Abdurauf fitrat (1886—1938)



Download 51,99 Kb.
bet2/4
Sana08.11.2022
Hajmi51,99 Kb.
#862626
1   2   3   4
Bog'liq
ABDURAUF FITRAT

Tarbiyai avlod

«Oila vazifalaridan biri avlodni tarbiyalashdan iboratdir. Yosh avlodni tarbiyalash hayotiy vazifalardan bo’lib hisoblanadi. Ma’lumki, dunyo kurashning umumiy maydoniga o’xshaydi va bu maydonning pahlavonlari insonlardir. Har bir kishi barkamollik yoshiga yetgach, u o’z saodati ta’mini uchun shu maydonga kirmasdan iloji yo’qdir. Bu kurashda g’olib chiqish uchun uch xil o’lchov quroli (salohi masseh)ga ega bo’lish kerak. 1. Salomatlik; 2. Sog’lom fikr (nuqsonsiz fikr, ya’ni yuqori iste’dod); 3. Axloqi sano (oliy darajali axloq, ya’ni axloqi poklik).


Fitrat «Har bir kishi shu uch quroldan birisisiz maydonga kirsa, albatta mag’lub bo’lishi tabiiydir, deb aytib, bu bilan uch tarbiyani doimo qo’shib olib borish kerakligini, agar bu tarbiyalarning birontasi kam bo’lsa, yetuk kishi tarbiyalab bo’lmasligini ko’rsatmoqchi bo’ladi. Yana aytadiki: «Agar har bir ota o’z farzandining badbaxt bo’lishini xohlamasa, uni bu maydonning g’olibi qilib tayyorlashi kerak. Farzandingizni jismoniy, aqliy, ruhiy tomondan barkamollikka yetkazing va jamiyatning qobil a’zosiga aylanishi uchun g’amxo’rlik qiling».
U bola tarbiyasi faqat oiladagina olib borilmasdan, bu ish bilan keng jamoatchilik, davlat ham shug’ullanishi kerakligini, chunki davlatning kelajagi mana shu yoshlar qo’lida bo’lishini ta’kidlab o’tadi. «Bolalarni barkamol qilib yetkazish uchun uning tarbiyasiga faqat oilagina javobgar bo’lmasdan, butun qavm a’zolari javobgardirlar, chunki yoshlar har tomonlama yetuk inson bo’lib tarbiyalansa, qavmning kelgusi taraqqiyotida katta ahamiyatga ega bo’ladi».


Tarbiyai badaniya

Fitrat jismoniy tarbiyaga, kishining salomat va baquvvat bo’lib tarbiyalanishiga alohida e’tibor beradi: «Badan tarbiyasiga qadim zamonlardan boshlab katta ahamiyat berilgan. Insonning butun a’zosi salomat va quvvatga ega bo’lmasa, unda inson uzoq yashamaydi. Agar insonning tanasidagi a’zolaridan biriga halal tegsa, u kishi ishdan qo’lini tortib, boshqalarning muhtojiga aylanadi. Bizning farzandlarimiz ilm olish bilan birga, ularning badan tarbiyasiga ahamiyat berishimiz lozimdir».


Fitrat bolalarning toza havoda bo’lishlari, atrof, tabiat go’zalliklaridan estetik zavq ola bilishlariga ahamiyat beradi va deydi: «Havo inson uchun ovqatdan ham muhimdir. Besh-olti soat ovqatsiz turish mumkin, bir daqiqa havosiz turish mumkin emas. SHuning uchun go’daklarni hamma vaqt sof havoga, bog’-chorbolarga olib chiqish lozimdir. Farangdagi shaharlarning har taraflarida bolalar uchun chorbog’lar, havo maydonchalar yaaratilgan. Bulardan tashqari, ularning maktablarida bolalar tanaffus vaqtlarida maxsus maydonchalarda turli o’yinlar o’ynaydilar.
Fitrat bolalarning jismoniy tarbiyasida turli harakatli o’yinlar katta o’rin tutishini ham aytib o’tadi. Ota-onalariga o’z bolalarining shunday o’yinlar bilan mashg’ul bo’lishlarini ta’min etishlarini maslahat beradi: Harakat har bir kishi uchun, ayniqsa bolalar uchun ham zarurdir. SHuning uchun bolalarni jismoniy chiniqtirishda ularni ayrim o’yinlar bilan mashg’ul qilish foydalidir. Bolalarni o’yindan man etishning foydasi yo’qdir. Ularning doimo bir joyda o’tirishlari, harakat qilmasliklari ularni badanlarini zaif bo’lishlariga olib keladi. Ota-onalar doim o’z bolalarini o’yinga tashviq va targ’ib qilishlari lozimdir. Ammo bolalarning o’yinlari odob va axloq doirasidan tashqari chiqmasligi kerak. Fitrat bu harakatli o’yinlar bolaning aqli, farosati, ilmini rivojlanishiga va to’g’ri axloqiy tarbiya topishiga yordam berishi kerak, deb hisoblaydi. U bu o’yinlar orqali bolaga hayotni o’rgatish, aqliy va axloqiy tarbiya ham berish mumkin, asosiysi bolani jismonan chiniqtiradi, deb biladi».
Fitrat yana bolalarning sog’lom, jismonan yetuk bo’lishlari uchun tozalikning ahamiyati juda kattaligini tushuntirib o’tadi: «Nazofat (tozalik) va pokizalik kattalar uchun qanchalik lozim bo’lsa, kichik bolalarga ulardan ko’ra o’n baravar zarurdir. Uning zarurligining ikki jihati bor. Avval bolalar kattalarga nisbatan oldinroq xastalik qobiliyatiga ega. SHuning uchun ifloslik har qanday bemorlikni keltirib chiqaradigan manba bo’lib, ifloslik kattalarga nisbatan bolalarga o’n barobar ziyon yetkazadi.
Ikkinchidan, ular yoshlikdan boshlab pokizalikka o’rgatilsa, pokizalik bora-bora ularning odatiga aylanadi. Aksincha, yoshlikdan ifloslikka o’rgatilsa, katta bo’lganda ham shunday odatga o’rganadilarki, bu kishilarning nafratiga sazovor bo’ladi».
Muallif bolalarga shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilishni o’rgatishni alohida ta’kidlab o’tadi: «Ota-onalar va muallimlar bolalarni har kuni yuzlarini sovunlab yuvdirsinlar, og’iz va tishlarini tozalab yuvsinlar, doimo liboslarini nazorat qilsinlar, mumkin qadar bolalarni chivin va pashshalar bo’lmagan joylarga o’tkazsinlar, chunki bu hasharotlar turli kasalliklarni tarqatuvchidirlar».
Keyinroq Fitrat fikr — aql tarbiyasi to’g’risida, ya’ni aql rivojlanishida muhokamaning roli haqida gapirib beradi.

Download 51,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish