A. A. Shernaev, N. E. Jiyanova


 Moliya siyosatining mohiyati va turlari



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/178
Sana25.06.2021
Hajmi3,81 Mb.
#101346
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   178
Bog'liq
Davlat moliyasini boshqarish

1.4. Moliya siyosatining mohiyati va turlari 
Fiskal  yoki  byudjet-soliq  siyosati  –  bu  davlat  xarajatlari,  soliqqa 
tortish,  imtiyozlar  va  subsidiyalar  berish,  transfert  to‗lovlari  tartibini 
o‗zgartirishga  qaratilgan  davlat  chora-tadbirlari  majmui  hisoblanadi.  U 
moliyaviy  resurslar  akkumulyatsiyasi  va  makroiqtisodiy  barqarorlik, 
resurslar va daromadlarni qayta taqsimlash, to‗liq bandlikni ta‘minlash, 


noinflyatsiyaviy  mahsulot  ishlab  chiqarishga  erishishga  ta‘sir  qilish 
maqsadida  olib  boriladi,  pul-kredit  siyosati  chora-tadbirlari  bilan  birga 
esa tovar va xizmatlarning sof eksporti (importi)ga ta‘sir ko‗rsatadi. 
Byudjet-soliq  siyosatining  asosiy  instrumentlari  soliq  va  byudjet 
regulyatorlaridir.  Soliq  regulyatorlariga  soliq  va  to‗lov  turlari,  ularning 
tuzilmasi, soliqqa tortish  obyektlari, to‗lov subyektlari, soliq manbalari, 
stavkalar,  imtiyozlar,  sanksiyalar,  undirish  muddatlari,  joriy  etish 
usullari  kiradi.  Byudjet  regulyatorlari  –  bu  mablag‗larning  davlat 
tomonidan  markazlashtirish  darajasi,  respublika  va  mahalliy  byudjetlar 
o‗rtasidagi  nisbat,  byudjet  defitsiti,  davlat  byudjeti  va  byudjetdan 
tashqari  fondlar  o‗rtasidagi  nisbat,  daromad  va  xarajat  qismlarining 
byudjet tasnifi va boshqalar hisoblanadi. 
Fiskal 
siyosat  iqtisodiy  vaziyatdagi  o‗zgarishlarga  ta‘sir 
mexanizmiga  bog‗liq  ravishda  diskretsion  va nodiskretsion  (avtomatik) 
turga  bo‗linib,  shunga  mutanosib  tarzda  uning  faoliyat  mexanizmi 
belgilanadi, tartibga solish shakl va metodlari aniqlashtiriladi. 
Diskretsion  fiskal  siyosat  hukumat  qarorlariga  asoslanadi.  Bunda 
hukumat  soliq  stavkalari  yoki  soliqqa  tortish  tuzilmasi,  davlat 
xarajatlarining darajasi bilan manipulyatsiya qilgan holda, yalpi talab va 
yalpi  taklif,  milliy  mahsulotning  real  hajmi,  ish  bilan  bandlik  darajasi, 
inflyatsiya va narxlar shakllanishiga ta‘sir ko‗rsatadi. 
Hukumat 
qarorlaridan 
qat‘i  nazar,  iqtisodiy  shart-sharoit 
o‗zgarganda  davlat  xarajatlari  va  soliq  tushumlari  darajasida  avtomatik 
o‗zgarishlarning  mavjudligiga  bog‗liq  holda  avtomatik  moliyaviy-soliq 
siyosati shakllantiriladi. Bu o‗rnatma stabilizatorlar siyosati – o‗z-o‗zini 
tartibga  solish  rejimida  ishlaydigan  mexanizmlar  bo‗lib,  bu 
rejalashtirilgan  xarajatlar  va  investitsiyalar  umumiy  hajmi  va 
tuzilmasidagi 
o‗zgarishlarni 
kompensatsiyalaydi. 
O‗rnatma 
stabilizatorlar  hukumat  tomonidan  maxsus  qarorlar  qabul  qilmasdan 
turib,  inqiroz  davrida  davlat  byudjeti  defitsitini  oshirishi  (yoki  uning 
ijobiy  saldosini  qisqartirishi)  va  inflyatsiya  davrida  ijobiy  saldoni 
oshirishi 
(yoki 
defitsitni 
kamaytirishi) 
mumkin. 
O‗rnatma 
stabilizatorlarga  tovar  va  xizmatlar  ishlab  chiqarish  hajmi,  narxlar  va 
foiz  stavkalari  darajasi  o‗zgarishlariga  iqtisodiy  tizim  ta‘sirchanligini 


susaytirishga  xizmat  qiluvchi  soliqlar,  ishsizlik  bo‗yicha  nafaqalar, 
ijtimoiy to‗lov kiritiladi.  Bu yerda yetakchi rol soliqlarga tegishli. 
O‗rnatma stabilizatorlarning ta‘siri quyidagicha izohlanadi: 
1. Iqtisodiy inqiroz davrida ishsizlik darajasi o‗sib boradi va ijtimoiy 
nafaqalar  bo‗yicha  byudjet  xarajatlari  avtomatik  ravishda  ko‗payadi, 
shuning  uchun  aholi  daromadlari  va  umumiy  talab  o‗sadi.  Iqtisodiy 
yuksalish davridagi vaziyat esa aksincha. 
2. Hukumatlar diskretsion, ya‘ni, barqarorlashtiruvchi fiskal siyosat 
olib  borib,  u  iqtisodiy  sikl  fazasiga  bog‗liq  ravishda  sekinlashtiruvchi 
yoki rag‗batlantiruvchi (defitsit) bo‗lishi mumkin. 
Sekinlashtiruvchi  fiskal  siyosat  ortiqcha  talabning  ta‘siri  ostida 
yuzaga  kelgan  inflyasiyani  bartaraf  etish  uchun  iqtisodiy  yuksalish 
bosqichida  amalga  oshiriladi.  U  ishbilarmon  faollikni  cheklash, 
YaIMning 
real 
hajmini 
uning 
potensial 
darajasiga 
nisbatan 
kamaytirishga  qaratilgan.  Sekinlashtiruvchi  siyosatni  amalga  oshirish 
mexanizmi  sof  soliqlar  oshishini  (soliq  undirishdan  olingan  davlat 
daromadlari  bilan  davlat  transfert  to‗lovlari  o‗rtasidagi  farq),  yoki 
ularning davlat xarajatlarini (xaridlar va buyurtmalar) kamaytirish bilan 
birga  o‗sishini  nazarda  tutadi,  bu  iqtisodiyotning  xususiy  sektorida 
umumiy talabning kutilgan jonlanishini kompensatsiyalaydi. 
Rag‗batlantiruvchi (defitsit) fiskal siyosat  ishlab chiqarish pasaygan 
davrda sof soliqlarni kamaytirish yoki buni davlat xarajatlarining oshishi 
bilan 
uyg‗unlashtirishga 
yo‗naltirilgan 
chora-tadbirlar 
orqali 
ishsizlikning sezilarli darajasida amalga oshiriladi. 
Soliqlar va davlat xarajatlarining iqtisodiy o‗sishga ta‘siri. 
Soliqlar 
va 
davlat 
xarajatlarining 
iqtisodiy 
rivojlanishga 
stabillashtiruvchi  ta‘siri  shu  bilan  asoslanganki,  ular  multiplikatsion 
samaraga  ega  va  umumiy  talab,  milliy  ishlab  chiqarish  hajmi,  aholi 
bandligiga  to‗g‗ridan-to‗g‗ri  ta‘sir  etadi.  Masalan,  inqiroz  davrida 
hukumat  davlat  xarajatlarini  qisqartirishni  rag‗batlantirgan  holda, 
iste‘mol  xarajatlarining  o‗sishi  va  investitsiyalarning  ko‗paytirish 
ehtiyoji yuzaga keltiradi. 
Quyidagi nisbatga teng davlat xarajatlari multiplikatori (MRg)  


)
1
(
1
MPC

 
(bu  yerda  MRC  –  iste‘molga  chegaraviy  moyillik)  tovar  va 
xizmatlar  xaridi  uchun  davlat  xarajatlari  o‗sishi  natijasida  YaIM 
ortishini ko‗rsatadi. 
Ishsizlikning  sezilarli  darajasida  davlat  soliqlarini  qisqartirish 
shaklida  rag‗batlantiruvchi  siyosatni  amalga  oshiradi.  Ancha  kam 
soliqlar uy xo‗jaligi daromadlari ortishiga olib keladi, bu esa  xarajatlar 
ortishi  va  umumiy  talab,  narxlar  o‗sishi,  ishlab  chiqarish  va  umumiy 
taklif  kengayishini,  natijada  esa  real  YaIM  oshishini  keltirib  chiqaradi. 
Shuningdek,  ular  uy  xo‗jaligi  jamg‗armalari  o‗sishi  va  tadbirkorlik 
investitsiyalarining  foydaliligi  oshishini  rag‗batlantiradi.  Bu  kapital 
jamg‗arish me‘yori ortishi, ishlab chiqarish kengayishi, ishsizlik darajasi 
pasayishi va milliy mahsulot ko‗payishiga xizmat qiladi. O‗z navbatida, 
soliqlar ham multiplikatsion samaraga olib keladi. 
Sof  soliqlar  multiplikatori  (MRn)  –  bu  jami  talabning  o‗zgarish 
qiymatining  real  sof  soliqdagi  berilgan  o‗zgarish  qiymatiga  nisbati. 
Uning mutlaq qiymati quyidagi formula orqali aniqlanadi: 
 
MRn=MRg-1. 
Soliqlar  davlat  xarajatlariga  nisbatan  milliy  mahsulot  o‗zgarishiga 
kam  darajada  ta‘sir  ko‗rsatadi.  Soliq  multiplikatori  iste‘molga 
chegaraviy  moyillik  kattaligida  davlat  xarajatlari  multiplikatoridan 
kamroq bo‗ladi: 
MPH=MMP* MMR=
)
1
(
MPC
MPC


 
Buning  sababi,  davlat  xarajatlari  jami  xarajatlarning  tarkibiy  qismi 
hisoblansa,  soliq  faqat  sarf-xarajatlarni  qoplaydigan  omil  –  umumiy 
xarajatlarning  o‗zgaruvchilaridan  biri  hisoblanadi.  Bundan  tashqari, 
tovar va xizmatlar sotib olish uchun foydalaniladigan har bir pul birligi 
YaIM o‗sishiga to‗g‗ridan-to‗g‗ri ta‘sir qilsa, soliqlar qisqarishi bilan uy 
xo‗jaliklari  daromadining  faqatgina  bir  qismi  iste‘molga  o‗tadi,  chunki 


ikkinchisi jamg‗arishga yo‗naltiriladi. 

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish