A n t ik d a V r fa L sa fa si



Download 7,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/115
Sana30.06.2022
Hajmi7,84 Mb.
#719147
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115
Bog'liq
Falsafa tarixi.Antik davr falsafasi. SharipovM.

ISB N 978-9943-6882-8-5
© “Go To P rint” nashriyoti, 2020-y.


SO‘ZBOSHI
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ta’lim va ilm-fan, 
davlatimizning yoshlarga oid siyosatini hayotga tatbiq etish jamiyatimiz 
va mamlakatimiz kelajagini belgilaydigan strategik ahamiyatga ega 
vazifalardan biri ekani, buni amalga oshirish uchun ta’limning yangi, 
zamonaviy usullarini qoMlash, respublikamiz va jahon fani yutuqlarini 
hisobga olib, “tajribali pedagog va mutaxassislarni jalb etgan holda, 
o ‘quv reja va dasturlarini tubdan qayta ko'rib chiqish zarur”1 ekanligi 
alohida ta’kidlandi. Buni amalga oshirish mamlakatimizda demokratik 
islohotlami yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish 
borasida olib borilayotgan ishlaming muhim bir qismini tashkil etishi 
ayondir. Bu yo‘nalishda “Ta’lim haqida” Qonun va Kadrlar tayyorlash 
Milliy dasturi qabul qilingandan keyin boshlangan va hozirda jadal 
sur’atlar bilan davom etayotgan ishlar dastlabki sezilarli natijalarga olib 
kelmoqda. Uni, ayniqsa, yoshlarimizning ong-u tafakkuri yuksalib, yon 
atrofda boMayotgan barcha voqea-hodisalarga daxldorlik tuyg'usi. 
ertangi kunga ishonchi ortib borayotgani misolida ko‘rish, anglash qiyin 
emas. 
Bunda borliqni, xususan, 
ijtimoiy 
borlig‘imizni 
falsafiy 
anglashning, falsafiy meros, falsafiy qadriyatlarni o'zlashtirish va qayta 
anglash, ularni ijodiy boyitish va samarali qo‘llash muhim ahamiyat kasb 
etayotgani yaxshi m a’lum.
Falsafa - madaniyatning, xususan, ma’naviy madaniyatning muhim 
qismi, falsafa tarixi esa — o‘tmish m a’naviy merosining zaruriy tarkibiy 
dem enti, aniqrog‘i, uning zamonaviy falsafiy yondashuv orqali qayta 
angianishi va baholanishi, tizimlashtirilishi natijasida fan maqomini kasb 
etgan bilimdan iborat. Undan bexabar bo‘lgan kishini, ayniqsa, Platon va 
Aristotel, Forobiy va Ibn Sino yoki Beruniy va Navoiy kabi buyuk 
daholarning ilmiy-falsafiy merosi to‘g ‘risida hech bo‘lmaganda umumiy 
tasavvurga ega boMmagan kishini madaniyatli, yuksak m a’naviyatli 
inson deyish qiyin. Falsafa yo‘nalishini tanlagan oliy o‘quv yurti talabasi 
uchun esa falsafa tarixini o ‘rganish kasbiy tayyorgarlikning zaruriy 
bo‘g ‘ini, soha bo‘yicha faoliyat yuritishi uchun zarur malaka va 
ko‘nikmalarni egallashning shartidir.

M irziyoyev Sh.M . Tanqidiy tali I i 1, q at’iy tartib-intizom v a shaxsiy jav o b g arlik - har
bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi b o 'lish i kerak. M am lakatim izni 2016-yilda 
ijtim oiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlariva 2017-yilga m o 'ljallan g an iqtisodiy 
dasturning eng m uhim ustuvor yo ‘nalishlariga b ag ‘ishlangan V azirlar M ahkam asining 
kengavtirilgan m ajlisidagi m a’ruza. 2017-yii 14-vanvar. —Т.: “0 ‘zb ekiston”, 2017. B.45.
3


Bu mulohazalar falsafa tarixini, ayniqsa, antik davr falsafasini 
o ‘rganishning milliy g‘oyamiz, mafkuramizning falsafiy-tarixiy ildizlari 
va mohiyatini tushunib yetish, ulami xalq, ayniqsa yoshlar ongiga 
singdirish, 
mamlakatimizda 
demokratik 
islohotlami 
yanada 
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatitni rivojlantirishda muhim 
ahamiyat kasb etishini ko'rsatadi.
Shuni alohida ta’kidlash zarurki, antik davr falsafasi falsafa fanining 
muammolari, asosiy tushunchalari va tamoyillarining qandav sharoitda 
shakllangani, xususan, uning asosiy masalalaridan biri boMgan moddiy 
va m a’naviy olamlaming o ‘zaro munosabati masalasi to‘g‘risida 
m a’lumotlar olishga imkon beradi.
Tarixdan shu narsa ma’lumki, ko‘p ilg‘or faylasullar o‘z fikr- 
mulohazalari, 
g ‘oyalarini 
keskin 
mafkuraviy 
kurash 
sharoitida 
bildirishgani sababli o‘z hayotlarini va fan taqdirini xavf ostida 
qoldirishgan. Bunday faylasuflar faoliyatini I.A.Karimov m a’naviy 
jasorat deb baholaydi va misol tariqasida Sokrat o ‘limidan keyin yunon 
falsafasining taqdiri xavf ostida qolganda Platonning fidoyilik 
ko‘rsatgani, ustozi ishini davom ettirib, Afmada Akademiya tashkil 
etishi, fan va falsafa rivojiga o ‘z hissasini qo‘shganini zikr etadi. U asos 
solgan ilmiy maskanning ming yil davomida nafaqat yunon, balki butun 
Sharq-u G ‘arb olamining rivojiga kuchli ta’sir o'tkazganini, insoniyat 
tafakkuri 
taraqqiyotining 
istiqbolini 
belgilab 
bcrganini 
alohida 
ta’kidlaydi2.
Yuqorida aytib o ‘tilgan fikrlar antik davr falsafasining falsafiy 
bilimlar tizimida qanchalik muhim o‘ringa egaligini tasdiqlaydi. 
Xususan, bu fan talabalarni, ayniqsa, faylasuflik kasbini egallashni 
maqsad qilib qo‘ygan talabalarni, falsafiy qarashlaming paydo bo‘lishi 
va rivojlanish tendensiyalari, falsafiy oqimlar va maktablaming ijtimoiy 
hayotdagi o‘mi va, umuman, dunyoqarashning falsafiy-tarixiy asoslari 
bilan tanishtiradi hamda shu asosda ulaming ongiga falsafiy qadriyatlar 
va milliy g‘oya mazmunini singdirishga xizmat qiladi.
Antik davr falsafasi bo ‘yicha o ‘zbek tilida dastlabki o ‘quv 
qo‘llanma 
S A .Y o ‘ldoshev 
tomonidan 
tayyorlandi 
va 
1999-yili 
“Universitet” nashriyotida chop etildi. S.Yoidoshev, M.Usmonov, 
R.Karimovlaming “Qadimgi va o ‘rta asr falsafasi” (2003) o ‘quv 
qo‘llanmasi yangi avlod o ‘quv adabiyotlarini yaratishdagi yangi bir 
bosqich bo‘ldi. Bundan keyingi davr mobaynida falsafa yo‘nalishi ta ’lim 
standartlari, o‘quv dasturlari bir qancha marta qayta ko‘rib chiqildi,
2 K arim ov 1. A . Y uksak m a’naviyat - yengilinas kuch. - Т .: “M a ’naviyat", 2008. B.160.
4


mazmuni va strukturasi takomillashtirildi, xususan, Qadimgi Sharq 
falsafasiga oid masalalar doirasi kengaytirildi. Yuqoridagi ko'rsatilgan 
nashrlarda Qadimgi Sharq falsafasi tarixi masalalari o‘z aksini topmagan.
Mazkur darslik yangi davlat ta’lim standard va o ‘quv dasturiga 
muvofiq tarzda, xorijiy universitetlar o ‘quv dasturlariga maksimal 
darajada yaqinlashtirilgan va mos adabiyotlardan keng foydalanilgan 
holda tayyorlandi. Xususan, uni tayyorlashda dunyoga tanilgan falsafa 
tarixchisi. 9 tomlik falsafa tarixi fundamental asari muallifi F.Koplston 
tadqiqotlari: Copleston F. History o f philosophy. V ol.1-9. -N ew York- 
London-Toronto-Sydney-Auckland, 2003; shuningdek, S.Radhakrish- 
nan. Indian Philosophy Vol.I London: Reprinted 2009; Fung, Yu-Lan. A 
Short History o f Chinese Philosophy (ed. Derk Bodde). New York; 
Macmillan, 2001; V.F.Asmusning “Античная философия” (1999); 
A.N.Chanishevning “Курс лекций по древней философии” (1981) 
hamda “Курс лекций по древней и средневековой философии” 
(1991); Gunnar Skirbekk, Nils Gilelarning “Falsafa tarixi” (2002) 
kitoblari materiallaridan keng foydalanildi.
Darslikda 
falsafiy 
yo‘nalishlar, 
oqimlar, 
ta’limotlar 
tarixiy 
izchillikda va ketma - ketlikda bayon qilindi. Birinchi manbalarga ko‘p 
murojaat qilindi.
M uallif mutaxassislardan darslik bo'yicha bildiriladigan tanqidiy 
fikr-mulohazalar, tavsiyalami kutib qoladi va mamnunlik bilan qabul 
qiladi.

Download 7,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish