Abdulla qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti aniq va tabiiy fanlarni o


Urug‘li mevalilarga olma, nok, behi kabilar misol bo‘ladi



Download 0,97 Mb.
bet2/6
Sana20.01.2022
Hajmi0,97 Mb.
#393385
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Urug‘li meva

Urug‘li mevalilarga olma, nok, behi kabilar misol bo‘ladi.

Bular yetilish vaqtiga qarab 5 guruhga bo‘linadi: ertagi mevalar urug‘li mevalarining boshqa guruhlariga nisbatan ertaroq yetiladi. Uzilgandan keyin uzoq vaqt saqlanmaydi, olis joylarga yuborishga unchalik yaramaydi, kimyoviy tarkibi jihatidan boshqalardan farq qiladi. Yozgi nav mevasi tusga kira boshlagan vaqtda uziladi. Shunday qilinmasa, u tez pishib o‘tib ketadi, unsimon holga kelib qoladi, shirasi kamayib, mazasi yomonlashadi, tez buziladi. Uzoq joylarga tashish uchun yaroqsiz bo‘lib qoladi. Ertagi mevalar oldin, kuzgi mevalar esa keyin teriladi.

Kuzgi mevalar ham meva shoxchasidan oson ajraladigan, urug‘i jigarrang tusga kirgan va po‘sti shu navga xos rang hosil qilgan vaqtda uzib olinadi. Kuzgi nav mevalar yozgi navlarga nisbatan uzoq roq saqlanadi. Saqlash uchun mo‘ljallangan mevalar iste’mol qilish uchun yaraydigan darajada yetilishidanancha ilgari terib olinadi. Bunda ularni iloji boricha kechroq yig‘ib olishga harakat qilinadi. Lekin mevalar sovuq tushguncha yoki yog‘ingarchilik boshlanguncha daraxtda qolib ketmasligi lozim. Kuzgi quruq kelgan yillarda hosilni kechiktirib yig‘ishtirish foydalidir. Chunki bu vaqtda mevalar yana yiriklashadi, rangi va hidi yaxshilana di. Kechki mevalar qishda yaxshi saqlanadi. Ularning ba’zilari masalan: «Zolotaya grayта», «Renet Simirenko» ancha vaqt buzilmay turadi. Yetilish muddatlariga ko‘ra meva navlarini guruhlarga bo‘lish tartibi har bir tuman uchun alohida belgilanadi. Bitta navning o‘zi har xil o‘sish sharoitiga ko‘ra turli guruhga kirishi mumkin.
OLMA, NOK VA BEXI DARAXTLARINING BIOMORFOLOGIK XUSUSIYATLARI

Olma (Malus) — raʼnodoshlar oilasiga mansub, barg toʻkuvchi daraxtlar yoki butalar turkumi; urugʻli meva daraxti. Shimoliy va janubiy yarimsharning moʼtadil mintaqalarida Olmaning 25— 30 turi, jumladan, Oʻrta va Sharqiy Osiyo, Oʻrta Osiyo va Kavkazda 10 turi tarqalgan. Ekiladigan mevali daraxtlar orasida maydoni jihatidan birinchi oʻrinda turadi. Yalpi olma hosili boʻyicha AQSH (4,8 mln. t), Xitoy(22,01 mln. t) oldingi oʻrinlarda turadi (1999). Jahon boʻyicha yalpi hosili 60,2 mln. t ni tashkil etadi (1999). O’zbekistonda —0,4mln.t. AQSH, Chili, Xitoy, Rossiya, Eron, Turkiya, Fransiya, Italiya mamlakatlarida olmazorlar katta maydonlarni egallaydi. Shuningdek O'zbekistonda 2017-2019-yillarda uzumni keyingi eng ko'p yetishtirilgan meva hisoblanadi. Oʻzbekistonda 8 turi yovvoyi holda uchraydi. Dunyo boʻyicha yetishtiriladigan navlarining asosiy qismi xonaki olma turiga kiradi.




Past boʻyli olma turiga kiradigan dusen va paradizkadan mevachilikda payvandtag sifatida foydalaniladi. Olma sovuqqa chidamli, yorugʻsevar va namsevar, tuproq tanlamaydi, lekin unumdor tuproqlarda yuqori hosil beradi. Olma daraxti boʻyi 15 m gacha boradi. Yaponiyada o'tkazilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki qishda ekilgan "Fuji" olmalari mart oyining oxirida ildiz o'sishi kuzatilgan. Oʻzbekistonda Olma aprel oyida gullaydi. Guli 5 boʻlakli, gultojibargi oq, pushti, ayrimlari qizil. Mevasi, naviga qarab, iyun— oktabrda pishadi. Bir dona mevasi vazni 15 g dan 400 g gacha boradi. Tarkibida (%) fruktoza 6,5—11,8, saharoza 2,5—5,5, organik (olma va limon) kislotalar 0,2— 1,6, vitamin S 5–30 mg, pektin, oshlovchi moddalar va boshqa mavjud. Mevasi yangiligida yeyiladi, qoqi, konserva, murabbo, jem qilinadi. Olma urugʻidan hamda payvandlash, parhish qilish yoʻli bilan ildiz bachkilaridan koʻpaytiriladi. Hosildorligi 130—300 s/ga. Daraxti 100 yilgacha yashaydi. Odatda, bogʻga oʻtqazilganidan keyin 4 yil oʻtgach, hosilga kiradi. 40—50 yil moʻl hosil beradi. Koʻchati kuzda va bahorda 30—60 sm chuqurlikda haydalgan yerga ekiladi. Koʻchat oʻtqaziladigan chuqurga 5–6 kg chirigan goʻng, 150 g ammiakli selitra, 200 g superfosfat tuproqqa aralashtirib solinadi. Koʻchatlar 8×8m, 8x6 m, past boʻyli payvandtaglarga ulangalari 4x6 m, 3X5 m, 4x4 m sxemada ekiladi. Yosh daraxtlar 8—12-marta, hosilga kirganlari 4—6-marta sugʻoriladi, tup va qator oralari yum-shatib turiladi. Hosilga kirgan olmazor gektariga har uch yilda 20—40 t chirigan goʻng va har yili sof holda 120 kg azot, 60–90 kg fosfor, 30 kg kaliy hisobidan oʻgʻitlanadi. Daraxtlar har yili kuzda va bahorda butalanadi.






NOK (Pyrus) — raʼnoguldoshlar oilasiga mansub barg toʻkuvchi daraxtlar yoki butalar turkumi, mevali daraxt. Yevrosiyoning moʻtadil va subtropik min-taqalari (Sharqiy va Kichik Osiyo, Kavkaz, Jan. Yevropa)da 60 ga yaqin turi uchraydi. Oʻrta Osiyo, Rossiyaning janubi, Uzoq Sharq, Ukraina, Belorussiya, Boltiqboʻyi, Moldaviyada 40 ga yaqin turi oʻsadi. Nok qadimiy madaniy oʻsimlik. Dastlab Eron va Armanistonda madaniylashtirilgan degan taxminlar bor. Yevropa mamlakatlari, Amerikaning moʻtadil iklimli hududlari (ay-niqsa, AQSH)da, Afrika, Avstraliya, Jan. Sharqiy Osiyoda koʻp ekiladi. Dunyo boʻyicha urugʻli mevalilar ichida (ekilgan maydoni jihatidan olmadan keyin) 2-oʻrinda turadi. Xitoy, Italiya, AQSH, Ispaniya, Turkiyada nokzorlar koʻp.

Nokning madaniy navlari oddiy Nok yoki oʻrmon noki (P. communis), qor noki (R. nivalis), Buasye Noki (P. boissieriana), Korjinskiy noki (P. korshinskyi), qumokdi yoki kechki Nok (P. serotina), yc-suriya Noki (P. ussuriensis) va boshqa turlarga mansub. Nokning oddiy yoki urmon Nok turi keng tarqalgan. Oʻzbekistonda Korjinskiy noki murut, olmurut (R. Korshinskyi Litv.); turkman noki (R. turcmanica Maleg.) togʻ yon bagʻirlarida yovvoyi qolda oʻsadi. Nok daraxti 50—300-yilgacha yashaydi, buyi 15—20 m ga yeta-di; shox-shabbasi ixcham, piramidashaklida. Nok yorugʻsevar, qurgʻoqchilikka va sovuqqa oʻrtacha chidamli. Nok qumli, shoʻrlangan yerlardan boshqa hamma joyda yaxshi oʻsadi. Ildizi kam tarmokli oʻq ildiz, asosiy qismi tuproqning 20—80 sm qatlamida joylashadi. Barglari tuxumsimon, tuksiz, yashil, yaltiroq, cheti arra tishli. Gullari oq, baʼzan pushti yoki kizil. Mevasi turli shaklda, vazni 25—300 g, baʼzan 500 — 700 g, rangi sariq, yashil, pushti, zar-gʻaldoq va b. Mevasi yangiligida yeyila-di, qoqi, jem, kompot, murabbo qilinadi. Tarkibida oʻrtacha 80% suv, 10,4% qand, 0,3% organik kislotalar, 0,03% oshlovchi moddalar, 2,6% kletchatka, 0,4% azotli moddalar, V, S vitaminlari, A provitamini bor.

Behi (Cydoniaoblonga Mill.)— raʼnodoshlaroilasiga mansub mevali daraxt yoki buta.Behining Ozarbayjon, Dogʻiston, Turkmaniston, Eronda yovvoyi turlari uchraydi, turk tilida ayva nomi bilan yuritilgan. Mahmud Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asarida "avya" shaklida tilga olingan. Behi  Kavkaz, Oʻrta Osiyo, Qrim, Ukrainaning jan. hamda Astraxon viloyatidakeng tarqalgan. Oʻzbekistondagi B.zorlarning 80% Fargʻona vodiysida. Balandligi 5–6 m, shoxshabbalari piramida shaklida, baʼzan tarvaqaylab oʻsadi. Bargi oddiy, yashil, cheti butun. Gullari yakka holda, oq yoki och pushti, aprelda gullaydi. Koʻchati oʻtqazilgach, 3—4 yili hosilga kiradi, 30—40 yil yashaydi. Katta yoshdagi daraxtlari oʻrtacha 60— 70 kghosil beradi. Mevasi sentabr—okt. oylarida uzib olinadi; vazni, naviga qarab 150—500 g . Behi mevalari limon rangda yoki toʻq sariq, tuk bilan qoplangan; yetilganda tuki toʻkilib ketadi, xushboʻy. Yangi uzilgan mevasi kam isteʼmol qilinadi. Behi entomofil (hasharotlar bilan changlanadigan) oʻsimlik.



Behi tarkibida 74,7—83,5% suv, 8,5— 15,2% qand, 0,2—1,5% kislota bor, shuningdek oshlovchi moddalar va tosh hujayralar boʻladi. Mevasi dagʻal boʻlib, uzoq saqlangandan keyin tosh hujayralar yumshab qoladi. Behidan murabbo, kompot, marmelad, sukat, qiyom, jem tayyorlanadi, ovqatga (koʻpincha palovga bosiladi) ishlatiladi. Behi, asosan, payvandlab koʻpaytiriladi, koʻchati 6×6 yoki 5×5 m sxemada oʻtqaziladi. Behining koʻpchilik navlari nokka payvandtag boʻla oladi; unga ulangan nok pakana boʻladi. Behi issiklik va namlikka talabchan. Sugʻoriladigan unumdor tuproqlarda, shuningdek shoʻri kam yerlarda yaxshi oʻsadi. Oʻsuv davrida tuproq sharoitiga qarab 3—8-marta sugʻoriladi.

URUG‘LI MEVALAR SIFATIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR

Tez pishar olma navlarining sifati GOST 16270—70 ga, kechpishar olma navlarining sifati esa GOST 21122—75 standarti talabiga javob berishi kerak Bu Davlat standartlari talabi bo’yicha tez pishar olmalar sifat kursatkichlari buyicha 1- va 2- tovar navlariga bulinsa, kech pi­shar olma navlari esa oliy, 1-, 2- va 3- tovar navla­riga bulinadi. Olmalarni tovar navlariga ajratishda asosiy ko’rsatkich tekshirish uchun namuna sifatida olingan olmalarning eng katta ko’ndalang kesimining diametri hisoblanadi. Masalan kechpishar olmalarning dumaloq shaklli oliy navida ko’ndalang kesimining diametri 65 mm dan, 1-navida 60 mm dan, 2-navida 50 mm dan, 3-navida esa 40 mm dan kam bo’lmasligi talab etiladi. Bundan tashqari olmalarning sifatini belgilaydigan asosiy ko’rsatkichlarga ularning tashki ko’rinishi, pishib yetilganlik darajasi, hidi, ta’mi kabi ko’rsatkichlari kiradi. Chirigan, shishgan, eti qoraya boshlagan olmalar sotishga ruxsat etilmaydi.

Nok issiqsevar daraxt, mevasi olmaga nisbatan ancha nozik, shuning uchun saqlashga va tashishga chidamsizroq meva hisoblanadi. Nok asosan ho’l meva sifatida iste’mol qilinadi va undan kompot, murabbo, ko’kat kabi mahsulotlar ham tayyorlash mumkin..Yangi uzilgan noklar sifatiga ko’ra 1- va 2- tovar navlariga (GOST 21711—76), kechpishar noklar esa 1-, 2- va 3- tovar navlariga (GOST 21713-76) bo’linadi. Bular uchun xom tovar navlarini belgilashda asosiy ko’rsatkich eng katta ko’ndalang kesimining diametri hisoblanadi.

OLMA, NOK VA BEXI MEVALARINING INSON TOMONIDAN YARATILGAN TURLI XIL NAVLARI

Saratoniy navi –daraxtlari o’rta bo’yli, balandligi 6-6,5m ga yetadi, shox-shabbasi anchagina ixcham bo’lib, dumaloq, siyrak formada ekilgan ko’chatlari 3-4 yillarda hosilga kira boshlaydi. Iyul oyida mevalari pishib yetiladi: ularni 10-12 kungacha saqlash mumkin. Mevasining o’rtacha vazni 100-150gr, po’stining rangi ko’k-yaltiroq, pishganda sariq somon rangiga kirib, taram-taram yo’li ham bo’ladi. Eti oq, mayin, xushho’r va xushbo’y. quritilganda sifatli, yaxshi maxsulot beradi.



Toshkent borovnikasi navining daraxti baquvvati, balandligi 7m, shox-shabbasining diametric 10-12m ni tashkil qiladi. Yaxshi shoxlaydi, shoxlari shamolga chidamli, hosili vaznidan bir yoqqa egiladi, lekin sinmaydi. Mevasining o’rtacha vazni 140gr, kattalariniki 200gr. Mevasi iyul-avgustda pishadi, shakli yumaloq, qumoq-qumoq, o’rtacha sersuv, nordon-shirin, yaxshi ssaqlanadi.Daraxti har xil tipdagi tuprolarda yaxshi o’sib, hosil beradi. Ular tezda tiklanish hususiyatiga ega, sovuqqa anchagina chidamli, birinchi hosilini ekilganidan keyin 4-5 yilda bera boshlaydi, to’liq hosilga 7-8 yilda kiradi.Bu navning tomorqalarda o’stirishda afzallik tomonlaridan biri, mevasi chiroyli, davomli vaqt ichida ketma-ket pishib yetilaveradi. Mevasining pishish davri bir oygacha davom etadi.

Qizil Grafenshteyn navi –O’zbekistonning deyarli barcha yerlarida uchraydi. Daraxti baquvvat, katta bo’lib o’sadi. Mevasi yoz oxirlarida pishadi. Ko’chati ekilgach, 4-5 yilda hosilga kiradi. Hosildorligi yaxshi. Mevasi yumaloq, chiroyl, rangdor, o’rtacha vazni 100-130gr, biroz qovurg’ali, po’sti hidli, yashil-sariq. Eti sarg’sh oq suvli, shirin hushho’r. u sovuqqa o’rtacha chidamli nav.

Delishes –qishki serhosil olma navi bo’lib, 5-7 yilda hosilga kiradi. Mevasi pishganda to’q-qizil rang oladi. Avgust-sentyabr oyi o’rtasida uzib olinadi. Mevasi yirik va o’rta me’yorda, vazni 150-180gr.

Jonatan –kuzda pishadigan, barvaqt hosilga kiradigan nav. Daraxtning bo’yi 4,5-5 metr, shox-shabbasi yoyiq holda, diametri 5,9m, meva vazni 100-120gr. Ekilgan ko’chati 4-5 yilda hiosilga kiradi, 7-yildan boshlab har bir daraxt 70-80kg dan hosil beradi, 12-14 yoshga kirganda hosil miqdori ikki hissa oshadi.



STARKRIMSON –navining daraxti past bo’ladi, novdalari qisqa va yo’g’on bo’lib, bo’g’in oralari qisqadir. Pakana payvandtagda 3-yili hosil beraboshlaydi. Serhosil, lekin hosili har yili ham bir tekis bo’lavermaydi. Mevasining tashqi ko’rinishi o’ziga rom qiladigan darajada, po’sti tig’iz, dag’al, eti yupqa, qisman po’stining ustida mo’m dog’lar uchraydi, qizil rang bilan qoplangan.Mevasi iste’mol qilinadigan qismining rangi oq-sariq, donador, qarsildoq, hushbo’y hidga ega bo’lib, kislotasi sezilmas darajada.

Golden delishes –serhosil nav, kechpishar, shirin. Daraxti pakana bo’yli, shox-shabbasi dumaloq shaklda, 3-4 yilda hosilga kiradi. Renet Semerenko olma navi bilan bir vaqtda gullab, bir tekisda hosil berish hususiyatiga ega. U Renet Semerenko, Jonatan, Alpinist olma navlari bilan yaxshi changlanadi va ularni changlaydi. Mevasining vazni 130-160gr, shakli cho’ziqroq yoki dumaloq cho’ziq bo’lib, rangi oltinsimondir. Meva qobig’ining ustida kulrang dog’lar va ayrim paytlarida zangsimon dog’lar uchraydi. Eti yaltiroq sariq, tig’izligi o’rtacha, xushbo’y.Mevasi avgust oyining oxiri, sentyabr oylari boshida pisha di.

Graym oltini –kech pishib yetiladigan olma navidir. Mevasining mazasi juda yaxshi, shakli chiroyli, sariq pillasimon rangda. Ko’chat doimiy yerga ekilganidan keyin, 4-5 yilda hosil beraboshlab, to’liq hosilga 6-7yilda kiradi. Mevasining vazni 70-80gr bo’lib, sentyabrda pishib yetiladi.

O‘zbekistonda yetishtiriladigan navlari:Qishki nok, kuzgi oq nok, chillaki nok, yozgi nok,murut, olmurut, Korjinskiy, Vilyams, Lesnaya Krasavisa, Lyubimisa Klappa, Olive de Serr, Podarok, Starkrimson, Bergamot, Vilyams' 'Svetlyanka, Sibiryachka, Michurinskdan skorospelka,Tyoma,Tengqur, Rogneda, Jegalov xotirasi,Yakovlev xotirasi, Petr, Chijov,Yurev.Yozgi navlariga Vilyame yozgi navi, Zuxra, Lastochka, Podarok, Rano navlari kiradi. Kuzgi navlariga Lesnaya Krasavisa, Kuzgi kizil nashvati, Paxtakor, Medovaya navlari kiradi. Qishki navlariga kishki Dekanka, Royal zimnyaya, Olive de Serr, Qishki nashvati, Kyure navlari kiradi.

Asosan qaysi viloyatlarda yetishtirilishi, qaysi mavsumda pishib yetilishi, terib olinishi va saqlanishi: Mevasi naviga qarab iyun oxiridan oktabr boshlarigacha bo‘lgan davrda pishadi, kechpisharlari mart—aprelgacha saqlanadi. Nok mevalari bandiga zarar etkazmasdan teriladi. Ba’zi mahalliy navlar terilganidan so‘ng mahsus issiq sharoitda saqlanganida o‘ziga xos yumshoqlikka ega bo‘ladi. Kechki navlar terilganidan keyin saqlashga qo‘yilsa, ular bir necha hafta o‘tgach pishib, iste’molga yaroqli bo‘ladi.



Kuchli kuzgi sovuqlar behi daraxtini kamdan-kam shikastlaydi.

 Shirin –ertapishar ho’raki nav. Mevasi o’rtacha, ayrimlari qisman yirik bo’ladi, vazni 130-190gr, asosan noksimon shaklda bo’lib, qobig’lari uncha ko’zga tashlanmaydi. Mevasi qalin tuklar bilan qoplangan. Sentyabrning ikkinchi yarmida mevasi pishadi. Hosil yaxshi bo’lib, terib olingan mevasini iste’mol qilsa bo’ladi.

Nordon –o’rtapishar nav bo’lib, mevasi nordon-shirin, turli maqsadlarda foydalaniladi, serhidli va tashishga chidamli. Har yili mo’l hosil olinadi. Daraxtlari yumaloq shox-shabbali, baquvvat, novdalari osilib turadi. Qalin shoxlanadi, serbarg. Mevasi o’rtacha yirik (140-200gr), asosan olmasimon, yuzasi qirrali va bir oz bo’rtiq. Po’sti yupqa, o’rtacha suvli, shirin-nordon. Ko’chatlari ekilganidan keyin 4-5 yili hosilga kiradi. Mevasi oktyabrning birinchi yarmida uziladi. Dekabrning oxirigacha, ta’m sifatlarini yo’qotmasdan yaxshi saqlanadi.

Serhosil (Izobilnaya) –o’rtapishar, serhosil, konservabop yangi standart navdir. Daraxtlari 5-6m baland, yassi-yumaloq, yoyiq shox-shabbali bo’lib o’sadi. Ekilgandan keyin 2-3 yilda hosilga kiradi. Konservabop navidan yaxshi changlanadi. Mevasi o’rtacha yirik, vazni 200-250, ba’zan 400gr gacha bo’ladi. Bochkasimon shaklda, ayrimlari xatto silindrsimon. Po’sti qo’ng’ir rangli tuk bilan qoplangan, mevasi pisha boshlagan sari. Po’sti limonsimon sariq rangda, eti sarg’ish, zich, o’rtacha suvli, ta’mi nordon hushbo’y. Bu navning mevasi sentyabrning uchinchi o’n kunligida va oktyabr boshlarida uziladi, uch-to’rt haftadan so’ng iste’mol qilish darajasida yetiladi, dekabr oxirigacha yaxshi saqlanadi. Mevasidan sifatli murabbo va kompot tayyorlanadi.

Hidli –kechpishar, konservobop, yangi navdir. Shox-shabbasi keng piramidasimon, hosildorligi yuqori –har tupidan 40-60kg dan hosil olinadi. Serhosil va konservobop navlaridan yaxshi changlanadi. Mevasi o’rtacha yirik, olmasimon, deyarli yumaloq, silliq. Po’sti silliq, yog’li, och-sariq, kulrang qo’ng’ir tukli. Eti sarg’ish-oq, zich, o’rtacha suvli, nordon, nihoyatda hushbo’y. mevasi oktyabrning ikkinchi o’n kunligida uziladi. Noyabrda yetiladi va yanvar oxirigacha saqlanadi. Undan sifatli murabbo va behi sharbati tayyorlanadi.

Samarqand –yirik behisining daraxtlari o’rtacha balandlikda o’sadi, shox-shabbasi tarvaqaylagan, sovuqqa chidamli. Ko’chat ekilganidan keyin 5-6yilda hosilga kiradi. Mevasi noksimon shaklda, usti g’adir-budur, eti och-sariq, donador bir oz dag’al, mazasi shirin-nordon, o’rtacha suvli, hushbo’y. mevasi oktyabrning birinchi yarmida uziladi, noyabrning boshlarida yeyish mumkin bo’ladi.

URUG‘LI MEVALARNING INSON SALOMATLIGIDAGI O‘RNI

Olmada S, V1, V2, R, Ye, A vitaminlari, kaliy, marganes va temir moddalari koʻp miqdorda mavjud. S va V vitaminlari barcha aʼzolarda modda almashinuvini yaxshilaydi. R va Ye darmondorilari organizmni yoshartirib, teri va toʻqimalar holatini tiklaydi. Kaliy moddasi arterial qon bosimini meʼyorlashtirishi, tish emali va suyak toʻqimalarini mustahkamlashi tadqiqotlarda koʻp bora oʻz isbotini topgan. Olma tarkibidagi pektin esa organizmdan ortiqcha xolesterinni chiqarib yuborishga koʻmaklashadi, shuningdek, qandli diabet kasalligidan uzoqlashtiradi. Bu modda yana yuz terisining tarang va tiniq boʻlishini taʼminlaydi.Bundan tashqari, miyadagi zoʻriqishlar, kayfiyatni xira qilib turadigan oʻy-xayollarni unutishda ham olmaning yordamiga tayanish mumkin.

Buning uchun yotoqxonadagi deraza tokchasiga xushboʻy hidli olmadan 1-2 tasini terib qoʻyish, kifoya.Olmaning 80 foizi suvdan, qolgan 20 foizi foydali vitaminlardan tashkil topgan. 100 g yangi uzilgan olmada bor-yoʻgʻi 47 kilokaloriya mavjud. Unda yogʻlar deyarli yoʻq. Biroq tarkibi uglevodlarga boy boʻlgani uchun toʻyimlilik darajasi yuqori. Shu sababdan ozishni istaganlar uchun yaxshi oziq boʻla oladi.

Nok shifobaxsh mevalardan biri bo‘lib, odamning chanqog‘ini bosuvchi, kayfiyatini ko‘taruvchi xususiyatga ega. Uni ovqatdan 30-50 daqiqa keyin iste’mol qilish lozim.



Nok yurak-qon tomir tizimini tetiklashtirib, buyrak va peshob pufagi yallig‘lanishining oldini oladi. Shuningdek, jigar va qandli diabet kasalliklarida, semizlikning oldini olishda kuniga 3-4 dona yaxshi pishgan nokdan tanovul qilinsa, shifo bo‘ladi. Agar bemorning qon bosimi ko‘tarilsa, bir piyola quritilgan nok va o‘rik mevasini aralashtirgan holda ustiga suv solib, o‘rta olovda qaynatiladi hamda tindirib qo‘yiladi. So‘ng undan har kuni 3-4 mahal yarim piyoladan ichish lozim.Bod kasalligi bezovta qilganda ham uning damlamasi foydalidir. Buning uchun quritilgan, maydalangan nokdan 2 choy qoshiq olib, ustiga 1 piyola qaynoq suv quyiladi. 2 soat davomida tindirilgach, kuniga uch mahal 1-2 oshqoshiqdan ichiladi. Xolesistit (o‘t pufagi yallig‘lanishi)da har kuni nahorda bu mevadan ikki dona tanovul qilish yoki yovvoyi nokdan tayyorlangan, shakar solinmagan sharbatidan ichish yaxshi foyda beradi.

Behi asabni tinchlantiruvchi eng zo`r vosita. Ayniqsa, bolalarda tushkunlik holati kuzatilsa, ushbu mevadan va sharbatidan ko`proq iste`mol qilishsin. Behi kishini stressdan qutqarib, kuch bag`ishlaydi.2.  Gripp, shamollash va yo`talda foydali. Bitta behining ichini o`yib, 1-2 osh  qoshiq asal soling. Qasqonda, bug`da pishirib, tanovul qiling.  Kuniga 100 gr. behi mevasidan iste`mol qilish kamqonlikda foydali, yurak xastaliklarining oldini oladi. Behi urug`i qaynatilgan suv bilan angina bezovta qilganda tomoqni g`arg`ara qilish, ko`zlarni chayish mumkin. Bronxial astmada behi daraxti barglarini qaynatib ichish naf beradi. Buning uchun 200 ml. qaynatilgan suvga 6 ta bargni solib, yarim soatcha qaynating. Damlamadan kuniga 3-4 mahal ovqatlanishdan oldin 2 osh qoshiqdan iching. 1 dona tuxum oqini ko`pirtirib, unga 1 tomchi spirt va 2 osh qoshiq behi suvini qo`shing. Ushbu aralashma bilan yog`li yuzlarni tozalash mumkin. Yarimta behini qirg`ichdan o`tkazib, 2 osh qoshiq qaymoq qo`shing-da, yuz va bo`yin sohangizga surting. Yarim soatdan so`ng iliq suv bilan niqobni yuvib tashlang. Bu terini vitaminlarga to`yintirib, sovuq kunlarda sizga asqotadi. Yuzdagi ajinlarni behi bo`lagi bilan massaj qilish mumkin.Behi bargi yoki urug`i qaynatilgan suvda sochlarni chayish qazg`oqlardan xalos etadi.



URUG‘ MEVALI DARAXTLARNI PAYVANDLASH USULLARI

Olma daraxtlari 15-20 yoshgacha payvandni yaxshi qabul qiladi., bundan keying yillarda esa payvand tutish nisbati ancha kamayadi. 1-2 yoshdagi yovvoyi meva daraxtlarini madaniylashtirish uchun durust natija beradi. Bir tup yosh daraxtga bir necha dona ko’zni kurtak qilish mumkin. Kurtak payvand qilinadigan novdalarning yo’g’nligi 8-10 mm dank am bo’lmasligi, po’stlog’I yaxshi ko’chishi kerak. Buning uchun oldindan puxta tayyorgarlik ko’riladi. Bir yillik novdalar yosh daraxlarning chetrog’ida joylashgan bo’lishlilgiga erishgan bo’lishi kerak. Chunki darraxtning o’rta qismidan o’sib chiqqan novdalarga payvand qilinsa, ulardan o’sib chiqqan madaniy novdalar haddan tashqari ona daraxt shox-shabbasini qalinlashtirib yuboradi. Buning natijasida ularga to’g’ri shakl berish qiyinlashadi. Shunga yo’l qo’ymaslik uchun, daraxt shox-shabbasining chetki tomonida joylashgan so’rxil bir yillik novdalarning asosiy shoxiga 3-5sm joylashgan (tirsak berib, qisman egilib o’sgan silliq) qismiga kurtak payvand qilinadi. Kurtak payvand qilishdan oldin shoxchalardagi ortiqcha novdalar tok qaychisi yordamida cho’girtaklari qoldirmay olib tashlanadi, daraxt po’stlog’I ko’chishini osonlashtirish maqsadida 3-4 kun oldin sug’oriladi. O’tkir bog’ pichog’I yoki pyvand pichog’I yordamida bir yillik novda tanasida “T” shaklida kesik paydo qilinib, so’ngra ketma –ket bir yillik so’rxil novdalardan kurtak kesilib payvand qilinadi. Kurtak payvand T harfiga o’xshash kesikka qo’yilgandan keyin peshma-pesh politelin lentasi yordamida boylanadi. Bunda kurtakni bog’lanadigan plyonka tagida qolib ketishidan saqlash kerak. 12-14 kun o’tgach payvand qilingan kurtaklar tutgan tutmaganligi ko’zdan kechirilib chiqiladi. Odatda yaxshi tutgan kurtakla ko’m-ko’k rangda bo’rtinqirab turadi, barg bandi qo’l tegizilishi bilan yerga tushib ketadi. Tutib qolgan kurtaklarning bog’lochig’I bo’shatiladi, ammo butunlay olmasdan bo’shatibgina qoldirish mumkin.Shuni ham qayd qilib o’tish kerakki, havaskor bog’bonlar xohishiga qarab bir daraxtga bir necha nav daraxtlardan qalamcha tayyorlab kurtak payvand qilish mumkin. Masalan, tomorqada madaniylashtirilgan Rozmarin yoki Toshkent borovinkasi o’sayotgan bo’lsa, ularning shoxlaridagi bir yillik novdalarga avgust oyida Renet Simerenko, Red delishes, Nafis, Qandil sinab payvand qilish mumkin. Bitta daraxtda bir necha ollma navlarini payvand qilib o’stirish mumkin. Masalan, kechpishar kechki Rozmarin daraxt novdalariga iyul oyida pishadigan yoki avgust yoki sentabr oylarida pishadigan olma navlarini payvand qilish mumkin.tomorqalarda bir tup olma, shaftoli, behi va o’rik kabilar xar hil muddatlarda pishadigan navlar payvand qilinsa, bunday payvandlashni guldasta payvandlash ham deyiladi. Chunki bir daraxtda olmaning, nokning, o’rikning yoki shaftolining bir necha navlarini omixta holda ko’rish mumkin.

Shunday qilinganda meva daraxtlari biri ikkinchisini yaxshi changlatadi, hosili bo’liq va sifatli bo’ladi, lekin daraxtlardagi xar hil pishadigan olma, nok, behi va o’rik navlari bir muddatda gullaydi.



Nok payvandlash yuli bilan koʻpaytiriladi; payvandtag yovvoyi Nok yoki behi urugʻlarini oʻstirib tayyorlanadi. Nokzorlar ikki yillik koʻchatlardan bar-po etiladi. Kuchli payvandtagga ulanganlari 8×6 (7—6×4—2,5) m, pakana payvandtagga ulanganlari esa 6×4 m, 3,5×2,5 m sxemada ekiladi. Kupchilik Nok navlari qoʻshimcha changlanishni talab etadi. Shu sababli changlovchi navlar aralash ekiladi. Koʻchati oʻtqazil-gach, 5—6yili hosilga kiradi, 20 — 25-yilda toʻliq hosil beradi. Naviga, parvarish qilinishiga qarab hosildor-ligi 100— 250 s/ga.



Olma yoki nokga behi payvandlash juda kam hollarda amalga oshiriladi, bu faqat ma'lum bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishi mumkin.Behi tog kuliga payvand qilinishi ham kam uchraydigan hodisa. Buning uchun ular avval tog 'kuliga irga payvand qiladilar va birgalikda o'sganlaridan so'ng, behi irga ustiga payvand qilinadi.

O‘SIMLIK ZARARKUNANDALARI VA ULARGA QARSHI KURASH CHORA TADBIRLARI


Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish