A. M. Butlerov (1828-1886) o‘zining «Organik kimyoni to‘liq o‘rganishga kirish» degan kitobi va 1861- yili organik moddalarning kimyoviy tuzilish nazariyasini yaratish bilan organik kimyo fanining rivojlanishiga kat


Tabiiy va sun’iy yadro reaksiyalari



Download 2,13 Mb.
bet6/12
Sana18.03.2022
Hajmi2,13 Mb.
#499624
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
mustaqil ish 1

3Tabiiy va sun’iy yadro reaksiyalari — bu atom yadrolarining elementar zarrachalar bilan va bir-biri bilan o‘zaro
ta’sirlashishi natijasidagi o‘zgarishidir.
Yadro reaksiyalari yordamida radioaktiv xususiyati bor
izotoplar (radioaktiv izotoplar) olinadi. Ularning hammasi
beqaror va radioaktiv parchalanish natijasida boshqa elementlarning izotoplariga aylanadi.
Tabiiy radiaktiv elementlarning boshqa elementlarga aylanishi turli tezlikda sodir bo‘lib, bu elementlarning fizik va
kimyoviy holatiga bog‘liq emas. Vaqt birligi ichida parchalangan
(yemirilgan) atomlar soni ayni radioaktiv element atomlari
soniga to‘g‘ri proporsional ekanligi tajriba yo‘li bilan aniqlangan.
Radioaktiv element atomlarining dastlabki miqdori ikki marta
kamayishi uchun ketgan vaqt yarimyemirilish davri deyiladi.
Radioaktiv yemirilish vaqtida elementlarning atom yadrolari ava b- zarrachalar chiqaradi, natijada boshqa kimyoviy elementlarning atom yadrolari hosil bo‘ladi. Radiyning radioaktiv
parchalanib, radon bilan geliy hosil qilishini quyidagicha
yozish mumkin:

Elementlarning radioaktiv yemirilishi natijasida o‘zgarishi
siljish qonuniga bo‘ysunadi: atom yadrosidan a-zarrachalarning uchib chiqishi natijasida yadro zaryadi 2 birlikka kamayadi, natijada hosil bo‘lgan element davriy sistemada
oldingi elementdan 2 qator chapga siljiydi; b- zarrachaning
chiqishi natijasida atom yadrosining zaryadi bir birlikka ortadi
va hosil bo‘lgan element davriy sistemada dastlabki elementdan
bir nomer o‘ngda joylashadi.
Barcha kimyoviy elementlarning radioaktiv izotoplari
olingan. Ularning taxminan 1500 turi ma’lum. Faqat
radioaktiv izotoplardan tarkib topgan elementlar radioaktiv
elementlar deyiladi. Bular Z= 43, 61 va 84 — 109 elementlardir.
Bunday reaksiyalarning tenglamalarini yozish massa va
zaryadning saqlanish qonunlariga asoslangan. Bu degan so‘z,
tenglamaning chap qismida massalar yig‘indisi bilan zaryadlar
yig‘indisi tenglamaning o‘ng qismidagi massalar yig‘indisi
bilan zaryadlar yig‘indisiga teng bo‘lishi kerak, demakdir.
Masalan:
ta’sirlashganda kremniy atomi bilan proton hosil bo‘lishini
ko‘rsatadi.
Sun’iy yo‘l bilan olingan atom yadrolarining radioaktiv
o‘zgarish
Bu tenglama aluminiy atomi a- zarracha bilan o‘zaro
(boshqa atom yadrosiga aylanish) hodisasi sun’iy
radioaktivlik deyiladi.
1919- yilda Rezerford azot atomlarining yadrolarini a- zarrachalar bilan bombardimon qilib, birinchi marta sun’iy
ravishda yadro reaksiyasini amalga oshirdi:

Barqaror (radioaktiv emas) izotoplardan 300 ga yaqini
ma’lum. D.I. Mendeleyev elementlar davriy sistemasidagi
ko‘pgina kimyoviy elementlar ana shunday izotoplardan tarkib
topgan. Ba’zi elementlarda barqaror izotoplar bilan birga uzoq
vaqt yashaydigan radioaktiv izotoplari ham bo‘ladi. Bular

Kimyoviy xossalari jihatidan radioaktiv izotoplar barqaror izotoplardan deyarli farq qilmaydi. Shuning uchun ular
nishonlangan atomlar“ sifatida ishlatiladi, bunday atomlar
radioaktivligining o‘zgarishiga qarab berilgan element barcha
atomlarining xususiyatini va ularning siljishini kuzatishga
imkon beradi. Radioaktiv izotoplar ilmiy-tekshirish ishlarida,
sanoatda, qishloq xo‘jaligida, tibbiyotda, biologiya va kimyoda
keng ko‘lamda ishlangan.
4Kimyoviy elementlar o‘zaro bog‘lanish tabiatiga qarab
kovalent, ionli, metall va vodorod bog‘lanishlarga bo‘linadi.
Elektron juftlar tufayli vujudga keladigan kimyoviy bog‘-
lanish kovalent bog‘lanish deyiladi. Bu ikki elektronli va ikki
markazli (ikkita yadroni tutib turadi) bog‘lanishdir. Kovalent
bog‘lanishli birikmalar gomeopolar yoki atom birikmalari
deyiladi.
Kovalent bog‘lanishning ikki turi: qutbsiz va qutbli bog‘lanish bor.
Qutbsiz kovalent bog‘lanish. Elektrmanfiyliklari bir xil
bo‘lgan atomlar o‘zaro ta’sirlashganida kovalent qutbsiz
bog‘lanishli molekulalar hosil bo‘ladi. Bunday bog‘lanish H2, F2 Cl2, O2, N2 kabi oddiy moddalarning molekulalarida
bo‘ladi. Bu gazlarda kimyoviy bog‘lanishlar umumiy elektron
juftlar vositasida, ya’ni muvofiq elektron bulutlarning o‘zaro
qoplanishi tufayli hosil bo‘ladi; bu jarayon atomlar bir-biriga
yaqinlashganida yadro bilan elektron orasidagi tortishuv
natijasida amalga oshadi. Qutbli kovalent bog‘lanish. Elektrmanfiyliklari jihatidan
bir-biridan u qadar keskin farq qilmaydigan elementlarning
atomlari o‘zaro ta’sirlashganida umumiy elektron juft elektrmanfiyligi kattaroq bo‘lgan atom tomon siljiydi. Buning
natijasida kovalent qutbli bog‘lanish hosil bo‘ladi. Kimyoviy
bog‘lanishning bu ko‘rinishi anorganik va organik birikmalarda
eng ko‘p uchraydi.
Nisbatan erkin elektronlarning metall ionlari bilan o‘zaro
ta’sirlashuvi natijasida hosil bo‘ladigan bog‘lanish metall
bog‘lanish deyiladi Bog‘lanishning ana shund turi metallarda uchraydi.
Metall bog‘lanishning hosil bo‘lish mohiyati quyidagilardan iborat: metall atomlari o‘zlarining valent elektronlaridan osongina ajralib, musbat zaryadli ionlarga aylanadi.
Atomlardan ajralib chiqqan, nisbatan erkin elektronlar
musbat zaryadli metall ionlar orasiga tarqaladi. Ionlar bilan
elektronlar orasida metall bog‘lanish yuzaga keladi.

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish