JONATAN SVIFT (1667 - 1745) 1. Jonatan Svift qachon qayerda tug‘ilgan?
J: 1667-yilda Irlandiya poytaxti Dublinda
2. Jonatan Svift 14 yoshida qaysi o‘quv yurtiga kirgan? J: Dublin universitetining diniy bilimlar fakultetiga
o‘qishga kirib, uni bitirmay Angliyaga jo‘nab ketdi
3. BirYiecha yil kimning saroyida kotib bolib ishlaydi? J: Qirollikning sobiq ministri Vilyam Templning
saroyida
4. Asarlari qaysilar? J: «Kitoblar jangi», «Bochka cho‘pchagi», «Movutfurush xatlari» asarlari
5. Sviftga haqiqiy shuhratni uning qaysi romani olib kel- di? J: «Gulliverning sayohatlari» romani
6. «Gulliverning sayohatlari» romanining toliq nomi nima? J: «Lemyuel Gulliverning jahondagi bir necha olis mamlakatlarga avvalo jarroh, keyinchalik esa bir necha kemalar kapitani sifatida qilgan sayohatlari»
7. «Gulliverning sayohatlari» romani qachon yaratil- gan? J: 1726-yilda
8. Sviftning qaysi romanida kulgili voqealar anchagi- na bolsa-da, uning zamirida achchiq kinoya, zaharxanda yotadi? J: «Gulliverning sayohatlari» romanida
9. Svift qaysi asari orqali Angliya davlatining tar- tib-qoldalari, urf-odatlari ustidan kuladi?
J: «Gulliverning sayohatlari» romani orqali
10. «Gulliverlarning sayohatlari» romani necha qism- dan iborat? J: 4 qismdan
11. Romanning 1-qismida nima haqida hikoya qilinadi? J: Gulliverning liliputlar - mitti odamlar mam-
lakatidagi sarguzashtlari.
12. Liliputiyada nechta partiya mavjud? J: 2 ta partiya: baland poshnalilar va past poshnalilar
13. Liliputiyada partiya vakillari siyosatlari orasidagi farq nimadan iborat?
J: Poshnalarining baland yoki past bolganligida
14. Liliputiya davlatining qo’shini Blefusku davlati bi- lan nizolari sababi nima? J: Ular tuxumni uch qismidan sindirish kerak desalar, birlari poynak qismidan sindi- rish kerakligini uqtiradilar
15. Romanning 2-qismida nima haqida hikoya qilinadi?
J: Gulliverning ulkan odamlar yurti - Brobdingneg-
ga sayohati
16. Ulkan odamlar mamlakatida Gulliver qanday holat- ga tushadi?
J: Teskari holatga tushadi - Liliputiyadagi odam- lardan nafratlangan bolsa, ushbu mamlakat odamla- rining tanti, olijanob, ma’rifatparvarligiga qoyil qoSadi
17. Romanning uchinchi qismi nimaga bag‘ishlangan?
J: Gulliverning olimlar mamlakati - Leputadagi
sayohatiga
18. Gulliver olimlar mamlakatida nimalarni ko‘radi?
J: Bu yerdagi Buyuk akademiya bilan tanishib, umri behuda sarflanayotgan olimlar ishini ko‘radi, ularning real hayotdan ajrab qolib, foydasiz ixtirolar bilan band- liklari muallif kulgisini qo(zg(aydi
19. Qaysi asarda asar qahramoni bir olimning bodring- dan quyosh energiyasini ajratib olib, sovuq kelganda foyda- lanishga ahd qilganini, yana bir allomaning uyni poydevor- dan emas, tomidan boshlash haqidagi loyihasi - buning isboti sifatida hasharotlar - asalari va o’rgimchak faoliyati misol qilib keltirilganini ko‘rib o’zini kulgidan tiya olmaydi?
J: «Gulliverning sayohatlari» romanida
20. Romanning to‘rtinchi qismi nima haqida?
J: Gulliverning guingngnmlar mamlakatiga qilgan sayohati haqida
21. Guingngnmlar mamlakatida kimlar yashaydi?
J: Ikki oyoqli maxluq - yexular va aqlli, dono, halol mehnat bilan kun ko‘ruvchi otlar yashaydi
22. Yexular qanday odamlar sifatida tasvirlanadi va ular Sviftga kimni eslatadi?
J: Yexular jirkanch, hazar qiladigan darajada tuban kimsalar. Ular Sviftning Angliyadagi vatandoshlari- ni eslatadilar. Ular o‘z manfaatlari uchun bir-birlarini halok qilishga tayyor
23. «Gulliverning sayohatlari» romani o‘zbek tilida necha marta nashr etilgan? J: 6 marta.
24. Gulliver qayerga o‘qishga yuboriladi?
J: Kembrij shahridagi Imanyuel kollejiga o‘qishga yuboriladi, lekin moddiy qiyinchiliklar sababli u yerdan ketadi
25. Gulliver kimga shogirdlikka boradi?
J: Londondagi mashhur vrach Jems Betsga sho- girdlikka boradi, undan 4 yil talim oladi
26. Gulliver bir necha yil qanday mashg‘ulot bilan shug‘ullanadi?
J: Vrachlik va kemalarda xirurg bolib ishlaydi
27. Gulliverning tug‘ilgan yurti?
J: Nottingemshir
28. Gulliverga qarindoshlari yiliga necha funt pul jo’na- tib turishga va’da berishdi? J: 30 funtdan
29. Gulliver Leyden shahrida qancha muddat davomi- da meditsinani o’rgandi? J: Ikki yil-u yetti oy
30. Gulliverning tog‘asining ismi? J: Jons
31. Gulliverqaysi kemaga jarroh bolib ishga joylashdi?
J: Kapitan Eybregem Pannell qo‘mondonlik
qilayotgan «Qaldirg‘och» kemasiga va unda uch yarim yil ishladi
32. Gulliver kimning qiziga uylangan va qancha sep olgan?
J: Paypoqfurush mister Edmund Bertonning qizi miss Meri Bertonga uylangan va 400 funt sep olgan
33. Gulliver necha yil jarroh bolib ishlagan?
J: Olti yil ishlab, ikkita kema almashtiradi
34. Gulliver kimning taklifi bilan qaysi kemaga ishga yollanadi? J: Kema kapitani Vilyam Prichardning taklifi bilan «Ohu» kemasiga
35. «Ohu» kemasi Bristoldan qachon yolga chiqadi?
J: 1699-yilning 14-mayida
36. Kemada necha kishi ochlik va maza-matrasiz ovqatlarni yeyishi sababli vafot etadi? J: 12 kishi
37. Kemada necha kishi dovuldan omon qolish maqsa- dida qayiqqa tushib qirg‘oq tomon suzib ketadi? J: 6 kishi
38. «Ohu» kemasi nima sababdan halokatga uchraydi?
J: Dovul sababli, faqat Gullivergina omon qoladi
39. Gulliver kema halokatidan so’ng qaysi mamlakatga kelib qoladi?
J: Liliputiyaga, unda mitti odamchalar yashaydi
40. Mittilar Gulliverni qanday atashadi?
J: «Kuinbus Flestrin» - Ulkan odam deb
41. Romanda amaldor qanday nomlanadi? J: Gurgo
42. Gulliverni qay tarzda imperator huzuriga olib bori- shadi? J: Ulkan mashinaga yotqizib
43. Gulliverni olib ketish uchun tayyorlangan ulkan mashina nechta duradgor va injener tomonidan yasaladi?
J: 500 ta
44. Ulkan mashina necha g‘ildirakli edi?
J: Balandligi 3 dyum, uzunligi 7 va eni 4 funtga ya- qin, 22 gildirakli edi
45. Gulliverni poytaxtga olib borish uchun saroy otxo- nasidan qancha ot olib kelindi? J: 1,5 mingta
46. Gulliverturgan joydan poytaxtgacha qancha soatlik yol bor edi? J: 4 soatlik
47. Gulliver imperator bilan o‘zi bilgan qaysi tillarda gaplashdi? J: Nemischa, gollandcha, lotincha, fransuz- cha, ispancha, italyancha
48. Gulliver Liliputiyada kimlar ko‘magida mitti odam- larning tilini o rgandi? J: Imperator tomonidan biriktiril- gan 6 ta olimlar ko‘magida
49. Gulliverga xizmat qilish uchun imperator tomonidan nechta mulozimlar shtati ta’sis etildi? J: 600 ta
50. Imperator buyrug‘i bilan Gulliverning nimalari olib qo’yiladi? J: Soati, to‘pponchasi, qilichi, bir necha ku- mush va oltin tangalari, qalamtaroshi, soqol oladigan qirtishi, tarog‘i
51. Gulliverni nechta amaldor tintuv qiladi?
J: Ikkita amaldor: Klefrin Frelok va Marsi Flerok
52. Gulliveryashirin cho‘ntagidagi nimalarini imperator- ga aytishni lozim ko’rmaydi?
J: Ko‘zoynak va cho‘ntakda olib yuriladigan durbinini
53. Liliputiyada ikki partiyalilik qaysi voqeadan bosh- lanadi?
J: Hozirgi imperatorning bobosi go‘dak paytida uning nonushtasiga pishgan tuxum berishadi. Bola tuxumni qadimgi odat bo‘yicha poynak tomonidan sindirayotib barmog‘ini kesib oladi. 0‘shanda uning otasi - imperator fuqarolariga tuxumni uch tomonidan sindirishga farmon beradi. Bu farmon fuqaroning g‘a- zabini keltiradi