Abdulla sher axloqshunoslik


 Лоренц К. В осем ь смертных грехов цивилизованного человечества. Ж урнал



Download 10,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet204/209
Sana21.01.2023
Hajmi10,65 Mb.
#900826
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   209
Bog'liq
Abdulla sher axloqshunoslik

Лоренц К. В осем ь смертных грехов цивилизованного человечества. Ж урнал
«Вопросы ф илософ ии» № 3, 1992. С. 42.
www.ziyouz.com kutubxonasi


2. Biologik axloq
Yana bir muhim muam m o, bu — biologik axloq. Mazkur hodisa 
so‘nggi bir necha o ‘n yillik ichida sof tabobat muammosidan axloqiy 
m uam m oga aylandi: endilikda, birovning muayyan a ’zosini boshqa 
bemorga jarrohlik operatsiyasi yo‘li bilan o ‘tkazish orqali kishi hayotini 
saqlab qolish axloqiy nuqtayi nazardan qanday baholanadi, degan savol 
kun tartibida dolzarb bo‘lib turibdi.
Biologik axloq deganda, odatda, bizda ham, jahon axloqshunosligida 
h am asosan tibbiy axloq, ta b o b a t m uam m o larig a d o ir axloqiy 
yondashuvlar tushuniladi, xolos. Bu unchalik to ‘g ‘ri emas. Bizningcha, 
biologik axloq muammolari ikki yo‘nalishdan iborat: biri — insonlaming 
kichik biologik olam sifatidagi katta biologik olamga bo'lgan munosa- 
batlari bilan bog‘liq «tashqi», ikkinchisi — insonlarning o ‘z-o ‘ziga va 
o ‘zaro munosabatlaridagi tibbiyot bilan bog‘liq «ichki» axloqiy masalalar.
Biz odatda «ekologik axloqshunosiik» deganimizda aynan birinchi 
hodisani nazarda tutamiz. Ikki biologik olamning munosabatlarini, ya’ni 
ekologik axloqiy m uam m olarni biologik axloq doirasida o ‘rganish 
maqsadga muvofiqdir.
Hozirgi paytda ekologik axloqning insoniyat uchun naqadar muhim- 
ligini ham m a biladi, lekin o ‘z bilganidan qolmaydi — muammoning 
m urakkabligi shunda. Biz yuqorida noosfera, tafakkur borasidagi 
mulohazalarimizda ekologik buhronilarning ba’zi ko‘rinishlariga to'xtalib 
o ‘tdik. Biroq, yana undan tashqari so'nggi paytlarda jahon bo‘ylab 
sintetik jism lar ishlab chiqarish keng yo‘lga qo‘yilganligi, gibrid usulida 
hayvonot va ayniqsa o'sim liklar yangi turlarining vujudga keltirilishi 
singari hodisalar ham ekologik ahamiyatga ega. X o‘sh, ular tabiat bilan 
singishib, uyg‘unlashib keta oladimi, tabiat ulami o ‘ziniki qila biladimi? 
Bunga hozir javob topish qiyin, ehtimol kashfiyotlarimizning oqibatlari, 
yuqorida aytib o4ganimiz — muayyan tafakkur bilan inson orasidagi 
«masofaning uzoqlashib» borishi natijasida ayon b o ‘lar?..
' Biologik axloqning ikkinchi yo‘nalishi tibbiyot ilmi va amaliyotining 
tobora taraqqiy topib borishi bilan bog‘liq.
Biz XII bobda to ‘xtalib o ‘tganimiz: totli o ‘lim — evtanaziya ham 
biotibbiy axloqning global m uam m olaridan. Xudoning ixtiyoridan 
tashqari o'limni ixtiyor qilgan kishi diniy nuqtayi nazardan kechirilmaydi. 
Chunki sabrli, bardoshli bo'lish, bu dunyo iztiroblarini toqat bilan 
boshdan kechirish insonning vazifasi. Lekin axloqiy jihatdan olib
www.ziyouz.com kutubxonasi


qaraganda masala qanday baholanadi? Deylik, m uayyan inson, bem or 
o ‘z kunlarining sanoqli ekanini, lekin bu kunlar sanoqsiz azoblar ichida 
o ‘tishini anglab yetadi. Shu bois u o ‘zining ana shu holatini juda yaxshi 
biladigan boshqa bir odam — shifokordan azoblariga chek qo‘yishni 
so‘raydi. U ning iltimosi va shu iltim osni bajarish u ch u n shifokor 
tom onidan qilingan xatti-harakatlarni qanday baholash m um kin? Bu 
xatti-harakatlam i insoniylik va insonparvarlikning k o ‘rinishi sifatida 
qabul qilish to ‘g‘rimi? Umuman, evtanaziya axloqiylikmi, axloqsizlikmi? 
Bu muam m o ham umumjahoniy miqyosda o ‘z yechim ini kutmoqda.
Chunki, tabobat borasidagi so ‘nggi tadqiqotlar inson o ‘limi bir 
lahzada ro ‘y bermasligini, yurak urishi va nafas olish to ‘xtaganda ham, 
miya o ‘lmasa insonni o ‘ldi deyish m um kin emasligini isbotlab berdi. 
Dastlab miya qobig‘i, undan keyin miya tanasi halok b o ‘ladi. Shundan 
keyingina insonni o ‘lgan deb hisoblash mumkin. Z ero, hozirgi kunda 
toki miya o ‘lmas ekan, ko‘pgina ichki a ’zolarning yangi tabobat texnikasi 
vositasida ishlashda davom etishini ta ’minlash va shu prqali muayyan 
muddatgacha insonda tiriklikning minimal darajasini saqlab turish 
mumkin. D em ak, yurak yoki buyrakning ko'chirib o ‘tkazilishi hali 
o ‘lm agan odam ning m inim al tiriklikka b o ‘lgan h u q u q in i poym ol 
qilishdir. B uning ustiga, am erikalik neyroxirurg P ol P irso n o ‘z 
tajribalariga asoslanib, yurak ko‘chirib o ‘tkazilganda ruh ham ko‘chib 
o ‘tadi, degan fikrni bildiradi. C hunonchi, 19 yashar qizning yuragi 40 
yashar erkakka o ‘tkazilganida, uning fe’l-atvorida juda katta o'zgarishlar 
ro‘y bergan. Yoki 20 yashar qizning yuragi va o'pkasi 36 yashar ayolga 
o ‘tkazilganda ham shunga o ‘xshash o ‘zgarishlar yuzaga kelgan: ayolning 
kulishigacha o ‘zgarib ketgan. Axloqiy nuqtayi nazardan buni qanday 
izohlash mumkin?
Biologik axloqshunoslikning anchadan buyon ko‘pchilikka m a’lum 
muammosi, bu — abort. M a’lumki, to ‘rtinchi haftaning oxirida homilada 
dastlabki yurak urishi paydo boMadi. Sakkizinchi haftaning oxirida esa 
miya tanasining elektrofiziologik faolligini kuzatish m um kin. Demak, 
har qanday abort, xalq ta ’biri bilan aytganda, jonlini jonsiz qilish, tirik 
organizmni tiriklikka bo‘lgan huquqdan mahrum etishdir. X o‘sh, abortni 
axloqsizlik tarzida baholash kerakmi yo yo‘qmi? Yoki A Q SH olimlari 
tom onidan «inson zotini yaxshilashga» qaratilgan tadq iq o tlam i olib 
ko‘raylik. Ularda «yaxshilangan» — sog‘lom, kuchli intellekt egasi bo‘lgan 
odam lar hujayrasini ayol organizmidagi endi rivojlanishga kirishgan 
nisbatan «oddiy odam» hujayrasi o ‘miga ko‘chirib o ‘tkazish tajribalarini
www.ziyouz.com kutubxonasi


olib borish m o‘ljallangan. Ular amalda tatbiq etilsa, asta-sekinlik bilan 
inson iy at irsiyat ja m g ‘arm asining (genofondining) bir y o qlam a 
o ‘zgarishiga olib kelishi shubhasiz. Rumo papasi buni inson zotiga, 
insoniy tabiatga aralashuv, uni zo‘rlik yo‘li bilan o ‘zgartirish, nafaqat 
katta gunoh, balki o ‘ta axloqsizlik deb atadi. Xo‘sh, bunday tajribalarni 
qanday baholash kerak? Bu savollarga ham axloqshunoslik javob 
topm og‘i lozim.

Download 10,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish