Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora tadbirlari to


-bob. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam uchun murojaat qilish



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/18
Sana31.12.2021
Hajmi0,64 Mb.
#270357
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
122-сон 05.03.2021. Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida

3-bob. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam uchun murojaat qilish

tartibi

12.  Oilani  kam  ta’minlangan  deb  e’tirof  etib,  unga  bolali  oilalarga  nafaqa  yoki  bola  parvarishi  bo‘yicha

nafaqa  yoxud  moddiy  yordam  yashash  joyi  bo‘yicha  oilaning  muomalaga  layoqatli  a’zosining  yozma  arizasiga

asosan tayinlanadi.

13. Bolali oilalarga nafaqa yoki bola parvarishi bo‘yicha nafaqa yoxud moddiy yordam tayinlash uchun ariza

zarur  hujjatlar  bilan  birga  bevosita  ariza  beruvchining  doimiy  yoki  vaqtincha  yashash  manzilidagi  fuqarolarning

o‘zini o‘zi boshqarish organiga taqdim etiladi va ro‘yxatga olinadi.

Ariza fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan maxsus ro‘yxatga olish daftariga qayd etiladi,

bunda arizaning berilgan sanasi, ariza beruvchining ismi, familiyasi, otasining ismi va yashash manzili, shuningdek,

olish istagini bildirgan nafaqa yoki moddiy yordam turi ko‘rsatiladi.

14.  Bolali  oilalarga  nafaqa,  bola  parvarishi  bo‘yicha  nafaqa  yoki  moddiy  yordam  tayinlash  uchun

O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  huzuridagi  budjetdan  tashqari  Pensiya  jamg‘armasining  tuman  (shahar)

bo‘limi  (keyingi  o‘rinlarda  —  Pensiya  jamg‘armasi  bo‘limi)  boshlig‘ining  nomiga  ariza  ushbu  Nizomga  3-ilovaga

muvofiq shaklda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga taqdim etiladi.

Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

ariza beruvchi oila a’zolarining O‘zbekiston Respublikasi pasporti nusxalari yoki ID-kartalari;

chet  el  fuqarolari,  fuqaroligi  bo‘lmagan  shaxslarning  yashash  guvohnomalari,  fuqaroligi  bo‘lmagan  shaxs

guvohnomalari yoki ID-kartalari hamda yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida qayd varag‘i nusxasi;

bolalari vasiylik ostida bo‘lgan taqdirda, arizaga vasiylik va homiylik organining qarori nusxasi;

ushbu  Nizomga  3a-ilovaga  muvofiq  shakl  bo‘yicha  oilaning  mavjud  chorva  mollari  va  parrandalari

to‘g‘risida ma’lumot;

ushbu  Nizomga  3b-ilovaga  muvofiq  shakl  bo‘yicha  ariza  beruvchi  va  uning  oila  a’zolari  nomidagi  tijorat

banki  hisobvaraqlaridagi  mablag‘  qoldiqlari  va  ariza  berilgan  oydan  oldingi  3  oy  mobaynida  ularning  nomiga

o‘tkazilgan pul o‘tkazmalari yuzasidan ma’lumotlarni Markaziy bank tomonidan “Yagona reyestr” ATga taqdim etish

to‘g‘risida oilada birga yashovchi 18 yosh va undan katta yoshdagi muomalaga layoqatli barcha oila a’zolari imzolari

bilan tasdiqlangan ariza.

Bunda  birga  yashovchi  18  yosh  va  undan  katta  yoshdagi  muomalaga  layoqatli  barcha  oila  a’zolari

imzolarining  haqqoniyligi  bo‘yicha  ariza  beruvchi  javobgar  bo‘ladi.  Ariza  beruvchi  tomonidan  ushbu  bandda

keltirilgan  barcha  hujjatlarning  to‘liq  taqdim  etilganligi  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organi  tomonidan

tekshiriladi.

Oilani kam ta’minlangan deb e’tirof etish unga va bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa

yoki moddiy yordamni tayinlash uchun arizalar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga oila ushbu nafaqa yoki

moddiy  yordam  olishni  istagan  oydan  oldingi  oyning  16-sanasiga  qadar  taqdim  etiladi.  Bunda  yuqorida  ko‘rsatib

o‘tilgan muddatdan keyin berilgan arizalar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.




8/9/2021

 122-сон 05.03.2021. Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya tex…

https://lex.uz/docs/-5319768

6/23


Ariza  beruvchi  tomonidan  ushbu  bandda  keltirilgan  barcha  hujjatlar  to‘liq  taqdim  etilmagan  hollarda,

fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organi  ariza  beruvchiga  qo‘shimcha  ravishda  qaysi  hujjatlar  taqdim  etilishi

kerakligi  haqida  xabar  qiladi.  Ushbu  holatlarda  ariza  beruvchi  tomonidan  taqdim  etilishi  kerak  bo‘lgan  hujjatlar

qo‘shimcha  besh  kun  ichida,  biroq  ushbu  nafaqa  yoki  moddiy  yordam  olishni  istagan  oydan  oldingi  oyning  16-

sanasiga qadar taqdim etilishi zarur.

15.  Fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organi  arizada  ko‘rsatilgan  ariza  beruvchi  va  uning  oila  a’zolari

tarkibini,  oilaning  tomorqa  yer  va/yoki  dehqon  xo‘jaliklarining  maydoni  va  arizada  ko‘rsatilgan  manzil  bo‘yicha

yashayotganligini  ariza  berilgan  sanadan  boshlab  ikki  ish  kuni  mobaynida,  biroq  oila  bolali  oilalarga  nafaqa,  bola

parvarishi  bo‘yicha  nafaqa  yoki  moddiy  yordam  olishni  istagan  oydan  oldingi  oyning  18-sanasiga  qadar  o‘rganib

chiqadi.


Arizada  ko‘rsatilgan  ma’lumotlarning  ishonchliligi  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organi  tomonidan

ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha tasdiqlanadi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi har besh

kunda kamida bir marotaba, biroq ariza berilgan oyning 19-sanasiga qadar ushbu Nizomning 14-bandida ko‘rsatilgan

ariza  va  taqdim  etilgan  hujjatlarni  hamda  ushbu  Nizom  bilan  tasdiqlangan  4-ilovaga  muvofiq  oilaning  tarkibi

to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga taqdim etadi.

Fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organi  tomonidan  Pensiya  jamg‘armasi  bo‘limiga  arizalar  ushbu

Nizomga  5-ilovaga  muvofiq  shakl  bo‘yicha  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organiga  bolali  oilalarga  nafaqa,

bola parvarishi bo‘yicha nafaqa yoki moddiy yordam tayinlashni so‘rab murojaat etilgan arizalar ro‘yxatiga asosan

taqdim etiladi.

16.  Oilani  kam  ta’minlangan  deb  e’tirof  etish  va  unga  bolali  oilalarga  nafaqa,  bola  parvarishi  bo‘yicha

nafaqa  yoki  moddiy  yordam  tayinlash  to‘g‘risida  qabul  qilingan  arizalar  Pensiya  jamg‘armasi  bo‘limining  mas’ul

xodimlari tomonidan har kuni, biroq ariza berilgan oyning 26-sanasiga qadar “Yagona reyestr” ATga kiritiladi.

Bolali  oilalarga  nafaqa,  bola  parvarishi  bo‘yicha  nafaqa  yoki  moddiy  yordam  tayinlash  to‘g‘risida  qabul

qilingan arizalar va unga ilova qilingan hujjatlar Pensiya jamg‘armasining tegishli bo‘limlarida saqlanadi.




Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish