9 sinf. Fan: Geografiya Jahon aholisi Mavzu


O’tilgan mavzuni so’rab baholash



Download 121,29 Kb.
bet9/22
Sana01.07.2022
Hajmi121,29 Kb.
#726795
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
9-sinf konspekt1

O’tilgan mavzuni so’rab baholash:

  1. Fan-texnika inqilobi qaysi fanlarga asoslanadi?

  2. Jahonda qancha kishi ilmiy tadqiqot faoliyati bilan band?

  3. Qaysi mamlakatlarda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga katta mablaglar ajratiladi?

  4. FTI ning to‘rt tarkibiy qismini aytib bering.

Yangi mavzu bayoni
Fan va ishlab chiqarish olti muhim yo‘nalish bo‘yicha bir-biriga ta’sir ko‘rsatmoqda.
Birinchi yo‘nalish — kompyuterlashtirish, ya’ni inson faoliyatining barcha sohalarini kompyuter texnikasi bilan ta’minlash. Kompyuterlashtirish natijasida ko‘plab ishlab chiqarish jarayonlarining texnologiyasi tubdan o‘zgartirilmoqda. U ta’lim, sog‘liqni saqlash tizimiga, insonlar turmushiga tobora chuqurroq va jadalroq kirib bormoqda. Hozirgi vaqtda elektron uskunalarini ishlab chiqarish sanoatning eng muhim ilmtalab tarmoqlarining biriga aylandi. Elektron-hisoblash mashinalarini ishlab chiqarish bo‘yicha Yaponiya, Germaniya dunyoda yetakchi mamlakatlardir.
Ikkinchi yo‘nalish —kompleks avtomatlashtirish. Mazkur yo‘nalish 50-yillarda, EHM laming barpo qilinishi bilan shakllana boshlagan bo‘lsa ham, uning gurkirab rivojlanishi 70- yillarda mikro EHM va mikroprotsessorlaming ixtiro etilishi bilan uzviy bog‘langandir. Robot-texnikaning barpo qilinishi avtomatlashtirilgan korxonalar, ishlab chiqarish tizimlarining vujudga kelishiga asos bo‘lib xizmat qildi. Robot-texnikaning ham katta miqdori AQSH, Yaponiya, Germaniya, Italiya, Fransiya, Koreya Respublikasi davlatlariga to‘g‘ri keladi.
Uchinchi yo‘nalish— eneigetika xo‘jaligining qayta qurilishini nazarda tutib, energiya tejamiga, yoqilg'i-energetika balansini takomillashtirishga, yangi eneigiya manbalaridan keng foydalanishga asoslanadi. Bu yerda asosiy muammo atom energetikasini rivojlantirish bilan bog‘langan. Hozirgi vaqtda dunyoda 250 dan ortiq AES lar ishlamoqda. Shulaming aksariyat qismi AQSH, Fransiya, Yaponiya, Germaniya, Xitoy, Rossiya va Ukrainada joylashgan. Keyingi 10—15 yil mobaynida yuz bergan fojiali hodisalar AES lami barpo etish bo‘yicha mamlakatlaming dasturlariga salbiy ta’sir ko‘rsatdi, ba’zi bir davlatlar esa umuman AES lami qurishni to'xtatib qo‘ydi.


To‘rtinchi yo‘nalish— yangi materiallarni ishlab chiqarish. Bugungi ishlab chiqarish eski konstruksion materiallar — qora va rangli metallarga, sintetik polimerlarga ilgarigi davrlarga nisbatan ancha yuqori talablar qo‘ymoqda. Natijada yangi kompozitsiyali, yarimo‘tkazgichli, sopol mahsulotlar ishlab chiqarila boshlandi hamda XXI asr metallari — berilliy, litiy, titan, sirkoniy, germaniy, kobaltdan foydalanish kengaydi.
Beshinchi у о‘n a 1 i s h — biotexnologiyaning ildam rivojlanishi bilan bog‘langan. 70-yillarda vujudga kelgan bu yo‘nalish hozirda eng istiqbolli yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. U AQSH, Yaponiya, Germaniya, Xitoy va Fransiyada tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda.
Olt inchi уо’nalish — kosmosni o'zlashtirish.
Kosmonavtikaning rivojlanishi yana bir eng yangi, ilm-fanga talabchan — aerokosmik sanoatning vujudga kelishiga olib keldi. Mazkur tarmoq bilan birga qator yangi mashinalar, asbob-uskunalar, qotishmalar kashf qilindi. Ulardan hozirgi vaqtda boshqa soha va tarmoqlarda ham foydalanilmoqda.
FTI ning chuqurlashishi, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarining kengaytirilishi hamda murakkablashishi sharoitida ulaming samaradorligini oshirishda boshqarish jarayonining o‘rni va ahamiyati kundan kunga ortib bormoqda. Boshqarish, ya’ni axborotlarni olish, saqlash, uzatish va qayta ishlash fan: bo‘lib kibernetika hisoblanadi. Kibernetika — grekcha so‘z bo‘lib, «yo‘lboshchi». «yo‘l boshqaruvchi» ma’nosini anglatadi.
Hozirgi vaqtda yangi axborotlashtirilgan sivilizatsiya haqida so‘z yuritilmoqda. Axborotlashtirish va boshqarishning rivojlanishi bo‘yicha hozirgi vaqtda AQSH tengi yo'q mamlakat hisoblanadi. Yaponiya, Kanada, Shvetsiya, Ispaniya. Avstraliya, Koreya Respublikasi AQSH dan keyingi o‘rinlarda turadi.

Download 121,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish