Abdiqaliqova nadira niyazimbetovna


II BOB. Semantik taraqqiyot



Download 366,5 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana23.10.2019
Hajmi366,5 Kb.
#24151
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
xx asr birinchi yarmi ozbek tili leksikasining taraqqiyoti


II BOB. Semantik taraqqiyot 

3.1. Til lug`at tizimining rivojida semantik taraqqiyot 

Til  lug`at  sistemnsining  rivojida  semantik  taraqqiyot  ham  muhim  rol 

o`ynaydi.  Semantik  taraqqiyot  deganda,  tildagi  mavjud  lug`aviy  birliklarning 

ma`no nuqtai nazaridan rivoji nazarda tutiladi. Bundagi eng asosiy narsa lug`avin 

birliklar ma`nosning ko`payishidir. 

Semantik taraqqiyot ham tilnnng tabiatidan kelib chiqadigan qonuniy hodisa, 

ya`ni  bu  hodisa  tilning  ixchamlikka,  soddalikka,  kulaylikka  intilpsh  kabi 

xususiyatlari  bilan  bog`lik.  Xayotda  paydo  bo`ladigan  yangi-yangi  hodisalar, 

tushunchalarni  ifodalash  uchun  doim  yangi  so`zlar  yaratilanermasligi  va  buning 

qonuniyligi ma`lum. Aks holda, tildagi so`zlar mikdorining qay darajada kuchayib 

ketishi va buning fikr olishuvda qanchalik qiyinchiliklarga olib kelishini tasavvur 

etish  qiyin  emas.  Xullas,  yangi  paydo  bo`layotgan  narsa-hodisa,  tushunchalarni 

ifodalashda  tilda  bor  lug`aviy  birliklardan  foydalanish,  buniig  natijasida 

so`zlarning  yangi  ma`noga  (ma`nolarga)  ega  bo`la  borishi,  ko`p  ma`nolilikning 

yuzaga kelishi va rivojlanishi qonuniy bo`lib, bu narsa rnvojlanayotgan har bir til 

uchun xarakterlidir. 

Semantik taraqqiyot jarayonida faqat yangi ma`noning (ma`nolariing) yuzaga 

kelishi  emas,  bor  bo`lgan  ma`noning,  ma`lum  sabab  bilan  yo`q  bo`lishi  ham 

qonuniy  hol.  Lekin,  bari  bir,  birinchi  fakt,  ya`ni  yangi  ma`no  va  ma`nolarning 

paydo  bo`lishi  taraqqiyotni  belgilovchn  hodisa  hisoblanadi.  XX  asrda  aynan  bir 

so`zning o`zidan yangi ma`no paydo bo`lishi va bir ma`noning yo`qolishi hodisasi 

yuz  berganini  juda  ko`plab  so`zlarda  ko`rish  mumkin.  Masalan,  kashshof  so`zi 

dastlabki  etaplarda  pioner  so`zi  o`rnida  qo`llanar  edi:  Kashshoflar  uchun  va 

maktab  kechalarining  dasturini  -  hamma  ishni  kechqurun  soat  9  g`o  bajarish 

chamasi  bilan  tuzish  kerak  (KYoI).  Bu  ma`nosida  qo`llanmaydigai  bo`lib.  o`zi 

ham  deyarli  iste`moldan  chiqkan  edi.  Lekin  keyingi  vaqtlarda  rus  tilidagi 



pervoproxodets  so`ziga  xos  ma`noda  qo`llana  boshladi,  ya`ni  shu  ma`noni  olib 

yana iste`molga kirdi: Biz kaiishoflarga xos juda katta va  murakkab yo`lni bosib 



o`tdik    («O`qit.  gaz....)  —  Nash  put  pervoproxodtsev  —  ogromen  i  slojen 

(«Izvestiya», 1987 yil 3 noyabr).  

Shu  o`rinda  yana  bir  so`zning,  ya`ni  unsur  so`zining  semantik  tuzilishida, 

uning qo`llanishida davrning o`zida yuz bergan o`zgarishlarga e`tibo beraylik. Bu 

so`z  1959-yil  A.K.Borovkov  tahriridanashr  etilgan  «O`zbekcha-ruscha  lug`at»da 

(478-bet) shunday berilgan: 

UNSUR  ust.  element;  kimyoviy~ximicheskiy  element;  yot~chujdiy 

element. 

Demak  unsur  so`zi  asli  element  ma`nosini  bildirgan  va  bu  ma`nosi  bilan  u 

eskirgan  so`zga  aylangan.  XX  asrning  dastlabki  etaplarida  shu  ma`nosi  bilan 

iste`molda  bo`lgan:  Baynalminan  bo`lmogon  til  unsurlari  g`oyatda  ko`p  kira 

boshladilar  va  kirmoqdalar  (MK.).  Bolalarni  tashkil  etishda  asosiy  unsurlardan 

birisi  ularga  mehnat  ruhnda  tarbiya  berish  bo`lsa  ham  bu  ham  juda  zaif  holda 

(«Maor.  va  o`qit.»).  Negaki,  hozirgi    turmushimdai  fig`om  qilarli  hech  unsur 

topolmaymai (G`.G`ulom, "Fig`on»). To`rt unsurdan yaralgai edim: Tuprog`u suv. 

o`tu havodan (Usmon Ko`chqorov) 

Lekin  unsur so`zi  bu  ma`nosida  deyarli  qo`llanmaydigan  bo`lib,  iste`moldan 

chiqkan edi. Begona element (yot shaxs), ruscha «chujdiy element» ma`nosida yot 



unsur birikmasi qo`llanar, hatto, unsur so`zining o`zi xuddi shu ma`noda bo`lgan 

edi:  o`zing  yot  unsur  bo`lmasang  ham,  qilig`ing  yot  unsurning  o`zi  (A.  Kahhor, 

«Qo`shchinor  chiroqlari»).  Bilasanmi,  er-suvdan  ajragan  unsurlar  hali-beri  tinch 

yotmaydi (Sayd Axmad, «Xukm»). 

Keyingi  vatqlarda  unsur  so`zining  yana  «element»,  «tashkil  etuvchi  qism» 

ma`nosida  qo`llanishi  kuzatilyapti  va  buni  noto`g`ri  (nomaqbul)  qo`llash  deb 

baholash  asosli  bo`lmaydi,  deb  o`ylaymiz:  Neon  chiroqlari  yoritib  turgan 

chizmakashlik  stoli  yonida  birinchi  to`g`onning  vertikal  unsurlarini  oqqa 

ko`chirayotgan ekan (A. Muxtor, «Amu»). ... qani... «jahon adabiyotidagi etakchi 

yo`nalishlar»ni  ko`rsatadigan  unsurlar,  qani  o`sha  polifonik  serjilolik?  (N. 

Xudoyberganov, «So`z qadri — inson qadri»). 


Xullas,  yangi-yangi  narsa-hodisalarning,  tushunchalarnnng  paydo  bo`lishi 

bilan  tildagi  so`zlarning  yangi  yangi  ma`no  (ma`nolar)  kashf  etishi  XX  asrda 

o`zbek

 adabiy tili leksikasida ro`y berayotgan aktiv holatdir. 



So`zning  yangi  ma`no  kasb  etishb,  yangi  ma`noning  hosil  bo`lish  yo`llari 

lingvistik  adabiyotlarda,  jumladan,  o`zbek  tiliga  oid  adabiyotlarda  yaxshi 

yoritilgan

23

. Bu masalalarga to`xtab o`tirishga extiyoj yo`q. Shuningdek, XX asrda 



o`zbek  adabiy  tili  leksikasida  yuz  bergan  o`zgarishlar  prof.  F.Abdul-layev  va 

G.Muhammadjonovalarning ko`rib o`tilgan ishlarida ham tahlil etilgan.  

Bu  o`rinda  biz  XX  asr  o`zbek  adabiy  tili  leksikasining  ma`no  jihatdan 

taraqqiyotini  tasdiqlovchi  misol  keltirish  va  yuqoridagi  adabnyotlarda  tilga 

olinmagan hodisalarni qayd  etish bilan kifoyalanamiz. 

So`zda  yangi  ma`no  bir  necha  yo`l  bilan  paydo  bo`lishi  ma`lum.  XX  asrda 

o`zbek  tili  leksikasining  semantik  taraqqiyotini  kuzatishdan  shu  narsa  ma`lum 

bo`ldiki,  semantik  kalkalash  yo`li  bilan  yangi  ma`no  hosil  bo`lishi  (yangi  ma`no 

hosil  qilinishi)  yangi  ma`no  hosil  qilishning  eng  asosiy  yo`li  hisoblanadi. 

Binobarin,  hozirgi    o`zbek  adabiy  tili  leksikasining  semantik  taraqqiyoti 

jarayonida semantik kalkalash eng asosiy faktor hisoblanadi. 

Semantik  kalkalash  yo`li  bilan  yangi  ma`no  hosil  qilish  o`tgan  asrning 

dastlabki etaplaridanoq juda aktiv tus olgan. Quyidagi misollarga e`tibor beraylik: 

Hozirgi    kunda  Farg`onada  ham  tozolash  boradur  (Byulleten).  Amriqo  bizni 



toniydimi? («Q. O`zb»). Adabiyot maydonida eng muhim masalalardan biri  («Q. 

O`zb.»).  Mexnatkashlar  ommasi  orasida  kollektivizm  psixologiyasining  o`chog`i 

fabrik  va  zovudlardir  («Maor.  va  o`qit.»).  Turk  tatar  xalklarining  o`rtasida 

bo`lg`on  avomgarchilik  tezroq  tugatish  va  ularning  madaniy  maydonda 



oqarishlari yo`lida qiyinlik kel-tirmakda bo`lgon... («Alanga»). 

Bu  misollardagi  tozalash  so`ziga  xos  ma`no  ruscha      ochistka    so`zini   

tarjima      etish      bilan      hosil  bo`lganini  sezish  qiyin  emas.  (Qolgan  so`zlarning 

ma`nosi ham semantik kalkalash natijasi). 

                                                 

23

 МИртожийев М. Ўзбек тилида полисемия. –Тошкент, 1975. 



Semantik  kalkalash  yo`li  bilan  ishi  ma`no  hosil  qilishning  aktivligini  va 

o`zbek  tili  leksikasining  semantik  taraqqiyotida  muhim  rol  o`ynayotganini  o`tgan 

asrning  80-yillaridagi  materiallarida  ham  yakqol  ko`rish  mumkin:  U 

mehnatkashlarning xalq kontroli organlaridagi ishiga ularning siyosiy etukligini va 

xalq  manfaatlarini  ximoya  qilishdagi  faolligini  rivojlantirishning,  ishga  davlat 

nuqtai 


nazaridan 

qarash, 


xalq 

boyligini 

tejab-tergash 

his-tuyg`usini 



tarbiyalashning  muhim  formasi  deb  qaraydi  («Sov.  O`zb.»)  ...  kishilarning 

faravonligini  sifat  jihatdan  yangi  bosqichga  ko`tarish,  moddiy  va  madaniy 



ne`matlarni  iste`mol  qilishning...  («Sov.  O`zb.»).  ...  kishilarning  sog`ligini 

mustahkamlash, ularning aktiv umrini uzaytirnsh juda muhim ishdir. Ayni vaqtda 

shunday  jarayon  bo`lmoqdaki,  uni  bir  so`z  bilan  -  poklanish      deb      aytish   

mumkin   («Sov.   O`zb.»). 

O`zbek  tili  leksikasining  rivojida  kalkalash  yo`li  bilan  so`z  hosil  qilishning 

roli  tahlil  etilganda  ko`rdikki,  bu  yo`l  bilan  so`z  hosil  qilish  katta  mahorat  talab 

etadi,  kalkalash  yo`li  bilan  hosil  qilingan  so`z  hamma  vaqt  ham  talabga  javob 

beradigan,  maqbul  so`z  bo`lavermaydi.  Bunday  so`zlar  ma`lum  vaqt  qo`llanib, 

keyinchalik iste`moldan chiqib ketadi. Xuddi shunday holni semantik kalkalashda 

ham  kuzatish  mumkin.  Demak,  semantik  kalkalash  yo`li  bilan  so`zning  yangi 

ma`nosini  hosil  qilish  ham  juda  murakkab  va  u  shu  ishni  bajaruvchidan  katta 

mahorat talab qiladi. Ko`pgina semantik kalkalarning maqbul-nomaqbulligi haqida 

birdaniga  hukm  chiqarish  mumkin  bo`lavermaydi.  Misollarga  e`tibor  beraylik: 

Hozir  hammamiz  uchun  zerikish  davri  bo`lishini  sezib  turibmiz.  Shu  zo`riqshini 

zimmaga  olish  kerak,  o`rtoqlar  («Sov.  O`zb.»).  Dissertatsiya  tadqi-qotlarining 

tematikasi  fan  va  texninannig  ustun  yo`nalishlarida  jamlansin  («Sov.  O`zb.»). 

Ko`p  korxonalarda  oziq-ovqat  va  sanoat  mollariga  buyurtma  oladigai  xizmatlar 

ishlay  boshladi  («Sov.  O`zb.»).  Bunday  semantik  kalkalarning  to`g`ri-

noto`g`riligini,  maqbul  yoki  maqbul  emasligini  kelgusining  o`zi  ko`rsatadi.  Agar 

so`zlar  o`ziga  yuklatilgan  shunday  yangi  ma`noni  (ma`nolarni)  ifoda  etish 

imkoniga ega bo`lsa, ular shu so`zlarning doimiy ma`nolariga aylanadi. Aks holda 


ruscha so`zga oid ma`nolar boshqa so`zlar bilan yoki birliklar bilan ifodalanadigan 

bo`ladi. 

Yuqorida  aytildiki.  semantik  taraqqiyot  jarayoni  uchun  faqat  yangi 

ma`nolariing paydo bo`lishi emas, kam darajada bo`lsa-da. bor bo`lgan ma`noning 

yo`qolishi  ham  xarakterli.  Ikkita  misol  keltiramiz.  Mexnatkashlar  xayiti. 

Baynalminal  ishchilar  bayrami  birinchi  may  kuniga  oz vaqt  qoldi  (Q.  O`zb.»).  ... 

«Mushtum»  bu  kun  25-sonini  to`ldirib  hayit  qiladi  (Ziyo  Sayd).  ...  kambag`al 

dehqonlarni  boylarning  va  olib  sotarlarning  qulligidan  qutg`orgusidir.  Hozirgi  

o`zbek  adabiy  tilida  hayit  so`zi  «bayram»  manosiga,  olib  sotar  so`zi  «savdogar» 

ma`nosiga ega emas. 

Xullas,  XX  asr  o`zbek  tili  leksikasining  taraqqiyotida  semantik  rivojlanish 

ham  o`ziga  xos  o`rin  tutadi.  Bu  jarayonda  (semantik  taraqqiyotda)  semantik 

kalkalash  yo`li  bilan  yangi  ma`no  hosil  qilinishi  eng  asosiy,  belgilovchi  yo`l 

bo`lib, bu usul o`tgan asrning dastlabki etaplaridanoq juda aktiv tus olgan. 

Semantik  kalkalashda  ham,  xuddi  leksik  kalkalashdagi  kabi,  material  baza 

bo`lib  rus  tili  xizmat  qiladi.  Binobarin,  o`zbek  tili  leksikasining  semantik 

taraqqiyoti bevosita rus tili, uning taraqqiyoti bilan bog`liq bo`lgan.  

 

2.2. Adabiy til leksikasining normalashuvi 

 

Milliy  adabiy  til  umumxalk  tilining  sayqallangan,  ma`lum  normalarga 



solingan  shakli  ekani  ma`lum.  Normalanish  esa  qzok  vaqt  davom  etadigan, 

rivojlanayotgan  til  uchun  esa  doimiy  xos  (hamma  vaqt  bo`lib  turadigan,  davom 

etib  turadngan)  hodisadir.  Normalanish,  anniqsa,  har  bir  milliy  adabiy  tilning 

shakllanish  jarayonida  aniq-oshkor  tarzda,  turli  baxs-munozaralar  bilan,  maxsus 

qonun-qoidalar yaratish na shu kabilar bilan amalga oshib boradi. 

Normalanish va normalash boshqa sohalarga nisbatan, tilning leksika sohasida 

nisbatan qiyinroq. kechadi. Bunda ikki xarakterli holatni qayd  etish kerak bo`ladi. 

Birinchidan,  leksikada  normalanadigan  (normalanish,  normaga  solinishi  kerak 

bo`lgan)  birlikning  (lug`aniy  birlikning  -  so`z  va  iboralarning)  o`zi  ko`p  bo`ladi. 


Ikkinchidan, o`zbek tili ko`p dialektli til bo`lib, adabiy til uchun norma sifatida bu 

dialekt na shevalarga oid so`zlardan qaysi birini tanlash, belgilash ancha murakkab 

masala.  Nixoyat,  uchinchidan,  tilda  doim  yangi  so`zlar  paydo  bo`lib  turadiki, 

bularni  ham  adabiy  til  uchun  qabul  qilish  mumkin  yoki  mumkin  emasligini 

belgilab berish talab etiladi va bu ham oson ishlardan emas. 

Normalanishda  leksikaning  boshqa  sohalarga  nisbatan  o`ziga  xosligi  sifatida 

yana  shuni  aytish  mumkinki,  leksika  sohasidagi  normalanish  boshqa  sohalardagi 

normalanishga  nisbatan  «stixiyali»  tarzda  bo`ladi.  Aniqroq  qilib  aytganda,  leksik 

normalar  maxsus  qonun-qondalar  bilan  rasmiylashtirililmaydi.  Masalan,  o`zbek 

adabiy tilida nechta fonema borligi yoki tushum kelishigining shakl qanday ekani 

(qanday  yasalishi)  qoidalashtiriladi,  belgilanadi.  Leksikada  bunday  emas  va 

bunday yo`l tutish mumkin ham emas. Chunki fonetik va morfologik birliklarning 

turi sanoqli bo`lgani holda, leksik birliklar (so`zlar) tilda ming-minglab miqdorini 

tashkil etadi. 

O`zbek  milliy  adabiy  tili  leksikasining  normalashishini  o`rganilganda, 

ayniqsa,  uning  (o`zbek  milliy  adabiy  tilining)  shakllanish  jarayoniga  alohida 

e`tibor berish, shu davr materiallarini chuqur tahlil etish kerak bo`ladi. 

Hozirgi    o`zbek  adabiy  tilining  shakllanish  davriga  oid  materiallarni 

kuzatishdan  ma`lum  bo`lishicha,  bu  davrda  o`zbek  adabiy  tili  leksikasining 

normalanish jarayonida quyidagn hodisalar yuz bergan. 

I.  Ma`llum  bir  ma`nosida  yoki  ma`lum  bir  birikmalarda  so`zning 

qo`llanmaydigan bo`lishi. Bunda quyidagi holatlar kuzatiladi. 

I. So`z ma`lum bir ma`nosi bilan butunlay iste`moldan chiqib ketadi. Demak, 

u  asli  bir  ma`noli  so`z  bo`ladi.  Bu  so`zga  xos  ma`no  boshqa  so`z  yoki  birikma 

bilan  ifodalanadigan  bo`ladi,  ya`ni  shu  so`z  yoki  birikma  adabiy  tilga      xos  so`z 

bo`lib    qoladi.    Misollar:      Shu  yo`l  ila  ushbu  kunimizga  qadar  bizda  diqqatsiz 

qoldirilg`on... 

(«Bil. uch.»). Ozida har uch oyda bir martaba markaziy qo`mitaning umumiy 

majlislari  yasalsunlar  (Qarorlar).  O`lchaksiz  buyuk  qayg`u  hasratlik  bo`ldiq 

(Qo`llanmalar). ... xotun-kizlarni hayvon kabi sotishqo qorshi chora ko`rish, qolin 



mol,  kuchlab  kuyovga  berish....  Ijtimoiy  ta`minot  har  bir  yollonib  ishlaguvchilar 

uchun hech bir ayrimsiz joriy bo`ladir. ... albatta duxtirg`o borib dorulonish kerak. 

Shuning  uchun  biz  ham  undagi  manzarani  ko`rgan  holda  suratlandirib 

bermoqchimiz.  Bu  misollardagi  diqqatsiz,  ozida,  o`lchaksiz,  kuchlab,  ayrimsiz, 



dorulanshi, suratlandirib so`zlari ifodalagan ma`noda z`tiborsiz, kamida., cheksiz, 

zo`rlab,  istisnosiz,  davo-lanish,  gavdalantirib  so`zlari  qo`llanadi.  Yuqoridagi 

so`zlarning  birortasi  ham  adabiy  tilda  qo`llanmaydi,  ya`ni  istemoldan  chiqqan. 

Quyidagi  misollarda  qo`llanilgan  o`rinlarda,  mahallarda,  joylarda  so`zlaridan 

faqat  so`nggisi  adabiy  tilda  qotib  qolgan  ikkitasi  iste`moldan  chiqkan:...  qurultoy 

hukumat 

apparatlarining 

ishchi-dehqon 

ommasidan 

uzoq 

turg`onligini, 



mahallalarda hukumatning juda kuchsizligini ko`rsatadirkim... (Qarorlar). Har bir 

jumhuriyatda  mayda  millatlarning  manfaatlarini,  huquqini  himoya  qilish  uchun 

markazda va o`rinlarda    maxsus    muassasalar   tuzilgandir. 

2.  So`z  ma`lum  bir  ma`nosi bilan  ma`lum  birikmalardagina qo`llanmaydigan 

bo`ladi. Misollar: Shuning bilan ushbu harakat tarqaldi, uchdi (Byulleten). ... idora 

ishlarida  bir  tartib  qo`yish  mumkin  bo`lmadi  («Q.  O`zb.»).  ...ishchi-dehqonlarni 

tarixda  yangidan-yangi  betlar  ochmoqda  («Q.  O`zb.»).  Kasabalar  uyushmasi 

mehnatni  saqlaydi  («Q.  O`zb.»).  Po`lsha  va  Litva  millatlar  ittifoqining  tekis 



huquqli  a`zosidirlar  («Maor.  va  o`qit.»).  Yigirma  besh-o`ttiz  yilni  madrasa 

tuprog`ini  yalab  o`tkazgan  bir  kishini,  tabiiy  bizda  ulamo  qatoriga  kirgizmay  hol 

yo`q (A. Qodiriy).  

Bu matnlardagi birikmalar tarkibida qo`llangan o`chdi, qo`yish, bet, saqlaydi, 



tekis,  hol,  so`zlari  o`rnida  hozirgi    tilda  so`ndi,  o`rnatish,  sahifa.  himoya  qiladi, 

teng,  iloj  so`zlari  qo`llanadi.  Lekin  yuqoridagi  so`zlar  shu  ma`nosini  yo`qotgan 

emas.  Demak,  bu  hodisani  so`zlarning  boshqa  so`zlar  bilan  birikishi,  ma`lum 

birikma      tarkibida      qo`llanishida  maxsuslashish,  shu  jihatdan  normalanish  deb 

qarash kerak bo`ladi. 

3.  Ba`zi  so`zlar  faqat  ayrim  ma`nolarini  yo`qotib  (shu  ma`nosida 

qo`llanmaydigan  bo`lib),  boshqa  ma`nosi  bilan  adabiy  tilda  hozirda  ham 

qo`llanadi.  Uning  yo`qotgan  ma`nosida  hozirgi    adabiy  tilda  boshqa  so`z 


qo`llanadi, ya`ni shu so`zning qo`llanishi norma hisoblanadi. Misollar:... unda 540 

talaba  davom  etib  kelgan  («Q.  O`zb.»)...  komitetlarning  rahbarligining 



yumshoqligi...  («Q.  O`zb.»,).  Agarda  ish  va  xizmat  qilg`uchi  e`tiborsiz  bahona 

bilan  uch  kun  qatordan  xizmatga  kelmasa...  .  IIIu  jihatdan  tarbiya  ishida  ham 

muallimning  turmushda  bor  butun  borliqlarni  quchoqlab  olg`an  bir  usulni  anglab 

tushunib  olishi  lozim  («Maor.  va  o`qit.»).  Maydonchada  bajarilg`usi  butun  ish 

asosan  quyidog`i  chiziqlarda  kessa  kerak  .  ...  maktablarga  yuradigan  bolalar 

uylaridagi bolalarning tayyorgarligi koniqarlik emas («Maor. va o`qit.»). Bu narsa 

artistlarning  ustaligini  oshirdi  va  o`zbek  dramaturgiyasiniig  o`sishiga  katta  sabab 

bo`ldi  (Ziyo  Sayd).  Tovushga  qo`yingiz.  Tovushga  qo`yiladi.  Mulla  Obid  bir 



tovushdan, amo Usmon polvon ikki qarshi bilan qolxoz idorasiga saylanib o`tadilar 

(A. Qodiriy. «Obid k.»). 

Bu  misollardagi  davom  etib,  yumshokliq  e`tiborsiz,  quchoqlab,  chiziklarda, 

yuradigan, ustaligini, tovush so`zlari o`rnida hozirgi  adabiy tilda qatnab, bo`shliq 

uzrsiz,  yo`l  (yo`nalish)larda,  qatnaydigan,  mahoratini,  ovoz  so`zlari  qo`llanadi, 

shularning  qo`llanishi  normaga  aylangan.  Ayni  bir  tushunchani  ifodalash  uchun 

ma`lum  vaqtlarga  qadar  birdan  ortiq  so`zlar  parallel qo`llangan.  Hatto, bir  jumla, 

kichiq  matn  ichida  ular  teng  holda  qo`llanavergan.  Keyinchalik  ayni  bir  ma`no 

uchun adabiy tilda ulardan biri maxsuslashgan. Misollar: Bu masalalarni tekshirib 

chiqkanimizda  O`ktabr  o`zgarishining  maktab  turmuishda  qanday  buyuk 

o`zgarishlar  yasagoni...  Birok  bu  progrommo  hali  buning  maktab  hayotiga 

tamoman kira olmadi («Maor. va o`qit.»). ... eng birinchi o`rinda qushxona uchun 

yasama salqinlik katta ahamiyatka molikdir. Bu sanoatlar sun`iy salqinlik iste`mol 

qilinmogonda... («Q. O`zb.»). Mayiblarga yordam. Ijtimoiy ta`mimot kamissarligi 



invalidlar  kaperatsiyasini  yaxshilab  yo`lg`o  qo`yish  uchun...  .  ...  o`quchi 

balolardan  tushkan  oylik  oqcha.  maorif  kossasiga  to`plab,  shu  puldan  har  bir  

maktabga...      («Q.      O`zb.»)    Har  bir  yangilik  eski  dunyo  bilan 

hisoblashmaganidek,  yangi  alifbe  va  uni  kurashib  o`rin  olishi  ham  eskilik  bilan 

sanashmagusidir  («Alanga»).  Demak,  bu  hodisani  adabiy  til  leksikasi 

normalanishi  jarayonida  adabiy  tilda  ma`lum  ma`no  uchun  ma`lum  so`zlar 



maxsuslashib, boshqasining (shu ma`noda) qo`llanmaydigan bo`lishi deb baholash 

mumkin; 


4) dastlabki etaplarda  matbuotda, umuman yozma nutqda iste`molda bo`lgan 

ko`pgina  so`zlar  hozirda  oddiy  so`zlashuvdagina  qo`llanadi,  adabiy  tildan  o`rin 

olmagan.  Ular  ifodalaydigan  ma`nolarda  adabiy  tilda  boshqa  so`zlar  qo`llanadi 

(Shu  so`zlar  adabiy  til  lug`at  tarkibiga  kiradi).  Misollar:  Gaplashib  o`tirishlarni 

bo`lak  boshlig`i  yoki  shahardan  kelgan  firqa  a`zolari  ....  bu  tarqolishg`o  qorshi 

himirilik  ham  chora  ko`rilmadi  («Q.  O`zb.»).  Texnikum  ham  boshlang`ich 

maktablarda  o`qishlar  taraqlab  ketdi  («Maor.  va  o`qit.»).  Yoza  boshlangiz, 

idoradan kiish kelib qolsa uyalamiz (G`.G`ulom, «Puch umidlar»). Shuning uchun 

ota-onalari  bolalari  kasal  bo`lgan  zamon  beparvolik  qilmay,  tezlik  ila  tabib  yo 

duxturga boqizmak kerak (A.Avlo-niy). 

Demak,  bu  hodisani  o`zbek  tilida  bor  bo`lgan  ma`nodosh  so`zlarning 

qo`llanshnida  differentsiatsiya  yuz  berishi  oqibatida  ayrim  so`zlarning  oddiy 

so`zlashuvda  qolishi  boshqalarining  esa  adabiy  tildan  o`rin  olish  hodisasi  deb 

qarash kerak. 

Umuman,  hozirgi    o`zbek  adabiy  tilining  shakllanish  davrida  shu  jumladan, 

leksikaning  normalashuvi  jarayonida  yangi  narsa-hodisa,  tushunchalarii  aniq 

to`g`ri ifodalaydigan so`zlarni topish, yo`q bo`lsa yaratish oson bo`lmagan, albatta. 

Dastlabki etaplarda qo`llanib keyinchalik iste`moldan chiqish sabablari xuddi shu 

tufaylidir.  Buni  quyidagi  misollarda  aniq  ko`rish  mumkin:  Olishma  ismlari  zot 

ismlari  o`rnig`og`ina  kelib  ularningina  olishdirmaydir,  balki  sifat,  son  ismlarini 

ham  olishdiradirlar  («Q.  O`zb.»).  Emchak  emizadirgan  xotinlar  uchun.... 



Olmshinnib  ishlaydirgan  ishlarda  ham  bir  ishchi  va  xizmatchi  guruxlari  ish 

vaqtlarini  tamom  qilib...  ma`lum  bir  soatda  ikkinchi  gurux  ishchiliriga 

topshiradirlar.  Yoqish ashyosi sanoati... . 

Tushunchaniig  mohiyatini  aniq to`g`ri ifodalovchi olmosh,  emizikli,  smenali, 



yoqilg`i  so`zlari  topilguncha  yuqoridagi  gaplarda  ajratib  ko`rsatilgan  so`z,  so`z 

birikmalarn qo`llangan. 



II.  So`z  variaitlarndan  biri  adabiy  tilda  qolib  (adabiy  norma  sifatida  qabul 

qilniib), boshqasi iste`moldan chiqadi. Bunda quyidagi hodisalar kuzatiladi: 

1.  So`zning  morfologik  va  so`z  yasalish  variantlaridan  birinint  konkret  bir 

ma`nosida  adabiy  normaga  aylanishi,  adabiy  norma  sifatida  qabul  qilinishi. 

boshqasining  iste`moldan  chiqishi.  Misollar:...  kundalik  ishlarnigina  taqdir  qila 

borsoq,  albatta  kulgi  bir  ish  bo`lar  edi  («Q.  O`zb.»).  Ozg`inadan  keyin  tirsagi 

so`richaning  poyasiga  tiralib  muylab  bir-ikki  qimillab  soqol  silkindi  (A.  Kaxxor, 

«Qiplok  hukm  ostida»),  .  ....  o`zbek  xalqining  tub  kasbi  bo`lg`on  dehqonchiliq 



boqchachilik  ishlari...  (Qo`llanmalar).  Agar  shu  gaplar  rost  bo`lsa,  borib  shunda 

yashamog`imiz  kerakdir  (Hamza.  «Maysaraning  ishi»)...  to`g`ri  usta  Olimnikiga 

qarab  borar  edi  va  u  erdan  otini  minib  umrlikka  Marg`ilon  bilan  vidolashmoqchi 

edi  esa-da...  (A.  Qodiriy.  «O`t.  k.»).  Hatto  ular  to`g`risida  so`ylash  ham  ortiqdir 

(«Maor. va o`qit.»). er yuzasining uchdan bir bo`lagi quruq, ikki bo`lagi suvdir . 

Bu  misollardagi  ajratib  ko`rsatilgan  so`zlar  o`rnida  hozirgi    adabiy  tilda 

ularning  qanday  varianti  qo`llanishi  ma`lum  bo`lgani  uchun  ularni  keltirib 

o`tirmaymiz.  Shuni  qayd    etish  kerakki,  bunday  variantlilik,  ayniqsa,  o`tgan 

asrning 20-yillariga oid manbalarda ko`p uchraydi. 

Yuqorida  aytdikki,  variant  so`zini  kent  ma`noda  qo`lladik.  Shu  nuqtai 

nazardan ayni bir ma`noda qo`llangan xotin, xotin-qiz, xotin-qizlar so`zlarini ham 

variant  deb  qarash  mumkin.  Bular  ham  adabiy  til  leksikasining  normalanish 

jirayonini  kechgan.  Quyidagi  uch  misolga  e`tibor  beraylik:  Takror  aytamizki,  bu 

so`zlarimiz  haqorat  uchun  aytilmagan  bo`lsin,  xotin  bo`limlarimiz    va    undagi  

ishchilarimiz...  Toshkent  muzofot  xotin-qizlar  bo`limining  qisqacha  hisoboti. 

Toshkent  muzofotida  5  ta  xotin-qiz  bo`limi  bor  («Q.  O`zb.»).  Bu  misoldagi  uch 

variantdan hozirgi  o`zbek adabiy tilpda faqat xotin-qizlar varianti qo`llanadi, shu 

variant norma sifatida qolgan. 

So`zning morfologik va so`z yasalish variaitlaridan qaysi birining adabiy tilda 

qolish-qolmasligi  sabablariga  ega  bo`ladi  va  buni  asoslash,  sezish  ham  u  qadar 

qiyin  bo`lmaydi.  Masalan,  ...  taqdim  kilgan  nimarsalarini  ham  qo`ymay  o`ziga 

qayirub  berdi  (Hamza).  Har  yili  ekinlarini(ng)  joyini  almashtirib  ekuv  yo`lini 


to`g`ri olib bormak kerak. Hozirgi  adabiy tilda qayirmoq bilan qaytarmoq fe`llari 

boshqa-boshqa  ma`no  ifodalashi  ma`lum.  Qvyirmoq  fe`li  «egib  bukmoq  qaytarib 

bukmoq»  ma`nosiga  ega.  Binobarin,  hozirda  bu  fe`lning  «biror  narsani  avvalgi 

(o`z)  joyiga  yoki  egasiga  yo`naltirish»  ma`nospda  qo`llanishi  mumkin  emas.  Bu 

ma`noda  qaytarmaq  fe`li  qo`llanadi.  Shuningdek  «biror  narsaning  evaziga  (biror 

narsani  berib)  boshqa  narsani  olish»  ma`nosida  hozirgi    adabiy  tilda  alishtirmok 



(alishmoq.  amashmok)  fe`llari  qo`llanadi.  «O`rin-joyni  «boshqasi  bilan 

o`zgartirish»  ma`nosida  faqat  almashtirmoq  fe`li  qo`llanadi,  lekin  alishtirmoq 

qo`llanmaydi. 

Lekin  shunday  faktlar  ham  uchraydiki,  adabiy  tilda  nima  uchun  shu  variant 

qolganligini uning tuzilishi (qismlari) asosida isbotlab bo`lmaydn. Misol: Hozirgi 

Turkiyada  xotinlar  masalasi  navbatda  turg`on  kunlik  masalalardan  hisoblanadi. 

Bunday  kundalik  daftar  to`tarakning  o`zi  uchun  ham  ko`zgu  bo`lishi  bilan  birga 

yacheyka,  bo`lis  va  tuman  tashkilotlarig`o  hisob  berishda  yordam  qiladi.  O`zbek 

tilida kunlik, oylik, xaftalik tipida yasalgan so`zlar bor. Lekin kundalik, xaftadalik, 

oydalik  tipidagi  so`z  yasalishi  yo`q.  Shu  jihatdan  ayrim  birikmalarda  (kundalik 

daftar, kundalik extiyoj kabi) adabiy tilda kunlik shakli emas kundalik shakli-ning 

qolishi  qiziq.  Lekin  bu  fakt  ham  o`z  isbotiga  eta.  Bu  erda  har  ikki  variantning 

qolishi ma`noni farqlash, aniqrog`i boshqa-boshqa ma`no ifodalash talabi bilandir: 

kunlik- bir kunga oid, kundalik - har kunga oid. Shunnig uchun ham agar har so`zi 

qo`llansa,  u  bilan  birga  kunlik,  kungi  so`zlari  qo`llanadi,  lekin  kundalik  so`zi 

qo`llanmaydi:  har  kunlik,  har  kungi  (lekin  har  kundalik  deyilmaydi).  Demak, 

kundalik so`zi kunlik bilan emas, balki har kunlik, har kungi bilan ma`nodosh. 

2. 


So`zning 

fonetik 


variaitlaridan 

birining 

adabiy 

tilda  qolshi,  adabiy  norma  sifatida  qabul  qilinishi.  Misollar:  Butun  kooperatsiya 



ishlariga  firqa  nazorati  qo`yish  va  shunday  qilib  unda  asti  o`zi  yo`q  bo`lg`on. 

Changitish  yo`li  bilan...  nasillashtirish  -  bodrin,  qarbuz  kabi  qovoq  nasli 

o`simliklarda 

yaxshiroq 

chiqadir... 

... 


undan 

olgan 


mohiyona 

bilan 


xech 

bir 

kishi 

xususiy 



boylik 

to`play 


olmas  («Q.O`zb.»)  Ko`ylagi  yo`qlar  tizi  yirtiq  kishilardan  bu  umum  kular 

(A.Avloniy).  



Hozirgi adabiy tilda asli, bodring, tarvuz, moyana, tizza, oson, karta so`zlari 

qo`llanadi.  Ularning  keltirilgan  misollardagi  fonetik  varnantlari  adabiy  tilda 

iste`moldan chiqqan (qo`llanmaydi). 

O`zbek  adabiy  tili  leksikasining  XX  asr  taraqqiyoti  jarayonida  ayrim  so`zlar 

fonetik  variantlarining  qo`llanishida  boshqacha  hodisa  yuz  bergan,  ya`ni  ulardan 

biri  iste`moldan  chiqib  ketmay,  har  ikkisi  ham  adabiy  tilda  qolgan.  Lekin  ularda 

ma`no  jihatdan  differentsiatsiya  yuz  bergan  -  boshqa-boshqa  ma`nolar  uchun 

qo`llanadigan  bo`lgan.  Masalan,  «Oz  son,  yaxshi  ish»  degan  shior  bilan  ishlarni 



yo`lg`o qo`ysoq, maktab, klub va tevaraklarimizdan ko`b natijalar ko`ramiz. 

Hozirgi  adabiy  tilda  tevarak  va  to`garak  so`zlari  ma`no  jihatidan 

differentsiatsiyaga  uchragan.  Bu  misol  ma`noda        hozir        tevarak        so`zi    

qo`llanmaganidek  «atrof»  ma`nosida  faqat  tevarak  qo`llanadi,  to`garak 

qo`llanmaydi. 


Download 366,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish