A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti



Download 6,84 Mb.
bet9/150
Sana01.06.2022
Hajmi6,84 Mb.
#626029
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   150
Bog'liq
2 5188671791828047660

Nazorat savollari:

  1. O‘zbekiston eng yangi tarixi fanining predmeti deganda nimani tushunasiz?

  2. O‘zbekiston tarixini o‘rganishda qanday metodologik asoslarga tayanish kerak?

  3. Prezidentimiz Sh. Mirziyoev tarix fani oldiga qanday vazifalarni qo‘ydi?

  4. Komil insonni tarbiyalashda O‘zbekiston tarixining roli va ahamiyati nimadan iborat?



ADABIYOTLAR

  1. Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. Toshkent. “O’zbekiston”, 2011.

  2. Jo’rayev N. O’zbekiston tarixi. (Milliy istiqlol davri). 3-kitob. –T., “Sharq”, 2011.

  3. O’zbekistonning yangi tarixi. 3-kitob, Mistaqil O’bekiston tarixi. –T.: “Sharq”, 2000.

  4. http://uza.uz/oz/science/zbekistonning-eng-yangi-tarikhini-rganish-dolzarb-masala-14-08-2017

https://www.norma.uz/qonunchilikda_yangi/uzbekistonning_eng_yangi_tarihi_bilan_jamoatchilik_kengashi_shugullanadihttps://kun.uz/92210466 O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi faoliyati tashkil etiladi

2-MAVZU. O‘ZBEKISTONNING MUSTAQILLIKKA ERISHISHI ARAFASIDAGI IJTIMOIY-SIYOSIY, IQTISODIY AHVOLI


Mavzuni o‘rganishdan maqsad: Talabalarga O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi arafasidagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy ahvolini o’quv adabiyotlari va manbalar asosida tushuntirib berish.
Kalit so‘zlar: KPSS Markaziy Qo‘mitasi, Qayta qurish, “Paxta ishi”, “O‘zbek ishi” Farg‘ona voqealari, Mustaqillik Deklaratsiyasi I.Karimov – O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti, Siyosiy partiyalar
Asosiy masalalar (Reja):

  1. XX asr 80-yillari o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi inqirozli holat.

  2. Markazning O‘zbekistonda amalga oshirgan qatag‘on siyosati: “Paxta ishi”, “O‘zbek ishi” nomli kampaniyalar.

  3. Aholi turmush tarzining og‘irlashuvi. Orol fojiasi. Farg‘ona voqealari.

  4. 1989 yil o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘zgarishlar. Milliy manfaatlar ustuvorligining o‘sib borishi.

I.Karimov – O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti. Mustaqillik deklaratsiyasi va uning tarixiy ahamiyati.

XX-asrning 70–80-yillarida SSSRda iqtisodiyotning rivojlanish sur’ati tobora pasayib, sarf-xarajatlar ortib bordi. Mavjud imkoniyatlarni hisobga olmasdan ishlab chiqilgan va qabul qilingan ijtimoiy, oziq-ovqat, agrar, energetika, ekologiya va boshqa sohalardagi dasturlar samara bermadi, iqtisodiy ziddiyatlarni chuqurlashturib yubordi.


Iqtisodiyot ekstensiv yo‘lda tobora ko‘p qo‘shimcha mehnat va moddiy resurslarni ishlab chiqarishga jalb etish yo‘lida depsinayotgan edi. Mamlakat katta tabiiy resurslarga ega bo‘lsada, xo‘jaliklar uning yetishmovchiligiga duch keldi. Ko‘pgina mamlakatlar fan-texnika inqilobi tufayli xalq turmushida jiddiy ijobiy burilishlarga erishgan bir paytda SSSR bu jarayondan chetda, orqada qolib ketdi. Ishlab chiqarish texnologiyasi eskirgan, mahsulotlarning sifati past, ular sotilmasdan omborlarda to‘planib qolayotgan edi. Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi, iqtisodiyotda partiyaviy rahbarlik va uning mafkuralashtirilishi iqtisodiyotni isloh qilish yo‘lidagi urinishlarni yo‘qqa chiqarar edi. Ijtimoiy ehtiyojlarga mablag‘ ajratishda qoldiq tamoyili va taqsimotda tekischilik hukmron edi. Boqimandalik, tayyorga ayyorlik, ichkilikbozlik, giyohvandlik, chayqovchilik, poraxo‘rlik kabi yaramas illatlar jamiyatni kemirmoqda edi. Buyruqbozlik – boshqaruv usuli, sansalorlik, qog‘ozbozlik, majlisbozlik iqtisodiyotning o‘z qonunlari va vositalari asosida rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda edi. Odamlar mulkdan begonalashtirilgan, shu tufayli loqayd, sust, beparvo edilar, huquq va qonuniylik puturdan ketgan edi. Xo‘jalikni boshqarishda 200 mingtacha turli buyruqlar, qonunsimon hujjatlar hukmron bo‘lib, ular xo‘jalik xodimlarining har bir qadamini nazorat qilib, tashabbuskorlikni bo‘g‘ar edi. Oddiy korxonadan tortib tumangacha, viloyatdan tortib respublikagacha, respublikadan Markazgacha haqiqiy ahvolni bo‘yab ko‘rsatish, barcha darajadagi rahbarlarni maqtash, ular nomiga hamdu sanolar o‘qish rasm bo‘lib qolgan edi. Oqibatda dunyoda eng kuchli ikki davlatdan biri, deb hisoblanib kelingan SSSRda inqirozli holat shakllanib yetilgandi.
KPSS Markaziy Qo‘mitasining 1985-yil aprelida bo‘lgan plenumi noxush tendensiyalar yig‘ilib, SSSR tanglik vaziyatiga tushib qolganligini ilk bor e’tirof etdi. Mazkur plenum janmiyatni “qayta qurish” orqali iqtisodiyotni ko‘tarish, xalqning turmushini yaxshilash siyosatini belgiladi. 1985–1986-yillarda Markazdagi rahbariyat tomonidan jiddiy o‘zgarishlar qilish zarurligi anglandi. Biroq ahvolning nihoyatda murakkabligi hali to‘la idrok etilmagan edi. Markazdagi rahbarlar hamon sotsializm “afzalliklari”dan foydalanib jamiyatni “qayta qurish”ga, sotsializmni yaxshilashga umid bog‘lar edi. 1987-yildagi mavjud siyosiy tuzumni va iqtisodiyotga partiyaviy rahbarlikni saqlab qolgan holda xo‘jalik mexanizmini isloh qilish yo‘lidagi urinish ham samara bermadi. Iqtisodiy islohotlar tez orada qotib qolgan ijtimoiy-siyosiy sistemaga urilib barbod bo‘ldi.
80-yillarning oxirlarida siyosiy sistemani isloh qilishga, birinchi navbatda KPSS ning siyosiy va mafkuraviy hukmronligini cheklashga, davlat va xo‘jalik organlarini Kompartiya hukmronligidan chiqarishga, xalq deputatlari sovetining to‘la hokimiyatini ta’minlashga urinish bo‘ldi. Ammo, bu sa’y-harakatlar ham behuda ketdi. To‘g‘ri, jamiyatni demokratlashtirish, oshkoralik, turli xil fikrlar birldirishga imkon berish tomon ijobiy qadamlar qo‘yildi. Matbuotda, radio va televideniyada turli xil fikr-mulohazalar erkin aytiladigan bo‘ldi.
“Qayta qurish” siyosati davrida iqtisodiyotda juda kuchli buzilishlar ro‘y berdi. Markaz “qayta qurish”ning ilmiy va nazariy jihatdan puxta va aniq-ravshan dasturini ishlab chiqolmadi. Iqtisodiy siyosat puxta o‘ylab ko‘rilmagan sinov va eksperimentlarga asoslangan edi. Mamlakat imkoniyatlarini hisobga olmasdan xalq xo‘jaligining barcha sohalarini bir vaqtning o‘zida rivojlantirishdan iborat noto‘g‘ri yo‘l tutildi.
Sovet rahbariyati mamlakatni tanglikdan, inqirozdan chiqarish uchun ma’muriy-buyruqbozlik tizimini, hamma resurslarni markazlashtirilgan tarzda rejalashtirish asosida boshqarish va taqsimlash yo‘lidan tartibga solinadigan bozor iqtisodiyotiga o‘tish kerakligini o‘z vaqtida payqamadi, buni juda kech tushundi. 1990-yilga kelganda bozor iqtisodiyotiga o‘tish zaruriyati anglandi, dasturlar tuzildi, qarorlar qabul qilindi. Biroq, vaqt ham boy berilgan edi. Iqtisodiyot batamom barbod bo‘lgan, moliyaviy va narx-navo tizimi izdan chiqqan, boshqaruv mexanizmi falaj bo‘lib qolgan edi. SSSR ich-ichidan zil ketib, tanazzulga, parokandalikka yuz tutgan edi.
O`zbekistonliklar jamiyatni qayta qurish, islohotlar yo‘lini katta umid bilan kutib oldilar. Jamiyatni yangilashdan najot kutayotgan edilar. Biroq tez orada aholining hafsalasi pir bo‘ldi. O`zbekistonda ijtimoiy-siyosiy hayot yanada murakkablashib bordi. Bu o‘z xalqining or-nomusi, qadr-qimmatini himoya qilishga qodir bo‘lmagan, siyosiy irodasi bo‘sh kishilarning respublika rahbariyatiga kelib qolishi bilan bog‘liq edi. Ularning ojizligi orqasida respublika partiya va davlat rahbarlik lavozimlariga Markaz tomonidan koplab kadrlar yuborildi. “Kadrlar to‘dasi” deb nom olgan 400 ga yaqin kelgindilar O`zbekistonni o‘z bilganlaricha boshqara boshladilar. O`zbekiston Kompartiyasi va O`zbekiston Ministrlar Kengashi amalda ular tomonidan boshqarildi. Birinchi lavozimga o‘tirgan mahalliy kadrlar ularning qo‘lida qo‘g‘irchoq bo‘lib qoldilar. O`zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasida Moskva vakillari – Mogilnichenko, Bessarabov, Ponomaryovlar uya qurib olgan edilar. O`sha yillarda tez-tez bo‘lib turadigan plenumlar va yig‘ilishlar O`zbekistonda doimiy ishlash uchun yuborilgan “kadrlar to‘dasi”ning boshliqlari – Anishchev, Ogaryok, Satin va ularning hamtovoqlari nazorati ostiga olingan edi. O`zbekiston Kompartiyasi MQning birinchi kotibi I.Usmonxo‘jayev ham ular oldida ojizu harakatsiz edi. O`zKP MQda “pinhona kabinet” tashkil topdi, ushbu “kabinet” kuch ishlatish, tuhmatlar uyushtirish yo‘li bilan xodimlarni badnom qilish, respublikaga mutlaqo aloqasi bo‘lmagan avantyuristik qarorlarni tiqishtirish bilan shug‘ullandi. Qo‘g‘irchoqqa aylantirilgan mahalliy rahbarlar “kadrlar to‘dasi” tomonidan tayyorlangan qarorlarga imzo chekishardi, xolos. Sovet rejimining ko‘zbo‘yamachilik, “ulug” millatchilik, shovinistik siyosati va uni amalga oshiruvchilar oldida bu qo‘g‘irchoq rahbarlarning ojizligi, itoatkorligi xalqqa qimmatga tushdi.

  1. Markazning O‘zbekistonda amalga oshirgan qatag‘on siyosati: “Paxta ishi”, “O‘zbek ishi” nomli kampaniyalar.

O`zbekistonda “o‘zbeklar ishi”, “paxta ishi” deb atalgan jinoiy ishlar to‘qib chiqarildi. Moskvadan yuborilgan Gdlyan va Ivanov guruhi O`zbekistonning boshiga tushgan kulfat bo‘ldi. Guruh a’zolari hech kim bilan hisoblashib o‘tirmay odamlarni qamash bilan shug‘ullandilar. Oddiy dehqondan tortib O`zKP MQ kotiblari va hukumat a’zolarigacha bo‘lgan xodimlarni qamash uchun birovlardan zo‘rlab yozdirib olingan bir parcha qog‘ozning o‘zi kifoya edi. O`zbekistonda qonunchilik buzildi, o‘zboshimchalik va qatag‘onchilikning yangi davri avj oldi. Ming-minglab iqtidorli, rahbarlik mahoratini puxta egallagan rahbar kadrlar, mirishkor paxtakorlar, ter to‘kib mehnat qilgan halol kishilar qamoqqa olindi. Hibsga olingan respublika partiya va davlat organlarining rahbarlari esa Moskva qamoqxonalariga tashlandi. Tergov xodimlari 30-yillarda ishlatilgan yaramas usullardan foydalanib, hibsga olinganlarni qiynab, boshqalar ustidan to‘qilgan aybnomalarni ularning qo‘li bilan qaytadan yozdirib olardi va “aybnoma” tobora ko‘p begunoh odamlarni qamashga asos bo‘lib xizmat qilardi.
Butun SSSRda bo‘lganidek, O`zbekistonda ham kamchiliklar, qo‘shib yozishlar, poraxo‘rlik illatlari va boshqa jinoyatchiliklar bor edi, albatta. Lekin bu illatlarni o‘zbek xalqi emas, balki sovet hokimiyatining ijtimoiy-siyosiy tuzumi keltirib chiqargan edi.
O`zbekiston fuqarolari o‘z haq-huquqlarini himoya qilishni so‘rab tuman, viloyat va respublika partiya va sovet organlariga murojaat qildilar. Yuz minglab fuqarolar O`z KP MQga, mahalliy hokimiyat organlariga o‘z haq-huquqlarining, qonuniy manfaatlarining buzilganlagini shikoyat qilib koridorma-koridor, eshikma-eshik turtinib yurdilar. Norozilik ayniqsa xotin-qizlar orasida ko‘paydi. 1986-1987 yillarda respublikada 270 nafar ayol o‘zini-o‘zi yondirib yubordi. Bu holat ularning sha’ni qadr-qimmatining toptalishi, haq-huquqlarining buzilishiga nisbatan songgi norozilik ifodasi edi.
Xalqning juda boy tarixi va madaniyatini, o‘lkaning o‘ziga xos noyob xususiyatlarini bilmagan va bilishni istamagan kelgindilar, ularga laganbardorlik qilgan ayrim mahalliy amaldorlar xalqning urf-odatlari, an’analarini oyoq osti qildi. Xalqimizning boy madaniyati va ma’naviy qadriyatlari kamsitildi. Ona tilimizning qo‘llanish doirasi sun’iy tarzda yanada cheklab qo‘yildi. Hatto milliy libos kiyib yurish ham qoralandi. Milliy an’analar bo‘yicha to‘y qilgan yoki vafot etgan qarindosh-urug‘larni milliy, diniy qadriyatlar asosida dafn qilganlar tanqid ostiga olindi, shafqatsiz jabzolandi. Bunday vaziyat xalqni ranjitdi, hafsalasini pir qildi, siyosiy loqaydlikni kuchaytirdi. Ko‘plab olimlar, yozuvchilar va boshqa ijodiy xodimlar mislsiz aziyat chekdilar. Ularning ko‘pchiligi mahalliychilikda, milliy cheklanganlikda, xurofot-bid’atga berilganlikda, sinfiy va partiyaviy tamoyillardan og‘ishlikda, o‘tmishni, xonlar va amirlar hayotini bo‘rttirib ko‘rsatishda ayblandilar. Respublika matbuoti xalq turmushiga doir masalalarni, noxush holatlarni, xalq dardi, orzu-armonlarini oshkoralik bilan yorita boshladi, xalqning o‘zligini anglashga ko‘maklashdi.
Siyosiy va mafkuraviy zug‘umlarga qaramasdan ijtimoiy ong o‘zgara boshladi. O`tmish va hozirgi zamon muammolari to‘g‘risida munozaralar, turli qarashlar, nuqtai nazarlar bildiriladigan bo‘lib bordi. Jamoatchilik paxta yakkahokimligini tugatish, o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish, ekologik holatni sog‘lomlashtirish kabi masalalarni ko‘tara boshladi. Norasmiy guruhlar va tashkilotlar paydo bo‘la boshladi. Bularning norasmiy deyilishiga sabab, hali mamlakatda tashkilotlarni ro‘yxatga olish va ularga qonuniy maqom berishga asos bo‘ladigan qonun, huquqiy hujjatlar yo‘q edi. Norasmiy harakat asta-sekin siyosiy tusga kira boshla di. 1989-yilda tashkil topgan “Birlik” xalq harakati respublikadagi dastlabki norasmiy harakat edi. Shuningdek, “O`zbekiston erkin yoshlar ittifoqi”, xotin-qizlarning “To‘maris” nomli tashkiloti, rusiyzabon ziyolilarning “Intersoyuz” deb atalgan harakati tuzildi. Bu harakatlar dastlabki paytlarda xalqning ma’naviy qadriyatlarini tiklash, Orol fojeasining oldini olish, o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish, boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik usulidan voz kechish kabi dolzarb masalalarni ko‘tardilar, biroq, bu harakatlar g‘oyaviy, siyosiy, tashkiliy jihatdan yetarli darajada uyusha olmadi. “Birlik” xalq harakati rahbarlari mamlakat manfaatlari dan kelib chiqadigan dasturlar ishlab chiqish va aniq maqsadlarni amalga oshirish yo‘lida siyosiy kurash olib borish o‘rniga namoyishlar va mitinglar uyushtirish, ko‘cha va maydonlarga to‘plangan olomonda ehtiroslarni avj oldirish bilan shug‘ullandi. Oqibatda “Birlik” bo‘linib ketdi.
1990-yil boshlarida “Birlik” harakati faollarining Muhammad Solih boshliq bir guruhi siyosiy partiya tuzishga kirishdilar. 1990-yil 30-aprelda “Erk” demokratik partiyasining ta’sis qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Qurultoy “Erk”partiyasi tuzilganligi haqida qaror qabul qildi, partiyaning dasturi va nizomi qabul qilindi. Biroq “Erk” partiyasi rahbarlari jamiyatni yangilash uchun bir tuzumdan ikkinchi tuzumga o‘tish zaruriyatini, qanday islohotlar o‘tkazish kerakligini va uning mazmun-mohiyatini, odamlar ongi va psixologiyasini o‘zgartirish lozimligini, buning uchun mashaqqatli o‘tish davrini bosib o‘tish lozimligini anglab, tushunib yetolmadilar.
Iqtisodiyot tobora tanglik holatiga tushib bordi. 1985-yilda iqtisodiy rivojlanishning negizi sifatida qabul qilingan jadallashtirish konsepsiyasi asossiz ekanligi ma’lum bo‘lib qoldi. Respublikada sanoat korxonalarini, qurilish va transport sohalarini, ko‘pgina kolxoz va sovxozlarni xo‘jalik hisobiga yoki jamoa pudratiga o‘tkazish hech qanday samara bermadi. 1987-yilda iqtisodiy tuzilmalarni qayta qurish, xo‘jalikni boshqarish va xo‘jalik mexanizmini isloh qilish, ma’muriy rahbarlikdan iqtisodiy rahbarlikka o‘tish yuzasidan ko‘rilgan tadbirlar ham natija bermadi. Ma’muriy-buyruqbozlik usuli bilan ishlaydigan vazirliklar va idoralar iqtisodiy islohotlarni yo‘qqa chiqarish, iqtisodiyot taraqqiyotiga to‘g‘anoq bo‘lib qolaverdi. Respublikaning tog‘-kon, metallurgiya, mashinasozlik, elektrotexnika, kimyo sanoatiga qarashli korxonalar Ittifoq vazirliklari va idoralariga tobe bo‘lib qolaverdi. Ijtimoiy va iqtisodiy ko‘rsatkichlarni avvalgidek Markaz belgilab berardi, aholining ijtimoiy ahvoli nochor edi. Maktab va maorif ishlarini isloh qilish va o‘rta maxsus ta’limni qayta qurish borasidagi sa’y-harakatlar ham behuda ketdi. Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida ham mutaxassislar tayyorlash sifati pasayib ketgan edi. Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida muammolar toplanib bordi, ularni ma’muriy-buyruqbozlik usullari bilan hal qilishga urinishlar hech qanday natija bermadi. Xalq orasida pinhona o‘sib borayotgan ishonchsizlik, loqaydlik kayfiyatlari asta-sekin yuzaga chiqa boshladi. Ruxsat etilmagan mitinglar, namoyishlar o‘tkazish hollari, hatto noxush voqealar ham sodir bo‘la boshladi.

  1. Aholi turmush tarzining og‘irlashuvi. Orol fojiasi. Farg‘ona voqealari.

1989-yilning may-iyun oylarida Farg‘onada fojeali voqealar sodir bo‘ldi. 45 yil muqaddam Stalin bedodligi natijasida o‘z yeridan badarg‘a qilingan mesxeti turklarini o‘zbek xalqi o‘z bag‘riga olgan, ularga mehribonlik qilgan edi. Tub yerli aholi bilan mesxeti turklari qardoshlik aloqalarini bog‘lab, o‘n yillar davomida inoqlashib yashadilar. Biroq, 1989-yil 20-mayda Quvasoyda tub yerli aholi bilan mesxeti turklari guruhlari o‘rtasida mushtlashish sodir bo‘ldi. Respublika siyosiy rahbariyatining voqeani to‘g‘ri baholay olmaganligi hamda tezkorlik bilan zarur choralarni ko‘rmaganligi oqibatida vaziyat murakkablashdi va etnik mojaroga aylanib, qon to‘kilishiga olib keldi. 3-iyun kuni kechqurun Toshloq posyolkasida, song Marg‘ilon shahrining mesxeti turklari zich yashaydigan qasabasida ur-yiqit, uylarga o‘t qo‘yish, qotillik, tahqirlash, talonchilik, vaxshiyliklar sodir bo‘ldi. Keyingi kunlarda beboshlik harakatlari Farg‘ona shahri, uning atrofidagi qishloqlarga tarqaldi. Olomon tomonidan sanoat korxonalariga, temir yo‘l stansiyasiga, aloqa uzeliga, militsiya binosiga hujum qilindi. Boshboshdoqlik partiya va sovetlarga qarshi tus olib bordi. Ana shunday favqulodda vaziyatda respublikada hukumat komissiyasi tuzldi. Farg‘onada 4-iyun kuni favqulodda holat e’lon qilindi. Shoshilinch ravishda SSSR ichki ishlar vazirligi ichki qoshinlarining 13 ming kishilik bo‘linmasi keltirildi. Janjal 7-iyun kuni yana takrorlandi va tez orada Qo‘qon shahriga, Rishton, O`zbekiston tumanlariga tarqaldi. 8-iyunda Qo‘qonda aholining tinch namoyishi SSSR ichki ishlar vazirligi qo‘shinlari tomonidan o‘qqa turuldi, 50 dan ortiq kishi halok bo‘ldi, 200 dan ortig‘i yarador qilindi. Ommaviy tus olgan tartibsizlik, ur-yiqitlar natijasida jami 103 kishi halok bo‘ldi, 1011 kishi jarohatlandi va mayib bo‘ldi. SSSR ichki ishlar vazirligi qo‘shinlarining 137 harbiy xizmatchisi, 110 militsiya xodimi yarador bo‘ldi. Militsiya xodimlaridan biri vafot etdi. 757 uy, 27 davlat binosi, 275 avtotransport vositasi yondirildi va talon-taroj qilindi. Voqealarning keng miqoyosda fojeali tus olganligi sababli sovet va ma’muriy organlar mesxeti turklarini Farg‘onadagi harbiy qism poligonidagi lagerga hamda Tojikistonning Leninobod viloyati Asht tumanidagi Novgarzon posyolkasiga shoshilinchi ko‘chirishni tashkil etdilar, ular qurolli askarlar tomonidan qo‘riqlandi, oziq-ovqatlar bilan ta’minlandi va tibbiy xizmat yo‘lga qo‘yildi. Minglab odamlarni bunday lagerlarda uzoq saqlab bo‘lmas edi. Shuning uchun 16282 kishi Farg‘ona viloyatidan Rossiyaning Smolensk, Orlovsk, Kursk, Belgorod va Voronej viloyatlariga ko‘chirib olib borib joylashtirildi.
Xo‘sh, Farg‘ona fojeasining sabablari nimada edi? Uni harakatga keltirgan kuchlar kimlar edi? O`z KP MQning 1989-yil 23-iyunda bo‘lgan XIV plenumida Farg‘ona fojeasi bilan bog‘liq masalalarni o‘rganish uchun maxsus komissiya tuzildi. Komissiya axboroti 29-iyulda bo‘lgan XV plenumda ma’qullandi. Farg‘ona viloyati, shahar, tuman partiya va sovet tashkilotlarining, huquqni himoya qilish organlarining tashkilotchilik, siyosiy ishidagi jiddiy xatolar fojeali voqealarga sabab bo‘ldi. Ular viloyatdagi keskin ijtimoiy, siyosiy vaziyatning kuchayish xavfiga yetarli baho bermadilar, millatlararo adovatni keltirib chiqarishga uringan ekstremistlarga, poraga sotilganlarga o‘z vaqtida zarba bermadilar. Farg‘ona viloyatida o‘n yillar davomida ijtimoiy-iqtisodiy keskinlik ortib bordi. Ana shunday keskinlikdan, respublikada ijtimoiy-siyosiy beqarorlikni keltirib chiqarishdan manfaatdor siyosiy kuchlar, ekstremistlar foydalandilar. Ular allaqachon ishlab chiqilgan, puxta tayyorgarlik ko‘rilgan reja asosida ig‘vogarona harakat qildilar, olomonga oldindan tayyorlangan varaqalarni tarqatdilar. Farg‘onada sodir bo‘lgan ig‘vogarlik Tbilisi, Tog‘li Qorabog‘, Bokuda tashkil etilgan ig‘vogarliklardan biri edi. Keyinchalik Bo‘ka, Parkent, O`sh, Andijonda ham shunday urinishlar bo‘ldi. Yovuz kuchlar harakatlari bostirildi, ig‘vogarlar o‘z maqsadlariga erisha olmadilar. O`zbekistonning yangi rahbariyati tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida keskinlik bartaraf qilindi.
1989-yil 23-iyunda bo‘lib o‘tgan O`zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining XIV plenumida Islom Abdug‘aniyevich Karimov O`z KP MQning birinchi kotibi etib saylandi. I.A.Karimov boshliq O`zbekistonning yangi rahbariyati tomonidan o‘zbek xalqining milliy o‘zligini anglashi kuchayib borayotganligiga e’tibor qaratildi. Xalqning shon-shuhrati, qadr-qimmatini himoya qilish, milliy mustaqillikka erishish tomon yo‘l tutildi. Farg‘ona, Bo‘ka, Parkent voqealari oshkora muhokama qilindi va ularning asl sabablari ochib tashlandi. Bu voqealar o‘zbek xalqining irodasi bilan sodir bo‘lmaganligi, xalqimiz hech qachon boshqa xalqlarga nisbatan dushmanlik kayfiyatida harakat qilmaganligi qadimiy va hozirgi tariximizdan olingan misollar bilan isbotlab berildi.
Respublikada kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish va tarbiyalash masalalarida milliy manfaatlar ustuvorligi ta’minlandi. Markazdan yuborilgan “kadrlar to‘dasi” o‘z mavqeini yo‘qotdi. Anishchev, Ogaryok, Satin va boshqa “kazo-kazolar” respublikadan chiqarib yuborildi. Mahalliy kadrlar rahbarlik lavozimlariga ko‘tarildi. Kadrlar siyosatidagi ijobiy o‘zgarish shundan iborat bo‘ldiki, endi O`zbekistonda partiya, sovet, davlat, huquqni himoya qilish organlarining boshliqlarini Moskva orqali hal qilish, Moskva belgilagan xodimlarni ko‘tarish amaliyotiga chek qo‘yildi, bu masalalarni hal qilishni respublika rahbariyati o‘z qo‘liga oldi. Bu vaziyat ni teran anglagan yangi rahbarning jasorati bo‘lib, juda katta siyosiy ahamiyatga ega bo‘ldi, ya’ni siyosiy mutelikdan qutulish tomon tashlangan birinchi qadam bo‘ldi.
O`zbekistonda adolatni tiklash chora-tadbirlari ko‘rildi, to‘qib chiqarilgan “o‘zbeklar ishi”, “paxta ishi”ning tamomila sharmandasi chiqdi. Bu bilan bog‘liq ishlar qaytadan ko‘rib chiqilib, aybsiz qamalgan o‘n minglab kishilar oqlandi, o‘z oilasiga qaytarildi, adolat tiklandi.
Respublika jamoatchiligi tomonidan allaqachon o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish masalasi ko‘tarilgan edi. O`zbekistonning sobiq rahbariyati bu masalaga avvallari millatchilik, mahalliychilik deb qarardi. Keyinchilik o‘zbek va rus tillarini teng mavqega ko‘tarishga urinildi, shu yo‘sinda ikki tillilik haqidagi qonun loyihasini o‘tkazishga harakat qilindi. Respublikaning yangi rahbari jamoatchilik fikrini inobatga oldi, masalani bosiqlik bilan hal qilish yo‘lini tanladi. O`zbekiston SSR Oliy Kengashining 1989-yil 21-oktabrda bo‘lgan XI-sessiyasida “O`zbekiston SSRning davlat tili haqida” Qonun qabul qilindi. Qonunda O`zbekistonning davlat tili o‘zbek tilidir, o‘zbek tili respublikaning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotining barcha sohalarida to‘liq amal qiladi, deb belgilab qo‘yildi. 1990-yil 19-fevralda “O`zbekiston SSRning davlat tili haqida”gi qonunni amalga oshirish davlat dasturi qabul qilindi. Qonun va davlat dasturiga binoan mehnat jamoalari. Oliy o‘quv yurtlari, korxonalar va davlat muassasalarida ish yuritish rus tilidan o‘zbek tiliga o‘tkazila boshlandi. Bu qonunning qabul qilinishi va uning amalga oshirila boshlanishi respubika ijtimoiy hayotida katta tarixiy voqea bo‘lib, mustaqillik sari tashlangan yana bir muhim qadam bo‘ldi.

    1. 1989 yil o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘zgarishlar. Milliy manfaatlar ustuvorligining o‘sib borishi.

XX asrning 80-yillariga kelib sobiq ittifoq tarkibidagi sotsialistik mamlakatlarda inson huquqlarini himoya qilish va ozodlikka intilishning yangi bosqichi boshlandi. Sharqiy Yevropa mamlakatlarida qariyb yarim asr hukm surgan totalitar davlat tuzumi inqirozga yuz tutib, demokratik tartibotlar qaror topa boshladi. KPSS markaziy komiteti birinchi kotibi M.S. Gorbachev tomonidan 1985 yil aprel plenumida ilgari surilgan “Qayta qurish” dasturi va u asosida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan islohatlar o‘zini oqlamadi. Buning oqibatida sobiq SSSR tarkibidagi respublakalarda ijtimoiy siyosiy ziddiyatlar avj olib bordi. Oqibatda SSSR parchalanib, uning o'rnida mustaqil taraqqiyot yo'lini tanlagan 15 mamlakat tashkil topdi.
Boshqacha qilib aytganda, bu davrga kelib ko'pgina mamlakat­larda mustaqillikka erishish masalasi dunyoni keng qamrab olgan tarixiy jarayonga aylandi. O'zbekistonning mustaqillikka erishishi ana shu olamshumul jarayon tarkibida yuz berdi..
SSSR Rahbariyatida shu yo'naUshdagi amaliy ishlar qizg'in tus oldi. 1990-yil 25-iyulda SSSR Prezidentlik Kengashida Bosh Ministrning mamlakatni bozor iqtisodiyotiga o'tkazish yuzasidan qo'shimcha choralar haqidagi axboroti tinglandi. 1990-yil 27-iyuli va 30-avgustida SSSR Prezidentining olimlar, mutaxassislar, ommaviy axborot vositalan vakillari bilan iqtisodiy islohotlar mavzuidagi uchrashuvi bo'ldi.
6-avgustda esa mamlakat Prezidenti M.Gorbachyovning «Yangi Ittifoq Shartnomasining asosi sifatida bozor iqtisodiyotiga o'tishning Ittifoq Dasturi Konsepsiyasini tayyorlash haqida» Farmoni e'lon qi-lindi. Bu vazifani bajarish uchun SSSR va RSFSR rahbarlari tomonidan S.Shatalin, I.Petrakov, L.Abalkin, G.Yavlinskiy, S.Aleksenko, V.Vavilov, A.Grigoryev, M.Zadorniy, V.Martinov, V. Mashchits, A.Mixaylov, B.Fyedorov, T.Yarigina va YYasinlardan iborat komis-siya tuzildi. Komissiyaga 1990-yil sentabridan kechikmasdan Hukumat Dasturini ishlab chiqish topshirildi.
1990-yil sentabri boshlarida SSSR Oliy Kengashi IV sessiyasida N.Rijkov «Boshqariladigan bozor iqtisodiga o'tishga tayyorgarlik va mamlakat xalq xo'jaligida barqarorlikni vujudga keltirish haqida» ma'ruza qildi. Unda deputatlarning awalgi fikrlari inobatga olingan variant ishlab chiqilgani aytilsa-da, sessiya Hukumat Dasturini qabul qilmadi. Buning muhim sababi deputatlarda Hukumatga nis-batan ishonch yo'qola borgan edi. Ayni chog'da Hukumat Dasturi sobiq Ittifoqni saqlab qolishni, shuningdek iqtisodiyotni sotsialistik yo'ldab rivojlantirishni ko'zda tutar edi.
1990-yil 11-sentabrda RSFSR Oliy Soveti II sessiyasi S. Shatalinning «500 kun» Programmasini qabul qildi. Unda quyidagi masalalar ko'tarilgan edi:

  • Fuqarolarni mulkka egalik huquqini, iqtisodiy mustaqillikni, erkin iste'mol bozori va unda erkin narx;

  • korxonaning mustaqil iqtisodiy faoliyat huquqi;

  • ittifoqdosh respublikalarning mutlaq suvereniteti;

  • aholi turmush darajasini pasaytirmaslikni ko'zda tutar edi.

SSSR Oliy Sovetining 21-sentabrda bo'lib o'tgan IV sessiya­sida bu Dastur ham qabul qilinmadi. 1990-yil 24-sentabrda sessiya «Xalq xo'jaligini barqarorlashtirishning kechiktirib bo'lmaydigan vazifalari»ni muhokama qilib, Hukumat Dasturi va S.Shatalin Dasturidan iborat Yagona Dastur ishlab chiqishga qaror qildi. 1990-yil 18-oktabrda sessiya: «Bozor iqtisodiyotiga o'tish jahon amali-yotidan kelib chiqqan zarurat, ammo u iqtisodiyotning sotsialistik yo'nalishiga ziyon yetkazmaydi», - deb xulosa berdi.
Demak, 80-yillar oxiriga kelib, sobiq mamlakatda xalq xo'jaligini bozor iqtisodiyotiga o'tkazishni hayotning o'zi kun tartibiga qo'ya boshladi va uning huquqiy asoslarini yaratishni zaruratga aylantirdi. Shunday bo'lsa-da, 1990-1991-yillarda iqtisodiyot orqaga qarab keta boshladi va xalqning turmush tarzi, sharoiti
yomonlasha bordi. Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan tanazzulga yuz tuta boshladi.
Mutaxassislar ana shunday tisarilish hodisasini mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotiga uchta yo'nalishdagi kuchlar manfaatlari to'qnashgani bilan izohlaydilar. Jumladan:
Birinchi kuchlar - N.Rijkov va V.Pavlov Dasturi tarafdorlari. Ular sobiq SSSRni saqlab qolish, xalq xo'jaligini markazdan boshqarish, huquqni ko'proq markazda to'plash niyatida edilar. Ular iqti­sodiyotni rivojlantirishda sotsialistik yo'ldan voz kechmaslikni talab qilar edilar.
Ikkinchi kuchlar - S.Shatalin guruhi a'zolari tarafdorlari. Ular SSSRni tarqatib yuborish, ittifoqdosh respublikalar o'rnida suveren, Mustaqil Davlatlar tuzish, cheksiz xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish, kolxoz va sovxozlarni tugatib, fermer xo'jaliklari tuzishni ko'zda tutdilar. Bu mohiyatan iqtisodiy rivojlanishning sotsialistik yo'lidan voz kechishni bildirar edi.
Uchinchi kuchlar - bu M.Gorbachyov Dasturini quvvatlovchilar. Ular murosa yo'lini qidirib, yuqorida tilga olingan har ikki dastur yo'nalishlarini uyg'unlashtirish va SSSRni saqlab qolish, markazlashgan ma'muriy buyraqbozlik hokimiyatini yo'qotmaslik, «shokovaya Terapiya» («falaj qilib davolash») usulidan foydalanish g'oyasini ilgari surar edi. Yangi Ittifoq Shartnomasini tayyorlash ham shu maqsadlarga yo'naltirilgan edi. Jumladan, yangi Ittifoq Shartnomasida mamlakat nomini ham «Sotsialistik Respublikalar Ittifoqi» deb emas, «Mustaqil Sovet Respublikalari», «Mustaqil Davlatlar Ittifoqi» deb atash to'g'risidagi takliflar ham o'rtaga tashlana boshladi.
1990-yil oktabri oxirida O'zbekiston SSR Oliy Kengashi IV sessiyasida bu masala yuzasidan Hukumatning hisoboti eshitildi.
Oliy Kengash sessiyasi «vujudga kelgan ahvoldan chiqishning yo'lini... respublikaning iqtisodiy mustaqilligiga erishish asosida iqtisodiy islohotlarai chuqurlashtirish va jadallashtirishdan iborat» deb hisobladi.
1991-yil 15-fevralda O'zbekiston Oliy Kengashi «O'zbekistonning davlat ramzlari to'g'risida» maxsus qaror qabul qildi. Unda, jumladan, shunday deyiladi:
«Mustaqillik to'g'risidagi Deklaratsiyaga amal qilib, O'zbe­kiston SSR Oliy Kengashi qaror qiladi:

  1. O'n ikkinchi chaqiriq Oliy Kengash II sessiyasida tuzilgan O'zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ning yangi loyihasini tayyorlovchi komissiyasiga O'zbekiston SSRning Yangi Davlat bayrog'i, Gerbi va Madhiyasiga doir takliflar hamda ular to'g'risida Nizomlar tayyorlash topshirilsin. Komissiya respublika jamoatchili-gi va deputatlarining fikrlariga tayanib ish ko'rsin.

  1. Bu boradagi takliflar matbuotda e'lon qilinib, umumxalq muhokamasi uyushtirilsin».

O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qabul qilgan Qonunlar, O'zbekiston Prezidentining Farmonlari, hukumat qarorlari katta ahamiyatga ega bo'lib, ular respublikaning iqtisodiy va siyosiy jihatdan mustaqil rivqjlanish yo'liga bevosita qaratila boshladi.
Masalan, 1989-yil 20-oktabrida o'n birinchi chaqiriq O'zbe­kiston SSR Oliy Sovetining o'n birinchi sessiyasida «O'zbe­kiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritish» to'g'risidagi masala maxsus muhokama etildi. Hukumatning bir yilda kamida bir marta Oliy Sovet oldida hisobot berishi majburiy qilib qo'yildi.
1990-yil 23-martida O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Ko­mitetining Plenumi bo'ldi. Unda O'zbekiston SSRning siyosiy suvereniteti masalalariga oid muammolarni tahlil etishga va konsepsiyalarini ishlab chiqishga jiddiy e'tibor berildi. Plenum yangilanayotgan siyosiy tizimda respublika Kompartiyasining o'rni va mavqeyi, uning davlat hokimiyati idoralari va jamoat tashkilotlari bilan o'zaro munosabati prinsiplari to'g'risidagi masalalarini muhokama qilib, buyruqbozlikdan, ma'muriyatchilikdan voz kechish lozimligini uqtirdi.
Ana shu obyektiv holatni hisobga olib, 1990-yil 24-martida XII chaqiriq O'zbekiston SSR Oliy Sovetining birinchi sessiyasi bo'ldi. Sessiya O'zbekiston tarixida birinchi marta Prezidentlik lavozimini ta'sis etish to'g'risida qaror qabul qildi.
O'zbekiston SSR Oliy Soveti Rayosati a'zolari, komissiya rais-lari va muovinlari «Mustaqillik Deklaratsiyasi» xususida fikrlashib, deputatlar fikrini olish va so'ng uni sessiyaga olib chiqish lozim, deb topdilar.
19-iyun kuni 40 dan ortiq deputat, doimiy komissiyalarning raislari, huquqshunoslar tayyorlagan Deklaratsiya matnini batafsil ko'rib chiqdi. Natijada bu masala 20-iyun kuni sessiyada kun tartibi­ga kiritildi.
«Mustaqillik Deklaratsiyasi» deputatlar tomonidan moddama-modda, bandma-band muhokama qilindi, har bir millat o'z taqdirini o'zi belgilashi, Deklaratsiya qoidasi bilan kafolatlanishi qayta-qayta ta'kidlandi. Unda o'zbek xalqining asrlar davomida qo'lga kiritgan davlat qurilishi va madaniy taraqqiyot borasidagi boy tarixiy tajriba-si va an'analari hisobga olinishi uqtirildi.
1991-yil 19-21-avgustida Moskvada davlat to'ntarishi qilish-ga urinib ko'rildi. Ulaming maqsadlari Ittifoq hududida yashovchi barcha xalqlarning mustaqillikni qo'lga kiritishlariga, o'z taqdirlarini o'zlari hal qilishlariga yo'l qo'ymaslik edi.
Shuni ham aytish kerakki, to'ntarishni uyushtirgan kishilar mamlakatda yuz bergan boshboshdoqlik va parokandalik cho'qqisiga chiqqan bir paytdan foydalanib qolmoqchi bo'lishdi. Ammo qayta qurish yillarida ko'zi ochilgan xalqni endi eski tuzum doirasiga kiri-tishga, unga eskicha buyruqbozlik qilishga urinish behuda edi.
O'zbekiston Prezidenti I. Karimov Hindiston safaridan qaytgani hamonoq - 19-avgust kuni kechqurun respublika rahbarlari va Tosh-kent shahri faollari bilan uchrashib, qat'iy tarzda O'zbekiston nuq-tayi nazarini ma'lum qildi. Respublika rahbariyati: «Markazdan, kim bo'lishidan qat'i nazar, qonunga xilof ko'rsatmalarni baja-rish mum kin emas», - deb hisobladi. 20-avgustda O'zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosati, O'zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Va-zirlar Mahkamasining Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri rahbarlari ishtirokida qo'shma majlis bo'ldi. Unda O'zbekistonning mustaqillikka erishish yo'li o'zgarmasligi haqida Bayonot qabul qilindi.
I. Karimov Oliy Kengash sessiyasini chaqirish va unda O'zbekiston mustaqilligi haqida Qonun qabul qilish masalasini keskin qo'ydi. Chunki har bir milliy respublikaning chinakam teng huquqliligi va mustaqilligi ta'minlangandagina tanazzuldan chiqish mumkin edi. Buning uchun mustaqillik yo'lidagi barcha to'siqlar olib tashlanishi, har bir respublika so'zda emas, balki amalda tenglar orasida teng bo'lishi lozim edi.
Ayni shu maqsadlami ko'zlab, O'zbekiston Oliy Kengashining XII chaqiriq navbatdan tashqari sessiyasi 1991-yil 31-avgustda o'z ishini boshladi.
O'zbekistonning mustaqil davlat deb e'lon qilinishida maz-kur sessiya katta tarixiy ahamiyat kasb etishini alohida ta'kidlash lozim. Unda «O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to'g'risida»gi hamda «O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i to'g'risida»gi masalalar kun tartibiga qo'yilib, qizg'in muhokama qilindi.
Qliy Kengash deputatlari moddama-modda muhokamadan so'ng «O'zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi to'g'risida»gi qonunni qabul qildilar. So'ngra Respublika Davlat Mustaqilli­gi to'g'risidagi Bayonot qabul qilindi. O'zbekiston SSRning nomi O'zbekiston Respublikasi deb o'zgartirildi. Mustaqillik e'lon qilin-gan kun 1-sentabr 1991-yildan boshlab milliy bayram va dam olish kuni, deb e'lon qilindi.
O'zbekiston Respublikasi mustaqilligi haqidagi bu hujjatlar o'zbek xalqining asriy orzusi ro'yobga chiqqanligining huquqiy ifo-dasi bo'ldi.
«O'zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi asoslari to'g'risida»gi qonun g'oyat katta ahamiyatga ega bo'lganligi uchun bu muhim hujjat haqida batafsil to'xtash lozim. Mazkur qonun aso-sida O'zbekistonning huquqiy holati tubdan o'zgardi. O'z mohiya-tiga ko'ra bu hujjat respublika uchun vaqtincha konstitutsiya roli-ni ham o'ynaydigan bo'ldi. 17 moddadan iborat bu qonun suveren O'zbekiston Respublikasining asosiy belgilarini aniqlab berdi.
Shu tariqa xalqimizning uzoq yillar kurashib, intilib qo'lga kirit-gan mustaqillik erki qonun bilan mustahkamlab qo'yildi.



  1. I.Karimov – O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti. Mustaqillik deklaratsiyasi va uning tarixiy ahamiyati.

O'zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin davlat boshqaruvi-ning yangi, zamonaviy va samarali tizimi shakllana boshlandi. Bosh-qaravning Prezidentlik shakli mazkur tizim o'zagini tashkil etdi.


1991-yil oxirida O'zbekiston hayotida torn ma'noda ulkan tari-xiy voqea sodir bo'ldi. 29-dekabrda xalqimiz uzoq yillik mustamla-kachilikdan so'ng torn ma'nodagi mustaqillik ramzi sifatida birinchi bor umumxalq xohish irodasi bilan mustaqil O'zbekiston Respubli-kasi Prezidentini sayladi.
Prezidentlikka nomzodlar har birining saylovoldi dasturlari aks ettirilgan 301 ming nusxadan iborat plakat, nomzodlar har birining 40 ming nusxadan saylovchilarga murojaamomalari chop etildi.
O'zbekiston Respublikasi saylovlari muqobillik asosida o'tdi. Oliy lavozimga ikki nomzod - O'zbekiston XDP va O'zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi nomzodi LA. Karimov va «Erk» demokratik partiyasi vakili Saloy Madaminov (Muhammad Solih) nomzodi qo'yildi.
Saylovlar yakuniga ko'ra 8 million 514 ming 136 ovoz yoki ovoz berishda qataashganlaming 86 foizi Islom Karimov nomzodini, 1 million 220 ming 474 saylovchi (12,3%) Saloy Madaminov nom­zodini yoqlab ovoz berdi.
Markaziy saylov komissiyasi okrug komissiyalari majlis ba-yonlarini ko'rib chiqib, O'zbekiston Respublikasi Preziden­ti saylovi to'g'risidagi qonunning 35-moddasiga asosan Islom Abdug'aniyevich Karimovni O'zbekiston Respublikasi Preziden­ti lavozimiga saylangan deb hisoblashga qaror qildi. Saylovlar natijalari o'zbek xalqining mustaqil taraqqiyot va rivojlanishning yutuqlarini LA. Karimov shaxsi, uning dono siyosati, tashabbuskorligi va fidoyiUgi bilan bog'lashining yaqqol dalili edi.
ISLOM ABDUG'ANIYEVICH KARIMOV
Davlat va siyosat arbobi, O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti. 1938-yilda Samarqandda tug'ilgan. O'rta Osiyo politexnika instituti va Toshkent xalq xo'jaligi institutini tugatgan. 1960-yildan «Tashselmash» zavodida awal master yordamchisi, so'ng master, texnolog, 1961-yildan V.P.Chkalov nomidagi Toshkent avi-atsiya ishlab chiqarish birlashmasida muhandis, yetakchi muhandis-konstruktor, 1966-yildan O'zbekiston Davlat plan komitetida fan va yangi texnikani joriy etish bo'limining bosh mutaxassisligidan reepublika Davlat plan komiteti raisining birinchi o'rinbosarigacha bo'lgan yo'lni bosib o'tdi. 1983-yildan O'zbekiston moUya vaziri, 1986-yildan O'zbekiston Ministrlar Soveti raisining o'rinbosari- respublika Davlat plan komitetining raisi. 1986-yil dekabridan O'zbekiston Kompartiyasi Qashqadaryo viloyati partiya komitetining birinchi kotibi. 1989-yil iyunidan O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi. 1990-yil 24-martdagi O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi sessiyasida O'zbekiston Prezidenti etib saylandi. I. Karimov 1991-yil 29-dekabrda birinchi bor muqobillik asosida o'tkazilgan umumxalq saylovida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi-ning 89-moddasiga muvofiq, u ayni vaqtda davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig'idir. I. Karimov 1991-yil 31-avgustda Toshkentda O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e'lon qil-di. I. Karimov O'zbekistonda davlat tuzumini mustahkamlashda, respublikaning ichki va tashqi siyosatida tinchlik va barqarorlikni ta'minlashdajonbozlikko'rsatmoqda.
1995-yil 26-martda umumxalq ovozi (referendum) bilan I. Karimovning Prezidentlik vakolati 1997-yildan 2000-yilgacha uzaytirildi. 2000-yil 9-yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo'lib o'tdi. Muqobillik va demokratik tamoyillar asosida o'tkazilgan ushbu saylovda saylovchilarning 91,90 foizi Islom Kari­mov nomizodini qo'llab-quwatladi va Markaziy saylov komissiyasi-ning qatforiga muvofiq Islom Abdug'aniyevich Karimov O'zbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylandi.
I. Karimovning eng muhim asarlari ingliz, fransuz, ispan, nemis, hind, xitoy, arab kabi o'nlab turli xorijiy tillarga tarjima qilinib, chet ellarda bir necha bor nashr qilingan. Respublikamizda esa I. Kari­mov asarlarining 20 jildlik to'plami nashr qilin­gan.
I. Karimov O'zbekiston Qahramoni unvoni (1994-y.), «Mustaqillik» (1996-y.)., «Amur Temur» (1998-y.) ordenlari sohibi. I. Ka­rimov xalqaro munosabatlarni rivojlantirishdagi salmoqli hissasi uchun bir qator xorijiy davlatlarning va nufuzli xalqaro tashkilotlar-ning orden va medallari bilan mukofotlangan. U O'zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi (1994-y.), nufuzli xalqaro akademiya-larning faxriy a'zosi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 5-bo'limining XGX bobida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti maqomi belgilab beril-di. 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g'risida»gi Qonu-ni bilan belgilanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat qurilishi sohasidagi tajribasidan unumli foydalanish maqsadida vakolati tugashi munosabati bilan iste'foga chiqqan Prezident umrbod Oliy Majlis yuqori Palatasi - Senati a'zosi lavozimini egallashi ko'zda tutilgan.
Ana shu nuqtai nazardan qaraganda Oliy Majlisning mamlakat-da Prezident vakolatini 2000-yilgacha cho'zish yuzasidan umumxalq referendumini o'tkazish to'g'risida qabul qilingan qarori shu qaror asosida o'tkazilgan referendum katta siyosiy-ijtimoiy ahamiyat kasb etdi. Qolaversa, mazkur qaror va uning sharhlarida boshqa yana bir qator o'ta muhim, har bir fuqaro hayotiga daxldor masalalar aniq ko'rsatib berilgan.
2000-yilning 9-yanvari mustaqil O'zbekistonimiz tarixida asrlar tutashgan paytda sodir bo'lgan, davlatimizning XXI asrdagi taqdiriga va taraqqiyotiga jiddiy ta'sir ko'rsatadigan muhim siyosiy voqea sifatida muhrlanib qoladi. O'zbe­kiston fuqarolarining aksariyati hozirgi davlat boshlig'ining rahbarligi ostida va tashabbusiga ko'ra amalga oshirilayotgan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlarni qo'llab-quwatlagan holda Islom Karimov nomzodi uchun ovoz berdi.
2000-yil 11-yanvarda O'zbekiston Respublikasi Markaziy say­lov komissiyasining navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi. Majlis kun tarti-bi bitta masalaga - 2000-yil 9-yanvar kuni bo'lib o'tgan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalariga bag'ishlandi.
Islom Karimov uchun 11 million 147 ming 621 saylovchi yoki saylovchilarning 91,90 foizi ovoz berdi. O'zbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzodi ko'rsatilgan Abdulhafiz Jalolov uchun 505 ming 161 saylovchi yoki 4,17 foiz saylovchi ovoz berdi.
2007-yil 23-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo'lib o'tdi. 14 ta saylov okrugi, 8266 ta saylov uchastkasi aloqa vositala-ri, kompyuter va orgtexnika, saylov qonunchiligi me'yorlariga oid adabiyotlar bilan ta'minlandi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yakunlariga ko'ra, Islom Karimov 13 million 8 ming 357 yoki saylovda qatnashgan saylovchilar umumiy sonining 92,1 foizi ovozini oldi.
Birinchi Prezidentimiz og’ir xastalik natijasida 2016 yilda vafot etdilar.
Muxtasar qilib aytganda, I. Karimov O'zbekiston davlati va davlatchiligini barpo qilish, demokratik fuqarolik jamiyati qurish asoslarini yaratdi.
Nazorat savollari



  1. XX asr 80-yillari ikkinchi yarmida O‘zbekiston iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotida inqirozning kuchayishining sabablarini ko’rsating?

  2. “Paxta ishi” kompaniyasi va uning respublikadagi siyosiy va ma’naviy holatga ta’siri qanday bo’ldi?

  3. Mustaqillik deklaratsiyasi va uning tarixiy ahamiyatini tushuntirib bering?

  4. I.Karimov – O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti sifatida davlat boshqaruv siyosatida qanday ishlarni amalga oshirdi?



Download 6,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish