Abdullayeva shahnozaning



Download 2,44 Mb.
bet4/9
Sana23.07.2022
Hajmi2,44 Mb.
#843216
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi full adabiyotlar ro\'yxati bian(1)

1.3. So’rgichlilar sinfi
So‘rg‘ichlilar sinfiga 400 dan ortiq tur kiradi. Hamma vakillari umurtqali va umurtqasiz hayvonlaming ichki organlarida parazit yashaydi. Kattaligi bir necha mm, ba’zan bir necha sm gacha, baliqlarda parazitlik qiladigan ayrim so ‘rg ‘ichlilaming uzunligi 1, 5 m ga yetadi. (Didymozoidae oilasi turlari).
Tuzilishi. Tana shakli kiprikli chuvalchanglarga o'xshash bargsimon, lekin parazit yashashga moslanish belgilari mavjud. Yassi tanasining sirtida kipriklari bo‘lmaydi; og‘iz va qorin so‘rg‘ichi deb ataladigan ikkita so‘rg‘ichlari yordamida yopishib yashaydi. Og'iz so‘rg‘ichi tanasi oldingi uchida bo‘lib, uning о‘rtasida og'iz teshigi joylashgan, og‘iz so‘rg‘ichidan orqarokda joylashgan, qorin so‘rg‘ichi faqat yopishish uchun xizmat qiladi. Maxsus muskullamingqisqarishi vabo‘shashi tufayli so‘rg‘ichlar xaltasi kengayib yoki torayib va parazit xo ‘jayin organlariga yopishib oladi.
Hazm qilish sistemasi nayi og‘iz teshigidan boshlanadi. Og’iz teshigi muskulli ektodermal halqum, qizilo‘ngach va endodermal o‘rta ichakdan iborat. 0’rta ichak odatda ikki shoxga ajralgan; yirik turlarda esa ko'p shoxli bo'ladi.
Ayirish sistemasi protonefridiy tipida bo'lib, odatda bir juft yig'uvchi naylar va ulardan tarqaladigan juda ko'p naychalardan iborat. Naylar siydik pufagiga, pufak esa tashqariga ochiladi.
Nerv sistemasi ortogon tipda tuzilgan bo'lib, bir juft miya gangliylaridan hamda ulardan oldinga va orqaga ketadigan uch juft bo'ylama nerv stvolidan iborat. Nerv stvollari ko'ndalang nerv tolalar bilan qo'shilgan. Bo'ylama nervlardan ayniqsa, qorin nerv stvoli yaxshi rivojlangan. Sezgi organlari voyaga yettan hayvonlarda rivojlanmagan, suvda erkin suzib yuradigan lichinkalaming bir yoki ikki juft oddiy ko'zchalari-teri retseptorlari bo'ladi.
Jinsiy sistemasi. Ko'pchilik so'rg'ichlilar germafrodit; jinsiy sistemasi xilma-xil va murakkab tuzilgan. Erkaklik jinsiy organi qorin so'rg'ichidan orqaroqda joylashgan bir juft urug'dondan iborat. Urug'donlardanbittadan urug' yo'li boshlanadi. Qorin so'rg'ichidan keyinroqda urug’ yo’llari qo‘shilib, urug’ chiqarish nayini hosil qiladi. Bu nay urug'lantiruvchi organ ichidan o‘tadi. Urug’lantiruvchi organ maxsus xaltacha - jinsiy kloakada joylashgan.
Rivojlanishi. So‘rg‘ichlilaming hayot sikli juda murakkab bo'lib, nasi almashinish orqali boradi. Jigar qurti (Fasciola heratisa) ning rivojlanishi quyidagicha boradi. So'rg'ichlilaming voyaga yetgan davri marita deyiladi. Jigar qurtining maritasi jigaming o't yo'llarida parazitlik qiladi va shu joyga tuxum qo'yadi. Tuxumlari o't yo'li orqali ichakka, so'ngra xo'jayini axlati bilan tashqi muhitga chiqib ketadi. Tasodifan suvga tushib qolgan tuxumlardan kipriklar bilan qoplangan mikroskopik lichinka - miratsidiy rivojlanib chiqadi. Miratsidiyning ikkita oddiy ko'zchasi, nerv gangliysi va bir juft protonefdiylari bo'ladi.
Miratsidiyning tanasi keyingi qismida maxsus partenogenetik tuxumlari, ya’ni murtak hujayralar bo'ladi. Lichinka tanasining oldingi uchida kichikroq muskulli hartum bor. Xartum uchiga maxsus lichinka bezining yo'li ochiladi. Miratsidiy o'z tanasidagi zahira glikogen hisobiga yashaydi. Miratsidiyning bundan keyingi rivojlanishi oraliq xo'jayini tanasida davom etadi. Bunday xo'jayin chuchuk suvlarda uchraydigan har xil qorinoyoqli mollyuskalar hisoblanadi. Jigar qurtining lichinkasi kichik chuchuk suv shillig'i mollyuskasi-Lymnaeatruncatula tanasida rivojlanadi. Miratsidiy hartumchasi yordamida shilliq tanasini teshib, uning ichki organlariga kirib oladi. Maxsus bez suyuqligi suv shillig‘i to'qimalarini eritib lichinkani mollyuska tanasiga o‘tib olishiga imkon beradi. Mollyuska tanasida miratsidiy kipriklarini tashlaydi va xaltaga o'xshash sporosistaga aylanadi. Sporosista parazitning ko'payish xususiyatiga ega bo'lgan lichinka davri hisoblanadi.
Sporosista davrida uning ichidagi partenogenetik tuxumlar bo'linib, navbatdagi lichinkalar - rediyalami hosil qiladi. Rediyaning kalta xaltaga o'xshash ichagi bo'ladi. Sporosista yorilib, rediyalar mollyuska tanasiga chiqadi. O'z navbatida rediyalar ichidagi partenogenetik tuxum hujayralardan yana yangi lichinkalar - serkariylar hosil bo'ladi. So'rg'ichlari, ikki shoxli ichagi, ayirish sistemasi va nerv tugunlarining tuzilishi bilan serkariy ko‘p jihatdan voyaga yetgan parazit maritaga o'xshash, lekin undan uzun yo‘g‘on va muskulli dumining rivojlanganligi bilan farq qiladi. Serkariyalar rediya tanasidagi teshik orqali mollyuska tanasiga, so'ngra suvga chiqib suzib yuradi. Serkariylar ham miratsidiylarga o‘xshab oziqlanmaydi. Serkariy bir muncha vaqt o'tgach, suvdagi o'tlarga o'tirib qoladi va dumini tashlab, tanasi sirtida sista hosil qiladi. Parazit bu davrda adoleskariy deyiladi. Suvloqqa kelgan hayvonlar o‘tlami yeb, parazitni yuqtiradi. Ichakda sistaning qobig‘i eriydi, yosh parazit hayvonning tana bo‘shlig‘i orqali jigar о‘t yo‘llariga o‘tib, asta-sekin voyaga yetadi. Hamma so'rg'ichlilaming hayot sikli ham jigar qurtinikiga o‘xshamaydi. Ko'pchilik so'rg'ichlilar uchun suv shillig‘i birinchi oraliq xo'jayin hisoblanadi. Ulamnng suv shillig'i tanasidan chiqqan serkariya lichinkasi ikkinchi oraliq xo'jayin (har xil mollyuskalar, baliqlar, itbaliq, suv hasharodari lichinkalari va boshqa hayvonlar) tanasiga о‘tib, o'z rivojlanishini davom ettiradi. Serkariya ikkinchi oraliq xo jayinda dumini yo'qotib, yupqa tiniq po‘st bilan o‘raladi, ya’ni sista hosil qiladi. Parazit bu davrda metatserkariy deyiladi. Agar metatserkariyli hayvonni boshqa biror yirikroq hayvon oziq bilan birga yeydigan boisa, uning tanasida parazit voyaga yetadi. Demak, so‘rg‘ichlilar hayot siklining har xil davrlari boshqa-boshqa hayvonlarda o‘tadi. Organizmida voyaga yetgan parazit yashaydigan yirik sut emizuvchilar asosiy xo'jayin, parazit lichinka davrida yashaydigan hayvonlar esa oraliq xo'jayin hisoblanadi. So'rg'ichlilaming oraliq xo'jayini ko'pincha ikkita bo'lib, ulardan birinchisi doimo biror chuchuk suv mollyuskasi, ikkinchisi esa albatta, asosiy xo'jayinga yem bo'ladigan har xil hayvonlar bo 'ladi.

Download 2,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish