Agrokimyo va agrotuproqshunoslik


Tuproqdan xosil bilan chiqib ketadigan ta’sir etuvchi moddalar. (kg/ga)



Download 187,56 Kb.
bet5/14
Sana17.07.2022
Hajmi187,56 Kb.
#817757
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Berdiqulova Guloyim

Tuproqdan xosil bilan chiqib ketadigan ta’sir etuvchi moddalar. (kg/ga)












1-jadval

























Ta’sir etuvchi




Xosildorlik










moddalar
















Qishki bug’doy

Shakar lavlagi 270

Jo’xori ko’k










30 s/ga

s/ga

poyasi
















600ts/ga

























N2

112

166

150

























P2O5

39

42

70

























K2O

77

157

200



























Xosildorlikni tuproqga fosfor, azot va kaliy solish xisobiga, oshirilishi.












2-jadval













Maxsulot turi

1t solingan o’g’it xisobiga (N2, P2O5, K2O) xosildorlikni










o’sishi, t



















N2

P2O5

K2O













Paxta

10-14

5-6

2













Shakar lavlagi

120-160

50-55

40-50













Bug’doy

12-15

7-8

3-4













Xosilni, o’g’it qo’llash xisobiga o’zgarishi (ts/ga).









3-jadval













O’g’itsiz

O’g’it bilan










Paxta

8-9

27-30










Bug’doy

7-8

20-40










Shakarqamish

100-120

200-500










Mineral o’g’itlardan foydalanilganda paxta va boshqa texnika ekinlarining xosili tobora ortmoqda. Masalan, 1930 yilda O’rta Osiyo respublikalarida xar gektar yerdan 7-8 s paxta olingan bo’lsa, xozirga paytga kelib, gektaridan o’rta xisobda 29,2 s xosil olinmoqda. Tuproqga solingan xar 1 kg fosfor qo’shimcha 6-7 kg paxta, 50-60 kg kartoshka, xar 1 kg azot esa qo’shimcha ravishda 15-20 kg paxta va 150 kg kartoshka olish imkonini bermoqda. Mineral o’g’itlar ekinning xosildorligiini oshirishi bilan birgalikda maxsulotlar sifatini xam yaxshilaydi: dondagi oqsil va kartoshkadagi kraxmal miqdorlarini ko’paytiradi, paxta tolasining pishiqligini oshiradi. Xosildorlikni oshirishdagi omillarni baxolashda: AQSh da 50% gacha. Frantsiyada 50-70% gacha qo’shimcha xosil olish o’g’itlar xissasiga to’g’ri keladi. O’tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko’ra, xosildorlikning oshirishdagi o’g’itlarning ulushi MDX, mamlakatlarining qoratuproqli mintaqalarida 40-50% ga, noqoratuproqli mintaqalarida 60-75% ga O’rta Osiyoda, xususan, O’zbekiston Respublikasi xududidagi unumdor tuproqlarda 50-60% ga to’g’ri keladi. O’simliklar yaxshi
o’sishi, mo’l hosil berishi va uzoq yil yashashi uchun tuproqqa o’g’it solish kerak. O’g’it tarkibida turli mineral tuzlar, mikroelementlar va boshqalar bo’ladi. O’simliklar tuproqdan o’zi uchun kerakli tuzlarni oladi. Agar kerakli mineral tuzlar yetishmasa, ularda ichki va tashqi o’zgarishlar sodir bo’lishi yoki qurib qolishi mumkin. O’simliklaming mineral tuzlarga bo’lgan ehtiyojini aniqlashga doir ko’pgina ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan. Natijada ularda qaysi tuz yetishmasa, qanday o’zgarishlar sodir bo’lishi aniqlangan. O’g’itlar, asosan, ikki guruhga bo’linadi. Birinchisi, hammamizga ma’lum bo’lgan organik o’g’itlar, ya’ni go’ng. Ular tuproqda chirib, uning holatini yaxshilaydi va hosildorligini oshiradi, o’simliklar uchun zarur bo’lgan moddalarni hosil qiladi. Ikkinchisi mineral o’gitlar. Bu o’g’itlar kimyo zavodlarida maxsus tayyorlanadi. O’zbekistonda Navoiyda, Chirchiqda va boshqa joylarda mineral o’g’itlar ishlab chiqaradigan zavodlar bor. Mineral o’g’itlar har xil bo’ladi. Ular azotli (selitra), fosforli va kaliyli o’g’itlardir.

O`g`it bu- Tarkibida ozuqa elementlari tutgan tuproqqa qo`shiladigan organic va norganik (menaral) moddalar o`g`itlar deb ataladi. Ozuqa elementi bu - Tuproq tarkinida mavjud bo`lib, o`simliklarni o`sishini ta’minlovchi elementlar (ozuqa elementlari) deyiladi. Mineral o’g’itlar. - Ular o’simliklarga har xil ta’sir qiladi. Masalan, azotli o’g’itlar o’simliklarning o’sishini tezlashtirsa, fosforli va kaliyli o’g’itlar mo’l hosil to’planishiga va uning tez pishib yetilishiga yordam beradi. Qisqa qilib aytganda o’g’itlar mo’l hosil garovidir. Lekin o’g’it solishda uning me’yoriga qat’iy rioya qilish zarur.




1.3 O’g’itlar klassifikatsiyasi

O’g’itlar kelib chiqishiga ko’ra, noorganik — mineral, organik, organo-mineral va bakterial turlariga klassifikatsiyalanadi. Ular qattiq, suyuq va suspenziyali xolatda bo’lishi mumkin. Mineral o’g’itlar ( yoki sun’iy o’g’itlar ). Ularni sanoatda — ishlab chiqariladi: noorganik xom ashyolarni kimyoviy yoki mexanik qayta ishlash (masalan, agroximyoviy rudalar — fosforitlar, kaliyli tuzlar, dolomitlar va xokazolarni maydalash) orqali tayyorlanadigan noorganik maxsulotlardan xosil qilinadi. Xom ashyo sifatida xizmat qiladigan xavo azotidan yoki tarkibida o’simliklar uchun ozuqa bo’ladigan moddalar tutgan ayrim kimyoviy ishlab chiqarish korxonalarining oraliq maxsulotlaridan olingan moddalar xam mineral o’g’itlar qatoriga kiradi.




O`G`ITLAR__KELIB_CHIQISHIGA___KO`RA'>O`g`itlarning klassifikatsiyasi

O`G`ITLAR



KELIB CHIQISHIGA


KO`RA


ORGANIK


O`G`ITLA


AGREGAT HOLATIGA


KO`RA


SUYUQ O`G`ITLAR


TARKIBIGA


KO`RA
ODDIY O`G`ITLAR


MIKRO O`G`ITLAR


OZUQA ELEMENTI


TURIGA KO`RA
AZOTLI


FOSFORLI





ANORGANIK


O`G`ITLAR
QATTIQ O`G`ITLAR KOMPLEKS O`G`ITLAR


KALIYLI



Masalan, ammoniy sulfat — kokslash pechi gazlari yoki kaprolaktam ishlab chiqarishning oraliq maxsulotlaridan olinadi. Xom ashyoni kimyoviy qayta ishlash natijasida olinadigan mineral o’g’itlar ta’sir etuvchi moddalarning yuqori kontsentratsiyaliligi bilan ajralib turadi. Organik o’g’itlar. Ulardagi elementlar o’simlik va xayvonlardan olinadigan chiqindi moddalar tarkibida bo’ladi. Bunday o’g’itlarga birinchi navbatda go’ng, shuningdek o’simlik va xayvonlardan chiqadigan chiqindilar (torf, kunjara, balik va parranda chiqindisi, suyak uni, axoli chiqindisi va turli oziq-ovqat maxsulotlari chiqindilari )ni qayta ishlash natijasida olinadigan maxsulotlar xam kiradi, bunga yashil o’g’itlarni xam kiritish mumkin. Organo-mineral o’g’itlar tarkibida organik va mineral moddalar bo’ladi; bunday o’g’itlar torf, ko’mir va boshqalar kabi organik moddalarni ammiak yoki fosfat kislota bilan qayta ishlash orqali olinadi. Ularni shuningdek go’ng yoki torfni fosforli o’g’itlar bilan aralashtirish yo’li bilan xam olinadi. Bakterial o’g’itlar - tuproqdagi va o’g’itlardagi xavo azoti yoki minerallashgan organik moddalar bilan oziqlanuvchi mikroorganizmlar tutgan preparatlar kiradi. Bunday o’g’itlar qatoriga azotobakterin, tuproq nitragini kiradi. Mineral o’g’itlar agrokimyoviy ta’siri bo’yicha to’g’ridan - to’g’ri ishlatiladigan, bilvosita foydalaniladigan va o’simliklar o’sishini boshqaruvchi preparatlar turlariga bo’linadi. To’g’ridan – to’g’ri ishlatiladigan o’g’itlar o’simliklarning bevosita oziqlanishiga mo’ljallangan. Ular tarkibida o’simliklar xayoti uchun muxim bo’lgan elementlar: azot, fosfor, kaliy, magniy, oltingugurt, temir, shuningdek mikroelementlar (bor, molibden, mis, rux, kobalt) tutadi. To’g’ridan – to’g’ri ishlatiladigan o’g’itlar, uz navbatida, oddiy ( bir yoqlama ) va kompleks ( ko’p yoqlama ) o’g’itlarga bo’linadi. Oddiy o’g’itlar tarkibida o’simliklar oziqlanuvchi elementlar: azot, fosfor, kaliy, magniy, bor va boshqalardan bittasi bo’ladi. Ular xam o’z navbatida azotli, fosforli, kaliyli, mikroelementli o’g’itlar turlariga bo’linadi. Mikroo’g’itlar — kam me’yorda ( gektariga gramm va kilogrammlarda ) qo’llaniladigan o’g’itlar xisoblanadi. Tarkibida mikroelementlar tutgan — borat kislota, mis( P ) - sulfat, ammoniy molibdat va boshqa texnik tuzlar ishlatiladi. Kolchedan kuyundisi, marganetsli quyqum ( shlam ), cho’ktirilgan magniy borat va boshqa mikroelementli chiqindilar suvda erimaydi. Ularni suvda eriydigan xolatga qayta ishlanadi yoki to’g’ridan-to’g’ri o’g’it sifatida ishlatiladi. qishloq xo’jaligida suvda eriydigan xam, suvda erimaydigan xam mikroo’g’itlar ishlatiladi.

Murakkab o’g’itlar — tarkibida kamida ikkita ozuqa elementi tutgan o’g’itlar xisoblanadi. Ikkilamchi komplekslar o’g’itlar ( masalan, azot-fosforli, azot-kaliyli, fosfor-kaliyli ) va uchlamchi kompleks o’g’itlar ( masalan, azot-fosfor-kaliyli ) turlarga bo’linadi. Murakkab o’g’itlar tarkibida shuningdek mikroelementlar, pestitsid va o’stiruvchi moddalar qo’shimchalari xam bo’lishi mumkin. Murakkab o’g’itlar ularni ishlab chiqarish xususiyatiga ko’ra guruxlanadi:


- aralash o’g’itlar turli kukunsimon yoki donadorlangan tayyor o’g’itlarni mexanik usulda aralashtirish yuli bilan olinadi;





  • murakkab-aralash donadorlangan o’g’itlar aralashtirish jarayonida kukunsimon tayyor o’g’itlarni suyuq reagentlar ( ammiakli suv, fosfat yoki sulfat kislota va boshqalar ) qo’shish bilan aralashtirilish orqali olinadi;




  • murakkab o’g’itlar yagona texnologik jarayonda xom ashyoni qayta ishlash orqali olinadi.

Bilvosita foydalaniladigan o’g’itlar — o’g’itlardan foydalanish sharoitini yaxshilash maqsadida tuproqqa kimyoviy, fizik va mikrobiologik ta’sir etish uchun o’g’itlanadi, masalan, tuproq kislotaliligini neytrallash uchun maydalangan oxaktosh, dolomit yoki so’ndirilgan oxak qo’llaniladi; sho’rxok tuproqlar melioratsiyasi uchun gips ishlatiladi, shu bilan bir vaqtda u kaltsiy manbai xisoblanadi; tuproq kislotaliligini (fosforli o’g’it bilan solinadigan fosfor birikmalarining eruvchanligini oshirish maqsadida) oshirish uchun natriy bisulfit ishlatiladi. O’g’itlar fiziologik xususiyatlariga ko’ra: kislotali, fiziologik ishqoriy va fiziologik neytral turlariga bo’linadi. Fiziologik kislotali o’g’itlarga o’simliklar asosan kationlarni


o’zlashtiradigan o’g’itlar kiradi, anionlar esa tuproq eritmasini kislotaliligini oshiradi, masalan, ammoniy sulfat, ammoniy nitrat, kaliy xlorid, kaliy sulfat va boshqalar. Fiziologik kislotali o’g’itlarga ammoniyli azotli o’g’itlar, shuningdek karbamid xam kirishi mumkin. Nitrifikatsiyalovchi bakteriyalar ta’sirida ammiak nitrat kislotagacha oksidlanishi natijasida tuproq kislotaliligi ortadi.



Download 187,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish