Agrokimyo kirish



Download 408,66 Kb.
bet6/123
Sana05.04.2022
Hajmi408,66 Kb.
#530004
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123
Bog'liq
Agrokimyo kirish

Selluloza — hujayra devorlarining asosiy komponenti. U o’simliklarda lignin, pektin moddalari bilan bog’langan bo’ladi. Paxta tolasi 95—98%, zig’ir 80—90%, kanop va jut tolalari ham deyarli shuncha miqdorda selluloza tutadi. Shuning uchun ham aytib o’tilgan ekinlar asosan tolasi uchun yetishtiriladi.

  • Lignin. O’simliklarni yog’ochlashgan to’qimalarining asosini tashkil etadigan modda. U ko’proq (20—40%) o’simliklarning poya va somonlarida daraxtlarning yog’ochida to’planadi. U selluloza tolalarini biriktiradi, hujayra devorlari oralig’idagi bo’shliqlarni to’ldiradi. O’simliklar yog’och qismining mustahkamligi ko’p jihatdan lignin miqdoriga bog’liq. Toza lignin suvda va kisiotalarda eriydigan sariq— jigarrang tusli modda.

  • Lipoidlar. Yog’lar va yog’simon moddalar ham o’simlik hujayra sitoplazmasining komponentlaridan hisoblanib, ko’pchilik o’simliklarda zaxira modda sifatida to’planadi. Yog’larning oqsillar bilan hosil qiladigan birikmalari — lipoproteidlar o’simlik tanasining barcha a’zolarida uchrab, ular ho’l massasining 0,1—0,5% ini tashkil qiladi. Shuningdek, bu moddalar hujayra membranasining faoliyatini boshqarishda ham muhim o’rin tutadi. O’z urug’ida ko’p miqdorda yog’ tutadigan o’simliklar moyli ekinlar deb yuritiladi. Eng muhim moyli ekinlar urug’larida moy (yog’) ning miqdori (%) quyidagicha :

    Kanakunjut — 60─70 Zig’ir — 30
    Kunjut — 45─50 Kanop — 30
    Ko’knori — 45─50 Xantal — 30─35
    Zaytun — 45─50 Chigit — 25
    Ekinbop nasha — 30─38 Soya — 20
    Kungaboqar — 24─50

    1. C vitamin (askorbin kislota). Oziq─ovqatlar tarkibida C vitamin yetishmaganda singa deb nomlanadigan og’ir xastalik kelib chiqadi. Bir kecha─kunduzda 50—100 mg miqdorda C vitaminini iste’mol qilish bu kasallikga chalinishning oldini oladi. B1 vitamini (tiamin). Organizmlardagi modda almashinuvi jarayonida muhim ahamiyatga ega. Oziq─ovqatlar tarkibida tiamin yetishmasa, polinevrit xastaligi kuzatiladi. B2 vitamini (riboflavin). — Oksidlovchi─qaytaruvchi fermentlar tarkibiga kiradi. Ko’proq hamirturish va ayrim sabzovot ekinlari tarkibida bo’ladi. B6 vitamini (piridoksin) modda almashinuvida, ayniqsa azot almashinuvida muhim rol o’ynaydi: aminokis lota lar almashinuvi reaksiyalarini shujumladan qayta aminlanish jarayonni ham tezlatuvchi fermentlar tarkibiga kiradi. E vitamini (tokoferol) — antisteril faollikka ega bo’lgan moddalar guruhi. Bu vitamin yetishmaganda odam va hayvonlarda oqsil lipid va uglevodlar almashinuvi buziladi. Mazkur jarayonlarni buzilishi natijasida hayvonlarning jinsiy a’zolari zararlanadi va ular ko’payish qobiliyatini yo’qotadi. A vitamini (retinol) — odam va hayvonlarda kseroftalmiya xastaligining oldini oladi. Bu kasallikning belgilari ko’z shox pardasining yallig’lanishi va shapko’rlikdir. O’simliklar tarkibida retinol uchramasada, A vitamini faolligiga ega bo’lgan boshqa moddalar mavjuddir. Bunday moddalar jumlasiga karotinoidlar, shu jumladan karotin (C40 H56) kiradi. Ular yashil barglarning xloroplastlarida, gul va mevalarda uchraydi hamda fotosintez, o’simliklarning ko’payishi, oksidlanish─ qaytarilish jarayonida muhim ahamiyatga ega. Odam va hayvonlar organizmiga tushgan karotin tezda A vitaminiga aylanadi. K vitamini — odam va hayvonlarda qonning me’yorida ivishi uchun xizmat qiladi. O’simliklardagi oksidlanish─qaytarilish jarayonida va qisman fotosintezda ishtirok etadi. K vitamini o’simliklarning yashil qismlarida sintezlangani uchun yashil barglarda ko’proq uchraydi.



      1. Download 408,66 Kb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish