Agrokonsalting



Download 2,27 Mb.
bet14/214
Sana23.06.2022
Hajmi2,27 Mb.
#697573
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   214
Bog'liq
Agrokonsalting

Birinchi jihat. Respublikamiz agrar sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan qator qonun va qonun osti me’yoriy hujjatlari, Prezident va hukumat farmon hamda Qarorlari, chora-tadbirlar Dasturlari, shuningdek, me’yor, yo‘riqnoma va tartiblar qabul qilinmoqda. Bu hujjatlar bevosita undan foydalanuvchilarga - kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlariga yetkazilib, tadbirkorlar tomonidan amaliyotda qo‘lanilsa, bu va ushbu toifaga kiruvchi boshqa hujjatlarni qabul qilshshdan qo‘yilgan maqsadga erishilgan hisoblanadi. Aks holda, ushbu hujjatlarda belgilangan imtiyoz yoki yengilliklar, tartib va qoidalar amaliyotda o‘z o‘rnini topmay, yaxshi istak va taklif sifatida qog‘ozda qolaveradi.
Bunda eng muhimi, ushbu imtiyoz yoki yengiliklarning joriy etilganligini, maqsad, mazmun va mohiyatini tadbirkorlik sub’yektlariga yetkazish, ularning amaliyotda qo‘llanishiga uslubiy va mafkuriy zamin yaratish hamda amaliy ko‘maklashish hisoblanadi.
Bugungi kunda fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda qishloq tadbirkorlariga ular xo‘jalik faoliyatiga oid qonun, farmon, qaror, nizom, yo‘riqnoma va me’yorlar mazmun mohiyatini yetkazish, amaliyotda qo‘llashda ko‘maklashish, zarur paytlarda esa, ularga maslahatlar berish vazifalari axborot- maslahat markazlari zimmasiga yuklatilgan. Bu esa, bunday markazlar faoliyatini barqarorlashtirishga, tashkiliy-boshqaruv tuzilmasini zamon va amaliyot talablariga mos ravishda takomillashtirishga yo‘naltirilgan tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarni ishlab chiqib, amaliyotga joriy etishni taqozo etmoqda.
Ikkinchi jihat. Biz qishloq xo‘jaligini rivojlantirish borasida gapirganimizda, aksariyat hollarda fermer va dehqon xo‘jaliklarini nazarda tutamiz. Bu, to‘g‘ri, albatta. Ammo, axborot- konsalting va axborot-maslahat markazlarining o‘zi ham tadbir­korlik sub’yekti hisoblanib, bu sohaga kiruvchi tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash ham dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
Boshqacha so‘z bilan aytganda, axborot-maslahat markazlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qulay ishbilarmonlik muhiti hamda ishonchli xuquqiy kafolatlar yaratish, ularning barqarorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan huquqiy-me’yoriy va iqtisodiy- moliyaviy bazani yaratish va ularni zamon talablaridan kelib chiqqan holda doimo takomillashtirib borish chora-tadbirlarini amalga oshirish lozim.
Bunday tadbirlar jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • qishloq xo‘jaligida axborot-maslahat va axborot-maslahat markazlarining barqaror rivojlanishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning 2016-2025 yillarga mo‘ljallangan Konsepsiyasi va chora-tadbirlar Dasturini ishlab chiqish;

  • fermer va dexqon xo‘jaliklarining axborot-maslahat markazlari xizmatidan foydalanishini rag‘batlantirish maqsadida ularga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovning ma’lum qismini byudjet tomonidan qoplashni nazarda tutuvchi iqtisodiy mexanizmni joriy etish;

  • qishloq hududlarida faoliyat yuritayotgan axborot-maslahat markazlarining barqaror rivojlanishini ta’minlash, ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va sifatini takomillashtirish maqsadida ularga imtiyozli kreditlar ajratishni ko‘paytirish hamda davlatimiz rahbarining 2011 yil 11 martgda qabul qilingay "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlariga kredit berishni ko‘paytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori bilan belgilangan yengilliklarni (tijorat banklarining ushbu yo‘nalishga yo‘naltirilgan kreditlar hisobidan olinadigan daromadlari 2011 yil 1 apreldan 2016 yil 1 yanvargacha foyda solig‘idan ozod qilingan) bu soha tadbirkorlari uchun ham joriy etish;

- axborot-maslahat markazlari foliyatining qishloq va mahalla fuqarolari yig‘ini faoliyati bilan uyg‘unligini ta’minlashga ustuvorlik berish va boshqalar.
Axborot-maslahat markazlari faoliyatini barqarorlashtirish maqsadida, ushbu markazlar mutaxassislarini qishlokda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, fermer xo‘jaliklarini kreditlash, innovatsion g‘oya va ilg‘or agrotexnologiyalarni amaliyotga joriy etish va bu jarayonga investitsiya va investorlarni jalb etish borasida mamlakatimizda amalda bo‘lgan qonun, tartib va qoidalarni yanada takomillashtirish, shuningdek, hududlarda to‘plangan ijobiy tajribalar xususidagi uslubiy va amaliy qo‘llanmalar bilan ta’minlash hamda markazlar mutaxassislari malakasini doimo oshirib borish borasidagi tadbirlarni yanada faollashtirish lozim.
Shuningdek, ayrim hududlarda axborot-maslahat markazlari tashkiliy-boshqaruv tuzilmasi hududdagi fermer va agrar tadbir­korlik sub’yektlarining axborot-maslahat xizmatlariga bo‘lgan talabiga mos kelishini ta’minlash ham ular samaradorligini oshirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi.
Shu bois, fermer va qishloq tadbirkorlariga axborot-maslahat xizmati ko‘rsatuvchi korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish, raqobat muhitida barqaror faoliyatini va o‘z mijozlariga talab darajasida xizmat ko‘rsatishini ta’minlab, to‘lovlarining muddatida kelib tushishiga erishish maqsadida markazni boshqarish va faoliyatini yuritishda quyidagi boshqarish tamoyillari va qonuniyatlariga tayangan holda faoliyat yuritish maqsadga muvofiq:

  • xizmat ko‘rsatilayotgan har bir sub’yekt (fermer yoki dehqon xo‘jaligi, oilaviy tadbirkor yoki boshqa qishloq tadbirkori)ga mumkin qadar e’tiborli bo‘lib, to‘liq, sifatli va talab darajasida xizmat ko‘rsatishga erishish;

  • markazda mavjud bo‘lgan imkoniyat, moddiy resurs, intellektual mehnat va hisobot-axborot resurslaridan maksimal darajada foydalangan holda hisob-tahlil va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning to‘la, muddatida, sifatli, ishonchli, aniq va me’yoriy, statistik hamda moliyaviy hisob-kitob talabalari darajasida bo‘lishini ta’minlab, ularning samaradorligi yuqori bo‘lishiga erishish;

  • xizmat ko‘rsatishni puxta o‘ylangan strategiya va taktika asosida tashkil etish, xizmatlar ko‘lami va miqyosini rivojlan­tirish, shuningdek, turini diversifikatsiyalash;

  • barcha xizmat ko‘rsatish jarayonlarining ijtimoiy jihatdan ma’qul, uzluksiz va barqarorligini ta’minlash;

  • hisob-kitoblarni tashkil etish, hisobotlarni tayyorlash va takdimlashda tomonlar, ya’ni xizmat oluvchi va xizmat ko‘rsatuvchilar o‘rtasida maksimal darajada bir-biriga ishonch nisbatiga erishish;

  • xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni mumkin qadar ixtisoslashtirish bilan ularning ma’lum darajadagi universalligini eng maqbul tarzda qo‘shib olib borish (masalan, hisob-kitob ishlarini yuritish va analitik materiallar tayyorlash bilan ularni komp’yuterlarga kiritish, hisob-tahlil va hisobot ishlarini komp’yuterlashgan tizimda yuritish, hisobotlar tayyorlash va taqdim etishni elektron tizimda amalga oshirish va boshqalar).

Xo‘sh, boshqarish tamoyillari nima? Boshqaruv tamoyillari boshqarish jarayoni o‘z funksional vazifasiga hamda samaradorlik va maqbullilik talablariga javob berishi uchun, ushbu jarayonda boshqaruv organlari va xodimlari tayanishi lozim bo‘lgan, boshqaruv munosabatlari va qonuniyatlaridan kelib chiquvchi, ob’yektiv asoslangan asosiy boshqaruv tartiblaridir.
Axborot-maslahat markazini boshqarishni tashkil etishda quyidagi tamoyillarga asoslanish lozim:

  • ishlab chiqarish faoliyatini reja asosida tashkil etish va yuritish;

  • ilm-fan yutuqlaridan keng foydalanish;

  • kadrlarni to‘g‘ritanlash va joylashtirish;

  • moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish;

  • ishlab chiqarishning yakuniy natijalariga javobgarlilik mexanizmini joriy qilish va unga rioya etish;

  • mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi tamoyili va tizimiga ustuvorlik berish;

  • samaradorlik va optimallikni markaz faoliyati mezoni sifatida qaror topdirish;

  • aniqlik va tezkorlik;

  • nazorat va qarorlar ijrosiga asoslangan monitoring tizimi va mexanizmini joriy etish va boshqalar.

Respublikamiz qishloq xo‘jaligida axborot-maslahat va axborot- konsalting markazlarini shakllantirish o‘tgan asrning oxirlarida, tadbirkorlik, dehqon va fermer xo‘jaliklarini tashkil etish va rivojlantirishning tashkiliy hamda huquqiy-me’yoriy asoslari to‘liq shakllantirilgandan so‘ng, jadal rivojlana boshladi.
Axborot-maslahat xizmatlari ko‘rsatish sohasini rivojlantirish zaruriyatini fermer xo‘jaliklari va tadbirkorlik sub’yektlarida hisob-kitob ishlarini talab darajasida shakllantirish lozimligi, talab darajasida tashkil etilmaslik oqibatida esa ular faoliyatini tahlil qilish, ichki imkoniyat, resurs va salohiyatidan to‘liq foydalanish, xizmat ko‘rsatuvchi va ta’minotchi tashkilotlar bilan debitorlik-kreditorlik qarzlarini monitoring qilish, «Biznes-reja» tuzishdagi qator muammolarni tizimli, ilmiy-amaliy vahuquqiy-me’yoriy yondashuv asosida hal etishga bo‘lgan talabning ortib borishi bilan izoxlash mumkin.
Shu bois, bu yo‘nalishda hukumatimiz tomonidan ko‘rilgan chora- tadbirlar natijasida qishloq xo‘jaligi sohasida fermer va qishloq tadbirkorlariga axborot-maslahat xizmatlari ko‘rsatish tizimi va uning turli shakllari vujudga keldi va rivojlantirib borilmokda.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2012 yil 22 oktyabrdagi "O‘zbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-4478-sonli farmoni qabul qilinishi bilan respublikamizda Axborot-maslahat markazlarini rivojlantirishning yangi bosqich boshlandi, deb e’tirof etish mumkin. Chunki, ushbu farmonning 4-bandida qayta tashkil etilgan O‘zbekiston Fermerlari Kengashi vertikal tizimi bo‘yicha bo‘g‘in rahbar va mutaxassislarining asosiy vazifalaridan biri, deb "... ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishda, suvni tejaydigan samarali texnologiyalarni, birinchi navbatda, tomchilatib sug‘orishni, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ularning faoliyatiga tatbiq etishga, qishloqda huquqiy, iqtisodiy, moliyaviy, agrotexnik hamda boshqa masalalar bo‘yicha konsalting markazlari tarmog‘ining turli shakllarini tashkil etish va kengaytirishga ko‘maklashish belgilab qo‘yilgan.
O‘ta muhim va dolzarb hisoblangan bu vazifaning amalga oshirilishi joylarda axborot-maslahat markazlari faoliyatini tashkil etish, boshqaruv tuzilmasini va moddiy-texnik bazasini takomillashtirishga yo‘naltirilgan tadbirlar ko‘lamini faollashtirishni ta’minladi. Bugungi kunda qishloq xo‘jaligida axborot- konsalting markazlari (keyingi o‘rinlarda Markaz deb yuritiladi) turli mulk shakliga asoslangan mas’uliyati cheklangan jamiyatlar shaklida tashkil etilgan bo‘lib, ularning ta’sischilari soni qonun-tartiblarda belgilangan me’yordan oshmasligi lozim.
Axborot-maslahat markazlari ta’sischilari quyidagilar bo‘lishi mumkin: fermer xo‘jaliklari, dehqon xo‘jaliklari, ta’minotchi va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar, xususiy tadbirkorlar hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslar.
Qishloq xo‘jaligida markazlar, odatda, ma’lum bir fuqarolar yig‘ini hududidagi mahalliy sharoitdan kelib chiqqan holda hududiy tashkil etilmoqda. Ular o‘z-o‘zini moliyalashtirish (xo‘jalik hisobi) tamoyillari asosida faoliyat yurituvchi tijorat tashkiloti hisoblanadi. Ularning moliyaviy mablag‘lari fermer va dehqon xo‘jaliklari, boshqa qishloq tadbirkorlariga ko‘rsatilgan xizmat va turli moliyaviy yordamlar, grantlar hamda homiylar hisobiga shakllanmokda. Markazlarning yuqori boshqaruv organi - ta’sischilar umumiy yig‘ilishi hisoblanadi. Umumiy yig‘ilishlar orasidagi davrda Markazda rahbarlikni saylangan Markaz boshlig‘i olib boradi. U markazning iqtisodiy, moliyaviy, statistik va boshqa faoliyatlariga rahbarlik qiladi va umumiy yig‘ilish oldida hisobot beradi. Axborot-maslahat markazi tashkiliy-boshqaruv tuzilmasining umumiy ko‘rinishi quyidagicha (1-rasm).


1-rasm. Axborot-maslahat markazining tashkiliy-boshqaruv tuzilmasi
Axborot-maslahat markazlari qaysi hududiy darajada (respublika, viloyat, tuman) va mulkiy-tashkiliy tuzilmasi xususiyatlariga qarab, turli funksiya va xizmatlarni ko‘rsatmoqdalar. Aksariyat hollarda Axborot-maslahat markazlarining faoliyat funksiyasi va xizmatlari yo‘nalishi quyidagilardan iborat bo‘ladi:11

  • o‘qitish, qayta o‘qitish, kasbiy mahorati va malakasini oshirish;

  • ilmiy-amaliy, ilmiy-uslubiy xizmatlar ko‘rsatish;

  • axborot ta’minoti xizmatlari ko‘rsatish;

  • maslahat xizmatlari ko‘rsatish;

  • innovatsiya va ilg‘or tajriba, ish ulubi, texnologiya va ishlab chiqarish xizmat ko‘rsatish borasida maslahatlar berish, uni amalga oshirish-o‘zlashtirish uchun shart-sharoitlar yaratishga yordam berish, xizmat ko‘rsatish;

  • matbuot ishlarini yuritish;

  • reklama, tashviqot va targ‘ibot ishlarini (vakolati va qonun doirasida) olib borish borasida xizmat ko‘rsatish;

  • ko‘rgazmalar, ko‘riklar va tanlovlar tashkil etish;

  • onlayn video anjumanlari, mavsumiy-davriy va maxsus ruknlar hamda mavzular bo‘yicha anjumanlar tashkil etish;

  • xorijiy investorlarni axborot bilan ta’minlash, ularga istiqbolli loyihalar va investitsiya faoliyatining me’yoriy- huquqiy asoslari haqidagi ma’lumotlar taqdim qilish;

  • xorijiy investorlar va mahalliy tadbirkorlar o‘rtasida uchrashuv va muzokaralar tashkil etish;

  • agro-kuzatuv xizmatlari ko‘rsatish va boshqalar.

Misol sifatida Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida joylashgan "Yuldosh Navruzov Reyting" xususiy konsalting korxonasining tashkiliy tuzilmasini keltiramiz (2-rasm).



2-rasm. "Yuldosh Navruzov Reyting" konsalting korxonasining tashkiliy-boshqaruv tuzilmasi
Korxona ustaviga muvofiq, u o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Qonunlariga asosan to‘la xo‘jalik hisobi, o‘zini-o‘zi moliyaviy ta’minlash va boshqarish asosida olib boradi hamda o‘z Ustaviga asoslanadi.
Ustavning ayrim, e’tiborli jihatlari quyidagilardan iborat:12.
Ustavning "Umumiy qoidalar" bandida, korxona to‘g‘risida umumiy ma’lumot kelgirilgan. Unga bnnoan, korxona huquqiy shaxe sifatida o‘z nomidan shartnomalar tuzish, mulk sotib olish, majburiyat qabul qilish, da’vogar va javobgar bo‘lshp huquqiga ega. Korxona Ustavida ko‘rsatilgan faoliyt turlari bo‘yicha ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish rejasini mustaqil belgilaydi.
Odatda, axborot-maslahat va axborot- konsalting markazlari ish hajmi va shartnoma ko‘lamiga qarab turli yo‘nalishlarda mutaxassislarni shartnoma asosida ishga jalb qilishlari mumkin.
Istiqbolda, konsalting markazlari tashkiliy-boshqaruv faoliyatini optimallashtirish maqsadida quyidagi tuzilma tavsiya etiladi:
Taklif etilayotgan ushbu tashkiliy-boshqaruv tuzilmasi har bir hududdagi muayyan xizmat ko‘rsatishning holati va rivojlanganlik darajasi, axborot-maslahat markazlari xizmat ko‘rsatish tizimining barqarorligi hamda xizmatlarga bo‘lgan talab va taklif asosida o‘zgarishi mumkin.
Bu esa o‘z navbatida, xizmat ko‘rsatishda marketing tamoyillaridan foydalangan holda xizmatlar iste’molchilari uchun kurashishni, raqobatga kirishishni talab etadi.
Axborot-maslahat markazlarining xizmatlar bozoridagi raqobatda barqarorlikka erishish yo‘llaridan biri xizmat turlari bo‘yicha marketing tadqiqotlarini amalga oshirish hisoblanadi
Marketing tadqiqotlari hamda fermer xo‘jaliklari faoliyati moliyaviy holatini qiyoslovchi omillar tahlili xizmatlarga bo‘lgan talabning shakllanishiga quyidagi toifadagi omillar sabab bo‘layot- ganligidan dalolat bermoqda:
-birinchi toifa - fermer xo‘jaliklari va tadbirkorlar xizmatlar uchun to‘lovlar borasida noaniqlik holatiga mansub bulgan sabablar bilan bog‘liq omillar, aksariyat hollarda fermer va tadbirkorlarning bu holatdan chiqish borasidagi inert harakati tufayli o‘zlari bilib-bilmay ushbu noaniqlikni yanada chukurlashtirishga sharoit yaratmoqdalar;

  • ikkinchi toifa - xo‘jalikda yetishtiriladigan mahsulotlar va ular bilan bog‘liq xarajatlarni hisob-kitoblarda to‘liq aks ettirmaslik, pirovard-natijada xo‘jalikning haqiqiy rentabellik-samaradorlik holatini yetarli darajada aniqlash mushkul bo‘lgan holatlar bilan bog‘liq omillar;

  • uchinchi toifa, fermer xo‘jaliklari geografik tarqoq joylashganligi, ularning har biri bilan individual shug‘ullanishda murakkabliklar va qiyinchiliklarni vujudga keltirayotganligi bilan bog‘liq omillar.

Tahlillar ko‘rsatishicha, aksariyat fermer va tadbirkorlar konsalting markaziga mahsulot yetkazish va xizmatlar ko‘rsatish borasidagi shartnoma shartlariga rioya etmaslik, shartnoma shartlarini bajarmaslik natijasida vujudga kelayotgan nizo va kelishmovchiliklarni bartaraf etish hamda hal etish borasida murojaat etmokdalar.
Darhaqiqat, axborot-maslahat xizmatlariga bo‘lgan talabni o‘rganishda xizmat yo‘nalishlariga bo‘lgan eng yuqori ehtiyojlar viloyat miqyosida quyidagi rasmda keltirilgan (3-rasm).







3-rasm. Konsalting markazining taklif etilayotgan tashkiliy-boshqaruv tuzilmasi



Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish