Ahloqiy tarbiyada xalq maqollaridan foydalanish. Mundarija



Download 51,42 Kb.
bet1/5
Sana20.06.2022
Hajmi51,42 Kb.
#686323
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Ahloqiy tarbiyada xalq maqollaridan foydalanish.


Ahloqiy tarbiyada xalq maqollaridan foydalanish.
Mundarija:
I.Kirish...........................................................................................................
II.Asosiy qism...............................................................................................
1.1. Xalq og‘zaki ijodida yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash.........
1.2. O’quvchilarini ma’naviy – axloqiy tarbiyalashda xalq maqollarining ahamiyati.......................................................................................................
1.3. Maqollarning bola tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyati, uni qo‘llash imkoniyatlari..............................................................................................
III.Xulosa...................................................................................................
IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati....................................................
I.Kirish.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan kundan boshlab o’tgan vaqt mobaynida o’zbek xalqi siyosiy – ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda katta yutuqlarga erishdi. Ba’zan tezlik bilan o’zgarayotgan dunyo qiyofasini oldindan bashorat qilish mumkin bo’lgan bir davrda, xalqimiz ertangi kuniga ishonch bilan intilayotgan, to’g’ri tanlangan taraqqiyot yo’li ilk samarasini ko’rsatayotgan, yangicha tafakkur, g’ayrat va shijoat bilan yangi avlod vakillari maydonga kirib kelayotgan O’zbekiston zaminida mustaqillikni mustahkamlash, barqaror taraqqiyotni ta’minlash, tinchlik va barqarorlikni asrab – avaylashga ma’naviy tarbiyaning ahamiyati yanada kuchaymoqda.
1-Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganidek:“…. Inson yuksalishida ma’naviyat olamining qanday ta’sir va ahamiyatga ega ekani, shuningdek, ma’naviyatga qarshi qaratilgan xurujlarning real xalqi haqida atroflicha fikr yuritish, xalqimiz yangi hayot yangi jamiyat asoslarini qurayotgan hozirgi murakkab va tahlikali zamonda odamlarni bunday xatarlardan ogoh etish, el-yurtimiz, keng jamoatchilik e’tiborini yana bir bor qaratish, kelajak avlodimizni ma’naviy sog’lom va barkamol etib tarbiyalash bilan bog’liqdir”.
Ma’naviyat-inson ruhiy, aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. U kishilarning falsafiy, xuquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini o’z ichiga oladi. Ma’naviyat atamasining asosida “ma’ni” so’zi yotadi. Ma’lumki, insonning ichki va tashqi olami mavjud. Tashqi olami uning bo’y–basti, ko’rinishi, kiyinishi va hatti–harakatlari kiradi. Ichki olamiga esa uning yashashdan maqsadi, fikr yuritishi, orzu–istaklari, intilishlari, his-tuyg’ularini o’z ichiga oladi. Insonning ana shunday ichki olami ma’naviyatdirZero, jamiyat rivojlanishi faqat uning iqtisodiy taraqqiyotidangina emas, balki ma’naviy yuksalishini ham taqozo etadi. Har qanday mafkura kabi O’zbekistron Respublikasi milliy istiqlol mafkurasiningf asosiy g’oyalaridan biri ham jamiyatda ma’naviy-axloqiy qarashlarning ustuvorligiga erishish sanaladi. Ijtimoiy tarbiyaning boshqa turlari kabi ma’naviy-axloqiy tarbiya asosini ham ilg’or milliy, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, xalq pedagogikasi g’oyalari tashkil etadi.
Ma’naviyat- shaxs, xalq, davlat va jamiyatning kuch-qudrati, taraqqiyoti, imkoniyatlari va istiqbollarini belgilab beruvchi ichki ijobiy, ruhiy omildir.
Ma’naviyat (arabcha “ma’naviyat” – ma’nolar majmui) mohiyatiga ko’ra iltimoiy taraqiyotga ijobiy ta’sir o’tkazuvchi falsafiy, huquqiy, ilmiy, axloqiy, diniy tasavvur, tushuncha va g’oyalar majmui hisoblanadi.
Jamiyat ma’naviyati uch muhim soha yo’nalishida amaliy faoliyatni tashkil etish asosida shakllantiriladi.
Jamiyat ma’naviyatini shakllantiruvchi omillar: madaniyat, ma’rifat, mafkura.
Madaniyat (“cultura”- so’zidan olingan bo’lib, parvarish qilish, ishlov berish ma’nosini bildiradi) - ijtimoiy taraqiyot davomida insonlarning faoliyati tufayli qo’lga kiritilib, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi moddiy va ma’naviy boyliklar majmui.
Ma’rifat- shaxs ongiga ilmiy bilim, axloq qoidalari hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy me’yorlarni singdirish, ta’lim va tarbiyani takomillashtirish, milliy meros va umuminsoniy qadriyatlarni o’rganish, ularni targ’ib etish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar tizimi.
Ma’naviyat sohasida ijobiy yechimini ta’minlash zarur bo’lgan asosiy vazifani ko’rsatar ekan, O’zbekistron Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni ta’kidlaydi: “ Bu sohadagi asosiy vazifamiz –milliy qadriyatlarimizni tiklash, o’zligimizni aniqlash, milliy g’oya va mafkurani shakllantirish, muqaddas dinimizning ma’naviy hayotimizdagi o’rnini va hurmatini tiklash, o’zligimizni
anglash”.
Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib muayyan jamiyatda yashovchi kishilar amal qilishi zarur bo’lgan ma’lum hatti- harakatlar, qoidalar yig’indisidir.
Axloq odamlarning bir- birlariga, jamiyatga, davlatga, xalq mulkiga, oilaga, ishlab chiqarish vositalariga, mehnat mahsulotlariga munosabatini muayyan tartibga solinadigan hatti – harakat qoidalari tizimida namoyon bo’ladi.
Odob- odamlarning jamoat, el-yurt orasida o’zini tutishi, boshqalar bilan qay yosin muomalada qilishi, o’z turmush, bo’sh vaqtini qanday tashkil etish, xullas, shaxsning kundalik xulq-atvori, yurish- turishi, hatti – harakatlari qanday bo’lishi lozimligi xususida bahs etadi. Aniqrog’i, axloq kishining ichki olami, e’tiqodi, fazilatlari sifatida mavjud bo’lsa, odob shaxsning ko’zga tashlanayotgan mulozamati, xulq- atvori, muomala munosabatlari tarzida namoyon bo’ladi.
Axloq kishidan har xil holatlarda qanday yo’l tutish kerakligini yaxshi o’ylab, maqsadga muvofiq harakat qilishni talab etsa, odob o’z qoidalarining odat tusiga kirishini, ya’ni har qanday vaziyatda shu odatni namoyon qilishini taqozo etadi. Har bir odam xususida, odatda, uning faoliyatiga va ishi axloq talablariga, turmush qoidalariga, jumladan, davlat qonunlariga muvofiq yoki xilof ekanligiga asoslanib muayyan fikr yuritiladi.
Axloq ilmi yaxshilik bilan yomonlik o’rtasidagi murakkab muammolar haqida bahs yuritib, insonning kamolotga erishish yo’lini yoritib boradi. Har bir inson bir olam bo’lgani kabi uning axloq – odobi ham juda murakkab olam desak yanglishmaymiz.
“Ma’naviyat- insonni ruhan yuksalish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, odamning ichki olamini, irodasini baquvvat, iymon- e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuch va uning barcha qarashlarining mezonidir ”
O’zbek xalq ijodi qamrovi nihoyatda keng, bag’oyat serqirra va serjilo tushunchadir. U xalqning paydo bo’lishi bilan paydo bo’ladi va rivojlanadi. Unda xalqning orzu-umidlari, qarashlari, hayoti keng bayon etiladi. O’zbek xalq og’zaki ijodi namunalaridan maqol, topishmoq, tez aytish, qo’shiq, ertak, dostonlarda bola tarbiyasining ma’lum bir xususiyatini o’zida aks etadi.
Doston–qissa, hikoya, ta‘rif, sarguzasht ma‘nolarini anglatadi. U keng tarqalgan etnopedagogik janr bo’lib, xalqning ma‘naviy-maishiy qiyofasi, kurashi, axloqiy-estetik qarashlari, adolat, ozodlik, tinchlik, vatanparvarlik, insonparvarlik, do’stlik kabi tarbiyaviy sifatlarni targ’ib etadi. Dostonlarda komil shaxs tarbiyaviy sifatlari umumlashgan holda beriladi. Oliy insoniy sifatlar bo’rttiriladi. Shuning uchun tinglovchida doston qahramonlaridan o’rnak olish hissi tug’iladi. Dostonlarni baxshilar kuylashadi. “Baxshi” mo’g’ulcha va buryatcha “baxsha”, “bag’sha” so’zlaridan olingan bo’lib, “ustod”, “ma‘rifatchi” degan ma‘nolarni anglatadi.
O’zbek xalq og’zaki ijodida dostonlardan tashqari MAQOLLARning o’rni beqiyosdir. Maqollar odamlarning hayoti va turmushi jarayonida to’plagan tajribalari, dunyoqarashi, o’zi yashab turgan ijtimoiy hayotga bo’lgan munosabati, o’tmish hayoti va uning ibratli saboqlarini, umid va orzularini ifodalaydi. So’z san’atining mahsuli sifatida maqollar ifodalanadi. Maqollar xalq og’zaki ijodining bir turidir. Maqollarda xalqning turmush davomida to’plagan tajribalari natijasida yuzaga kelgan xulosalari ixcham va sodda tarzda bayon etilgan.
Alisher Navoiy o’zining ijodiy faoliyatida xalq og’zaki ijodini o’rganib, kishilar hayotida maqolning naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida to’xtalib shunday baytni yozadi:
Kishiga necha mushkul hol, Hikmatu aql anga erur halol. Kimki bilay desang maqolin angla, Asli bilay desang oni angla.
Rus yozuvchisi L.N. Tolstoy maqollarni xalq orasida naqadar yuksak qadr- qimmatga ega ekanligiga to’xtalib shunday deydi: “Har bir maqolda men shu maqolni yaratgan xalq siymosini ko’raman”.
“Maqol” atamasi arabcha “kavlun” – gapirmoq, aytmoq so’zlaridan olingan bo’lib, ommaning muayyan voqea-hodisalar, voqelik haqidagi lo’nda xulosalarini ifodalaydi. Ularda fikr aniq, muayyan mantiqiy izchillikda, ba‘zan to’g’ri, ba‘zan ko’chma ma‘noda ifodalanadi. Maqollardagi berilgan fikrlar faqatgina bitta shaxsga tegishli emas, balki keng xalq ommasiga qaratilgan. Maqollar ixcham, lekin mazmuni bir olam. Maqollarda xalqning orzu-umidlari, ma’naviy-axloqiy qarashlari, muhabbat va nafrat, tarbiyaning barcha qirralari ifodalanadi. Shuning uchun ham bola tarbiyasida, xususan axloq- odobiga ijobiy ta’sir etadi.

Download 51,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish