Afaziya va uning turlari



Download 0,78 Mb.
bet5/8
Sana14.07.2022
Hajmi0,78 Mb.
#801382
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Afaziya va uning turlari

1.2.Sensor afaziya
Sensor afaziya yoki Vernike afaziya asosida fonematik eshitish qobiliyatining buzilishi, so‘zlarning tovush tarkibining ajratilishi yotadi. U miya chap yarim sharining chakka buramasining orqa uchdan bir qismining shikastlanishi natijasida yuzaga keladi.




SENSOR AFAZIYA

Unda so‘zlar tarkibidagi tovushlarni farqlay olmaydi. Buni kuzatganda afaziyaning bu turi akustika- gnostika afaziyaga yaqin bo‘lib, nutqning tovushga oid jihatlarini tushunish qobiliyatini yo‘qotadi. Sensor afaziya inson miyasidagi Vernike zonasi shikastlanganda yuzaga keladi. Bu nutqiy zona nemis olimi K. Vernike tomonidan 1874-yilda aniqlangan. Vernike markazi shikastlansa, akustik afaziya yuzaga keladi. Bunda afaziyaga chalingan gapira oladi, ammo o‘zgalar nutqini tushunmaydilar. Afaziyaning bu turi sensor afaziya deb nomlanadi. Unda “fonematik eshitish qobiliyati” buziladi. Ular so ‘zlarni eshitib bo‘lmaydigan shovqindek qabul qiladi va ma’nosini tushunmaydi. Ular tovushlarni eshitadi, lekin ularni ajrata olmaydi. Bu esa so‘zlarning noto‘g‘ri talaffuz qilinishiga, yozish qobiliyatining buzilishiga olib keladi. Bu afaziya turida nutqni tushunishdagi kamchiliklar insult yoki travmadan keyingi erta bosqichda nutqni tushunishning butunlay yo‘qolishi kuzatiladi. Sensor afaziyaga chalinganlarning har doim ham o‘zlarida mavjud nutq kamchiligini anglab yetmasligi atrofidagilar nutqini tushunmaslik va aniq harakat buzilishining yo‘qligiga olib keladi.Keyingi bosqichda nutqni qisman tushunmaslik, so‘zni aniq idrok qilishni farazlar bilan almashtirish kuzatiladi. Bunda so‘zlar bir xil eshitiladi. Sensor afaziyaga chalinganlar qo‘shimchalarning tovush tarkibi bir xil va ular nutq oqimida har xil o‘zakli so‘zlarning tovush tarkibiga qaraganda tez-tez qaytarilishi sababli so‘zning o‘zak qismi, ya’ni leksik-semantik qismi qiyinchilik bilan o‘zlashtiriladi, buning natijasida predmetning o‘zaro munosabati buziladi.


Sensor afaziya akustik- gnostik afaziyadan farqli ravishda bunda akustik nuqson fonematik tahlil sohasida emas, balki eshitish mnestik qobiliyatida namoyon bo‘ladi. Afaziyaga chalinganlar eshitish orqali qabul qilingan ma’lumotni eslab qolish qobiliyatini yo‘qotadilar, bu bilan esa akustik izlarning zaifligini namoyon etadilar. Shu bilan bir qatorda ularda eslab qolish hajmining torayishi ham kuzatiladi. Ushbu nuqsonlar eshitish va eslab qolish xotirasining ishtirokini talab etuvchi ochib berilgan matnlarni tushunishda ma’lum qiyinchiliklarga olib keladi. Bu ko‘rinishdagi afaziyaga chalinganlarning shaxsiy nutqida afaziyaning asosiy simptomi: so‘zlarning ushbu semantik to‘pning boshqa so‘zlari bilan bog‘liqliklari, ikkilamchi qashshoqlashuvi bilan bog‘liq so‘z boyligining kamligi, predmet haqidagi yetarli bo‘lmagan ko‘rishga oid tasavvurlarning kamligi hisoblanadi.
Akustik‑mnestik afaziya – bu nutqiy ma’lumotni ushlab qolish hajmining buzilishi, eshitish va nutqqa oid xotiraning tormozlanishidir. U chap chakkaning o‘rta qismlarining shikastlanishida yuzaga kelishi mumkin. Bu uzun, besh-ettidan ortiq so‘zlardan tashkil topgan ko‘p bo‘g‘inli gaplarni tushunishdagi qiyinchiliklarga olib keladi. Bunda eshitib saqlab qolish qobiliyati to‘xtab qolishi yoki hajmi torayishi mumkin.
Optik‑mnestik afaziya – bu ko‘rib eslab qolish xotirasining buzilishi, so‘zlar obrazini ko‘rishning susayishidir. Predmetlar va ularni nomlanishini, harakatlarni nomlanishini osonligini saqlangan holda, qiyinchiliklarni yuzaga kelishida namoyon bo‘ladi. U miya chap yarim shari chakka qismining orqa ostki qismining shikastlanishida yuzaga keladi. So ‘zning shaklini ko ‘rib saqlab qolish kuchsizlanadi va bunga so‘zning qiyin ekanligini sabab qilib ko‘rsatadi. Afziyaning bu shakli va vernike afaziya amnestik afaziya doirasida o‘rganiladi. Bu shakllarning har biri bir xil ta’riflanadi.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish