A ashirov, sh. Atadjanov


Etnologiyaning zamonaviy muammolari



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/142
Sana14.06.2022
Hajmi4,1 Mb.
#671921
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   142
Bog'liq
Ashirov A. Etnologiya

Etnologiyaning zamonaviy muammolari. 
0 ‘tgan XX asr oxirgi 
choragida etnologiyada yangicha yo‘nalishlarning paydo boMishi 
mazkur fan doirasida bajarilayotgan tadqiqotlarning ham tubdan, 
ham mazm unan, ham m ohiyatan o ‘zgarishiga olib keldi. Aynan 
shu davrdan boshlab tadqiqotchilar tom onidan an ’anaviy ko‘ri- 
nishni olgan uzoq yurtlardagi o ‘ziga xos ekzogamik m adaniyat - 
lar emas, balki, zamonaviy jam iyatlarni o ‘rganishga ko‘proq 
e ’tibor qaratila boshlandi. N atijada qato r yangi nazariyalar va 
maktablar paydo boMdi. Tadqiqotchilar tom onidan etnologiyaning 
o'ziga xos yangi yo‘nahshlari bo‘yicha ilmiy ishlar bajarila boshlandi. 
Jum ladan, G ‘arbiy Yevropa ilmida ijtimoiy etnologiya, huquqiy 
etnologiya, siyosiy etnologiya, diniy etnologiya, xo‘jalik (iqti­
sodiy) etnologiyasi shakllandi va istiqbolli rivojlanib borm oqda. 
U m um an olganda, hozirgi davrda etnologiya sohasida tadqiqot 
olib boruvchi yoki ushbu fanga qiziquvchilar:
♦ Insoniyat o ‘zini o ‘rab turgan tevarak atrofni qanday holda 
tasavvur qiladi?
♦ Odam lar tasaw urida moddiy olamdagi predm etlar qanday 
m a’no kasb etadi va ushbu qarashlarning o ‘zgarish jarayoni 
qanday kechadi?
♦ M adaniyatlararo m unosabatiar a n ’anaviy va zamonaviy 
madaniyatlarga qanday ta ’sir oMkazadi?
♦ Dunyoning etnik manzarasi o ‘zida nimani aks ettiradi va bu 
manzaraning o‘zgarishi qanday mexanizmlar asosida yuz beradi?
♦ U yoki bu madaniyat vakillari sodir boMadigan o‘zgarishlarga 
qay tarzda moslashuvi va o ‘z navbatida, uning yashayotgan ja- 
miyatiga moslashishi qanday meyorlarga asoslanadi?
♦ Zamonaviy industrial jam iyatda etno-m illiy m adaniyat- 
larning roli va o 'rn i qanday?
♦ H ar qanday holatda etnos vakillari tafakkurida nim a o ‘z- 
garmaydi yoki nima butkul unutilishi yoxud o ‘zgarishi m um kin 
va o ‘z navbatida bu jarayon qanday kechadi?
♦ M adaniyatlarning ichidagi o ‘zaro bogMiqlik va aloqalar 
qay tarzda yuz beradi?


♦ 
Etnik madaniyatda barcha tizimni mustahkam ushlab tu- 
ruvchi va jamiyat hayotida sodir boiadigan o'zgarishlar jarayoni­
da himoya qiluvchi' mustahkam o'zgarm as qism, asos mavjud- 
mi? — degan qator savollar zanjiriga to ‘g‘ri javob izlaydi.
Shubhasiz, m azkur m uam m olarning aksariyati oxirgi o ‘n 
yilliklarda etnologlar diqqat-e’tiborini o ‘ziga jalb etib, ilmiy- 
tadqiqot m uam m osiga aylandi. Bu borada, ayniqsa, G ‘arb 
mamlakatlarida so‘nggi o ‘n yilliklarda etnologiya fani «post­
modernizm» falsafasiga asoslangan boiib, bunda bevosita ijtimoiy 
guruhlar orasidagi etnoslararo jarayonlarni tadqiq qilish asosiy 
m aqsad-m uddaolardan biri hisoblanadi. Shuningdek, lokal va 
global jarayonlarni tadqiq etishda olimlar tom onidan tadqiqiy 
tanlash masalasiga e ’tibor kuchaydi. Bunda jamiyat hayotidagi 
barcha jarayonlar emas, balki etnos va madaniyatning o‘ziga xos 
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, eng muhim deb hisob­
langan qarashlargina tadqiq qilinmoqda. Boshqacha ifodalaydi- 
gan boisak, bajarilayotgan tadqiqotlarda asosiy e ’tibor inso- 
niyatning rivojlanish bosqichlari, ya’ni uning zaminda paydo 
boiganidan to hozirgi davrgacha boigan tarixiy yoiining global 
miqyosdagi tavsifiga emas, balki muammoviy tanlanish asosi- 
dagi tadqiqotlarga qaratilmoqda. Zero, rivojlangan m am lakat- 
larda etnologiya yo‘nalishida bajarilayotgan ilmiy ishlarning ak­
sariyati jamiyat hayotida aynan muhim va dolzarb deb e ’tiro f 
etilgan ijtimoiy m uam m olar doirasida amalga oshirilmoqda.
Dunyo miqyosida olib borilayotgan etnologik tadqiqotlar 
orasida Rossiya etnologiya maktabi o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. 
Rossiyada XX asrning 90-yillaridan boshlab ayrim tadqiqotchilar 
tom onidan etnos nazariyasi rad etilib, etniklik va m adaniy 
antropologiya yo‘nalishidagi tadqiqotlar bajarilmoqda. Rossiya- 
ning markaziy shaharlarida, xususan, Sankt-Peterburg Davlat 
universitetida madaniy antropologiya va etnik sotsiologiya kafedrasi 
tashkil etildi, Yevropa va AQSh olimlarining jiddiy muhim asarlari 
tarjima qilina boshlandi. Antropologiya va etnologiyaga oid qator 
o‘quv qoilanm alari, ilmiy asarlar chop etildi. Ushbu fan sohasida 
Rossiyadagi eng yirik ilmiy markazlardan biri Mikluxo Maklay 
nomidagi Etnografiya institutining nomi ham Etnologiya va antro-


pologiya instituti deb o ‘zgartirildi hamda institutning tadqiqot mav­
zulari ham mazkur yo‘nalishlarga moslashtirildi. Y urtim izda esa 
mustaqillik davrida Respublikamizning turli tarixiy-etnografik 
mintaqalari, jum ladan, Farg'ona vodiysi, Janubiy 0 ‘zbekiston, 
Buxoro va Xorazm kabi tarixiy-etnografik mintaqalari etnologiyasi 
va bu m intaqalar aholisi etnom adaniyatidagi m ahalliy xusu- 
siyatlar, moddiy va m a’naviy madaniyatdagi transform atsion, 
etnoslararo jarayonlar, mamlakatimiz hududida istiqomat qiluvchi 
turli diasporalar* va irredentlar* etnologiyasi, a n ’anaviy va 
zamonaviy etnomadaniy jarayonlar, zamonaviy shahar m uhitida 
a n ’anaviy milliy qadriyatlarning saqlanib qolish om illari, zam o- 
naviy etnik jarayonlar kabi ko ‘plab m avzularda tad q iq o tlar 
bajarilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, etnologiyaning tadqiqot 
mavzusi doimiy ravishda kengayib borm oqda va bu esa m a’lum 
m a’noda fanga mukammal ta ’rif berish imkonini cheklam oqda. 
To'g' ri, bugungi kunga qadar turli uslubiy qarashlar va g‘oyalar 
asosida etnologiyaga berilgan o ‘nlab ta ’riflar mavjud bo‘lib, ular 
etnologiyaning ayrim muhim iomonlarinigina o ‘ziga qamrab olgan. 
X ulosa qilib ay tad ig an b o ‘lsak, 

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish