Aerodromlarda sun’iy qoplamalar turlari va vazifalari


Aerodromlarni qayta qurishda mavjud bikr qoplamalarni kuchaytirish



Download 43,19 Kb.
bet7/7
Sana21.01.2022
Hajmi43,19 Kb.
#394707
1   2   3   4   5   6   7
Aerodromlarni qayta qurishda mavjud bikr qoplamalarni kuchaytirish.

Mavjud qoplamalarni kuchaytirish quyidagi sabablar bilan taqozo etiladi: qoplamalarning yuk ko‘tarish qobiliyatini oshirish zarurati; qoplamada HK larini xavfsiz ishlatish uchun yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan va joriy ta’mir bilan tuzatib bo‘lmaydigan nuqsonlar (o‘yiqlar, yuqori qatlamning ko‘p emirilishi) borligi. Qoplamani kuchaytirish usuli me’yoriy yuklama va mavjud qoplamaning holatiga qarab aniqlanadi. Mavjud qoplamalarning emirilish toifasi 16.11 – jadvalga qarab aniqlanadi.

Qoplamani kuchaytirishdan oldin asosni tuzatib, emirilgan qoplamani, qumsement aralashmali, mayda zarrali yoki qum betonli tekislovchi qatlamni tiklash kerak; bular 2 sm dan ortiq notekisliklarda bajariladi. Agar asos suv oqish va drenaj tizimining qoniqarsiz ishi tufayli emirilgan bo‘lsa, ularni tiklash lozim.

Kuchaytiruvchi qatlam uchun beton, armobeton, temirbeton, oldindan kuchlantirilgan yig‘ma plitalar , asfaltbeton. Monolit beton va armobeton qoplamalarni xuddi shunday betonlar bilan va temirbeton, oldindan kuchlantirilgan yig‘ma temirbeton yoki asfaltbeton bilan kuchaytiriladi.

Monolit temirbeton qoplamalar odatda, monolit temirbeton yoki asfaltbeton bilan kuchaytiriladi. Avvaldan kuchlantirilgan plitalarni yig‘ib qurilgan qoplamalar xuddi shunday plitalar yoki asfaltbeton bilan kuchaytiriladi, monolit beton yoki armobeton qo‘llash mumkin emas. Yig‘ma qoplamalar yig‘ma plitalar bilan kuchaytirilganda yuqoridagi choklar pastdagiga nisbatan suriladi: bo‘ylama choklar uchun kamida 0,5 m, ko‘ndalang choklar uchun kamida 1 m.

Monolit bikir qoplamalarni monolit beton, armobeton yoki temirbeton bilan kuchaytirganda qatlamlar choklari ikki qatlamli qoplamalardagi ajratuvchi qatlamlardagi kabi bir-biriga mos tushiriladi. Kuchaytiruvchi qatlam tuzilishi oddiy beton, armobeton va temirbeton plitalaridagi kabi.

Bikir qatlamlarni oldindan kuchlantirilgan yig‘ma temirbeton plitalar bilan kuchaytirganda mavjud qoplama va yig‘ma plitalar orasiga qum beton yoki qum-sement aralashmasidan, 3 sm qalinlikda (kamida) tekislovchi qatlam yotqiziladi; bunday holda ajratuvchi qatlam qilinmaydi.

Mavjud qatlamni asfaltbeton bilan kuchaytirganda notekislik 3 sm dan ortiq bo‘lsagina tekislovchi qatlam qilinadi. Kuchaytiruvchi asfaltbeton bir yoki ikki qatlamli qilinadi (16.18-rasm)


Aerodromning bikir qatlamlarini kuchaytirishda asfaltbeton qatlamning eng kam qalinligi 16.12-jadvaldan olinadi. Bikir qoplamalarni kuchaytirishda hamma qatlamlar uchun faqat zich asfaltbeton aralashmalar ishlatiladi.

Kuchaytiruvchi asfaltbeton qatlam polimer yoki stekloplastik to‘rlar bilan (maxsus ishlab chiqariladi) armaturalanadi. To‘rlar asfaltbetonning yuqori qatlami ostiga qo‘yiladi. Bu ish A, B, V klass aerodromlarda va ko‘p miqdorda parron darzlari bor uchastkalarda qilinadi.
Download 43,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish