Abdullayeva shahnozaning


II BOB. Yassi chuvalchanglarning parazit vakillari



Download 2,44 Mb.
bet6/9
Sana23.07.2022
Hajmi2,44 Mb.
#843216
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi full adabiyotlar ro\'yxati bian(1)

II BOB. Yassi chuvalchanglarning parazit vakillari
2.1. So’rgichlilar sinfining parazit vakili
So‘rg‘ichlilarning bargsimon tanasi qalin kutikula bilan qoplangan. Voyaga yetgan davrida umurtqali hayvonlarda, lichinkasi umurtqasiz hayvonlarda parazitlik qiladi. Jigar qurti so‘rg‘ichlilar sinfining tipik vakili hisoblanadi.
Jigar qurti qoramol, qo‘y, echki, cho‘chqa, tuya va boshqa yirik sutemizuvchilar jigarida parazitlik qiladi. Jigar qurtining uzunligi 3–4 sm, shakli bargsimon bo‘lib, tanasining oldingi uchida og‘iz so‘rg‘ichi, undan sal keyinroqda esa qorin so‘rg‘ichi joylashgan. Parazit so‘rg‘ichlar yordamida jigarning o‘t yo‘llari devoriga yopishib oladi.
Hazm qilish sistemasi og‘iz so‘rg‘ichi o‘rtasida joylashgan og‘iz teshigidan boshlanadi. Og‘zi qisqa halqum orqali ikki shoxli ichak bilan tutashgan. Ichakning har qaysi shoxi yana ko‘p yon shoxlarga ajraladi. Jigar qurti o‘t suyuqligi va qonni so‘rib oziqlanadi.
Ko‘payishi va rivojlanishi. Jigar qurtining urug‘langan tuxumlari o‘t yo‘llaridan ichakka va undan tashqi muhitga chiqariladi. Tuxumlar suvga tushganida, ulardan juda mayda kiðrikli lichinkalar chiqadi (18-rasm). Ular suv shillig‘ining tanasiga kirib oladi va kiðrikchalarini tashlab, yangi lichinkalarni hosil qiladi. Keyinchalik lichinkalarda dum paydo bo‘lib, ular suvga chiqadi. Lichinkalar suvda dumini tashlab yumaloqlanadi va qalin qobiqqa o‘ralib, sistaga aylanadi. Suv yoki oziq bilan hayvonlar ichagiga tushgan sistadan lichinka chiqadi. Lichinka qon orqali jigarga boradi va o‘t yo‘llariga yopishib olib parazitlik qiladi. Jigar qurti voyaga yetgan davrida parazitlik qiladigan odam va sutemizuvchi hayvonlar uning asosiy xo‘jayini, lichinkasi parazitlik qiladigan suv shillig‘i oraliq xo‘jayini hisoblanadi.
So‘rg‘ichlilarning patogen ahamiyati. Ko'pchilik so'rg'ichlilar odam va hayvonlarda parazitlik qiladi. Ular orasida jigar qurti (Fasciola hepatica) katta xo'jalik ahamiyatiga ega. Bu qurtning voyaga yetgan davrida uzunligi 3-5 sm bo'lib,
deyarli barcha sut emizuvchilar, jumladan odam jigari va о ‘t yo ‘llarida parazitlik qiladi. Parazit ta’sirida jigarning о't yo‘llari bekilib qoladi yoki o't suyuqligining o'tishi qiyinlashib qoladi. Ayrim yili chorva mollari (qo‘ylar) ning zararlanishi epizootiya tusini olgan. Epizootiya ayniqsa, yomg'irli bahor mavsumida yuqori bo'ladi. Jigar qurti bilan odam ham zararlanishi mumkin. Odam chuchuk suv shillig'i yashaydigan ko'lmak suvdan ichganida jigar qurti adoleskariyasini tasodifan yutib yuborishi mumkin. Jigar qurti bilan zararlangan hayvonlar maxsus antigelmint preparatlar yordamida davolanadi. Jigar qurtiga qarshi kurashish uchun suv xavzalarini parazitning oraliq xo'jayini -kichik suv shillig'idan tozalash, ko'lmak suvlar va botqoqliklami quritish lozim. Sut emizuvchi hayvonlap jigarida lansetsimon so‘rg‘ichli Dicrocoelium lanseatum ham parazitlik qiladi. Bu parazitning uzunligi 0,5-1,2 sm, birinchi oraliq xo'jayini quruqlikda yashovchi qorinoyoqli mollyuskalar, ikkinchi oraliq xo'jayini chumolilar bo'ladi. Chumolilar shilliqlar ajratib chiqaradigan serkariyli xaltalami, sut emizuvchi hayvonlar esa o‘t bilan birga chumolilami yeb zararlanadi. Mushuk ikki so‘rg‘ichlisi mushuk, it va odam jigarida parazidlik qiladi. Uzunligi 8-13 mm. Birinchi oraliq xo'jayin bitiniya mollyuskasi (Bithynia leachi), ikkinchisi baliqlar hisoblanadi. Odam va hayvonlar sistaga aylangan metatserkariyli baliq go‘shtini yaxshi pishirmasdan yoki dudlamasdan yeganida parazitni yuqtiradi. Juda kuchli zararlangan odam halok bo'lishi mumkin. Parazit Sibir hamda Yevropaning sharqiy va janubiy xududlarida tarqalgan. Qon so ‘rg ‘ichlisi - shistozoma ikki jinsli hayvon. Erkagi tanasi 12-14 mm, urg‘ochisi (20 mm) nikidan kalta, lekin ancha keng bo'ladi. Urg'ochisi ingichka, erkagining qorin tomonidagi tamovsimon chuqurchasida joylashgan bo'ladi. Shistozomalar odamning qorin bo'shlig'idagi yirik vena tomirlari, shuningdek buyrak va qovuq venalarida yashaydi. Urg'ochisi qovuq devori va orqa ichak venasiga tuxum qo'yadi. Miratsidiy lichinkasi bo'lgan tuxumlar qovuq devorini teshib, uning bo'shlig'iga, undan siydik bilan tashqariga chiqib ketadi. Suvda tuxumdan chiqqan miratsidiylar ayrim chuchuk suv qorinoyoqli mollyuskalari tanasiga kirib oladi. Mollyuskalar tanasidan suvga chiqqan serkariylar cho'milayotgan yoki sholipoyada ishlayotgan odamlar terisini teshib, qon tomiriga о‘tib oladi. Bu parazit paydo qiladigan kasallik shistozomatoz deyiladi. Parazit bemfnirda qovuq, buyrak va siydik nayining devorini jarohatlaganda siydik bilan birga qon ajraladi. Zararlangan organlaming yallig'lanishi va parazit tuxumlari atrofida fosforli tuzlarning to'planishi qovuqda tosh hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Kasallik janubiy hududlar, xususan, Nil daryosi vodiysida, Hindiston, Janubi-sharqiy Osiyo, Janubiy Amerika va ayrim boshqa mintaqalarda tarqalgan. So‘rg‘ichlilaming juda ko‘p turlari yovvoyi va uy hayvonlarida parazitlik qilib, katta ziyon yetkazadi. Masalan, Echinostomatidae oilasi turlari xonaki parrandalar ichagida yashab, ba’zan ularni qirilib ketishiga sabab bo‘ladi. So‘rg‘ichlilar sinfi digenetik so‘rg‘ichlilar va aspidogastrlar kenja sinfiga bo'linadi.

Download 2,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish