Abu abdulloh muhammad ibn muso al – xorazmiy Abu nasr al – farobiy



Download 273 Kb.
bet1/9
Sana20.07.2022
Hajmi273 Kb.
#828960
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
dorlfnun


Sharqning fan akademiyalari va dorulfununlari

Reja:




  1. Abu abdulloh muhammad ibn muso al – xorazmiy

  2. Abu nasr al – farobiy

  3. Abu ali husayn ibn sino

  4. Abu rayhon ibn ahmad beruniy

  5. Ibn al-xaysam (alxazena)

Rim imperiyasi qulashi bilan antik davr ham tarixga aylanadi va V—VI – asrdan boshlab, ilm fan “tarixining sahifalari”ni yaratish sharq, arab olim-lariga o‘tadi. Ularni ilmiy faoliyati, ilm fanga, uni rivojiga qo‘shgan hissalari juda kattadir.
IX – XI asrlarda Islom davlatlarida kuchli madaniy gullash kuzatilgan. Shunga ko‘ra bu davr tarixda “Islom Renesans”i deb taniladi. (ya’ni tiklanish, uyg‘onish rivojlanish). Shu bilan birga Islom dini musulmon davlatlarining birlashishida ma’naviy tayanch bo‘lib xizmat qildi, ular o‘rtasidagi g‘arazgo‘ylikni bartaraf qildi hamda ular o‘rtasidagi madaniy va iqtisodiy aloqalarni tiklanishiga ko‘mak berdi 809 – yilda Xalifa Xorun ar–Rashidning ikkinchi o‘g‘li Abdullox al–Ma’mun Xalifalikning sharqiy yerlariga noib etib tayinlanadi.Noiblikning poytaxti bo‘lib Xurosonning Marv shahri hisoblanadi. Abdulloh davlat ishlari bilan birga Marvda ulkan madaniy, ilmiy ishlar olib borgan. U o‘z atrofiga yosh, fanga qiziquvchan yoshlarni yig‘adi. Ular ichida o‘z zamonasining ko‘zga ko‘ringan allomalari Muhammad al–Xorazmiy , Yaxyo ibn Abu–Mansur, Xomid al–Marvarudiy, Sanad ibn Ali, Abbos al–Javxari, Yaxyo ibn Axsom, Qozi Xommad, Axmad al-Marvazi kabilarni eslash bor edilar. Ular o‘z ishlari bilan dunyo ilmiga beqiyos poydevor qo‘ydilar .
819 – yili Xorun ar–Rashid vafotidan so‘ng Abdullox al–Ma’mun Xalifa etib tayinlanadi va poytaxtni Bag‘dodga ko‘chiradi. Al – Ma’mun o‘zi bilan Bag‘dodga bir guruh olimlarni ham olib keladi. O‘sha davr odatiga ko‘ra ulamo va fozillar podshoxlar va sultonlar saroyida to‘planganlar. Bu an’anani Xalifa Al – Ma’mun boshlab bergan. U xalifalik qilgan davrda Bag‘dodga Xuroson, Movarounnaxr va Xorazmdan ilm axlini bir yerga birlashtirdi. Xalifa o‘z say harakati bilan “Bayt ul-xikma” “Donolar uyi” yoki ayrim manbalarda “Majlisi ulamo” “Ulamolar uyi” deb nomlangan ilmiy jamiyat barpo qildi. Bu ilmiy faoliyatga rahbar etib birinchi bo‘lib, Yaxyo ibn abu-Mansur tayinlandi. 829 yilda Abu Mansur vafotidan keyin jamiyatga Muhammad al-Xorazmiy rahbar etib tayinlaniladi. Xorazmiy bu jamiyatda umrining oxirgacha faoliyat ko‘rsatgan.Xorazmiy Markaziy Osiyolik ulamolar Ahmad Farobiy, Abul Vafo Buzjoniy, Islox Ibodiy, Abu Jag‘dod Xurosoniy, Abul Ratx Isfaxoniy, al Mavaziylar bilan birga katta ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan. Shu bilan birga ular juda keng ko‘lamda tarjimonlik ishlarni ham olib borganlar. ”Baytul – Xikma ” allomalari qadimgi Suriya, Eron, Xindiston olimlarining asarlarni arab tiliga tarjima qilgan, Osmon jismlarini kuzatish ishlari olib borilgan, Halifalikning turli o‘lkalariga ilmiy eksperditsiyalar uyushtirilgan. Xorazmiy va Farg‘oniylarning tashabbusi bilan ulkan auditoriya qurilgan va juda boy kutubxona tashkil qilindi. Dunyo ilm fani va sivilizatsiyasiga “Bayt ul - Xikmat” ilmiy jamiyatining qo‘shgan xissasi beqiyosdir. Birgina al –Xorazmiy tomonidan yaratilgan o‘nli sonlar xisobi va matematik asoslarining o‘zi “Bayt ul – Xikmat” ning naqadar buyukligining va o‘sha davrda Akademiya sifatida shakllanganligidan guvohlik beradi.
Sharq mamlakatlarida fizikaning rivojlanishi V-VI asrda arablar juda katta xududga chiqib Eron, Iroqni bosib oldi va buyuk arab xalifaligini vujudga keltirdi. Arablar bosib olgan xududda o‘z tili va islom dinini joriy eta boshladi. Bog‘dodda Xorun ar-Rashid (785-809 yillar) va uning o‘g‘li Ma’mun (803-833) hukmronlik qilgan davrlarda xalifalikda madaniy hayot ancha jonlandi, sharqning yirik ilmiy va madaniy markaziga aylandi.
Shuningdek, ilm fan ravnaq topib falsafa, matematika, tibbiyot va boshqa fanlar rivojlandi. O‘sha zamonda Bog‘dod, Samarqand, Xorazm, Buxoro kabi yirik shaharlar orasidagi savdo-sotiq, iqtisodiy, ilmiy va madaniy alokalar munosabatlar avj oldi. Arab xalifasi va keyingi davrda O‘rta osiyo allomalari tabiiy fanlar astronomiya, matematika va falsafa fanlari bo‘yicha tadqiqot ishlari bilan mashhur bo‘lganlar va bizlar uchun boy meros qoldirganlar.Bular jumlasiga, Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Nasr al Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Umar Xayyom, Abu Mahmud, Hamid al Xo‘jandiy, Nasriddin at Tusiy, Mirzo Ulug‘bek, G‘iyosiddin Koshiy va boshqalar. Mashhur siymolari o‘z ijodlari va ilmiy meroslari bilan nafaqat O‘rta Osiyo xalqlarining, balki dunyo xalqlarining boyliklariga katta hissa qo‘shganlar. Ularning nomlari butun jahonning barcha xalqlari orasida hurmat bilan tilga olinadi.
Fizika faning rivojlanishiga munosib hissa qo‘shgan buyuk zotlarning ayrimlari haqida batafsil to‘xtalib o‘tamiz.



Download 273 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish