Abdulla qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti aniq va tabiiy fanlarni o



Download 0,97 Mb.
bet5/6
Sana20.01.2022
Hajmi0,97 Mb.
#393385
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Urug‘li meva

Hayot kechirishi. O‘sib yetilgan qurtlari pilla ichida qishlaydi. Qurtlarining ko‘pchiligi esa shu yil hosil bergan meva daraxtlari ning shox-shabbalarida qishlab chiqadi. Ular daraxt tanasidagi po‘stloq yoriqlari va qatlamlariga, shox qo‘ltiqlariga, kavaklariga hamda ildiz bo‘g‘zi yonidagi tuproq kesakchalari tagiga joylashib oladi. Po‘stloq qobiqlari ko‘chayotgan keksa meva daraxtlarida 60–80 ta qurt qishlashi mumkin. Po‘stlog‘i ko‘chmagan yosh daraxtlarda bu qurtlar ildiz bo‘g‘zi yonida qishlaydi. Nihoyat, olma qurti mevalar xillangan uchastkalarda, mevalar idishlarga joylangan binolarda, mevaxonalarda, daraxt shoxlariga qo‘yilgan tirgovichlardagi teshik va yoriqlarda, yangi mevadan bo‘shagan yashik larda qishlab chiqadi.

Olma qurti O‘zbekistonning asosiy mevachilik rayonlarida uch bo‘g‘in, tog‘li tumanlarida esa bir-ikki bo‘g‘in avlod beradi. Qurtlar ko‘klamda aprel oyida, ba’zan martda ham, g‘umbakka aylanadi. Birinchi kapalaklari olma daraxtlari gullay boshlagan davrda paydo bo‘ladi. G‘umbakdan chiqqan kapalaklari shox-shabbaning soya joylarida yashirinib turib, qosh qoraygandan keyin ucha boshlaydi. Bu kapalaklar tezda juftlashib, tuxum qo‘yishga kirishadi. Tuxum larini havo harorati 16,5°C bo‘lgan paytlarda, ko‘pincha barglar ning ustki tomoniga, ba’zan mevalarga bitta-bittadan qo‘yadi. Yoz faslida mevalar o‘sib kattalashgan sari kapalaklarning ko‘pchiligi tuxumlarini mevalarga qo‘yadi. har bir urg‘ochi kapalak 50–100 tagacha tuxum qo‘yishi mumkin.

Urg‘ochi kapalaklar iyun-iyul oylarida ancha serpusht bo‘ladi va uchib chiqqanidan keyin ikkinchi kundayoq tuxum qo’yishga kirishadi. Yoz faslida tuxumlar 5–6 kunda, qurtlar esa 21–24 kunda rivojlanib bo‘ladi. Ikkinchi va uchinchi bo‘g‘in qurtlar olma, nok va behining kuzgi hamda kechpishar navlarini zararlaydi. Yozda, ayniqsa, iyuldan sentabrgacha bu zararkunandalarning hamma ri vojlanish davrlariga kirgan bo‘g‘inlari uchraydi, qurtlari esa to oktabrgacha mevalarda saqlanadi. Iyundan e’tiboran qurtlarning bir qismi harakatdan to‘xtab, to kelgusi yilning ko‘klamigacha shu holda yotadi. Avgustning birinchi yoki ikkinchi o‘n kunligida qurtlar harakatdan to‘xtaydi, avgust oxiri va sentabrda ularning 95–100 foizi qishlovga ketadi.

Bu zararkunandalar O‘zbekistonda o‘stirilayotgan olma ning hamma navlariga tushadi. Ammo, «Beliy naliv», «Persikovoe letnoe», «Pervenets Samarkanda» kabi ertapishar navlarni kamroq zararlaydi. Olma daraxtlari kam hosil bergan yillarda, ko‘p hosil bergan yillardagiga nisbatan, bu qurt ko‘proq zarar vetkazadi.

Tog‘li rayonlarda olma qurti ikki bo‘g‘in avlod berishi sababli, bu rayonlardagi olma, nok va behi hosilini kamroq zararlaydi. Daraxtlarni olma qurtiga qarshi dorilash muddatlarini belgilash. Olma qurtiga qarshi daraxtlarni kimyoviy dorilash ishini bu zararkunandaning kapalaklari uchib chiqayotganda, tuxum qo‘yishga kirishdan oldin hamda qurtlari tuxumdan chiqa boshla gan va hali meva ichiga kirib ulgurmagan vaqtlarda o‘tkazish lozim. Bog‘lar juda erta yoki kech (qurtlarning ko‘pchiligi meva ichiga kirgan vaqtda) dorilanganida hosilning bir qismi nobud bo‘ladi.

Bog‘larni olma qurtiga qarshi dorilash muddatlarini belgilash ning bir necha usuli qo‘llaniladi. Bu usullardan eng qulayi va samaralisi olma qurtining tabiiy sharoitda rivojlanishini kuzatib turishdir. Buning uchun olma yoki nok daraxtlarining kechpishar navlarida 15–20 avgustda tekshirib ko‘rilmagan, ya’ni orasida qishlayotgan qurtlar bo‘lgan ushlash belbog‘lari qoldiriladi. Bu daraxtlarning po‘stlog‘i ham tozalanmaydi.

Birinchi kuzgi sovuqlar tushganidan keyin daraxtlarda qoldirilgan belbog‘lar asta-sekin yechib olinib, qurtlar pillalari bilan birga idishlarga joylanadi va ularning og‘ziga doka tortiladi. Bunda pillalarni zararlamay saqlab qolib, qurtlarni shu pillalar ichida qishlatishga katta e’tibor beriladi. Qurtlarni idishga joylash oldidan pillalardagi qurtlar sanalib, ularning soni 150–200 gacha yetkaziladi. So‘ngra bu idishlar bostirmaga osib qo‘yilib, ulardagi qurtlar qishda yog‘inlar hamda –8°C dan past harorat ta’siridan himoya qilinadi. Ko‘klamgi iliq kunlar boshlanishi bilan bu qurtlarning g‘umbakka aylanishi va ulardan kapalaklar chiqishi kuzatib turiladi.

Ikkinchi bo‘g‘in qurtlarga dori purkash muddatini belgilash uchun mayning uchinchi o‘n kunligidan boshlab har uch–to‘rt kunda bir marta ushlash belbog‘lariga kirgan qurtlar belbog‘lar bilan birgalikda olinib idishlarga joylanadi va ularning og‘ziga doka yopiladi. Idishdagi qurtlarning soni 100 tadan kam bo‘lmasligi shart. So‘ngra bu idishlar bostirmaga yoki daraxt shox-shabbasining soya joyiga osib qo‘yiladi.

Olma daraxtlarining rivojlanish davrlariga qarab, olma qurti ning rivojlanish muddatlari hozircha vodiy zonasidagina o‘rganildi. Ko‘p yillik tajriba natijalariga asosan, Toshkent viloyatida bu muddatlar quyidagicha ekanligi aniqlandi: ko‘klamdagi kapalaklar olma daraxtlari gullab bo‘lgandan keyin ucha boshlaydi va 4–6 kun o‘tgach ko‘plab uchadi; birinchi bo‘g‘in kapalaklar olma daraxtlari gullab bo‘lgandan keyin 50–52 kun o‘tgach, ikkinchi bo‘g‘in kapa laklar esa 92–95 kun o‘tgach ucha boshlaydi.


Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish