Adabiyotshunoslikka


Epik, lirik va dramatik obrazlar



Download 6,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/23
Sana26.02.2022
Hajmi6,97 Mb.
#465803
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Bog'liq
Adabiyotshunoslika kirish (E.Xudoyberdiyev)

Epik, lirik va dramatik obrazlar
Badiiy asarlarda voqelikni aks ettirish uch xil usul bilan am alga oshiriladi. 
Bu usullar ad abiyotning k o ‘p asrlik taraqqiyoti davom ida yuzaga kelgan va 
shaktlangan. M azkur u su llar adabiyotning asosiy adabiy tu rlari bilan bog‘liq 
b o ‘lib, epik, lirik va d ram atik ko‘rinishlarga ega.
D astlab kelib ch iq q an ep ik tasvir usuli yozuvchiga nisbatan tashqi dunyo 
hisoblanuvchi b orliqni aks ettirish d an iborat. Lirik tasvir usuli voqealikdagi 
h o d isa la rta ’sirida inson qalbida tug‘ilgan his-tuyg‘ular, o ‘y-fikrlam i o ‘z tilidan 
ifodalash asosiga q u rilad i. D ram atik tasvir usuli esa aw alg i ikki xil usul 
im koniyatlarini o ‘zida jam laydi va ko‘rsatiladigan voqealarda ishtirok etuvchi 
shaxslam ing xatti-harakatlarini ham , nozik his-tuyg‘ularini ham , ular harakat 
qiladig an sharoitni h a m o ‘z a ro uzviy bog‘liq h o ld a, voqeaga aralashm ay, 
yozuvchi ishtirokisiz aks ettirishga suyanadi.
M azkur tasvir usullari adabiyot tarixida tasodifiy ravishda yuzaga kelgan 
em as. U larning vujudga kelishi inson hayotining qo nu niyatlari, o ‘ziga xos 
to m o n la ri bilan bog‘liq.
Ayrim badiiy asarlarda tasvir usullari o ‘zaro m unosabatga kirishib, chatisnib, 
birikib ketishi m u m k in . M asalan , yozuvchi Said A h m ad “ U fq ” rom an ida, 
asosan, epik tasvimi yetakchi qilib olgani holda, Dildor tasvirida lirik bo‘yoqlaiga 
k en g o ‘rin beradi. A ’z a m o b ra zin i esa ko‘plab d ra m a tik vaziyatlardan olib 
o ‘tadi.
Epik, lirik va d ra m a tik tasvir usullarining o ‘z a ro chatishib ketishi bilan 
b ad iiy talqin im k o n iy atlari doirasi qashshoqlashm aydi, balki u, aksincha. 
tasvirga yanada yorqin t a ’sirchanlik va teranlik baxsh etadi.


I l l b o b
ADABIYOT - IJT IM O IY O N G SHA K LI
Adabiyot b itm as-tuganm as g 'oyalar m an b ay i hisoblanadi. U n d a tu rli 
z a m o n la rd a g i k ish ila rn in g fik rla ri, o ‘y -m u lo h a z a !a ri, o r z u - u m id la r i, 
jam iyatdagi siyosiy, m afkuraviy, ax loqiy-ta’lim iy, falsafiy, diniy va b o sh q a
xildagi qarashlari o ‘z aksini topadi. H ar b ir d av r adabiyotida o ‘sha z a m o n
jam iyatining ong darajasi aks etadi. Shu bilan birga, badiiy adabiyot o ‘zi aks 
ettirgan g 'o y alar bilan kishilar qalbiga, ruhiga kuchli t a ’sir o 'tk a /ib , u la rd a
yangi-yangi qarashlar, fikrlartug'ilishiga. ulam ing m a ’naviy jihatdan boyishiga, 
ongning o‘sishiga xizm at qiladi. Shu xususiyatlarga ko‘ra adabiyot ijtim oiy o n g
shakllaridan biri hisoblanadi.
Badiiy adabiyotda yozuvchining ezgu fikrlari, g ‘oyalarisiz chinakam a sa r 
ijod qilinishi m um kin emas. Agar asarda subyektiv ibtido, ya’ni y ozu vchi 
g ‘oyalari, fikrlari b o ‘lm asa, u m a ’rifiy-tarbiyaviy aham iyat kasb eto lm ay d i.
Adabiyotning g‘oyaviyligi haqida so‘z b organda, badiiy tafakkum ing o ‘ziga 
xos xususiyatini hisobga olmaslik m um kin em as. Ijoddagi muayyan g ‘oyaviy 
yo‘nalish faqat m azm uniga ko‘ra emas, balki ifodalanishi jihatidan ham m aqbul 
yoki nom aqbul b o ‘lishi m um kin. Badiiy asarlard a g ‘o y alar bevosita so ‘z n in g
o “zi bilan em as, balki obrazlar hosil qilish y o ‘li bilan ifodalanishi sab a b li, 
ularquruq bayon etilishi mumkin emas. Bu g‘oyalar, asardagi barcha obrazlar, 
ulam ing o ‘zaro m unosabatlari vositasida yuzaga chiqariladi. Aks ettirilayotgan 
turm ush m anzaralariga nisbatan m uallif m u n o sab atin i ifodalash yo ‘li b ila n
asarn in g g ‘oyaviy-hissiy q u w a ti o sh irilad i, lek in badiiy tasvir o ‘r n in i 
pub!itsistika egallab qolishi mum kin emas.
Badiiy asarlarning g ‘oyaviy mazmuniga m uallif m unosabati aralashuvi bilan 
uning publitsistik fikrlarini aynan bir narsa d eb tu sh u n ish m um kin em as. 
Badiiy obrazlarda muallifning alohida-alohida fikr va qarashlarigina em as, balki 
ongi va ruhiy dunyosining butun boyligi aks etganligi sababli ham bu q arashlar 
orasida ba’zan ziddiyatlar ham ko‘rmishi m um kin.
Y ozuvchilar o ‘z badiiy asarlarida ifo d ala y d ig a n g ‘oyalar fa q at u la r 
tafakkurining mahsuli hisoblanmaydi. Agar u lar faqat shaxsiy tafakkur m evasi 
b o ‘lganda ed i, tasodifiy fikrga aylangan va kishilar ongining rivojida m u h im
ahamiyat kasb etolm agan ham bo‘lardi. Adabiyotning eng yaxshi nam unalarida 
ifodalangan g ‘oyalarda voqelikdagi o ‘zgarishlar, tu rm u sh tajribasi, turli ijtim oiy 
sinf yoki guruhlam ing m anfaatlari, qarashlari aks etadi. Shunga ko‘ra ular k atta 
ijtim oiy aham iyatga m olik bo‘lib, m illionlab kishilar qalbiga, ongiga y e tib
boradi.


Adabiyotning ko‘p asrlik taraqqiyoti tajribasidan m a’lum boMishicha, tarixiy 
rivojlanish qonuniyatlariga tayangan, uning xususiyatlarini to ‘g ‘ri tushungan 
iste’dodlargina eng yaxshi badiiy kashfiyotlar qila olganlar.
Ilg 'o r g ‘oyaviy yo‘nalishdagi va yuksak badiiy qim m atga ega b o'lg an, xalq 
om m asiga xizm at qiladigan adabiyot har doim xalqehildir.
Yozuvchi d u n y o q arash i va ideallarining sinfiyligi va partiyaviyligi uning 
ijodiy im koniyatlarini ch eklab 
q o ‘y a d i, 
xalq m anfaatlarini tushunishga xalaqit 
beradi.
“ Xalqchillik” atam asi o ‘zbek adabiyotshunosligiga o ‘rta asrlar gum anizm i 
xulosalarini o ‘zlashtirib, shaklan asrim iz boshida kirib keldi. A m m o shoirlar 
ilgari o ‘z asartarida h ay o tn i ulus, m ehnat ahli m anfaatlari nuqtayi nazaridan 
b a h o la r edilar.
Xalq poeziyasida lin in g m uayyan m uhim xususiyatlari aks etadi, h ar bir 
xalq ruhiyati va ijtim oiy tu rm u sh i o ‘ziga xos boMadi h am da bu o ‘ziga xoslik 
o ‘sha xalq tom onidan ijod etilgan asarlarda o ‘z izini qoldiradi.
O dam lar xalqchillik tu shunchasini m ehnatkashlar om m asining qarashlari 
bilan bog'Iiq holda olib qaraganlar. U lar xalqchillikni eskicha talqin qilishni
y a ’ni m uayyan m illatn in g u rf-o d atlari, m arosim lari, kiyim larini ko 'rsatish - 
d a n g in a iborat d eb tu sh u n ish n i inkor etib, “ haqiqiy milliylik sarafanni 
tasvirlashdan iborat em as, balki xalq ruhining aks ettirilishidadir” degan ju d a 
m uhim fikrga keldilar.
Eng ajoyib ad abiy asarlard a xalq ongi bayon etilad i, xalq ruhi va hayoti 
yorqin, to 'g 'r i aks ettirilad i.
Shoir boshqa xalq hayotini tasvirlaganda ham xalqchil, milliy b o ‘lib qolishi 
m um kin, ch un ki u b o sh q a xalq hayotiga o ‘z k o ‘zi va nuqtayi nazari bilan 
qaraydi. Yozuvchi chinakam xalqchil san’atkor b o ‘lm og‘i uchun xalqqa xizmat 
qilm og‘i, m ehnatkash o m m an in g m anfaat va ruhiy ehtiyojlarini qondirm og ‘i 
zarur.
Ulug‘ yozuvchi va tanqidchilam ing fikrlari bunday adabiyot tajribasi asosida, 
m uayyan adabiyotning, adib ijodining yoki alohida bir asarning xalqchilligini 
yoxud xalqchil em aslig in i aniqlashga im kon beruvchi m ushtarak belgilar, 
o 'lc h o v la r , m e z o n la r k e ltirib c h iq a ris h i m u m k in . B u n d ay b e lg ila r 
“ adabiyotshunoslikda xalqchillik mezonlari” darajalari deb ataladi. Adabiyotning 
xalqchilligini belgilashda, odatda, uchta m uhim m ezonga asoslaniladi.
Badiiy asa r xalqchilligining birinchi m ezoni sh u n d an iboratki, u n d a xalq 
o m m asi u ch u n m u h im va qiziqarli hodisalar h am d a x arak terlar p ux ta 
tasvirlanishi lozim .T abiiyki, tasodifiy, n o tip ik n arsa-h od isalam i aks ettirish 
bilan xalq om m asining “ hayot darsligi” oldiga q o ‘yiladigan talablam i qondirib 
b o ‘lmaydi.


Eng vaxshi adabiy asarlarda h a r d o im m uayyan davrda xalq om m asini 
hayajonga solgan masalalarga jid d iy e ’tib o r berilgan, ijtim o iy (araqqiyot 
qonuniyatlari yuzaga chiqadigan m u h im hodisalaraks ettirib kelingan.
Adabiyot xalqchilligining ikkinchi m ezoni hayotni davm ing ilg‘o r ideallari 
nuqtayi nazaridan haqqoniy aks e ttirish n i taqozo qiladi. O d a m la r hayotni 
haqqoniy aks ettirish badiiy asar xalqchilligini ta ’minlovchi asosiy shartlardan 
biri ekanligi haqidagi fikrni ilgari surgari edilar. Yozuvchir.ing ezgu m aqsadi, 
yuksak g 'o y alari badiiy m ukam m al shak l vositasída ro‘yobga ch iq qan dag in a 
uning asari xalqchil bo‘ladi. A d ab iy o t xalqchilligining avvalgi ikki m ezoni 
bilan cham barchas bog‘liq u ch in ch i m ezo n i asarda xuddi m a n a shu badiiy 
m ukam m allik boMishini, niyat, y e tu k va takrorlanm as q a h ra m o n la r oddíy 
xalq tilida tushunarli xarakterlarorqali tasvirlab berilishini taqozo etadi. Shunga 
k o 'ra, yozuvchiningbadiiy m ahorati m asalasi har bir san’at asarida, xususan, 
adabiy asarda katta ahamiyatga ega.
D em ak, voqelikdagi keng xalq om m asi uchun m uhim va qiziqarli b o ‘lgan 
hodisalarni ilg‘o r ijtimoiy id eallar nu q tay i nazaridan, h aq q o n iy qam rab 
oigan, m ukam m al badiiylik asosida aks ettirgan adabiy asarlar adabiy otnin g 
chinakam xalqchil namunalari b o ‘lib qoladi.
Xalqchil asarlar ommaga yetib borishi uchun muayyan sharoit ham zarurdir.
A d a b iy o tn in g xalqchilligi b ila n b ir q a to rd a buyuk y o z u v c h ila rn in g va 
ular yozgan nod ir asarlarning u m u m in so n iy aham iyati haq id a h am gapirish 
zarur.
Adabiy asarlarning xalqchilligi va um um insoniy ahamiyati masalalarí o ‘zaro 
uzviy bog‘liq: xalqchil bo4lmagan asar um um insoniy b o la olm aydi. M a’lumki. 
har b ir s a n ’at asari muayyan xalq ijodkori tom o n id an yuzaga keltiriladi.
Chinakam xalqchil asaigina boshqa mamlakatlarga yoyiladi va um um insoniy 
ahamiyat kasb eta oladi.
Butun insoniyat manfaatlariga m os keladigan chinakam xalqchil asarlargina 
milliy d o irad an chiqqan, lekin m illiy o ‘ziga xosligini yo‘q o tm a g a n holda 
umuminsoniy ahamiyatga ega bo‘la oladi.
M uayyan yozuvchi yoki ad a b iy asa rn in g u m u m in so n iy a h a m iy a tin i 
aniqlaganda, badiiy taraqqiyot xilma-xilligining tarixiy qonuniyatlarini, uning 
ijtim oiy m eh n at taqsimotiga va ijtim oiy turm ushn in g o ‘ziga xosliklariga 
bogMiqligini hisobga olish zarur b o ‘ladi.
Haqiqiy sa n ’at um um insoniy b o ‘lad i, barcha xalqlar u c h u n n am un aga 
aylanadi.
Eng yaxshi adabiy asarlarda h ay o tn in g asosiy jarayonlari va xalq ongi aks 
etishi sababli ular orqali o ‘sha xalq adabiyotining qay darajada u m u m inso niy
qim m atga ega ekanligini ham aniqlash m um kin.


D em ak, adabiyotning xalqchilligi o ‘ziga xos bosqichlaiga, pog‘onalarga ega. 
Eng yuqori pog‘onada ijodida um um insoniy mazmun yaxshi aks etgan shoirlar 
turadi.
A dab iy o td a um um insoniy m a z m u n h a r doim bevosita turli xalqlar hayoti 
m a n z a ra la rin i g avdalantirish, h a r xil m illatga m ansub b o ‘lgan kishilar 
x a ra k te rin i vujudga keltirish y o ‘li bilangina ifodalanishi sh art em as. Milliy 
d o irad a n ajralm agan. lekin o ‘zida b u tu n insoniyat uchun m uhim , tushunarli, 
ta n ish fik r-tu y g ‘u larni m ujassam lash tirg an asar yoki q a h ra m o n la r ham
um um bashariy ahamiyatga molik.
I V b o b
BADIIY A D A BIY O TD A T IP IK L IK M U A M M O S I
Badiiy obraz xususiyatlari to ‘g ‘risida so ‘z borganda, unda alohida o'ziga xos, 
xususiy, tak ro rla n m as belgilarda b ir q a to r hodisalarga, kishilarga va ijtimoiy 
yo‘nalish larga d o ir tim um iy, x arak terli tom on lar aks etishi aytilgan edi. 
A lo h id alik bilan um um iylik orasid ag i bunday aloqadorlik badiiy obrazning 
jo n lilig in i, b ir butunligini t a ’m in la y d i, rr.a’rifiy aham iyatn i belgilaydi va 
yozuvchi ko‘zda tutgan hayot haqiqatining mohiyati ochilishiga im kon beradi. 
H ayot haqiqati mohiyatini ochish esa adabiyot oldida turgan tarixiy maqsad va 
v azifalam i am alga oshirishning za ru rsh artid ir.
Lekin hayot haqiqati deganda nim ani tushuninoq kerak va u badiiy adabiyot 
o brazlarida qanday yuzaga chiqariladi? M azkursavollar va m asalalam i to ‘g ‘ri 
id ro k etish tip ik lik m u am m o sin in g m ohiyatini anglashgayo‘1 ochadi.
M ashhur adabiyotshunos L.Q ayum ov “Tipiklik-bosh mezon” degan asarida 
ay tish ich a, tip iklik ijodning asosiy qonuniyatlaridan biridir.
F aqat hodisalar, xarakterlar, vaziyatlaming mohiyatini ochish yo‘li bilangina 
ijtim oiy hayot yoki uning taraq q iy o tid ag i m uayyan bosqich haqida to ‘g ‘ri 
ta s a w u r hosil qilish m um kin.
A d a b iy o tn in g bosh tasvir m avzusi - inson, y ozu vchilarn ing diqqat 
m arkazida inson xarakteri, ijtim oiy tip la r turadi. Adabiyot o ‘zining m uqaddas 
b u rc h in i x arak ter va tip la rn i b ad iiy ko'rsatish yo'li bilan a d o etadi.
A gar yozuvchilar kashf etgan in so n xarakterida m illion-m illion kishilarga 
xos x ususiyatlar o ‘z ifodasini to p m ag an id a, bu x arakterlar kitobxonlam i 
h a y a jo n la n tiro lm ag a n , b ir-b irla rin i va o ‘zlarini tushunishlariga yordam - 
lash o lm ag an b o ‘la re d i.


Shu bilan birga. biz ad ab iy o td a tip ik , um um iy, m u shtarakb elgilar har 
doim o ‘ziga xoslikda, alohidalikda yuzaga chiqishini, faqat shundagina jonli 
badiiy obraz vujudga kelishini unutm asligim iz kerak. O lim la r tip n i faqat 
ko‘pchilikka xos xususiyatlar birikm asi deb tu sh u n g an “ nazariy otchilar” ga 
ta n b e h berib, tip la rd au m u m iy lik b ilan alo h id alik b irlig i q and ay boMishini 
ta ’riflagan edilar. Shoir shaxslarning h ar birida um u m iy , tip ik tom o n lar 
borligini payqadi: u turli kishilardagi xususiyatlam i y ag on a badiiy yaxlitlik 
doirasida birlashtiradi.
S hunday qilib, tipik lik m u am m o sin i badiiy ad a b iy o tn in g hayotni bilish, 
o ‘rganish sohasidagi vazifalari va im koniyatlari m asalasi bilan bog'liq holda 
idrok etganda. birinchi navbatd a, adabiy obrazlard a m u sh tarak alom atlar 
alohidalik tarzida nam oyon boMishini e ’tibordan ch etd a qoldirish kerak emas. 
B oshqacha qilib aytganda, adabiy o td a tip ik a lo m a tla r o ‘ziga xos belgilar 
orqali ifodalanadi, kishilarning tip lari esainsoniy x arak terlar vositasida hosil 
boMadi.
X arakter bu m uayyan insonga xos mijoz, did , q arash , qiliq; belgilar va 
xususiyatlam i o ‘zida m ujassam lashtirgan alohidalikd ir. Bu hol shu bilan 
izohlanadiki, inson hayotda turli-tum an munosabatlar va aloqalarga kirishganda, 
uning ongi va xulqida o ‘sha m u n o sab atlar ham da aloqalarg a m os keladigan 
to m o n la r shakllanadi.
Chinakam realistik asarlardagi ko‘plab his-tuyg‘ular. fikrlar ustidan hokimlik 
qiluvchi kuchli ehtirosli insoniy xarakterlar ko‘p qirrali boMadi. X arakterning 
ko‘p qirraliligi san ’atkorlar to m o n id a n kishilarga xos xususiyatlam i su n ’iy 
ravishda, tarqoq holda birlashtirish yoMi bilan yuzaga chiqarilm aydi. Yuqorida 
xarakterning muayyan alohidalik dan iborat ekanligi aytilgandi. H ar bir 
xarakterning alohidalikka aylanishining sababi shundaki, yozuvchilar o ‘zlarining 
asosiy e ’tiborlarini shu x arakterning barcha xususiyatlarini o ‘zaro bogMab 
turuvchi yetakchi belgisini ochib berishga qaratadilar. X arakterning yetakchi 
sifatini tasvirlash adabiy asarlarda nihoyatda katta aham iy atg a ega. Shunday 
tasvir tufayli kitobxonlar asardagi obrazlarning ijtim oiy m ohiyatini anglab 
oladilar.
Q ah ram o n xarakterida jam iyatning ilg‘o r kishi boMishga, davr bilan 
ham nafas borishga, shu yoMda faollik ko‘rsatishga intilish tuyg‘usi yetakchilik 
qiladi. Shu bilan birga, u inson baxti, o ‘z m uhabbati, m azlu m xalqlar ozodligi 
haqida ham ko‘p o ‘ylaydi, b a ’za n iztirob ham c h e k a d i, g ohida qattiq 
g ‘azablanadi. Bu xususiyatlarning hamm asi xarakterda yetakchi jihat doirasida, 
u bilan uzviy bogMiq holda aks ettiriladi.
Y ozuvchilar tasvirlanayotgan xarakterlarning y etak ch i belgilarini ochib 
b erar ekanlar, ularni bevosita yoki bilvosita ijtimoiy hay ot qonuniyatlari bilan 
aloqadorlikda ko‘rsatadilar. Buning sababi shundaki, m azk u r yetakchi belgilar


shu hayot z a m in id a tu g ‘ilgan va sh ak llan g an boMadi. Y etakchi bclg ilarn i 
ijtim oiy hay ot q o n u n iy atlari bilan b o g iiq holda ochish xarakterlarning 
umumiy, m ushtarak (omonini yuzaga chiqarishga imkon beradi. Natijada xarakter 
tipiklik kasb e ta d i. T ip la rd a m uayyan ijtim oiy g uruh, sinf, xalqqa xos 
hisoblangan x u su siy atlar m ujassam lashgan b o ‘ladi. T ip la rn in g m a ’rifiy 
aham iyati, b irin c h i navbatda, ularda ijtim oiy hayot tam oyillari qanchalik 
haqqoniy aks ettirilganligi. uning qonuniyatlari qay darajada chuqur ochilganligi 
bilan belgiianadi.
C h in ak am b adiiy asarlarda h ar b ir tip , albatta, xarakter (nuiayyan 
shaxs) boMadi, c h u n k i h ar bir obrazda m ushtarak um um iy beIgitar alohida 
tak ro rlan m as xususiyatlar tarzida yuzaga chiqadi. O 'z id a m uayyan zam o n, 
ijtim oiy-tarixiysharoit, ijtimoiy yo‘nalishlar va g'oyalarning mushtarak, um um
uchun ahamiyatli tom onlarini mujassamlashtirgan xarakterlarginatip darajasiga 
k o 'ta rila o la d i.S h u n in g uchun ham ch in ak am tip larn in g yuzaga keltirilishi 
hayot ja ra y o n la rig a ch u q u r kirib borish va voqelikni badiiy idrok etishning 
natijasidir.
Bu o ‘rinda adabiyotshunoslikda haligacha xato bir qarash. ya’ni real kishilar 
xarakteri bilan ad abiy qahram onlar xarakterini aynan bir narsa deb tushunish 
hollari uchraydi. A lbatta, har bir ch inakam yozuvchi real hayotdagi kishitam i 
o ‘rgangan h o ld a adabiy qahram onlar obrazini hosil etadi.
U ning asarlaridagi qahram onlar va obrazlarning prototiplari ham boMadi. 
Biroq yozuvchi hay otdagi kishilarning aynan o ‘zini takrorlam aydi, balki 
yangi, m uayyan darajada to ‘qib chiqarilgan xususiyatlarga ega bo‘lgan shaxslar 
qiyofasini n a m o y o n qiladi. U shaxslarda real hayotdagi kishilarga xos 
xususiyatlargina em as, balki istiqboli, taqdiri va yozuvchining ularga bergan 
bahosi, xatti-xarakatlariga m unosabati ham o ‘z aksini topadi.
A dabiyot v o q elik d am av ju d b o ‘lgan shaxs v a tip la rg a o ‘x shag an, ularn i 
tu sh u n ish g a y o rd a m b e ra d ig a n , q o ‘sh im c h a la r bilan b o y itilg an yangi 
p e rs o n a jla r va tip la r n i vujudga k eltirad i. A dab iyo td a p ay d o b o 'lg a n va 
g o ‘yo re a l h a y o tg a o lib kirilgan tip la r d a n biri s ifa tid a o ‘tg a n a srd a R os- 
siyada v u ju d g a k elgan “ o rtiq c h a o d a m la r’’ o brazin i k o ‘rsatish m u m kin. 
A lb atta, b u o b r a z la r tu rm u sh d a g i re a l, ijtim oiy, p six o lo g ik tip asosida 
bunyod e tilg a n .
A dabiyo td a p aydo b o ‘lgan tip ik x a rak terla m i tahlil qilganda, m asalaning 
ikki to m o n in i hisobga olish zarur. B irinchidan, o ‘sha personajda hayotning 
qaysi to m o n i u m u m lashtirilganini, tipiklashtirilganini, shu um um lashtirish 
tufayli k ito b x o n ongi q anday tu rm u sh haqiqati bilan boyiganligini aniqlab 
olish lozim. Ikkinchidan, m azkur um um lashm a qanday badiiy tasvir vositalari 
yordam ida yuzaga keltirilganligini bilib olish zarur, chunki adabiy xarakterlar 
bir-biridan faqatgina ularda ifodalangan hayotiy mazm unga k o'ra em as, balki


ularni shakllantirish ishiga xizm at qilgan aks ettirish usullariga k o kra h am
farqlanadi.
T ip ik u m um lashm alar o‘z xarakteriga k o ‘ra turli-tu m an b o ‘lishi m u m - 
kin. Ba’zan yozuvchilar kishilar o rasida yaqqol ajralib turadigan fav q u lo d d a 
shaxslarni tasvirlaydilar. Bunga ad a b iy o tim izg a kirgan M uqan na, N avoiy, 
Ulug‘bek, Tem ur obrazlari yorqin misol b o ‘la oiadi. Mazkur obrazlarda hayotda 
chin d an ham m avjud bo‘lgan tarixiy sh ax slar siymosi chizilganligi sababli 
ular tip ik ah am iy atg aeg aem asd ek k o ‘rinishi m um kin. Aslida u n d a y em as.
Ayrim obrazlarda favqulodda ahamiyatga ega bo‘lgan, lekin inson mohiyatining 
asosiy, m uayyan, tarixiy xususiyatlari unium lashtiriladi. B unday o b ra z la r 
bilan tanishish natijasida biz kishilaming turm ush tajribasi jarayonida shakllangan 
turli-tum an xususiyatlarini ham, turli ijtim oiy sharoitlardagi odam lar taqd irin i 
ham tasaw u r eta olamiz.
Adabiyotda ijtimoiy sinf va guruhlam ing m uayyan ilg‘o r g^oyalarini o ‘zida 
m ujassam lashtirgan, k o 'p in ch a y an g iJik u ch u n kurashadigan tip ik p e rs o n a j 
ham bo‘ladi.
Y ozuvchining subyektiv qarashlari ijobiy q ah ram o n larn in g o b y e k tiv
m ohiyatiga m os kelishi mumkin.
Bunday hoi yozuvchining ijtimoiy hayot qonuniyatlarini to ‘g ‘ri tu sh u n ish
darajasiga, eskilik bilan yangilik orasidagi q arash d a qanday nuqtayi n a z a rd a
turishiga bog‘liq.
0 ‘zbek m um toz adabiyotida ijobiy q ah ram o n lar ko‘pincha ro m an tik, ideal 
qahram onlar sifatida ko'rsatilgan. Alisher Navoiyning “Xamsa” sidagi F arh o d
va Shirin, Layli va Majnun hamda Iskandarlar xuddi shunday ideal q ahram on lar 
b o lib , shoir ularni o ‘ta qudratli, h a rto m o n la m a mukiimmal, h a tto g ‘ayritabiiy 
fazilatlar cgasi qilib ko‘rsatish yo‘li bilan o ‘z davrining ayrim m asalalariga 
ishora qilgandek b o ‘!adi. U go‘yo ideal q a h ra m o n la r obrazi vositasid a o ‘z 
zam onasida adolatli podsho zarurligini, h a r to m o n la m a g o ‘zal, b a rk a m o l 
kishilar yetishib chiqishi lozimligini a lo h id a t a ’kidlaydi. Alisher N a v o iy ijod 
etgan ideal, orzu asosidagi qahram onlar o b ra zi, bilan tarixiy vaziyat o ra sid a 
ham m a’lum darajada bogMiqlik mavjud. U m u m an , ideal qahram onlar o brazi, 
asosan, yozuvchilarning yuksak m ukam m allik haqidagi tasaw u rlari-id ea lla ri 
asosida vujudga kelgan.
Ideallik rom antizm ijodiy m etodi bilan alo q ad o r va u bunday o b ra zlam in g
aybi em as, balki fazilatidir.
ijobiy q a h ra m o n ti pining obyektiv x a ra k te rin i to ‘g ‘ri tu sh u n ish lozim . 
C hinakam realist sa n ’a tk o rto 'q ib c h iq arilg a n idealni em as, balki m u a y y a n
ijtim oiy guru h d ag i kishilarning h a q iq a ta n h am m avjud b o ‘lgan m u h im
belgilarini k o ‘rsatadi. Q ah ram o n larn i h a y o td a n , real kishilar m u h itid a n
ajratib, b o sh q ac h a qilib tasvirlash n a tija s id a , kitob xo nn i h a y a jo n la n tira


o lm a y d ig a n jo n li p e rso n a jla r o ‘rniga qandaydir m av hu m o b ra zlar vujudga 
keladi.
A yon b o ‘ladiki, ijobiy q a h ra m o n to ‘qib chiqarilgan ideal personaj em as, 
b a lk i m uayyan kishilar g u ru h íg a xos boMgan m u him ijobiy belgilarning, 
sifatlarn in g tip ik u m u m la sh m a s id ir.K o ‘p asrlikadabiyot tajribasi shundan 
guvohlik beradi.
S atiriktipiklashtirish tam o y illa ri asosida ijod et ilgan o b razlar h am k atta 
m a ’rifiy-tarbiyaviy ahm iyatga ega b o iad i.
M uayyan ijtim oiy illatn i, kulgili tarzda fosh qiluvchi adabiy asar satira 
(hajviya)dir. Satiraning yorqin nam unalari sitatida M axm urning “ H apalak” , 
M uqim iyning “T a n o b c h ila r” , H am zaning “ M a y sa ra n in g ishi” , Abdulla 
Q a h h o rn in g “T obutdan to v u sh ” singari asarlarini ko‘rsatish m um kin.
S atirik tip ik lash tirish u su lla rin i, tartiblarini ch eg aralab b o ‘lm ayd i.U lar 
rang-barangdir.Shundaybo‘lsa-da, ular orasidagiperbola(mubolag‘a) vagrotesk 
(h a d d a n tashqari b o ‘rttirish ), y o ‘qotishga intilish tu y g ‘usi kuchliligini qayd 
q ilib o ‘tish lozim.
R ealizm qonunlari aso san u ch ta: biri - haqqoniylik; ikkinchisi - tipik
x arak terlarn i ko ‘rsatish; u c h in c h isi - tip iksharoitd a tasvirlash.T ipiksharoit 
d e g a n d a , h a r q a n d a y ijtim o iy sh a ro it e m a s, b a lk i u la rd a n ja m iy a t 
taraqqiyotining yetakchi tam oyillari namoyon boMadiganlari tushuniladi.
A dabiyotdagi tip ik la s h tiris h n in g m a’rifiy ah a m iy a ti b ilan tarbiyaviy 
ah am iy ati o ‘zaro uzviy bo g ‘liqdir. Yozuvchilar hayotda chin dan ham mavjud 
b o ‘lgan n arsa-h o d isalam i o ‘z qarashlari, estetik ideallari nuqtayi nazaridan 
k o ‘rsatar ekanlar, kishilar o n gid a turli vaziyatlar, holatlar, voqealarga nisbatan 
t o ‘g ‘ri m unosabatning shaktlanishigayordam lashadilar. K itobxonlar tip ia r 
o rq a li ijtim oiy hayot q o n u n iy a tla rin i yaxshiroq anglab oladilar.


IK K IN C H I BO*LIM
ADABIY ASAR 
I bob
ADABIY ASAR Y A X L IT L IG I. M AVZU VA G ‘OYA
B a r bir adabiy asar o ‘zida h ay o tn in g yaxlit, bir b u tu n m an za rasin i 
gavdalantiradi (epik va dram atik asarlar) yoki qandaydir yaxlit, m u ayy an, 
oniy his-tuyg‘uni ifodalaydi (lirikasarlar). Shutting uchun ham , badiiy asarni 
o ‘ziga xos, cheklangan bir olam d eb atash m um kin. H a tto ad a b iy o tn in g
“ lliada” , “ X am sa” , “ Urush va tin ch lik ” singari eng buyuk n am u n ala ri ham
m a'lum chegaraga ega. Ularda bizning ko‘z o ‘ngimizda u yoki bu ham da xuddi 
shu bosqichni tasvirlovchi voqealar va kishilar ko'rsatiladi.
A dabiy asa rn in g bir butunligi, b irin c h i navbatda, u n d a ifo d ala n g an
mazm un bilan belgilanadi. Epik va dram atik asarlarda ham m a narsa u lard a aks 
etgan ziddiyattar, vaziyatlar, kishilar xarak teri va xatti-harakatlariga b o g ‘liq 
bo‘!adi. Lirik asarlarda esa ham m a narsa u lard a ifodalangan kechin m alarg a 
aloqador.
Gcgel badiiy asar m azmunining bu to m o n in i quyidagi tarzda tushuntirgan: 
“ D ram ada qandaydir xatti-harakat m azm uniylik vazifasini bajaradi; d ra m a bu 
harakatning qanday sodir b o lg an lig in i k o ‘rsatishi kerak. Lekin kishilar ju a a
ko‘p ish qiladilar, o 'z a ro gaplashadilar, boshqa vaqtda esa ovqat yeydilar, 
uxlaydilar, kiyinadilar, qandaydir so 'z la rn i aytadilar va h.k. Biroq kishilam ing 
m azkur ishlaridan dram aning haqiqiy m azm u n in i tashkil etu v ch i x atti- 
harakatlarga aloqador bolm aganlari asarga kirishi kerak em as, sh u n d ay qilib, 
dram aga kirgan h ech bir narsa m azkur x atti-harakatga alo q ad o r b o ‘lm asligi 
m um kin em as. X uddi shuningdek, m azk u r xatti-harakatning bir holatinig ina 
qam rab oluvchi ko‘rinishga tashqi dunyodagi m urakkab tom onlarga a lo q ad o r 
b o 'lg a n , lekin bu holatning o 'z id a o ‘sh a x a tti-h a ra k a t b ilan m u tla q o
bog'lanm aydigan va uni chuqurroq k o ‘rsatishga xizm at qilm aydigan k o ‘plab 
vaziyatlar, shaxslar, holatlarni h am d a bo shqa h ar xil voq ealarn i kiritish 
m um kin edi. Am m o o'ziga xoslilik talabiga ko‘ra san’at asariga faqat m uayyan 
m azm unga... alo qador narsalarnigina kiritish lozim , chunki u n d a h e c h bir 
ortiqchalik bo'lishi m umkin em as” .
Bu yerda m uallifning asarda aks etg a n asosiy g'oyaviy m aqsadi bilan
tayinlanadigan va o ‘zaro bog'liq hodisa, m anzara, vaziyat, shaxs, his-tuyg‘ular


h a m d a fikrlarning m urakkab ta rz d a uzviy birikib ketishi sit'atida nam oyon 
b o ‘ladigan ichki m ukam allik va b u tu n lik ko‘zda tutiladi. U ni aniq tasavvur 
q ilm a y va uni tashkil etuvchi o ‘zaro bogMiq unsurlarni bilm ay tu rib , badiiy 
a sa rla m i to ‘g lri tushunish qiyin. A dabiyotni o ‘rganuvchi h ar b ir odam badiiy 
asa rlam i o ‘qish davom ida uning asosiy mazmunini anglab borishi, mohiyatiga 
c h u q u r kira olishi va baholashi m um kin. Masalan, kitobxon Abdulla Qahhorning 
“ M u h ab b a t” qissasini o 'q ir ekan, unda o ‘ziga go'yo anchadan beri m a’lumdek 
tu y u lg an m asalani, fikrni y an g ich a o"qiganaek, yangicha his qilgandek va 
tu sh u n g a n d c k b o ‘ladi. U qissani tu g atar ekan, kishilar orasidagi eng oliy 
m u n o sa b a tla rd a n biri b o ‘lm ish m uhabbat to ‘g‘risida c h u q u r o ‘yga toladi: 
“ C h in ak am insoniy m uhabbat g ‘oyat qudrntli kuchdir, u h a r qanday to ‘siqni 
y engib o ‘tishga qodir, jism o n iy nuqsonlar ham , m ulkiy tafov utlar ham , 
chirigan taom illar, urf-odatlar ham haqiqiy muhabbat yoMida g‘ov boMoImaydi, 
u n d a y m u habbat u ch u n k u ra sh m o q kerak” degan xulosaga keladi. Am m o 
yozuvchi asardagi bu asosiy fikrni quru q so‘zlar bilan b ayo n ctm aydi, balki 
qissaning b u tu n badiiy to ‘q im asi orqali ro‘yobga chiqaradi. Asardagi asosiy 
fikr, avvalo, kishilar obrazlari orqali yuzaga keladi. U larn ing fe'i-atvorlari 
m oh iy ati, dunyoqarashi ruhiy olam i, xatti-harakatlari, o ‘zaro m unosabatlari 
va m uallifning ularga b o ‘lgan m uom alasi, m uhabbat m asalasiga turlicha 
yondashishi, m uam m oning to m m a ’nosi va kishilar ham da jam iyat hayotidagi 
o ‘rni yaqqol nam oyon b o ‘ladi. Ju m lad an , qissaning m arkaziy qahram onlari 
boMmish Anvar, Muhayyo ko‘z o ‘ngimizda chinakam insoniy m uhabbat egalari 
qiyofasida ko‘rinadilar. “ M en yaxshi ko‘rish nim a ekanini halibilm aym an, — 
d e y d i A nvar, - lekin M u hayyoga, M uhayyo d eg an insonga ju d a-ju d a 
m u h to jm an . A garshu m u habbat b o ‘lsa, muhabbat chaqm oqqa em as, odam ga 
o ‘xshaydi: tu g ‘ilganida bir p a rc h a g o ‘sht bo‘ladi, keyin k o ‘zini ochadi, keyin 
y u z id a kuldirgich paydo b o ‘lib jilm ayadi, keyin til chiqarib, h a r kuni yangi 
b ir g ap ay ta d i” . Y o zu v ch in in g A nvar obrazi va u n in g b o sh q alar bilan 
m u n o sab ati orqali m u h ab b atn in g ana shu bosqichlarini, y a’ni m uhabbatning 
in so n qalb id a tu g ‘ilishini, b u tu n vujudini qoplashini, keyin faol harakatga, 
kurashga undashini kuzatib b orishni o ‘z oldiga m aqsad qilib q o ‘ygan va unga 
erishgan. Anvar qalbida m uhabbat ilk bor, uning hayotidagi eng og‘ir damlaming 
b irid a , y a ’ni otasini q ab risto n g a q o ‘yish vaqtida ju d a tabiiy ravishda kurtak 
yozadi. U o ‘ziga suv tutib, “ M ard boling, Anvaijon” degan qizning munosabatida 
u lk a n insoniy sam im iyat sez ad i va shu samimiyligi, ch in ak am odam iyligi 
u c h u n M uhayyoni sevib q o la d i, u ning bir b o rtu rm u s h q urganin i e'tibo rga 
h a m olm aydi; M uhayyoga b o ‘lgan hissini olijanoblik deb em as, balki haqiqiy 
m u h a b b a t deb hisoblaydi, o ‘z sevgisi bilan faxrlanadi va buni hech kim dan 
yashirm aydi. M arg‘ubaning: “ N im a, M uhayyoda oy k o‘rganm isan?” degan 
savoliga dadillik bilan: “ Ha, m en Muhayyoda oy ko‘iganman! Dadam olam dan


o ‘tib, dunyo ko'ziinga qorong‘i bo'lganda Muhayyoda oltob ko'rganm an” — deb 
javob beradi. Anvar o*z m uhabbatini so‘zdagina him oya qilm aydi, balki uning 
tantanasi uchun kurashadi: m uhabbal tufayli boshiga tu shg an qiyinchiliklarga 
dosh beradi, m oddiy m ashaqqatlarni yeiigish uchun m eh n al qiladi.
Shu tariqa Anvar qalbida tug'ilgan m uhabbatni anglash tuyg'usi, u haqdagi 
ehtirosli, dadil so‘zlari va sevgi tan tan a si yo‘lidagi kurashlari o z a r o b o g la n ib
ketadi. Lekin Anvarning xatti-harakatlari asarda muallaq holda berilniaydi, balki 
qator shaxslar, xususan, M uhayyo, M arg‘uba va boshqalar bilan m unosabatda 
yuzaga chiqariladi. Ulaming barcha ishlari, liarakallari, kurashlari o*zaro boglanadi.
0 ‘zining insoniy q adr-qim m ati, m uhabbati uchun kurashchanlik tuyg‘usi 
M uhayyo xarakteriga ham xosdir. O nasining tili bilan ay tg an d a , o ‘ziga “ it 
tek k an ’Migi, ilksevgisi Salim to m o n id a n oyoqosti qilinganligi tufayli dastlab 
Muhayyoning Anvarga bo‘lgan m uhabbati uchun kurashishi ancha qiyin b oiadi, 
a m m o u b o ra-bora o ‘zining tu rm u s h qurganligi m u h ab b ati yoMida g'ov 
boiolm asligini, insoniy g‘ururini poym ol qilolmasligini anglaydi va ochiqdan- 
ochiq Anvar bilan yurishdan, u haqda qayg‘urishdan, d a sh n o m -u ta ’nalardan 
o ‘zining m uqaddas tuyg‘usini m uho faza qilishdan hayiqm aydi. L) hatto 
Anvarning tushkunlik ohangida aytgan tog‘-u toshlarga bosh olib ketish haqidagi 
gapini eshitib: “ M eni tashlab, n o m a rd senga yo‘l boMsin!” deyish darajasiga 
ko‘tariladi. Muallif kitobxonni M uhayyo xarakteridagi m azkur o lzgarishga qat’iy 
dalillash y o li bilan ishontiradi.
Agar yuqoridagi ikki x arak ter rivoji va ikki sevuvchi q a lb qovushishining 
o ‘zi bilan asar tugaganda edi. m u h ab b at m uam m osi j o ‘n hal qilingan, hayot 
bir yoqlama aks ettirilgan va qissa zerikarli chiqqan bo‘lur edi. Mualli(‘markaziy 
q ahram on larning m uhabbat u c h u n olib borgan k u rash ini k o ‘rsatar ekan, 
buni jn d a yaxshi tushungani sababli shu kurashning zam rligini ham m antiqiy 
ravishda asoslaydi: sevgiga nisbatan eski, chirigan, m an fiy m uno sabatning 
hanuz mavjudligi hayotda m uhabbat uchun kurashni m u q a rra r qilib q o kyadi. 
Yozuvchi m uhabbat m uam m osiga nisbatan yangi va eski, m anfiy qarashlar 
ham da ularni tashuvchi shaxslar o'rtasidagi ziddiyatni, to*qnashuvlam i asaming 
bosh konflikli sifatida taqdim e ta d i, uni ch u q u r m an tiq aso sid a aks ettirish 
orqali esa qissa voqealarining haqiqiyligiga, keskinlik va hayajon bilan ruhlanishiga 
erishadi. Qissada muhabbat masalasiga eskicha, salbiy m unosabatda b o ‘luvchi 
shaxslar sifatida M uborak. M arg‘u ba va Javlon ishtirok etad i. M uhabbat 
m uam m osiga m anfiy, eskicha m u n o sab at m azkur p erso n ajla r xarakterining 
um um iy tom oni va salbiy harakatlarini vujudga keltirgan ildizlardan biri bo ‘lsa- 
da, ularning h arb iri o ‘ziga xos h o ld a yuzaga chiqadi. C h u n o n c h i, M uborak 
ongida “ turm ush qurgan ayolning uylanm agan yigitga tegishi aslo m um kin 
ernas” degan eski tushuncha qattiq o ‘rnashib qolgan. Shu tush un cha tabiatan 
sofdil, yum shoq ko‘ngil M uborakning uyidan Anvarni quvishga, M uhayyoga


ozor berishga m ajbur etadi; adolatli, sofdil, m chribon onasifatida ko ‘rsatilgan 
M uborak xarakteridagi keyingi oV.garishlarga, ya’ni uning yoshlar muhabbatiga 
qarshilik k o 'rsa tm a y q o ‘yganiga, aksincha, ularga ko‘maklashganiga ishonadi. 
Javlon esa m aslaksiz, ichkilikdan b o sh ko‘tarm ay di, boylikka m ukkasidan 
ketgan, x o tin in in g chizig‘idan chiqm ay digan, axloqan buzuq b ir kimsa 
boMganligi tufayli, chin m uhabbat egalariga qarshi b e’m ani harakatlar qiladi, 
pastkashlikdan toym aydi.
M aig‘uba M uborakdan ham , Javlondan ham keskin farq qiladi. Muhabbatga 
n isb atan n o t o ‘g ‘ri m u n o sab at, y a ’ni uylanm agan yigitning ju v o n bilan
turm ush q u rish i, u n i sevishi m um kin em asligi haqidagi tu shu nch a M aig 'u b a 
ongiga M u b o ra k xarakteridagi kabi singm agan, aks holda u besh m arta erga 
tegm agan boM ardi. Bu aslida M arg 'u b ag a Anvar bilan M uhayyo o ‘rtasidagi 
m uhab batni to p ta sh d a b irb a h o n a , xolos. M aig'ubadagi A nvar m uhabbatini 
toptashga intilishning asl sababi bu ayolning boylikka, m ol-dunyoga o'chligidir. 
U M u ro d alid an qolgan boylikni qoMdan chiqarm aslik niyatida, qanday qilib 
boMsa-da, A nv am i M uhayyodan ajratish va o ‘gay qizi M uattarga uylantirishga 
tirishadi, bu b o ra d a pastkashlikdan h a m , razillikdan ham qaytm aydi.
Y ozuvchi yuqoridagi salbiy shaxslam ing va ular xarakteridagi m uhabbatga 
nisbatan b o ‘lgan n o to ‘g ‘ri m un osabatning mavjud ekanligi oqibatlarini ham
o c h ib b e ra d i. A g a r M u b o ra k x arak terid ag i nuqson eski tu sh u n c h a la rn in g
nisbiy y a sh o v c h a n lig i b ila n b e lg ila n sa , Jav lon x arak terin in g m oh iy ati 
n o m u k am m al tarb iyaning m ahsulidir. M arg‘ubaning xarakteri, hayot tarzi, 
xatti-h arak atlari, “taqdirning q o ‘lida o ‘yinchoq” b o ‘lib qolishi yuqorida tilga 
olingan ikki sab ab d an tashqari, katta ijtim oiy illat, ya’ni la ’nati urushga ham
aloqador.
M uhabbatga n o to ‘g‘ri m unosabat va bu noto‘g‘ri fikrlami tashuvchilar bilan 
tanishgan kitobxon qonuniy ravishda “ ulam ing jam iyatim izda tu tg a n o ‘rni va 
'istiqboli q a n d a y ? ” degan savolni b erad i. Yozuvchi esa c h u q u r badiiy tahlil 
orqali m u h a b b a tg a nisbatan salbiy qarash va uning sabablari qanchalik 
yashovchan, qanchalik kuchli boMmasin, oqibatda magMubiyatga m ahkum dir, 
deb javob qaytaradi. M azkur m agiubiyatning boisi, muallifning ko‘rsatishicha, 
z a m o n la rn in g o ‘zgarganligi, m u h ab b atn i him oya qiluvchi yangi kuchlar, 
m anbalar borligidir. Qissadagi H akim jon, M uattar, Rahimjon, N aim jon singari 
personajlar o ‘sha kuchning ifodachilari qiyofasida ishtirok etadilar. Bu personajlar 
xarakterining um um iy tom oni shundaki, ular muhabbat muammosiga yangicha 
yondashadilar, eski tushunchalarga, taomillarga zarba berishga intiladilar, Anvar 
va M uhayyo m uhabbatining g‘alabasi yo'lida faollik ko‘rsatadilar. Jum ladan, 
Hakim jon o ‘zining awalgi xotiniga, ya’ni Marg‘ubaga keskinroq harakat qilishga 
q iynaladi, lek in inson va uning m u h ab b ati m ohiyatini t o ‘g ‘ri tushungani 
u c h u n A nvar bilan M uhayyoning sevgisini q o ila b -q u w a tla m a y turolm aydi.


M ana, H akim jonning fikrlash tarzini k o'rsatuvchi b ir misol: “Qiz olm agan 
yigit, yigitga legm agan qiz... Nainki inson insonga faqat shu ko‘z bilan qarasa? 
Qiz, yigit... lnsonning o ‘zi qayoqda qoldi?”
M uattarning ham A nvar bilan M uhayyo m u h ab b atin i yoqlab h arak at 
qilishi ancha qiyin, ch unki sevgi yoMidagi asosiy g ‘o vlardan biri b o ‘lm ish 
M aig'uba uning o'gay onasiüir. Am mo M uattar yangicha tarbiyalangan, ilg 'o r 
flkrli qiz bo'lgani sababli so f m uhabbatning g'alabasí uchu n kurashdek adolatli 
ishdan chetda qoloim aydi, katta boylikni rad etib , hiyla ishlatib b o ‘lsa-d a, 
M aig‘ubaga qarshi chora ko‘radi.
M u a llif m u h a b b a t m u a m m o s in i, p e r s o n a jla r n in g u n g a b o ‘lg a n
m unosabatini tahlil e ta r ek an , im kon b o rich a , c h e td a tu rib , xolis hikoya 
qilishga intiladi, lekin shu bilan birga o ‘zining ularg a b o 'lg a n m unosabatini 
ham yashirm aydi. C h u n o n c h i, yozuvchi m u h a b b a t m asalasiga yangicha 
qarovchi shaxslar obrazini iliq samimiyat bilan tasvirlasa, salbiy personajlaiga 
o ‘z m unosabalini “ y o su m an ” (M a rg u b a ), “ ko‘k p a sh sh a ” (Javlon) singari 
m uvaffaqiyatli o ‘xshatishlar, zaharxandali kulgi va b o sh q a vositalar orqali 
bildiradi. S hun day qilib, yozuvchi qissada hayotiy, jo z ib a d o r x arakterlarni 
vujudga keitirish, ularni o ‘ziga xos tarzda tasvirlash, dunyoqarashiga, ruhiy 
olam iga kirib borish, m antiqli, dalillangan d ra m a tik su jetn i bunyod qilish, 
m uhim sujet unsurlaridan hisoblanuvchi ziddiyat tasviriga jiddiy e ’tibor berish, 
tanlagan mavzusiga, qahram onlariga nisbatan b o ‘lgan o ‘z m unosabatini aks 
ettirish , tu rm u sh n i b u tu n asar davom ida rcalistik k o ‘rsatish u slu bidan
foydalanish va yorqin m anzaralar yordam ida hayotiy jarayo nn i yaxlit qam rab 
olishga intilgan h am d a boshqa vositalar o rq a li eng m uq add as insoniy 
tuyg'u lard an biri b o ‘lm ish m uhabbat m uam m osini ch u q u r estetik tah lild an
o 'tkazgan, o ‘zining nihoyatda m uhim g‘oyasini ob razli, haqqoniy, kitobxon 
qalbiga yetib borad ig an , ongini, aqliy saviyasini b o y itad ig an tarzda in ’ikos 
ett irgan.
Abdulla Q ahhor qissasidagi barcha hodisalar, shaxslar va holatlarni o ‘zaro 
biriktirib turuvchi ijtimoiy-axloqiy pafosni anglash ham da chuqur his etishgina 
u n d a o 'z a ro chatishib ketgan fikrlar m ohiyatini, u la r o ‘rtasidagi alo q an i 
to ‘g‘ri tushunishga yo‘l ochadi.
A dabiyotning h ar bir nodir nam unasi o 'z ig a xos m azm u ng a va uní ifoda 
etuvchi go‘zal shaklga ega b o lg a n , takrorlanm as badiiylik olam iga o ‘xshaydi. 
U ndagi h ar b ir so ‘z va h ar b ir obraz o 'z a ro birlashib ketgan va yagona 
yaxlitlikning ajralm as qism lariga aylangan b o ia d i. Y axlitlikning buzilishi, 
nim adir yetishmasligi yoki nim aningdir ortiqchaligi, fikrlar zanjirining uzilishi 
badiiy asar qiym atini tushiradi, h atto bu tunlay k eraksiz qilib q o ‘yadi.
Yaxlitlik badiiylik, s a n ’at va adabiyot asarlarining fazilatigina em as, balki 
ular m avjudligining za ru r shartidir.


Adabiy asa rn in g yaxliUigini, badiiy m ukam m alligini yuzaga kellirishda, 
g‘oyasini ochishda uning barcha unsurlari — qahram onlari obrazi ham , sujet va 
kompozitsiyasi h am , tasviriy vositalari ham o ‘zaro birikib ketgan holda ishtirok 
etadi. Faqat idrok etishda osonlik tug‘dirish uchun ulami alohida-alohida o'rganish 
mumkin.
Q adim z a m o n la rd a “ adabiy asar yaxlitligi undagi bosh q ahram o nn in g 
yagonaligi bilan b e lg ila n a d i” degan fikr keng tarqalgan edi. Lekin A ristotel 
o ‘sha z a m o n la rd a y o q , G e rk u les h aq idagi h ik o y alar b itta q ah ram o n g a 
bag'ishlangani bilan tu rli-tu m a n asarlar ekanini, ju d a ko‘p qahram onlaiga ega 
bo'lgan “ Iliada” esa y a g o n a , tugal birasarligini aytib, yuqoridagi fikr xatoligini 
isbotlagan edi.
Aristotel fikrlarining haqqoniyligiga yangi davr adabiyoti materiali misolida 
ham iqror boMish m u m k in . M asalan, O ybekning “ Navoiy” rom anid a h am , 
L.G . B atning “ H a y o t b o ‘sto n i” povestida ham , Uyg‘un va Izzat Sultonning 
“Alisher Navoiy” d ram asid a ham Navoiy obrazi mavjud. Shunday b o ‘lsa-da, 
b ular m u tlaq o b irlash ib ketm agan, balki alo h id a-alo h id a asarlar b o ‘lib 
qolaveradi.
Adabiy asa rn in g yaxlitligi, bir butunligi, yuqorida k o ‘rganim izdek, bir 
n echta asarda y ag o n a q ah ram o n mavjudligi bilan em as, balki q o ‘yilgan 
m uam m oning va ilgari surilgan g‘oyaning yagonaligi bilan belgilanadi.
“ M avzu” (yoki “te m a ”) atam asi hozirga q a d a r ikki m a ’n o d a q o 'llan ilib
kelinadi. Ba’z ila r m avzu deganda, asarda tasvirlash uch un tan lab olingan 
hayot m aterialini tushunadilar. Boshqalar esa asarda ko‘tarilgan asosiy ijtimoiy 
m uam m oni m avzu d e b hisoblaydilar. Birinchi xildagi qarash nuqtayi nazaridan 
yondashilsa, 0 ‘rta O siyo xalqlarining arab bosqinchilariga qarshi olib borgan 
kurashi H am id O lim jonning “ M u q an n a” pyesasining mavzusi hisoblanadi. 
Ikkinchi xil q arashg a k o ‘ra esa, arablar istilosidan keyin 0 ‘rta Osiyo xalqlari 
taqdiri qanday b o ‘lganligi m uam m osi bu asarning mavzusini tashkil qiladi.
G a rch an d , b irin ch i xildagi nuqtayi nazarni b utu nlay inkor etish m um kin 
b o ‘lm asa-da, ik k in ch i xildagi qarash haqqoniyroq tuyuladi. Bunday qarash, 
aw alo, tushunchalam ing aralashtirib, qorishtirib yuborilishiga yo‘l qo ‘ymaydi. 
Mavzu deganda, hayotiy m aterialni tushunish asarda tasvirlangan m anbalam i 
tahlil qilishga y o ‘l o ch a d i. Ikkinchidan, m avzuni asarning asosiy m uam m osi 
sifatida tushunish u n in g a s a rg ‘oyasigacham barchas bog‘liqligini ta'k id etadi.
B a’zi m av zu n in g m u am m o bilan bog‘liqligi asar sarlavhasining o ‘zida 
ta 'k id la b o 'tila d i. F ikrim iznin g dalili sifatida o ‘zbek adabiyotidagi “0 ‘tg an
k u n la r” , “ S a r o b ” sin g ari asarlarni eslash m u m k in . G a rc h a n d , b arch a 
sarlavhalarda ko‘tarilgan muam m olar o ‘z aksini topavermasa-da (“ Qutlug‘ qon” , 
“ N avoiy” , “Q o ‘s h c h in o r ch iro q lari” kabi), chinakam adabiy asarlarning 
ham m asida h a y o td a g i m uhim m asalalar qalam g a olinadi, ulam i hal qilish


y o llari qidiríladi. Masalan, Abdulla Q ahhor badiiy asarda xalqning "till uchida 
turgan gaplarni” aytishga harakat qilgan.
D em ak, adabiy asam i bu holda mufassal tahlii qilish yo ‘li bilangina uning 
mavzusini ravshan anglab olish mumkin. Asarda aks ettirilgan hayot manzarasini 
atroflicha anglab olm ay turib, undagi mavzuni b u tu n m urakkabligi va aniqligi 
bilan, ya'ni asosiy m uam m oga b o g ian u v ch i ko‘plab m asalalar bilan birlikda 
tasavvur qilish m um kin em as.
Shunga ko‘ra, m avzuni asam ing birjoyidan yoki b ir necha boblaridangina 
qidirib topish, ayrim iboralardan keltiribchiqarish to ‘g ‘ri bo'lm aydi. M avzuni 
asarning b u tu n m atn id an , m azm unidan va uni ifodalashga xizmat qiluvchi 
shaklidan keltirib chiqarish m um kin.
S hunday qilib, yozuvchi to m o n id a n asarda k o ‘tarilg an va ko‘p qirrali 
m azm unni yagona yaxlitlik holiga keltirib turadigan asosiy m uam m o-m avzu 
(yoki tem a) deb ataladi.
V ozuvchilar badiiy asarda m uayyan hayotiy m u am m o la rn i k o 'tarish
b ilangina cheklanm aydilar, balki u larning hal q ilin ish i yoMlarini ham
ko‘rsatadilar. Buning uchun u lar tasvirlanayotgan narsa-h o d isalarn i o ‘zlari 
tasdiqlayotgan ideallar bilan qiyoslaydilar. Q iyoslash natijasida m uayyan b ir 
fikmi ilgari suradilar. Shunga ko‘ra adabiy asarda h a rd o im yozuvchining muhim 
fikri, g'oyasi, niyati b o ‘ladi.
Adabiy asarning g ‘oyasi xuddi mavzusi sin g an u n in g boy m azm unidan 
kelib chiqadi. C h in ak am badiiy asarlarda har b ir vo qea, h ar bir shaxs va 
h a tto eng kichik tafsilot ham g'oy an in g ifodalanishiga xizm at qiladi. Shunga 
b in o an asar g ‘oyasini to ‘g ‘ri tu shunm oq uchun u n d a aks ettirilgan ham m a 
narsani chuq ur idrok qilish zarur b o ‘ladi. S hunday qilinm asa, g‘oya haqidagi 
tasavvur nihoyatda m avhum va yuzaki bo'ladi.
Y ozuvchi asarda ilgari surgan asosiy g‘oya ley tm o tiv d e b ataladi. Asosiy 
g ‘oya, aytganim izdek, asam ing butun badiiy to ‘qim asid an kelib chiqadi. Shu 
sababli, har bir obraz, h a r bir tafsilot muayyan g ‘oyaviy vazifani bajaradi. 
H a r bir obraz o d atd a yozuvchi g ‘oyaviy m aqsad in in g m uayyan to m o n in i 
o ‘zida mujassamlashtirgan bo‘ladi. Abdulla Q ahhom ing “ M uhabbat” qissasidagi 
g ‘oyaviy m aqsadni to ‘liq tasavvur qilm oq uchu n asardag i h ar bir shaxsning, 
voqea va m anzaraning qanday g ‘oyaviy vazifani bajarish in i tushunib olm oq 
zarur. Demak, adabiy asam ing butun m azm unidan, badiiy to ‘qimasidan kelib 
chiqadigan fikr uning g ‘oyasi d eb ataladi.
Adabiyotshunoslikda g ‘oya m uallifbayon etgan, tasdiqlagan fikrlardangina 
iborat degan xato q arashlar keng tarqalgan. B u n d ay q arash lar asam i bir 
yoqlam a talqin etishga va m azm unini soxtalashtirishga olib keladi.
Bundan tashqari, ayrim asarlarda faqatgina tanqidiy g ‘oyalar ifodalanganligini 
ham unutmaslik kerak. U lar qatoriga 

Download 6,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish