A. Q. Q a y im o V aholi yashash joylarini



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/78
Sana18.01.2022
Hajmi4,73 Mb.
#386890
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
Bog'liq
AHOLIYASHASHJOYLARINIKOKALAMZORLASHTIRISHPDF

UO'K: 504.75
 
KBK 85.118.7
Taqrizchilar: 
Ya.X. Yuldashov -  
ToshDAU O'rmonchilik
v a  ekologiya  kafedrasi dotsenti, 
qish lo q  x o 'ja lik  fanlari nom zodi;
A .X .  S h a rip o v   -   O 'z R F A  «B otanika»  IIC hM , 
ak ad e m ik  F.N .R usanov nom li 
B o tan ik a b o g 'i  laboratoriya m udiri, 
b iologiya fanlari nom zodi.
ISBN   9 7 8 -9 9 4 3 -1 0 -9 8 7 -2
©  A .Q a y im o v , 2013.
©  « F a n  v a   tex n o lo g iy a »  n a s h riy o ti, 2013.
KIRISH
Bugungi  kunda  shaharsozlikdagi  asosiy  muammolardan  biri  -  
ko‘kalamzorlashtirish  ishlarini ilmiy asosda tashkil etishdir.
Aholi  turar joylari  -   shaharlar,  tumanlar,  qishloq  va  posyolkalarni 
ko‘kalamzorlashtirish  -   bu  joylarni  obodonlashtirishning  asosiy 
vositalaridan bo‘lib hisoblanadi.
Ko‘kalamzorlashtirish  ko‘lami  -   aholi  yashash  madaniyatidan 
dalolat  beradi.  Demografik  tadqiqotlaming  ko‘rsatishicha,  ko‘kalam- 
zorlashgan  hududlarga  aholi  kelib  muqim  joylashadi,  hamda  bu 
joylardan ko'chib ketishi kamdan-kam kuzatiladi.
0 ‘zbekiston 
kam  o'rmonli  mamlakat,  shu  sababdan  yashil 
o‘simliklar  bu  erdagi  tabiat  ko‘rinishini  belgilaydi.  Mamlakatimizda 
aholi  yashash  joylari,  yo‘llar,  irrigasiya  inshootlari,  suv  omborlarini 
ko‘kalamzorlashtirish  ishlari  keng  ko'lamda  olib  boriladi.  Ihota va tog‘ 
meliorativ  o ‘rmonchilik  ulkan  ahamiyatga  ega,  chunki  suv,  havo  va 
tuproqni muhofazalashda o‘rmonning o‘mi beqiyosdir.
O ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  va  hukumat  qarorlarida  aholi 
yashash  xududlarini  obodonlashtirishga  alohida  e’tibor  qaratiladi. 
Hozirda  ko‘kalamzor-lashtirish  ishlarini  olib  borishda  bir  qancha  ilmiy 
tashkilotlar, nihol o‘stiriladigan ko‘chatxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Ko^alamzorlashtirishda  qo'llaniladigan  manzarali  daraxtlar  va 
butalar  turlarini  kengaytirish,  o'lkamiz  sharoitlariga  moslasha  oladigan 
nav  va  shakllarini  izlab  topish,  ilmiy  darajada  asoslangan  texnologiya 
bo‘yicha  parvarishlashni  tadbiq  etish  -   bugungi  kunning  dolzarb 
masalalaridan sanaladi.
0 ‘zbekistonda  mavjud  ko‘kalamzorlashtirish  materiallari  assorti- 
menti  cheklangan  b o iib ,  uni  ko‘paytirish  va  yaxshilash  muhimdir. 
Ko‘chatxonalarda  nobop,  har  qaerdan  olib  kelingan  o ‘simliklarni  ekish 
va  ko'paytirish  yaramaydi.  Shaharlarda  ekishga  mos  boigan,  chidamli 
va  ko‘p  yillik,  qimmatli  manzarali  daraxtlardan  jo ‘ka,  kashtan,  eman, 
chinorlar,  yavor  zarangi,  o‘tkir  bargli  zarang,  lola  daraxti., katalpa. 
ryabina,  grab,  ninabarglilar  turlarini  ekishga  alohida  e’tiborni  qaratmoq 
lozim.
Tez  o‘suvchi  daraxt  turlaridan  terak  turlari,  oq  qayin,  tollar, 
ayniqsa,  majnuntol, janubiy  viloyatlar  uchun  esa  safora,  gledichiya,  oq
3


akasiya,  bunduk,  aylant,  yashil  zarang,  chinor  va  boshqalar  diqqatga 
sazovordir.  Shaharlar  va turar joy  massivlarini  bezatishda,  monumental 
ko‘kalamzorlashtirishda  ko‘pgina  manzarali  shaklga  ega  bo‘lgan: 
piramidasimon,  sharsimon,  shoxlari  osilib  turuvchi  (majnuntolsimon), 
ustunsimon, yaproqbargli va boshqalar katta ahamiyatga ega.
Shuningdek,  shaharlar,  posyolkalar,  turar  joylar,  mahallalar  va 
qishloq  aholi  punktlarini  bezatishlar,  ularga  chiroyli  va  shinam  ko‘rk 
berishda yorqin ranglarda  gullaydigan  butalar:  spireya, jimolost, jasmin, 
nastarin  (siren),  deysiya,  kizilnik,  tamarikslar,  forzisiyalar,  biryuchina, 
sariq akasiya,  zarg‘aldoq (zolotistaya) smorodina va boshqalarning o ‘mi 
beqiyosdir.  Ushbu  va  ko‘pgina  butalaming  bebaho  sifati  shundaki,  ular 
nafaqat  tez  o‘suvchi  va  shahaming  o‘ziga  xos  ekologik  sharoitlariga 
moslashuvchanligi bilan, balki juda manzaraliligi bilan ahamiyatlidir.
Ko‘kalamzorlashtirish  sohasi  oldidagi  vazifalami  echishda,  avvalo, 
o‘simlik  turlarini  ko‘paytirishda  va  ko‘chatxonalarda  etishtiriladigan 
mahsulotlar  (o‘simliklar,  ko‘chatlar)  sifatini  yaxshilashda  hozirda 
mavjud  bo‘lgan  o ‘simiiklaming  boy  dendrologik  fondidan  foydalanish 
muhim ahamiyatga ega.
Zamonaviy  shahar  yoki  boshqa  aholi  yashash  joylari  -   bu  turli 
binolar,  ko‘p  sonli  muhandislik  inshootlari,  yoMlar,  maydonlar,  ochiq 
joylar,  suv  havzalari  va  yashil  ekinzorlarning  murakkab  kompleksidir. 
Shaharsozlik  me’yorlariga  ko'ra,  aholi  yashash  joylari  hududlarining 
50%  dan  kam  bo‘lmagan  qismi  ko‘kalamzorlashtirish  ob’ektlariga 
ajratilishi kerak.
Shaharsozlikdagi  katta  tajriba  shuni  ko‘rsatadiki,  asosiy  vazifa- 
lardan  biri  -  tabiiy  va  sun’iy  yaratilgan  muhit  o‘rtasida  ma’lum  muvo- 
zanat va  garmonik ravishda uyg‘unlashuviga  erishish,  barcha ko‘kalam­
zorlashtirish  ob’ektlarining  o‘zaro  bogMiqligi  va  bir  yaxlit  tizimga 
birlashtirilishi sanaladi.
Bog‘  hiyobonlarini  yaratish  san’atining  muhim  jihati  -   ularni 
tashkil  etishda  yashil  daraxtlarning  tabiiy  o‘sgan  xududlarini  hamda 
badiiy  ijod  namunalarini  bir  tizimga  birlashtirib,  uyg‘unlashtirishdan 
iborat.
Yashil qurilish -  uzoq vaqtni talab etadigan, yaratish texnologiyasi 
bo‘yicha  murakkab  ijodiy  jarayon  boMib,  bir  qancha  ishlab  chiqarish 
masalalarini  echish  va  tadbiq  etish  bilan  bogMiqdir.  Yashil  qurilish 
amaliyoti:  bog‘  va  hiyobonlami  yaratish;  u  yoki  bu  aholi  yashash 
joylarini  obodonlashtirish;  har  xil  tuproq-iqlim  sharoitiga  mos  bo‘lgan 
o‘simliklarni  tanlash;  arxitektura-qurilish  inshootlari,  suv  havzalari,
yo‘liar,  maydonchaiar,  skulbpturalarga  mos  ravishda  o ‘simliklarni 
joylashtirish  va  guruhlash;  o ‘simliklarni  ekib  parvarish  qilish  ishlarini 
o 'z ichiga oladi.
Ko‘kalamzorlashtirish  masalalarini  malakali  ravishda echish  uchun 
mutaxassislar  biologiya,  ekologiya,  yashil  o‘simliklarning  manzarabop 
sifatlari,  yashil  qurilishda  kompozisiyalar  tuzishdagi  asosiy  uslublar, 
yashash  joylarini  ko‘kalamzorlashtirish  tizimi,  yashil  ekinzorlarm 
loyihalash,  ularni  yaxshi  holatda  saqlash  uchun  olib  boriladigan  asosiy 
ishlar ko‘lami bo‘yicha chuqur bilimga ega boiishlari  lozim boMadi.
Ushbu  darslik  talabalarga  ko‘kalamzorlashtirishda  qoMlamladigan 
o‘simlik  turlarini,  daraxt-buta  ekinlarining,  manzarabop,  biologik  va 
ekologik  xususiyatlarini  o‘rganish,  yashil  qurilishda  kompozisiyalar 
tuzishdagi  asosiy  uslublar  bilan  tanishish,  aholi  turar  joylarini 
ko‘kalamzorlashtirish  tizimi,  uni  loyihalashtirish,  hamda  0 ‘zbekiston- 
ning  o‘ziga  xos  sharoitlarida  ko‘kalamzorlashtirish  lozim  boMgan 
xududlarda  olib  boriladigan  asosiy  ishlar  koiamim  bajarishm 
o'rganishga yordam beradi.



Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish