Afrosiyob



Download 92,5 Kb.
Sana17.07.2022
Hajmi92,5 Kb.
#815251
Bog'liq
3-variant.06.02.2022 (2)


AFROSIYOB” education Ziyodullo Polvonov

MAJBURIY FAN
3-variant
1. Qaysi qatorda tartib sonlar to‘g‘ri yozilgan?
A) 7-sinf, 2001 yil, 2-guruh
B) yettinchi sinf, 2001 yil, 2 guruh
C) 7-sinf, 2001-yil, 2-guruh
D) II sinf, 2001-yil, 2-guruh
2. Imlo qoidasiga ko‘ra noto‘g‘ri yozilgan so‘zlarni toping.
1) yutiq; 2) badiiy; 3) ukrayin; 4) tassurot; 5) mone; 6) ehtirom
A) 1, 3, 4 B) 1, 3, 4, 5 C) 2, 5, 6 D) 1, 2, 5
3. Sinalmagan do‘stga sir aytgan kishining ishi go‘yo
o‘zini o‘zi daryoga otib, do‘stiga xitob qilgan holda:
“Meni g‘arq bo‘lishdan qutqar!” degan kishining ishiga o‘xshaydi. Ushbu gapda egalik qo‘shimchasi necha marta qo‘llangan?
A) 6 B) 4 C) 5 D) 7
4. asal//ari, dev//qomat, Besh//ariq, jigar//rang,
olib// kelmoq, sher//yurak, qo‘l//qop, bayon//etmoq, och//ko‘z.
Ushbu juftliklardan qo‘shma so‘z hosil qilinganda nechtasi qo‘shib yoziladi?
A) 5tasi B) 7tasi C) 6tasi D) 8tasi
5. Kim sening kamchiliklaringni to‘g‘ri aytsa, u
sening haqiqiy do‘stingdir.
Ushbu gap turiga ko‘ra qanday gap?
A) ega ergash gap
B) kesim ergash gap
C) to‘ldiruvchi ergash gap
D) aniqlovchi ergash gap
6. Gapdagi yasama otlar miqdorini aniqlang.
Qayerda tinchlik hukm sursa, u joyda sotqinlik,
aldamchilik, g‘am-g‘ussa bo‘lmaydi.
A) 4ta B) 5ta C) 2ta D) 3ta
7. Qaysi qatordagi so‘zlarning barcha bo‘g‘ini ochiq
bo‘g‘inli?
A) mangu, mushoira, sazoyi
B) flaga, meni, panjara
C) g‘ulu, samara, kashtachi
D) aeroport, savala, o‘zi
8. Suvoqchilarni so‘zida nechta qo‘shimcha bor?
A) 1ta B) 2ta C) 3ta D) 4ta
9. Qaysi qatordagi so‘zda chiziqcha noto‘g‘ri qo‘llangan?
A) 26-uy, 6-xona B) toshdan-toshga
C) to‘ppa-to‘g‘ri D) erta-yu kech
10. Faqat jarangsiz undoshlardan tashkil topgan so‘zni toping.
A) shovqin B) taraqqiyot C) huquq D) tafakkur
11. Qaysi so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilsa
fonetik o‘zgarish bo‘lmaydi?
A) ko‘ngil, o‘rtoq, quloq B) orzu, qulun, huquq
C) huquq, bilak, obro‘ D) bu, nok, qatiq
12. Qaysi so‘zlarda bo‘g‘iz undoshi qo‘llanmaydi?
1) ...omsemiz; 2) ...alqparvar; 3) ...ar kim;
4) kam...osil; 5) ...ushbichim
A) 1, 2, 5 B) 1, 2, 4 C) 3, 4 D) 1, 3, 5
13. Tarixni o‘rganishdan asosiy maqsad – milliy
o‘zligimizni chuqurroq anglash.
Ushbu gapda nechta yasama sifat mavjud?
A) 1 B) 2 C) yasama sifat qatnashmagan D) 3
14. Noto‘g‘ri yozilgan so‘zni ko‘rsating.
A) rang-barang B) toshdan toshga
C) dam-badam D) dar-badar
15. Qoyalar bag‘ridan o‘ynab oqib tushayotgan
shalola unga zavq bag‘ishlardi.
Ushbu gapdagi fonetik yozuv qoidasi
asosida yozilgan so‘zlar miqdorini aniqlang.
A) 3ta B) 2ta C) 1ta D) 4ta
ASOSIY FAN
1. Qaysi juftliklarda o'zaro shakldosh qo‘shimchalar
ishtirok etmagan?
1) qovurma (lag‘mon) - qovurma (harakat inkori);
2) bog‘lar (o‘rin-joy oti) - bog'lar (harakat);
3) terim (tananing tashqi qoplamasi) – terim
(faoliyat-jarayon oti);
4) ko'zlar (inson a’zosi) - ko‘zlar (harakat);
5) qaynatma (sho'rva) - qaynatma (harakat inkori)
A) 2, 3, 4 B) 2, 3 C) 2, 4 D) 1, 2, 3, 4
2. Qaysi javobda quyidagi gapda qo‘llangan olmoshlar soni va turi to‘g‘ri ko‘rsatilgan? — Noshukurlik, — debdi u, — noshukurlikning bexosiyat tomoni shundaki, bu illatga o‘ralgan kishi his etish, jami narsadan lazzatlanish, bahramand bo‘lish qobiliyatini yo‘qotadi.
A) 4 ta: 1 ta kishilik, 2 ta ko‘rsatish, 1 ta belgilash
B) 4 ta: 3 ta ko‘rsatish, 1 ta belgilash
C) 3 ta: 1 ta kishilik, 1 ta ko‘rsatish, 1 ta belgilash
D) 3 ta: 1 ta kishilik, 2 ta ko‘rsatish
3. Qaysi qatorda asosi omonim, yasama, o‘timli fe’l
berilgan?
A) yugurtirmoq B) kuchaytirmoq
C) yashartirmoq D) chopishdi
4. Olmoshning faqat bir ma’noviy guruhiga mansub
so‘zlar qatnashgan javobni aniqlang.
A) Har kim o’z yurtiga egalik qilsin.
B) Tog‘asining shu odati sabab o‘g‘li Haydar ham,
qizi Tohira ham bu xonadondan bezib ketishdi.
C) Agar u guzardan hassasini do‘qillatib o‘tib
qolsa, hamma barobar qalqib, to o‘tib ketguncha
ta’zimda turadi.
D) Men o‘z fikrimni tushuntirib berishga harakat
qilyapman, lekin siz uni eshitishni xohlamayapsiz.
5. Qaysi javobda quyida keltirilgan parchadagi
orttirma nisbat qo‘shimchasi olgan so‘z haqida
noto‘g‘ri hukm berilgan?
Mirzo Ulug‘bek belidagi serbar kamariga osilgan kalitni olib eshikning qulfini jaranglatib ochdi.
A) Orttirma nisbat qo‘shimchasi sodda yasama
so‘zga qo‘shilgan.
B) Orttirma nisbat qo‘shimchasi olgan so‘z gapda
hol bo‘lib kelgan.
C) Orttirma nisbat qo‘shimchasini olgan so‘zning
yasalish asosi taqlid so‘zdir.
D) Orttirma nisbat qo‘shimchasini olgan so‘z
tarkibida unlilar va faqat portlovchi til oldi undoshlari bor.
6. Qaysi ravish yasovchi qo‘shimchalar shakldoshlik xususiyatiga ega ?
1) -lab; 2) -larcha; 3) -lay; 4) -siz; 5) -chasiga;
6) -ligicha.
A) 1, 2, 4 B) 1, 2, 5 C) 1, 2, 6 D) 1, 2, 3, 4, 6
7. Qaysi gapda so‘z yasovchi qo‘shimchalar soni
nisbatan ko‘proq?
A) Elning yirtig‘iga yamoq bo‘l, uzug‘iga uloq bo‘l.
B) Tirishganning labi yog‘li, erinchoqning boshi qonli.
C) Zargar firibgar bo‘lsa, oltin ham zanglaydi.
D) Ochiq til osh yedirar, achchiq til bosh yedirar.
8. Quyidagi qaysi gapda o‘zaro omonim ko‘makchi
morfemalar qatnashgan?
A) Bu qaro ko‘zlar neni ko‘zlar?
B) Yaxshilikka yaxshilik qaytarish lozimligini
esingdan chiqarma.
C) Ko‘rik-tanlovda biz g‘olib bo‘ldik.
D) Yuz tilim bo‘ldi dilim bir bevafoning dastidan.
9. Quyidagi qaysi so‘zlarda nuqtalar o‘rniga sirg‘aluvchi jarangsiz lab undosh tovush yoziladi?
1) ta...fiq; 2) ta...tish; 3) ta...sifnoma; 4) bata...sil;
5) ta...siya
A) 3, 5 B) 1, 2, 3, 5 C) 2, 4 D) 1, 2, 4
10. Inson tabiatning eng ongli farzandi, uning boyliklarini asrovchi eng oliy xilqat sanaladi, shu bilan birga, inson bu boyliklarni ayovsiz sarflovchi,
tabiatni tanazzulga olib boruvchi xilqat ekanligini ham unutmaylik.
Berilgan gapdagi fonetik o‘zgarishlar sonini toping.
A) 5 ta B) 6 C) 3 ta D) 4 ta
11. Inson o`z hayotidagi g`alabali onlardan shodlanadi, turli omadsizliklar va qiyinchiliklardan esa tushkunlikka tushadi.
Berilgan gapdagi nechta yasama so`zning asosi sifat so`z turkumiga mansub?
A) 4 tasi B) 2 tasi C) 5 tasi D) 3 tasi
12. Egalik qo‘shimchalari asosga qo‘shilsa, qanday
fonetik hodisalar yuz berishi mumkin?
A) tovush almashinishi, tovush ortishi va tovush tushishi
B) tovush almashinishi va tovush tushishi
C) tovush tushishi
D) tovush almashinishi
13. Dilim ranjitsa ham do‘q-u dag‘dag‘a,
Bog ‘imda bu oqshom jonon о ‘ynasin.
Gulday chiroyidan bo‘lay sadag'a,
Ochilib-sochilib chunon o'ynasin. (Mirtemir)
She’riy parchada qaysi nisbatdagi fe’llar
qatnashganligini aniqlang.
A) aniq, orttirma B) aniq, majhul, orttirma
C) aniq, majhul D) orttirma, aniq, o`zlik
14. Ellik sakkizni rosa kutdim, kelmadi – piyoda
ketdim. Ma’no ko’chishining turini toping.
A) kinoya B) vazifadoshlik
C) metafora D) metonimiya
15. Quyidagi ismlar ma’no ko‘chishning qaysi turi

asosida vujudga kelgan?


Yo‘lbars, Bo‘riboy, Qoplonbek, Feruza,
Yoqutoy, Asalxon
A) sinekdoxa B) metafora
C) vazifadoshlik D) metonimiya
16. Quyidagilar orasidan so‘z yasovchi va shakl
yasovchi sifatida o‘zaro omonim bo‘la oladigan
qo‘shimchalarni ko‘rsating.
1) -siz, 2) -ona, 3) -lab, 4) -larcha, 5) -xon, 6) be-
A) 1, 3, 4, 5 B) 1, 2, 5 C) 1, 2, 3, 4, 5, 6 D) 1, 2, 3, 5
17. Uy eshigini ochsam, o‘g‘lim bilan o‘rtog‘i
sovuqdan qizarib kirib keldi.
Ushbu gapda ismlar guruhiga mansub nechta so‘z
fonetik o‘zgarish asosida yo‘zilgan?
A) 3 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 2 ta
18. Qaysi gapdagi barcha yasama so‘zlarning asosi ot
turkumiga mansub?
A) Oybek domla nihoyatda tiyraklik va samimiyat bilan opaning gaplarini tasdiqladi.
B) Mevasi tukli, ko‘rinishi yumaloq yoki biroz
cho'ziq bo'lishi mumkin.
C) Bolalarning beg‘ubor qalbi to‘lib-toshib oqayotgan daryoday jo'shqin.
D) Barglari tukli, tuxumsimon, bandlari kalta,
shoxlarda tartibli joylashgan.
19. Qaysi gapda ham ot, ham sifat yasovchi
qo‘shimcha bilan omonim bo‘la oladigan shakl
yasovchi qo‘shimcha qatnashmagan?
A) Ota olov va suv girdobidan ozodlik maydoniga
chiqa oladigan o‘g‘il borligidan g‘ururlanar edi.
B) Ko‘chaning narigi yuzidagi do‘konga bordik.
C) Chaqin bo‘lma, bo‘lma guldurak.
D) Sotqinlarga safimizda o‘rin yo‘q.
20. Quyidagi gapda qanday otlar ishtirok etgan?
O‘lmasning onasi uyda o‘tiradi, do‘ppi
tikadi.
1) shaxs nomi; 2) shaxs oti; 3) o‘rin-joy nomi;
4) o‘rin-joy oti; 5) narsa oti; 6) faoliyat-jarayon oti;
A) 1,2,3,5 B) 1,2,3 C) 1,2,4,5 D) 1,3,4,6
21. Qaysi javobda keltirilgan gapda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq xatolikka yo‘l qo‘yilgan?
A) Qanotlaring mallarang, jussang kichikligidan
ko‘rinarkansan arang.
B) Shu chog‘ artilleriya qismlari og‘ir to‘plar bilan
ota boshladi.
C) Sening vujudingda sirlilikning mavjudligini
birinchi bor uchratganimdayoq payqagan edim.
D) Asl aynimas, aynisa ham buzilmas.
22. Quyida keltirilgan gapdagi yasama so‘zlar qaysi
so‘z turkumidan hosil qilingan?
Achchiq bilan chuchukni totgan bilar, uzoq
bilan yaqinni yurgan bilar.
A) ot B) fe'l C) sifat D) ravish
23. Qaysi hikoyada iqtisodiy-madaniy qoloqlikning
yana bir fojiali oqibati -johillik quyuq bo‘yoqlarda
aks ettiriladi?
A) “Mening o‘g‘rigina bolam”, G‘afur G‘ulom
B) “Dahshat”, Abdulla Qahhor
C) “Uloqda”, Abdulla Qodiriy
D) “Bemor”, Abdulla Qahhor
24. “Alpomish” dostonida poyga jarayonida
kimlarning “Biri-biroviga mushti tekkanda, Tog‘
cho‘qqisi qulaganday bo‘ladi”, deya ta`riflangan.
A) Hakimbek va Qultoy
B) Ko‘kaldosh va Qorajon
C) Qorajon va Hakimbek
D) Hakimbek va Ko‘kaldosh
25. Odamiy ersang demagil odami,
Onikim yo‘q xalq g‘amidin g‘ami.
Ushbu mashhur bayt Alisher Navoiyning qaysi
dostonida keltirilgan?
A) “Saddi Iskndariy” B) “Sab’ayi sayyor”
C) “Hayrat ul-abror” D) “Layli va Majnun”
26. Mirmuhsinning "Temur Malik" asari qaysi janrda yozilgan?
A) hikoya B) doston C) qissa D) roman
27. "... maktabdan chiqarib olib, qizimga Ko'kqamish ko‘lida qo‘y sog‘dirib, chorvachilik ilmini o‘rgatayin, qo‘y sog‘moqqa usta bo‘lsin".
Xalq dostonlaridagi qaysi ota o‘z farzandi haqida
shunday qayg‘urgan?
A) Avazxon B) Boybo‘ri C) Shoir vazir D) Boysari
28. Mashg‘uloti, kasbi-kori bilan bog‘liq qing‘ir
ishlarga qo‘l urgan 46 ta shaxs illatlari qaysi
asarda fosh etilgan?
A) Muqimiy, "Tanobchilar"
B) Zavqiy, "Hajvi ahli rasta"
C) Muqimiy, "Sayohatnoma"
D) A.Qahhor, "Adabiyot muallimi"
29. Qaysi shoirning g’azalida lirik qahramonning yuzi azbaroyi hijron azobini chekaverganidan
sarg’ayib ketib, oltinni yashiradigan darajaga
yetdi, ya’ni shunchalik sarg’aydiki, buning oldida
tilloning sariqligi hech narsa bo’lmay qoldi, deb
ta’riflanadi?
A) Lutfiy B) Bobur C) Navoiy D) Atoyi
30. Qaysi muborak zot:
“Yetti yoshda Arslonboboga qildim salom,
Haq Mustafo omonatin qildim in’om”,
deya e’tirof etgan?
A) Imom Buxoriy B) Termiziy
C) Ahmad Yassaviy D) Ahmad Yugnakiy
Ushbu test 06.02.2022 sanasida “AFROSIYOB” o’quv markazida olindi!
Ismingiz:_________________
Natijangiz:_______________
Ota-ona imzosi__________

Farzandingiz taqdiriga befarq bo’lmang, zero ular sizga jannatni olib berguvchilardir!
TEL: +998 99 600 45 05
+998 91 398 45 40



@ona_tili_adabiyot_afrosiyob +99899 600 45 05 +99891 398 45 40

Download 92,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish