlar egallagan 
taxm. 519/1125 FazlIV (Fazlun) ibn SHovurII
? Mahmud 
taxm. 525/1131 Xushchehr 
? SHaddod 
550/1155 FazlV
556/1161 Gruzinlar egallagan 
559-571/1164-1174 SHohanshoh 
Onniyni gruzinlar egallashdi 
SHaddodiylar SHimoliy Eronda Daylamdagi xalqdarning siyosiy faolligi juda kuchaygan 
davrda maydonga chiqqan sulolalardan biridir. SHaddodiylar ham kurd bo’lsalar kerak. Eron 
dunyosining shimoli-g’arbiy burchagi va unga qo’shni bo’lgan Kavkaz hududlari bitilgan 
tarixning ko’p qismida etnik va lingvistik jihatdan haddan tashqari ola-qura manzarani tashkil 
qiladi. SHaddodiylar shajarasida daylamiy ismlarning (Lashkariyga o’xshash) yoki armaniy 
ismlarning(Ashotga o’xshash) mavjudligi, shubhasiz, SHaddodiylar ham Ozarbayjonning 
Daylamiylari, ham nasroniy armanlar va gruzinlar orasidan o’zlariga joy izlashga majbur 
bo’lganlaridan dalolat beradi. Kurd qallobi Muhammad ibn Shaddod X asr o’rtasida 
Dvinda(hozirgi Yerevan shaharidan 35 chaqirim janubroqda) o’rnashib oldi. Bu kezlarda Dvin 
Musofiriylarning qo’lida edi. Muhammad Vizantiyadan ko’mak olishga harchand urinmasin, 
Daylamiylarga Dvinni qaytarib olishlariga to’sqinlik qila olmadi. Ammo 360/971 yilda uning 
o’g’illari Musofiriylarni Arrondagi(SHarqiy Kavkazortida Kuro va Araks daryolari oralig’idagi 
viloyat) Ganjadan quvib chiqarishdi. SHundan boshlab butun asr mobaynida Ganja 
SHaddodiylar urug’ining poytaxti bo’ldi. SHaddodiylar islomni bu hududda zo’r shijoat bilan 
himoya qildilar va gruzin Bafatiylari, turli-tuman arman knyazlari vizantiyaliklar bilan 
kurashdilar, shuningdek, alanlarga(osetinlarga) va Kavkazning narigi tomonidagi ruslarga qarshi 


jang Musulmon sulolalari. qildilar. Xususan, eng mashhur shaddodiy Abulasvar SHovurI 
zamondoshlari orasida din uchun kurashchi sifatida shuhrat qozongan. To’g’rul va Saljuqiylar 
Kavkazda paydo bo’lganida SHaddodiylar ularga bo’ysunishdi, ammo468/1075 yilda qullardan 
chiqqan Saljuqiy amir Sav Tegin Arronga bostirib kirdi va Fazl(Fazlun) III ni o’z mulklaridan 
voz kechishga majbur qildi. Ammo arman Bagratiylarning poytaxti Oniyni465/1072 yilda Sulton 
Alp Arslon egallagandan so’ng SHaddodiylarning boshqa urug’i u yerda o’rnashib oldi va 
ko’pgina ko’rguliklarni boshdan kechirib, to XII asrning ikkinchi yarmida gruzin saltanati 
tiklangunga qadar hukmronlik qilishda davom etdi. Oniydagi SHaddodiylar avlodining biri 
haqidagi so’nggi ma’lumot595/1199 yilga taalluqlidir. 
Ziyoriylar 
315-483/927-1090 
Tabariston va Jurjon(Gurgon) 
315/927 Marvovij ibn Ziyor 
323/935 Zahiru-d-davla Vushmagir 
356/967 Zahiru-d-davla Bisutun 
367/978 SHamsu-l-maoliy Qobus 
402/1012 Falaku-l-maoliy Manuchehr 
420/1029 Anushirvon 
441/1049 Unsuru-l-maoliy Kaykovus 
?-483/?-1090 Gilonshoh 
Kaspiyning janubi-g’arbiy sohillarida joylashgan qoloq tog’li viloyat Daylam X asr 
boshida xalifa va boshqa hukmdorlarga ko’plab yollanma askar yetkazib berib turdi. Ziyoriylar 
Daylamiy navkarlari orasidagi eng ashaddiy sotqinlardan biri, Somoniylardan chiqqan sarkarda 
Asfar isyonidan foydalanib, shimoliy Eronning kata qismini egallabolgan Mardovij ibn Ziyordan 
tarqalganlar. U tez orada janubdagi Isfahon va Hamadonni ham egalladi, ammo323/935 yilda 
Mardovij o’zining turkiy navkari qo’lidan halok bo’ldi va uning chillaki saltanati tarqab ketdi. 
Mardovijningukasi Vushmagir o’zini somoniylarning vassali deb tan olgach, Kaspiy bo’yidagi 
viloyatlarnigina saklab qola oldi. X asrning ikkinchi yarmida Ziyoriylar Buiylar va 
Somoniylarning SHimoliy Eronda hokimiyat uchun olib borgan kurashlarida bir qadar siyosiy 
o’yin qildilar. Ammo Ziyoriylardan chiqqan Kobus ibn Vushmagir anchagina nozikbadiiy dilga 
va iste’dodga ega bo’lgan hukmdorlardan edi. Barcha Daylamiy sulolalardan Ziyoriylarni shu 
narsa ajratib turadiki, ular o’z hukmronlik davrida, ayniqsa, uning so’nggi bosqichida deyarli 
istosnosiz ravishda shia mazhabining emas, sunniy mazhabining e’tiqodlariga amal qildilar. XI 
asr boshida Ziyoriylar G’aznaviylarga qaram bo’lishga majbur bo’ldilar. Ular G’aznaviylar bilan 
nikoh rishtalari orqali bog’langan edilar. Ammo Ziyoriylarning421/1030 yildan keyingi tarixi 
ancha qorong’i. Saljuqiylar Kaspiy bo’yi hududlari— Jurjon va Tabaristonni bosib oldilar, biroq 
Ziyoriylar sulolasining ba’zi bir vakillari ichkari tog’li hududlarda saqlanib qolgan bo’lishi 
mumkin 
edi. 
Ziyoriy 
amirlarining 
so’nggilaridan 
biri 
Kaykovus 
fors 
tilida 
yaratgan«Qobusnoma» kitobining muallifi sifatida shuhrat qozondi. Uning o’g’li Gilonshoh bu 
urug’ning so’nggi hukmdori bo’ldi. U Elburs tog’laridan tushgan ismoiliylar tomonidan 
ag’darilgan. SHundan so’ng bu sulola tarix sahnasidan butunlay chiqib ketdi. Muallifning 
so’nggi ikki Ziyoriy hukmdor taqdiri haqida aytganlari Kaykovusning «Qobusnoma»da bergan 
ma’lumotlariga to’gri kelmaydi. Kitob matnidan ma’lum bo’ladiki. Saljuqiylarning433/1041 
yilda Jurjonda paydo bo’lishi Kaykovusni G’aznaga qochishga majbur qilgan. Kaykovus u yerda 
sakkiz yil mobaynida Sulton Mahmudning nadimi bo’lgan, keyin SHaddodiylar saroyida 
yashagan. 475/1082-83 yillar davomida yozil-gan«Qobusnoma»da Kaykovus o’glining 
hukmdorligi haqida hech narsa demaydi. «Qobusnoma»ni rus tiliga ag’dargar va unga izohlar 
yozgan Ye.E.Bertelьs ham Gilonshohning hukmdor bo’lganiga shubha bilan qaraydi. 
Muallifning Gilonshohning ismoiliylar taxtdan ag’dargani haqidagi taxmini ham hech narsaga 
asoslanmagan. 

Download 374,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish