Adabiyotshunoslik badiiy adabiyot haqidagi fan


I.Bob «Adabiyot» atamasining mazmuni va tarixi



Download 2,06 Mb.
bet2/8
Sana27.01.2023
Hajmi2,06 Mb.
#903554
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ADABIYOTSHUNOSLIK – BADIIY ADABIYOT HAQIDAGI FAN

I.Bob «Adabiyot» atamasining mazmuni va tarixi:
1.1 Badiiy adabiyot va uni o`rganishning axamiyati.

Maxsus, tor va professional ma`nodagi «adabiyot» atamasi o`zbek adabiy tilida XX asrning boshlarida paydo buldi va, asosan, Oktabr tuntarilishidan sung keng qo`llanila boshlandi. O`zbek tilida «adabiyot» atamasi kishilarga yaxshi xulk va umuman hayotni to`g`gri tushunish va to`g`gri yashashni o`rgatish maksadida yozilgan asarlar ma`nosida qo`llanilgan. Shunga ko`ra , utmishda badiiy adabiyot bilan birga umuman ilmiy, tarixiy, ahloqiy kitoblar xam «adabiyot» atamasi tushunchasi doirasiga kiritilgan. Urta asrlarda shunday asarlar xam yaratilganki, ularda badiiy so`z san`ati ilm-fan, ahloq-odob masalalari bilan chatishib-korishib ketgan («Kobusnoma», «Kutadgu bilik», «Bobirnoma» va boshqalar). Shu xil asarlar xam «adabiyot» deb yuritilgan. Bundan tashqari, utmishda yaratilgan sof badiiy asarlar («Shoxnoma», «Xamsa» va boshqalar) xam yozilganki, bular xam «adabiyot» atamasi tushunchasi doirasiga kiritilgan. Biroq, utmishda «adabiyot» termini tushunchasi mavjud bulsada shu atamaning o`zi, uning nomi yuk edi. Bu termin o`rnida turli so`z va iboralar ishlatilgan. Chunonchi, she`riy asarlar «nazm», «manzuma», «abyot», «shex» deb va prozaik asarlar «nasr» ( she`rga solinmagan oddiy so`z) deb yuritilgan. Utmishda she`riy tuplamlar uchun mahsus terminlar («Bayoz», «Devon№ kabi) qo`llagilgan-U, ammo she`riy va nasriy asarlarni o`z ichiga kamrab oladigan mahsus atama («Adabi1t») bulmagan yoki bulsa xam odat tusiga kirmagan. XX asr boshlarida o`zbek ma`rifatparvarlari- Xamza Xakimzoda Niyoziy, Abdulla Avloniy va boshqalar o`z badiiy asarlarini «Adabiyot» deb atashgan. Asrimizning 20- yillarida «Adabiyot» atamasini badiiy asarlarga nisbatangina ishlatish odat tusiga kirgan. Mirmuxsin SHermuxamedov, Abduxamon Sa`diy va boshqalarning asarlarida» «adabiyot» atamasini professional ma`noda keng qo`llanila boshlangan. Biroq «adabiyot» karor topishi keskin mafko`raviy ko`rash zaminida yuz berdi. O`zbek puristlari (Elbek kabi) 20- yillarda o`zbek matbuotida keng ishlatila boshlangan «adabiyot» atamasini «yozgich», «yozuvchi» ni « yozguvchi» kabi yasama so`zlar bilan almashtirishga xarakat qilib kurdilar, okibatda ular maglubiyatga uchradilar. Shu tariqa , adabiyotshunoslik ilmida «adabiyot» atamasi tula karor topdi.


B) Badiiy adabiyot va uni o`rganishning axamiyati.
«Adabiyot» atamasining mohiyati va tarixini bilib olgan talaba endi badiiy adabiyotning o`zi nima va nima uchun biz uni sevib o`rganamiz degan masala ustida bosh kotiradi. Tugri, butun kurs dvomida badiiy adabiyotning mohiyati, qonuniyatlari va xususiyatlari o`rganiladi va shu jarayonda kitobxonning badiiy asarga bulga qiziqishi, ehtiyojlari oshib borayotganligining sabablari ochiladi. Bu o`rinda esa talaba badiiy adabiyot haqida ibtidoiy ma`lumot olishi joizdir.
Avvalo shuni aytish kerakki , adabiyot san`atning bir turi, u- so`z san`ati. M. Gorkiy aytganidek, badiiy adabiyot hayotni so`z orqali badiiy tasvirlaydi. Adabiyotda hayotning muhim voqea=hodisalari, kishilarning tipik xislatlari aks etadi, hayot taraqqiyoti tendensiyalari kursatiladi. Shu, tariqa, adabiyot turmunni o`rganish quroli bUladi. Yozuvchi turmushni, fakt va Xodisalarni o`rganadi va ulardan zarur xulosalar chiqaradi. Ana shu xulosalarini obrazlar vositasida o`z asarida ifodalaydi. Adabiyotning juda katga ijtimoiy- tarbiyaviy axamiyat kasb etishning boisi shunda.
Badiiy adabiyot, ayni chogda, o`zgartirish quroli xamdir. Badiiy adabiyot ustkurma sifatida jamiyat hayotiga, uning bazisinga kuchli ta`sir etadi. Buyuk yozuvchilar, odatda, jamiyatning fikriy jihatdan olga intilishiga katta yordam beradilar. N.G. Chernishevskiyning ta`kidlashicha , adabiyot hayot darsligidir.
Badiiy adabiyot ukuvchining ongi-shuuriga kuchli ta`sir etadi. Biz badiiyo asarda san`atkorlik bilan yaratilgan ijobiy kaxramonlardan ko`p narsa o`rganamiz, ularga taklid kilamiz. Asardagi salbiy obrazlar esa kitobxon kalbida o`ziga nibatan nafrat xislarini uyg`otadi- biz hayotda shunday kishilarniga qarshi ko`rashga otlanamiz. Badiiy adabiyot ana shunday qilib kishilarni tarbiyalaydi. O`zbek adabiyoti xam ana shunday sharafli ishga xizmat qilmokda.
Badiiy adabiyotda yaratilayotgan talantli asarlarning mohiyatiga to`g`gri tushunish va ularga obyektiv baho berish uchun, dastavval, badiiy adabiyot haqidagi fanni, ya`ni adabiyotshunoslikni bilish lozim. Aks holda kishi kulgilik bir axvolga tushib qolishi hech gap emas. Xuddi shunday hodisani yozuvchi Abdulla Qaxxor «Xayot hodisasidan badiiy to`qimaga» sarlavhali maqolasida o`z turmush tajribasi misolida qiziqarli qilib hikoya kiladi: «Biz odam» hikoyasi buyicha jinoiy ish ko`zgagan quqonlik prokuror ustidan yozuvchi kuladi ( Qarang : «Adabiyotimiz avtobiografiyasi», Adabiyot va san`at, T.: 1973,211-212-betlar).
V) «Adabiyotshunoslik» atamasining mazmuni, adabiyotshunoslik fanining obyekti va vazifalari.
«Adabiyotshunoslik» atamasi etimologiya jihatidan «adabiyot» so`ziga fors - tojikcha «shinos» ( yaxshi bilish, tayin etish) fe`li va o`zbekcha-«lik» affksining qo`shilishidan xosil bo`lgan. «Shinos» fe`li o`zbek tili talaffo`zi taqozasiga ko`ra «shunos» shakliga kirib qolgan. Shu tariqa « adabiyotshunoslik» atamasi paydo bo`lgan. «Adabiyotshunoslik» terminiga Qisqa Adabiyot Ensiklopediyasida qo`yidagicha ta`rif berilgan: «Adabiyotshunoslik- badiiy adabiyotni, uning mohiyatini, kelib chiqishini va ijtimoiy aloqalarini xar taraflama o`rganuvchi fandir; so`z orqali badiiy fikrlashning spetsifikasi ( o`ziga xos xususiyatlari) haqidagi, badiiy ijodning genezisi ( negizi, zamini), strukturasi ( to`zilishi), tarixiy- adabiy protsessning lokal ( ma`lum joy va davrga oid) va umumiy qonunlari haqidagi bilimlar jamidir ; bu so`zning torroq ma`nosini olganda, adabiyotshunoslik - badiiy adabiyotni va ijodiy protsessni o`rganishning prinsiplari va metodlari haqidagi fandir» (KLE,t.4, «Sovetstkaya ensiklopediya», M.,1967, str. 331).
Adabiyotshunoslikning obyekti - tarixiy sharoit bilan o`zviy birlikda olingan adabiy mahsulot va uning yaratilish jarayonidir. Badiiy adabiyotni izchil o`rganuvchi va tahlil qiluvchi mutaxassis adabiyotshunos deb yuritiladi.
I.O. Sultonov «Adabiyot nazariyasi fan sifatida» maqolasida adabiyotshunoslikka berilgan ta`rifning mag`zini chaqar ekan. Kuyidagilarni ta`kidlaytsdi : a) adabiyotshunoslikning diqqat markazida dastavval adabiyotning eng yaxshi namunalari, ya`ni klassik asarlar va klassik yozuvchilar ijodi turadi. Ana shunday asarlar va yozuvchilar ijodi tahlili jarayonida badiiy adabiyotning qonuniyatlari, spetsifikasi kashf etiladi. Bundan tashqari, b) adabiyotshunoslik tarixiy-adabiy jarayon-adabayotning ma`lum bir davrda rivojlanish sharoiti va yullarini o`rganadi, mana tarixiy- adabiy jarayonlaning qonuniyatlarini ochadi. Shuningdek, v) adabiyotshunoslik adabiyotni yaratuvchilarning o`zlarining adabiyot va tarixiy- adabiy jarayon haqida aytgan fikrlarini xam hisobga oladi, ularga tayanadi. Demak, adabiy klassika, buyuk yozuvchilarning adabiyot haqidagi fikrlari, tarixiy-adabiy jarayon va uning xamma arboblarining faoliyati va ijodiy mahsuloti- adabiyotshunoslikning obyektini tashkil kiladi.
Adabiyotshunoslikning asosiy vazifasi : a) adabiy jarayonni, adabiyot taraqqiyoti tendensiyatarini, qonuniyatlarini chuqur o`rganishdan, ulardan adabiy xarakatchilikni yanada rivojlantirish uchun zarur bo`lgan xulosalar chiqarishdan iborat. Adabiyotshunoslik badiiy adabiyotni zamon talablari asosida, rivojlanib borishi va xalqka xizmat qilishi da`vat etadi ; b) adabiyotshunoslik kitobxonning estetik didini shakllantirishga, uni nazariy jihatdan qurollantirishi kerak. Adabiyotshunoslik, ta`bir joiz bulsa, adabiyot bilan hayot, yozuvchi bilan kitobxon o`rtasidagi aloqada vositachi, ularni bir-biri bilan bog`lovchi ko`prikdir.
Inson o’z hayoti davomida hayotni-tabiat, jamiyat, insonni bilishga intiladi, ularning mohiyati, qonuniyatlari va xususiyatlarini tadqiq qiladi. Ayni paytda inson dunyoni va o’zini bilish bilan cheklanmaydi, balki to’plagan bilimlariga suyanib u jamiyatni, o’zining ruhiy-ma’naviy dunyosini boyitib, o’zgartirib boradi. Ong-borliqning inson miyasidagi oliy in’ikos (aks etish) shakli ekan, u ijtimoiylik kasb etadi. Inson ongi (ruhiy va aqliy qobiliyati) jamiyatdagi hayoti davomida tarkib topadi, ijtimoiy muhit ta’sirida reallashadi, faollashadi, ijod qiladi.
Ijtimoiy ong shakllari (siyosat, huquq, ahloq, din, fan, san’at, falsafa, riyoziyot, tibbiyot va h.)ning barchasi-hayotni o’rganadi, biroq har biri o’ziga xos predmetiga asosan ob’ektiv borliqni in’ikos etadi, o’rganadi va o’rgatadi.
Jumladan, ilmiy ijod-insonning tabiat, jamiyat va o’z tafakkurida amal qiladigan qonun va qonuniyatlarni kashf etish, bilish va o’rganish bilan shug’ullansa, badiiy ijod-tabiat, jamiyat va insonning nafosat qonunlari va tamoyillari asosida badiiy ifodalash sirlarini ochadi. Boshqacha aytsak, ilmiy tafakkur barcha fanlarni, badiiy tafakkur san’at va uning shakllarini o’zida birlashtiradi. Ikkalasi ham real borliq (hayot)ni, bizdan tashqaridagi olamni o’rganadi. Biri-hayot (tabiat, jamiyat, inson tafakkuri)ning ob’ektiv qonunlarini ochish, tushuntirish bilan shug’ullansa, ikkinchisi-hayot(tabiat, jamiyat, inson)ning badiiy (obrazli) kashfini tahlil va tadqiq qiladi. Ilmiy tafakkur borliqni ilmiy tushunchalar, g’oyalar, kategoriyalar, prinsiplar, muammolar, gipotezalar, hukmlar, xulosalar, nazariyalar, qonunlarda ifodalasa, badiiy tafakkur borliqni obrazlarda aks ettiradi. Ha, shuning uchun ham, “Agar fanlar va san’atlar bo’lmaganda, inson va inson hayoti ham bo’lmasdi” (L.N.Tolstoy).
“Filosof sillogizmlar orqali fikr yuritsa, shoir-obrazlar va kartinalar vositasida gapiradi va ularning ikkalasi ham ayni bir narsani aytadi. Siyosiy iqtisodchi statistik raqamlar bilan qurollanib, o’z o’quvchi yoxud tinglovchilarining zehniga ta’sir etib, jamiyatdagi falon sinfning ahvoli falon-falon sabablarga ko’ra ko’p yaxshilangani yoxud ko’p yomonlashganini isbotlaydi. Shoir voqyelikning jonli va yorqin tasviri bilan qurollanib, o’z o’quvchilarining fantaziyasiga ta’sir etib jamiyatdagi falon sinfning ahvoli falon-falon sabablarga binoan haqiqatdan ham ko’p yaxshilangani yoxud yomonlashganini haqiqiy kartinalarda ko’rsatadi. Biri isbotlaydi, ikkinchisi ko’rsatadi-ikkalasi ham ishontiradi, bunga faqat ularnnng biri mantiqli asoslash, boshqasi kartinalarda namoyon etish bilan erishadi” (V.Belinskiy; Ta’kidlar bizniki-H.U).
Yuqoridagi “Humoyunnoma” (Gulbadan begim) asaridan keltirilgan parchaga e’tibor qilsangiz, unda mantiqiy fikrlash, mushohada, xabar ustunlik qiladi; hamma so’zlar aniqlik, ob’ektivlik, “quruq qayd” etishga bo’ysindiriladi va haqiqatan bo’lgan voqea haqida tushuncha beradi.
“Yulduzli tunlar” romanidan keltirilgan lavha esa Bobur, Mohim begim, Shayxulislom (Ko’hinur olmosi ham) jonli gavdalanadi, ularning o’zaro muloqotlaridan har birining qalbidagi tuyg’u va hislarni (jumladan, Mohim begim “yum-yum yig’laydi”, “Boburga qo’rquv aralash hayrat bilan tikiladi”. “Bobur suyukli o’g’lini hadeb o’tga-suvga solib, shu kasallikka o’zi ham sababchi bo’lganday o’rtanadi”, Humoyunga “Sening shu og’ir dardingni xudo sendan olib menga bersin!”-deya iltijo qiladi. Munkaygan Shayxulislom qiymati ulkan oltin xazinalariga barobar keladigan Ko’hinur olmosini sandig’iga tushirishga yo’l topganday-Humoyun betobligidan foydalanishga intiladi, “ota-bolaga baqrayib qaraydi”, sarosimaga tushadi...) to’laligicha aniq nuqtalari bilan ko’ramiz, jonli his etamiz. Shunday bo’lishi mumkin bo’lgan voqea bilan tanishamiz. Xotirada voqea aniq va “quruq” bayon etiladi, lavhada esa tasvirlanadi. Birida mantiqiy mushohada, ikkinchisida ko’rsatish ustunlik qiladi.
San’at (arxitektura, haykaltaroshlik, rassomlik, musiqa, teatr, xoreografiya, kino va sh.k.) fanlar (ilmiy tafakkur)ning yutuqlariga suyangan holda hayotni obrazlar vositasida ifoda etadi. Obrazlilik-san’atning hamma ko’rinishlarini birlashtiradigan, umumiyligini, o’xshashligini ta’minlaydigan universal vositadir.
“Obrazli formadan tashqarida san’at yo’q” (Oybek).
Lekin ravshanlik, ta’sirdorlik, nozikliik, go’zallik kabi obrazlilikning atributlari (ajralmas belgilari, xususiyatlari) san’atning har bir shaklida o’ziga xos bo’ladi:
“Skulptura... inson tanasi shakllarining go’zalligini ifodalaydi, inson yuzidagi fikrning bir paytini, tanadagi (attitude) bir vaziyatnigina tutib oladi. Shu bilan birga skulpturaning ijodiy faoliyati insonning butun siymosini qamray olmaydi, balki inson tanasining tashqi shakllari bilangina chegaralanadi, erkak kishilarda faqat mardlik, ulug’vorlik va kuchni, xotinlarda go’zallik va noziklikni ifoda qiladi. Rassomlik san’ati butun insonni, hatto uning ichki ruhiy dunyosini ham o’z ichiga oladi; ammo rassomlik ham hodisaning faqat bir paytini qamrash bilan chegaralanadi. Muzika esa, eng ko’p, ruhning ichki dunyosini ifoda etuvchidir; lekin muzika ifoda qilgan g’oyalar tovushlar (sadolar)dan ayrilmaydi, tovushlar ruhga ko’p narsa bersa ham, aqlga hyech nimani ochiq va aniq qilib aytmaydi. Poeziya erkin inson so’zida ifodalanadi, so’z esa-ham tovush, ham kartina, ham aniq va ravshan aytilgan tasavvurdir...”1
Tinib-tinchimas rus tanqidchisi V.G.Belinskiy tomonidan “Poeziyaning xil va turlarga bo’linishi” maqolasida aytilgan bu nozik kuzatish va xulosalar san’atning har bir ko’rinishi “o’z tili”ga, “o’z uslubi”ga-“o’zligi”ga ega ekanligini ravshan isbotlaydi.
San’atning ba’zi ko’rinishi (masalan, V.Belinskiy aytgan skulptura) muayyan cheklangan jihatlari bo’lishidan qat’i – nazar, dilni quvontiradigan, his – hayajonlarni yondiradigan jonliligi va go’zalligi bilan, latofati va nafisligi bilan beadad quvonch baxsh etadi:
“Haykaltarosh Skopas marmardan Vakx qizini yaratdi: qiz jonli ko’rinadi, tosh o’sha toshligicha qolgani holda, go’yo jonsiz tabiat qonunlarini buzganday edi... O’z tabiatiga ko’ra qattiq bo’lgan tosh ayol nafisligiga taqlid qilib, go’yo o’zi ham nafis bo’lib qolganday, ayollik tabiatiga ko’ra keskin, nozik harakatlar qilayotgan ayol qiyofasiga kirgan edi. Tabiatan harakatdan mahrum bo’lgan tosh san’atkor qo’lining sehri, qudrati bilan Vakx qizlari raqsida charx urib aylanayotganday edi. Garchi ehtiros toshga xos bo’lmasa ham, Vakx qizining yuzida es – hushidan ayrilgan ayol shavqi ravshan sezilardi... Uning sochlarini shabada yulqilar, toshning o’zi ham nozik va mayin, durkin soch tolalariga aylangan edi. Bu holni tushunishga, tasavvur etishga aql bovar qilmas edi, tosh bo’la turib, bu marmar obrazda ayolning bor mayinligi, nafisligi ko’rinar edi”2
Bu tasvirning o’ziyoq, garchi marmardan yasalgan Vakx qizini ko’rmasangiz ham, Sizda Skopasning mohirligi, tosh ayoldagi uyg’unlik va jonlilik ajib tuyg’ular ato qiladi, ayolning go’zalligi ko’ngilni olijanoblikka o’raydi, o’ziga maftun etadi.
Adabiyot “boshqa san’atlarning barcha unsurlarini o’z ichiga oladi, bo’lak san’atlarning har biriga ayrim ravishda berilgan hamma vositalardan birvarakay va to’la suratda foydalanadi” (V.Belinskiy). Shu sababdan ham adabiyotning maydonidan chiqib ketadigan bironta hodisa, voqea, ruhiy holat, xatti – harakat, kechinma bo’lmaydi va ularning hammasi so’z vositasida ta’riflanadi, ochiladi, jonlantiriladi. Alloh so’z qudrati bilan borliqni yaratganki, uning qudratidan boshqa buyukroq mo’jiza yo’q. Hadisi sharifda “So’zda sehr bor...” deb ta’kidlansa, xalqimiz “So’z qilichdan o’tkir”, “So’z – kishining o’zagi, Odob uning bezagi”, deydi. Bobomiz Alisher Navoiy “Chin so’z – mo’tabar, yaxshi so’z qisqa - muxtasar” desalar, Mashrab Boboyev “So’z aytgani kelar dunyoga inson”, deydi. Rus shoiri Aleksandr Tvardovskiy “So’z – bu mening oshi halolim, so’z – men uchun muqaddas”,- deb kuylaydi. Ha, so’z – aqlimizning toji, yuragimizning otashi, insoniyligimizning belgisidir. Ana endi bu so’z badiiylashganda, adib Oybek aytganidek, har bir so’z, uzukka qo’yilgan qimmatli tosh kabi porlaydi, har bir misrada katta mazmun barq urib turadi. So’z chertib olinadi, ohangi, ifoda kuchi, bo’yog’i va boshqa xislatlari bilan hissiy qudratga ham ega bo’ladi (Oybek. Adabiyot to’g’risida, T., “Fan”, 1985, 32-33-betlar).
Shu asosga ko’ra, adabiyotning “tili”, birdan – bir quroli – so’zdir, so’z san’atidir. Uning tasvir imkoniyatlari nihoyasizdir. Adabiyot so’z san’ati ila hayotni o’rganadi va tasvirlaydi (uning mag’zini chaqadi), hayotni tadqiqi jarayonida undan muayyan xulosa va saboqlar chiqaradi (hukmga keladi), hayotdan dars oladi(“hayot darsligi” vazifasini o’taydi), hayotni qayta (umid va orzular asosida) yaratadi.
Demak, so’z san’atining ob’ekti – tabiat, jamiyat, insonni birlashtiruvchi, bizdan tashqarida yashovchi cheksiz – chegarasiz olamdir.
Inson san’at va adabiyotning bosh predmetidir. Yozuvchi Maksim Gorkiyning ta’biricha, “O’zining intilishlari, ishlariing butun xilma – xilligi bilan, o’zining o’sishi va tanazzulga ketishi jarayoni bilan odam badiiy adabiyotning materiali bo’lib xizmat qiladi”.
Aristotel (“Poetika”), V.Belinskiy (“Poeziyaning xil va turlarga bo’linishi”)larning fikriga ko’ra, qadimgi yunon (Homerning “Iliada”, “Odessiya” asarlari, Esxil, Sofokl tragediyalari) san’atidan boshlab, inson san’at asarining bosh predmetiga aylangan. Hamon u adabiyot va san’atning kashflarini, yutuq va kamchiliklarini sarhisob qiluvchi asosiy o’lchov bo’lib kelmoqda. Shu sababdan inson tasviri yo’q joydan san’atni izlash noo’rindir. To’g’ri, badiiy asarni varaqlasangiz, inson obrazidan tashqari, uni o’rab olgan tabiat (peyzaj) ham, hayvonu o’simliklar ham, jamiyat ham, buyumlar, predmetlar ham tasvirlanadi. Yuqorida ta’kid etganimizdek, adabiyot va san’atda borliqning hamma atributlari o’z aksini topadi, faqat ular bitta shartga bo’ysinadilar, ya’ni ular inson xarakteri va ruhiy holatining u yoki bu qirrasini ochishga xizmat qilishlari, demakki, insoniylashlari lozim.
Qo’shiqchi shoirlar sardori Muhammad Yusufning “Erka kiyik” asarida ham shu haqiqatning ifodasini ko’ramiz:
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam,

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish