Adabiyot Abituriyentlar uchun 3-qism mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti



Download 0,62 Mb.
bet11/148
Sana01.07.2022
Hajmi0,62 Mb.
#727046
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   148
Bog'liq
3-qism

22-DARS
MIRMUHSIN
(1921–2005)
Shoir va yozuvchi Mirmuhsin Mirsaidov 1921-yilning 3-mayida Toshkent shahrining Qo‘rg‘ontegi mahallasida kulol oilasida tug‘ildi. O‘rta maktabni bitirgach, Toshkent davlat pedagogika institutiga kirib, uni 1942-yilda tugatdi. Bo‘lajak yozuvchi 1944–1946-yillarda Respublika radio qo‘mitasida muharrir, 1947–1961-yillar oralig‘ida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi kotibi, 1950- yildan 1960-yilgacha «Sharq yulduzi» jurnali bosh muharriri, 1961–1963-yillarda «Qizil O‘zbekiston» gazetasida bo‘lim mudiri, 1963–1971-yillarda «Mushtum» jurnali bosh muharriri, 1972-yildan 1981-yilga qadar yana «Sharq yulduzi» jurnali bosh muharriri, 1982–1994-yillarda «Guliston» jurnali bosh muharriri vazifalarida ishlagan.
Badiiy ijodni shoir sifatida boshlagan Mirmuhsin 1936-yilda «Sheralining mardligi» va «Ovchi bolalar» nomlari bilan she’r va hikoyalar to‘plamlarini chiqargan.
Ilk dostoni: «Qamar» (1938)
She’riy kitoblari: «Vafo», «Qadrdon do‘stlar» (1948), «Farg‘ona» (1951), «Vatandoshlar» (1952), «Irmoqlar» (1959), «Qalb va falsafa» (1960), «She’rlar» (1964)
Dostonlari: «Usta G‘iyos» (1946), «Do‘nan», «Yashil qishloq» (1948), «Shiroq» (1969), «Nevara», «Avesto» (1970)
Ilk qissasi: «Jamila» (1956)
Qissalari: «Oq marmar» (1957), «Cho‘ri» (1962), «Tungi chaqmoqlar» (1964) (Bu qissalarida zulm-u zo‘ravonlikka qarshi kurashgan xalqimiz o‘tmishini aks ettirishga bag‘ishlangan.)
Mirmuhsin – o‘zbek adabiyotida 1954-yilda yaratilgan «Ziyod va Adiba» ilk she’riy romanining muallifi.
Dunyo miqyosida fikrlashga uringan adib Mirmuhsin chet elliklar hayotini aks ettirishga qaratilgan bir qator asarlar ham yaratdi. Yozuvchining 1960-yilda bosilgan «Chodrali ayol» hikoyalar to‘plami va 1979-yilda chop etilgan «Chodrali ayol» qissasi chet ellardagi kishilar hayotini ko‘rsatishga bag‘ishlangan.
Romanlari: «Chiniqish» va «Umid» (1969), «Degrez o‘g‘li» (1972), «Me’mor» (1974), «Chotqol yo‘lbarsi» (1977), «Ildizlar va yaproqlar» (1982), «Temur Malik» (1986), «Ilon o‘chi» (1995), «Turon malikasi» (1997)
Ularda turli davrlarda yashab o‘tgan turli taqdir egalarining hayotlari aks ettiriladi. Mirmuhsin ijodiy umrining barcha davrida ham bolalar uchun asarlar yozgan adibdir. Uning «Sheralining mardligi», «Ovchi bolalar», «Luqmon va O‘roqboy» singari turli janrlardagi asarlarida bolalarning o‘ziga xos hayoti va ruhiy dunyosi tasvirlangan.
Mirmuhsin uzoq yillik ijodiy faoliyati uchun 1974-yilda Hamza nomidagi davlat mukofoti, 1998-yilda «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlangan. Adibga 1981-yilda «O‘zbekiston xalq yozuvchisi» unvoni berilgan. Adib 2005-yil 2-fevralda Toshkent shahrida vafot etdi.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish