A. A. Shernaev, N. E. Jiyanova



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/178
Sana25.06.2021
Hajmi3,81 Mb.
#101346
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   178
Bog'liq
Davlat moliyasini boshqarish

Davlat moliyasi 
tarkibi
 
Davlat byudjeti
 
Respublika 
byudjeti
 
Mahalliy 
byudjetlar
 
Byudjetdan 
tashqari fondlar
 
Davlat 
krediti
 
Davlat 
korxonalari 
moliyasi
 


mazmunini ko‗rib chiqishga o‗tamiz. 
Davlat moliyasi tarkibiga quyidagilar kiritiladi: 
– davlat boshqaruvining turli darajalari byudjetlari
– byudjetdan tashqari fondlar; 
– davlat krediti; 
– davlat korxonalari moliyasi. 
Davlat  moliyasining  tarkibiy  qismida  respublika  va  mahalliy 
daraalarda shakllanadigan o‗zaro byudjet aloqalari muhim o‗rin tutadi. 
Turli  darajadagi  byudjetlar  (respublika,  mahalliy)  mos  ravishda 
respublika  hamda  mahalliy  hokimiyat  va  boshqaruv  organlarining 
faoliyati uchun moliyaviy baza sanaladi.  
O‗zbekiston  Respublikasida  umumiy  funksiyalarni  bajarish  uchun 
davlat byudjeti tuziladi, buning natijasida quyidagilar ta‘minlanadi: 
1) iqtisodiyotni barqarorlashtirish bo‗yicha umumdavlat tadbirlarini 
amalga oshirish
2) ijtimoiy sohani rivojlantirish; 
3) tashqi chegaralarni qo‗riqlash; 
4) qurolli kuchlar ta‘minoti; 
5) boshqaruv organlari ta‘minoti; 
6) xalqaro iqtisodiy va siyosiy bitimlarni bajarish. 
Respublika byudjeti quyidagi maqsadlar uchun taqsimlanadi: 
– ijtimoiy ishlab chiqarishning ilg‗or tuzilmasini ta‘minlash; 
– iqtisodiy rivojlanishning ijtimoiy yo‗nalganligini kuchaytirish
–  muayyan hudud fuqarolari ijtimoiy himoyalanganligining yagona 
darajasini ta‘minlash. 
Mahalliy byudjet: 
– iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishda foydalaniladi
– ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishga ta‘sir qiladi; 
– mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar 
raqobatbardoshligini oshirish, hududiy infratuzilmani yaratish va mehnat 
resurslarini qayta tiklash xarajatlarini moliyalashtirishga imkon beradi. 
Mahalliy byudjetlar sezilarli darajada iqtisodiy jarayonlarni tartibga 
solish,  ishlab  chiqarish  kuchlarini  joylashtirish,  hududiy  infratuzilmani 
                                                                                                                                                                                           
3
 И.Н.Мысляева Государственные и муниципиальные финансы .-М.:Инфра-М, 2013.-393  


rivojlantirish va mehnat resurslarini ishga tushirish uchun foydalaniladi. 
Mahalliy byudjetlar ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirishda muhim o‗rin 
tutadi. 
Mustaqil  moliya  bo‗g‗ini  davlat  korxonalari  moliyasini  vujudga 
keltiradi. Uning paydo bo‗lishi bir qator G‗arbiy Yevropa mamlakatlari 
(Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Germaniya, Avstriya) iqtisodiyotida 
davlat  sektorining  rivojlanishi  bilan  bog‗liq  bo‗lib,  Ikkinchi  jahon 
urushidan  keyin  bu  jarayon  juda  keng  tarqalgan.  Uning  asosiy  maqsadi 
o‗ziga  xosligi  tufayli  past  rentabellikka  ega  va  shu  sababli  tadbirkorlik 
uchun  foydasiz  (temir  yo‗l,  havo  transporti,  elektr  energiyasi,  gaz, 
ko‗mir  sanoati  va  h.k.),  biroq  o‗ta  muhim  ishlab  chiqarish  sohalarini 
saqlab  qolish  va  rivojlantirish  orqali  xususiy  xo‗jalikni  qo‗llab-
quvvatlash sanaladi. 
Shunday  qilib,  davlat  korxonalari  xususiy  tadbirkorlik  manfaatlari 
va  milliy  iqtisodiy  muammolar  o‗rtasidagi  ziddiyatni  bartaraf  etishga 
urinishni o‗zida aks ettiradi. Shu bilan birga, davlat korxonalari moliyasi 
–  bu  davlat  moliyasi  bo‗g‗inidir.  U  orqali  davlat  milliy  daromadlarni 
birlamchi  taqsimlashda  ishtirok  etadi,  ushbu  korxonalarda  vujudga 
keltirilgan  daromadlarning  bir  qismini  o‗z  qo‗lida  to‗playdi.  Davlat 
korxonalari  o‗zlariga  biriktirilgan  asosiy  va  aylanma  jamg‗armalarga 
ega,  mustaqil  smeta  bo‗yicha  faoliyat  yuritib,  davlat  byudjeti  bilan 
qonunchilik  asosida  tartibga  solingan  o‗zaro  munosabatlarni  amalga 
oshirishadi.  Korxona  turiga  qarab  ular  turli  darajada  avtonomlik,  ishlab 
chiqarish va moliyaviy mustaqillikka ega bo‗ladi. 
Davlat moliyasining maxsus qismi sifatida davlat krediti mazmunini 
tashkil  etuvchi  pul  munosabatlari  namoyon  bo‗ladi.  Davlat  kredit 
munosabatlari  korxona,  tashkilotlar  va  aholining  vaqtinchalik  bo‗sh 
mablag‗larini jalb qilish va ularni davlat xarajatlari moliyalashtirilishini 
ta‘minlash uchun davlat hokimiyati organlariga vaqt bo‗yicha o‗tkazish 
bilan bog‗liq ravishda yuzaga keladi. 
Davlat krediti – barcha darajadagi hokimiyat va boshqaruv organlari 
qarz  oluvchi,  kreditor  hamda  kafil  sifatida  namoyon  bo‗ladigan  pul 
munosabatlaridir. 
Davlat kreditida bu munosabatlar korxona, tashkilotlar va aholining 


vaqtinchalik  bo‗sh  pul  mablag‗larini  jalb  qilish  va  ularni  davlat 
ehtiyojlarini  moliyalashtirish  uchun  davlat  organlariga  o‗tkazish  bilan 
bog‗liq.  Xalqaro  kreditda  xorijiy  davlatlar,  ularning  kompaniyalari, 
firmalar,  shuningdek,  xalqaro  va  davlatlararo  moliyaviy  muassasalar 
o‗zaro munosabatlarga kirishadi. 
Davlat  moliyasining  tarkibiy  qismida  byudjetdan  tashqari  fondlar 
alohida  bo‗g‗inni  vujudga  keltiradi.  Davlat  byudjeti  ko‗p  jihatdan 
daromadlar  xarajatlarning  aniq  turlariga  biriktirilmaganligi  tufayli 
mablag‗lar  jalb  qilinishiga  imkon  beradi.  Biroq  sarf-xarajatlar  satrlari 
bo‗yicha mablag‗larning ortiqcha jalb qilinishiga erishish mumkin emas, 
xususan, ijtimoiy ehtiyojlar alohida tashvish uyg‗otadi, chunki har doim 
bu  maqsadlar  uchun  xarajatlarni  kamaytirish  xavfi  mavjud.  Shuning 
uchun  rivojlantirish  lozim  bo‗lgan  eng  keskin  sohalarni  aniqlab  olish, 
kelib  tushayotgan  mablag‗larning  maqsadli  yo‗naltirilishi  va 
foydalanilishini  ta‘minlash  o‗ta  muhimdir.  Mazkur  holat  tegishli 
byudjetdan  tashqari  fondlardan  maqsadli  umumdavlat  vazifalarini 
moliyalashtirishni tashkil etish uchun jiddiy asos bo‗ldi. 
Byudjetdan  tashqari  fondlar  qat‘iy  maqsadli  vazifa,  avtonom 
boshqaruvga  ega  bo‗lib,  maxsuslashtirish  va  byudjetdan  maxsus  davr 
uchun o‗ta muhim ahamiyatga ega muayyan xarajatlarni ajratish asosida, 
yoki  xususiy  daromad  manbalarini  fondlarga  biriktirib  qo‗yish  asosida 
shakllantirilishi  mumkin.  Iqtisodiy  rivojlanishning  hozirgi  bosqichida 
ikkala  usul  ham  qo‗llaniladi.  Byudjetdan  tashqari  fondlarni 
shakllantirishning 
maqsadi 
jamiyat 
uchun 
favqulodda 
muhim 
xarajatlarni byudjetga qo‗shimcha ravishda mustaqil daromad manbalari 
bilan ta‘minlashdir. 
Byudjet  defitsiti  ham  byudjetdan  tashqari  fondlarni  shakllantirish 
maqsadga  muvofiqligini  belgilab  beruvchi  muhim  omillardan  biridir. 
Byudjet xarajatlarining daromadlardan ortib ketishi nafaqat uni qoplash 
uchun  qo‗shimcha  moliyaviy  resurslar  topishni,  balki  korxonalar, 
tashkilotlar,  muassasalar  va  aholi  tomonidan  kelib  tushayotgan 
mablag‗larni  xarajatlarning  muayyan  turlarini  qoplash  uchun  qayta 
taqsimlashni talab qiladi. Mulkchilik va boshqaruv shakllarining xilma-
xilligi  byudjet  metodlari  bilan  birga  jamiyatda  pul  mablag‗larini  qayta 


taqsimlash zaruratini taqozo etadi. 
Davlat moliyasini tashkil etish va ishlash tamoyillarini belgilab olish 
muhim metodologik omil sanalib, bu iqtisodiyotning davlat va mahalliy 
sektorlarini  rivojlantirishga  moliyaning  ta‘sir  yo‗nalishlarini  aniqlash, 
ularni ishlash mezonlarini ishlab chiqishga imkon beradi. 
Davlat  va  mahalliy  moliya  axborot  oqimlariga  tayanadi.  Hukumat 
qarorlarini  qabul  qilish  axborotlar  majmuiga  asoslangan.  Kelib 
tushayotgan  axborotlar  tahlili  qaror  qabul  qilish  vaqtida  ham,  uni 
bajarish  jarayonini  nazorat  qilishda  ham  muhimdir.  Ushbu  axborotlar 
tezkor  va  statistik  hisobotlarda,  shartnoma  va  bitimlarda,  hisoblashish 
hujjatlari va boshqalarda mujassam bo‗ladi. 
Davlat  moliyasi  aniq  maqsadli  yo‗nalishga  ega.  Ular  jamiyatning 
alohida  qatlamlarining  muayyan  ijtimoiy-siyosiy  manfaatlariga  ta‘sir 
qiladi.  Biroq  o‗zining  barcha  jihatlariga  ko‗ra  ular  davlat  va  mahalliy 
vazifalarni hal etishga yo‗naltirilgan. 
Davlat  moliyasi  davlatning  iqtisodiy,  ijtimoiy  va  siyosiy 
funksiyalarini bajarishi uchun zaruriy pul mablag‗lari bilan ta‘minlashga 
yo‗naltirilgan  mamlakatning  moliya  tizimining  muhim  bo‗g‗inidir.  
O‗zining  iqtisodiy  mohiyatiga  ko‗ra  davlat  moliyasi  ijtimoiy  mahsulot 
va  milliy  daromadni  taqsimlanishi  va  qayta  taqsimlanishi  jarayonida 
davlat  ixtiyorida  pul  jamg‗armalarini  shakllantirish  va  mazkur 
davlatning pul jamg‗armalaridan kengaytrilgan takror ishlab chiqarishni 
rivojlantirish  bo‗yicha  xarajatlarga,  jamiyat  a‘zolarining  o‗sib 
borayotgan  ijtimoiy  madaniy  ehtiyojlarini  qondirishga,  mudofaa  va 
boshqarish  sohalarini  moliyaviy  ta‘minlash  bo‗yicha  ehtiyojlarni 
qondirishga  ishlatish  bilan  bog‗liq  makroiqtisodiy  munosabatlar 
tizimidir.  Davlat  moliyasining  o‗ziga  xos  xususiyati  shu  bilan 
belgilanadiki,  unda  qatnashuvchi  subyekt  sifatida  davlatning  o‗zi 
maydonga chiqadi.  
Davlat  moliyasining  iqtisodiy  mohiyati  turli-tuman  talqin 
qilinadigan  bo‗lib,  uning  tarkibida  alohida  o‗zaro  bogliq  bo‗g‗inlar 
mavjud bo‗lib, ularning har biri o‗ziga xos funksiyalarni bajaradi. Davlat 
moliyasining tarkibiga quyidagilar kiritiladi: davlat boshqaruvining turli 
darajalarida  shakllantiriladigan  byudjet  munosabatlari,  byudjetdan 


tashqari  jamg‗armalar,  davlat  krediti  munosabatlari,  davlat  korxonalari 
moliyasi.  Yuqorida  sanab  o‗tilgan  davlat  moliyasi  bo‗g‗inlarining 
funksional  vazifalari 
yordamida 
davlat 
iqtisodiy 
va 
ijtimoiy 
jarayonlarning  keng  spektrlariga  ta‘sir  qiladi,  tarmoq  va  hududiy 
muammolarni hal qilish imkoniyatlariga ega bo‗ladi. 
Davlat  moliyasi  davlatning  umumiy  daromadlarini  shakllantirish 
va  davlat  xarajatlari  yo‗nalishini  o‗z  ichiga  oluvchi  qiymat  taqsimot 
munosabatlarini  o‗zida  aks  ettiradi.  Byudjet  davlat  moliyasining  asosiy 
bo‗g‗ini  hisoblanadi.  Chunki  byudjet  orqali  YaIMning  taxminan  20-
25%i  qayta  taqsimlanadi.  Davlat  byudjet  orqali  yirik  miqdordagi  pul 
resurslariga  ega  bo‗ladi.  Bunday  pul  resurslari  orqali  davlat  o‗zining 
jamiyatdagi  ijtimoiy-iqtisodiy,  siyosiy  va  boshqa  vazifalarini  amalga 
oshiradi.  
Byudjet  munosabatlari  yordamida  moliyaviy  usulda  qayta 
taqsimlash  natijasida  milliy  daromadning  sezilarli  qismi  jamlanadi. 
Yuqorida ta‘kidlaganimizdek, markaziy va mahalliy hokimiyat organlari 
faoliyatining moliyaviy bazasi davlat byudjeti hisoblanadi. 
Byudjet  iqtisodiy  kategoriya  hisoblanadi,  chunki  uning  moddiy 
asosini  ijtimoiy  ishlab  chiqarish  natijasida  olinadigan  pul  daromadlari 
tashkil  etadi.  Shuning  uchun  ham  har  qanday  mamlakatda  byudjet 
munosabatlarini  tashkil  qilish  jarayonida  ishlab  chiqarish  manfaatlari 
hisobga olinishi lozim. 
Byudjet    vositasida  davlat  iqtisodiyotga  faol  ta‘sir  qilish 
imkoniyatlariga  ega  bo‗ladi.  Chunki  byudjet  vositasida  iqtisodiyotning 
yirik  miqdordagi  pul  resurslari  tarmoqlar  va  hududlar  o‗rtasida  qayta 
taqsimlanadi.  Demak,  byudjet  daromadlarini  shakllantirish  va  ulardan 
ijtimoiy  extiyojlar  uchun  foydalanish  jarayonida  davlatning  barcha 
tarmoq  va  sohalaridagi  pul  daromadlari  va  jamg‗armalarni  tartibga 
soladi,  mamlakatlarning  turli  hududlaridagi  iqtisodiy  potensial, 
investitsion  faollikni  va  barqaror  iqtisodiy  o‗sishni  ta‘minlash  bilan 
bog‗liq hududiy muammolarni hal qilish imkoniyatlariga ega bo‗ladi. 
Yuqoridagi  fikrlarni  umumlashtirgan  holda,  davlat  moliyasining 
tarkibiy  qismi  sifatida  davlat  byudjeti  4  asosiy  sifat  belgilari  bilan 
tavsiflanadi: 


 Byudjet davlat qo‗lida milliy daromadni bir qismini jamlash va ijtimoiy 
ehtiyojlar  uchun  undan  foydalanish  bilan  bog‗liq  qayta  taqsimlash 
munosabatlarining alohida iqtisodiy shakli hisoblanadi. 
 
Byudjet  munosabatlari  moliyaviy  munosabatlarning  o‗ziga  xos 
shakli  sifatida  imperativ  xarakterga  ega  bo‗lgan  pul  munosabatlari 
hisoblanadi. 
 Byudjet  orqali  milliy  daromadni  ijtimoiy  ishlab  chiqarishning  muhim 
sohalari o‗rtasida, iqtisodiyot tarmoqlari ichida, ijtimoiy faoliyat sohalari 
o‗rtasida,  mamlakat  hududlari  o‗rtasida  qayta  taqsimlash  amalga 
oshiriladi. 
Byudjetning taqsimlash sohasi davlat moliyasida muhim rol o‗ynaydi. 
Demak, byudjetning iqtisodiy mohiyati nuqtayi nazaridan mustaqil 
iqtisodiy  kategoriya  sifatida  ko‗rib  utiladigan  bo‗lsa,  davlatning 
moliyaviy  asosini  qonuniy  o‗rnatilishi  nuqtayi  nazaridan  esa  byudjet 
davlatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida ko‗rib chiqiladi. 
O‗zining  jamiyat  taraqqiyotidagi  ijtimoiy  iqtisodiy  funksiyalariga 
asoslangan  holda  byudjetdan  tashqari  jamg‗armalar  davlat  moliyasida 
muhim ahamiyatga egadir. 
Davlatning  byudjetdan  tashqari  jamg‗armalari  asosan  ijtimoiy 
muammolarni  hal  qilish  maqsadida  markazlashtirilgan  shaklda  ijtimoiy 
ishlab  chiqarish  jarayonida  yaratilgan  pul  daromadlarini  bir  qismini 
ijtimoiy  extiyojlar  yo‗nalishida  foydalanish  uchun  qayta  taqsimlash 
jarayonida shakllantiriladigan pul jamg‗armasidir. 
 

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish