A. D. Utepbergenov M. J. Kolondorov Annotatsiya



Download 53,59 Kb.
bet1/3
Sana26.02.2022
Hajmi53,59 Kb.
#470448
  1   2   3
Bog'liq
ALLAMBERGEN


A.D.Utepbergenov
M.J.Kolondorov
Annotatsiya: Ilmiy maqolada paxta/polyester tolali aralashma komponentlari ulushining aralash ipning sifat ko'rsatkichlariga ta'sirini o'rganish natijalari keltirilgan. Shu maqsadda xomashyo sifatida Xitoy polyester tolalari va Toshkent viloyatida yetishtirilgan paxta tolalari ishlatilgan. Ne 30/1 paxta/polyester aralash iplar halqali yigirish mashinalarida yigirildi. Tayyor iplarning sifat ko'rsatkichlari USTER firmasi sinov asboblari yordamida aniqlandi (Uster TESTER-4, Uster UTR-5 va boshqa).
Iplarning ingichka-qalin joylari, nepslar (tugun) soni sifat ko'rsatkichlari uster statistic standartiga mosligi tekshirildi
Kalit so'zlar: ip sifati, aralash ip, notekislik, polyester tolasi

Аннотаци: В научной статье приводятся результаты исследования влияния долевого содержания смеси волокон хлопок/полиэстер на показатели качества смесовой пряжи, широко используемой в текстильной промышленности. Для этой цели, в качестве сырья, были использованы волокна полиэстера и хлопковые волокна, выращиваемые в Ташкентской области. Хлопко-полиэстерная пряжа Ne 30/1 была изготовлена в кольцевой прядильной машине. Качественные показатели готовой пряжи были определены с помощью испытательных приборов фирмы USTER (Uster TESTER-4, Uster UTR-5 и др.).
Сравнивались такие показатели пряжи, как количество утонений, утолщений и количество непсов.
Ключевые слова: качество пряжи, смесовая пряжа, неровнота, волокно полиэстер.

Abstract: The scientific article presents the results of a study of the influence of the share content of a mixture of cotton/polyester fibers on the quality indicators of blended yarn, which is widely used in the textile industry. For this purpose, polyester fibers and cotton fibers grown in the Tashkent region were used as raw materials. Cotton-polyester yarn Ne 30/1 was made in a ring spinning machine. The quality indicators of the finished yarn were determined using USTER testing instruments (Uster TESTER-4, Uster UTR-5, etc.).
Yarn indicators such as the number of thinnings, thickenings and the number of neps were compared
Key words: yarn quality, mixed yarn, unevenness, polyester fiber

Kirish. To‘qimachilik sanoatida turli xil xomashyolardan har xil tuzilish va xossalarga ega iplar ishlab chiqarilib, ulardan to‘qilishi va xossalari turlicha to‘qimachilik matolari tayyorlanmoqda.


Barcha turdagi, jumladan, tabiiy tolalarning dunyo miqyosidagi umumiy iste'moli so'nggi besh yil ichida deyarli 19% ga oshib, bunda, tabiiy tolalar ulushi doimiy ravishda kamayib bormoqda, kimyoviy tolalar ulushi esa 20% dan oshdi va jahon ishlab chiqarishining uchdan ikki qismini tashkil etadi. [1] Ushbu bozordagi ustunlik Xitoyga tegishli, ikkinchi o'rin – AQSh, Rossiya faqat 27 o'rinni egallaydi. [2]
Butun dunyoda iplar ishlab chiqarishda sintetik tolalar ishlab chiqarishning 80% ni tashkil etadi.[3] Kimyoviy tolalar orasida jahon balansining 74 foizini tashkil etadigan polyester tolalarining ishlab chiqarilishi keng rivojlangan.
PCI Fibers va Paxta xalqaro maslahat qo'mitasi (ICAC) mutaxassislarining fikriga ko'ra polyester tolalari va iplarning jahon miqyosida ishlab chiqarilishi 2030 yilga qadar 70 million tonnaga yetadi.
To'qimachilik sanoatida xomashyo sifatida ishlatiladigan turli xil tolalar, shuningdek, turli xil yigirish tizimlari va usullari mavjud. Texnologik taraqqiyot natijasida halqali yigirish mashinalariga o'xshash ko'plab usullar ishlab chiqildi va foydalanishga topshirildi. Halqali yigirish mashinalarida iplar ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida ko’proq paxta tolasi ishlatiladi. Paxta tolasidan tashqari, xomashyo sifatida paxta chiqindilari, sun’iy tolalar, polyester, akril, poliamid, polipropilen, paxta/sintetik tolalar aralashmasi yoki sintetik/sun’iy tolalar aralashmasi ham qo‘llaniladi.
Nazariy tadqiqotlar. Yigirilgan iplarning Uster Tester tahliliga ko'ra ipning chiqiy zichligi ingichkalashkan sari Ne40 < notekislik, Ne50< notekislik, va Ne 60< notekislik xam ko'tarilgan, xuddi shunday massa bo’yicha variatsiya koeffitsienti 40Ne < variatsiya koeffitsienti, Ne50 tukdorlik, Ne 50> tukdorlik, Ne 60 ko’rish mumkin. [3.4]
Polyester/paxta tolalari aralashmasidan turli nisbatlarda halqali yigirish mashinasida olingan ipning sifatiga ta’siri bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar davrida, D. Sniak va boshqalar (2006), jami 36 ta namunani qayta tarash va karda yigirish usullaridan foydalangan holda 20 teks va 30 teks iplar tayyorlagan.
Natijada, polyester miqdori nisbati oshishi bilan chiziqiy zichlik va uzilishdagi cho‘zilishi bo’yicha variatsiya koeffitsienti ko‘payishi kuzatildi (ip chiziqiy zichligi va yigirish sistemasidan qat’iy nazar). Notekislikning eng yaxshi qiymati 100% polyester ipida kuzatilgan, polyester/paxta aralashmasidagi CV qiymati notekis o‘zgaradi. Ingichka va qalin joylari, neps soni qiymatlarida notekislik mavjud [5.6].
Polyester/paxta aralashmasi har xil nisbatda halqali yigirish mashinasida ishlab chiqarilgan ipning sifatiga ta’siri to‘g‘risida ikki xil tadqiqotlar o‘tkazdilar. Tajribada 5 ta har xil paxta/ polyester aralashmasidan 5 ta nomerdagi iplar ishlab chiqarilgan. Natijada, polyester foizlari nisbati oshishi bilan CV% qiymatining kamayishi aniqlandi, ammo 100% polyester tolalaridan ishlab chiqarilgan ipda barcha CV% ko‘tarilishi ko’rsatib o’tilgan. [7]
Tajribaviy izlanishlar. Ushbu ilmiy ishda to‘qimachilik sanoatida keng qo‘llaniladigan turli nisbatlarda yigirilgan paxta/polyester tolalar aralashmasidan tayyorlangan iplarning sifat ko’rsatkichlari o‘rganilgan.
Shu maqsadda ip namunalarini tayyorlash uchun Toshkent viloyatida yetishtirilgan paxta tolalari ishlatilgan, hamda polyester tolasi ishlatilgan. Paxta tolasidan namunalar O’zDSt 614-2014 standartiga muvofiq olingan (paxta tolasi, namuna tanlab olish usullari) va sifat ko‘rsatkichlari USTER AFIS PRO 2 va USTER TESTER 4 asboblarida aniqlandi. Ilmiy tadqiqotlarda ishlatiladigan tolalarning xossalari 1-jadvalda ko‘rsatilgan.

Download 53,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish