Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora tadbirlari to


-bob. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa yoki moddiy yordam olish uchun arizalarni



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/18
Sana31.12.2021
Hajmi0,64 Mb.
#270357
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
122-сон 05.03.2021. Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida

4-bob. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa yoki moddiy yordam olish uchun arizalarni

ko‘rib chiqish tartibi

17. Oila a’zolarining barcha rasmiy daromadlari, shuningdek, oilaning har bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan bir

oylik  o‘rtacha  jami  daromadning  hisob-kitobi,  oila  a’zosi  nomida  mavjud  bo‘lgan  ko‘chmas  mol-mulki  va

avtotransport  vositalari  to‘g‘risida  ma’lumotlari  ariza  berilgan  oydan  keyingi  oyning  1-sanasiga  qadar  “Yagona

reyestr” AT tomonidan avtomatlashtirilgan tarzda idoralararo elektron o‘zaro hamkorlikni qo‘llagan holda jamlanadi

va hisob-kitob qilinadi.

18. Oilani kam ta’minlangan oila deb e’tirof etish va unga bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha

nafaqa,  moddiy  yordam  tayinlash  yoki  tayinlashni  rad  etish  “Yagona  reyestr”  AT  tomonidan  avtomatlashtirilgan

tarzda amalga oshiriladi.

19.  Quyidagi  holatlar  mavjud  bo‘lganda,  oilani  kam  ta’minlangan  oila  deb  e’tirof  etish  va  unga  tegishli

ravishda bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa yoki moddiy yordam tayinlash rad etiladi:

a)  ariza  beruvchi  oilasining  har  bir  a’zosiga  to‘g‘ri  keladigan  bir  oylik  o‘rtacha  jami  daromad  ushbu

Nizomning 6-bandida belgilangan mezondan oshganda;

b)  idoralararo  elektron  axborot  tizimi  orqali  olingan  ma’lumotlar  bo‘yicha  Ko‘chmas  mulk  obyektlariga

bo‘lgan  huquqlarning  davlat  reyestrida  ariza  beruvchi  va  uning  oila  a’zolarida  jami  bittadan  ortiq  ko‘chmas  mulki

yoki bir va undan ortiq noturar joy binolari mavjud bo‘lganda;

v)  ariza  beruvchi  yoki  uning  oila  a’zolarida  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  o‘z  nomiga

rasmiylashtirilgan yoki bosh ishonchnoma asosida foydalanilayotgan:

ishlab  chiqarilgan  muddati  7  yildan  oshmagan,  texnik  holati  soz  bo‘lgan  avtotransport  vositasi  mavjud

bo‘lganda;

jami ikki va undan ortiq, texnik holati soz bo‘lgan avtotransport vositalari mavjud bo‘lganda;

g) ariza beruvchi va uning oila a’zolarining tijorat banklaridagi depozit hisobvaraqlarida ariza bergan oyda

mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining besh baravari va undan ortiq miqdorda mablag‘lari mavjud bo‘lganda;



8/9/2021

 122-сон 05.03.2021. Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya tex…

https://lex.uz/docs/-5319768

7/23


d) ariza beruvchi va uning oila a’zolarida ariza bergan oyda mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining besh

baravari va undan ortiq miqdorda bozor qiymatidagi qimmatli qog‘ozlari mavjud bo‘lganda;

e)  O‘zbekiston  Respublikasi  Mudofaa  vazirligi,  Ichki  ishlar  vazirligi,  Favqulodda  vaziyatlar  vazirligi,

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Davlat  xavfsizlik  xizmati,  Milliy  gvardiya,  Davlat  xavfsizlik  xizmati,  Davlat

bojxona  qo‘mitasi,  Mudofaa  sanoati  davlat  qo‘mitasi  hamda  ularning  tizimidagi  tashkilotlarning  xizmatchilari  va

xodimlari yoki ularning oila a’zolari (turmush o‘rtog‘i va bolalari) tomonidan arizalar taqdim etilganda;

j) bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa yoki moddiy yordam oluvchi va uning oila a’zosi

tomonidan ushbu Nizomning 11-bandida belgilangan tartibga rioya qilmagan holda takroriy ariza taqdim etilganda.

Bunda takroran taqdim etilgan ariza “Yagona reyestr” ATga kiritilgandan so‘ng ariza ko‘rib chiqilmasdan, arizachiga

rad javobi arizada ko‘rsatilgan elektron manzilga yoki SMS-xabarlar orqali mobil telefon raqamiga jo‘natiladi;

z) oilada mehnat organlari tomonidan tayinlangan ishsizlik nafaqasini olayotgan a’zolari mavjud bo‘lganda;

i) oilada oxirgi 12 oy davomida ish qidirayotgan a’zosi mehnat organlarining maqbul keladigan ishga doir

takliflarini muntazam ravishda (ikki va undan ortiq marotaba) rad etganda;

k)  daromadlarning  rasmiy  manbalariga  ega  bo‘lmagan  va  oxirgi  olti  oy  mobaynida  ish  izlab  mehnat

organlariga  murojaat  qilmagan  hamda  mehnat  organlarida  hisobda  turmagan,  o‘zini  o‘zi  band  qilgan  shaxslar

ro‘yxatiga kiritilmagan yoki haq to‘lanadigan jamoat ishlari ishtirokchisi hisoblanmagan oilaning mehnatga layoqatli

a’zosi mavjud bo‘lganda.

Ushbu qoida:

bola uch yoshga to‘lguniga qadar uni parvarish qiluvchi onalarga (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga);

ta’lim muassasalarida o‘qiyotganlarga (ta’limning kechki va sirtqi o‘qish holatlari bundan mustasno);

ishlamaydigan  pensionyerlarga,  davlat  pensiyasi  tayinlash  uchun  zarur  bo‘lgan  ish  stajiga  ega  bo‘lmagan

shaxslarga va mehnatga layoqatsizlik yuzasidan nafaqa oluvchi fuqarolarga, OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga,

I yoki II guruh va bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga;

amalda tomorqa yer va/yoki dehqon xo‘jaligini yuritish bilan band bo‘lgan oila a’zolariga;

16 yoshgacha bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarning onalariga (onasi bo‘lmagan holda, otasiga), oila

a’zosi hisoblangan I guruh nogironligi bo‘lgan shaxsni yoki o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan 80 yoshga to‘lgan

keksalarni parvarish qilayotganlarga (ushbu ma’lumot Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan aniqlashtiriladi);

chet elda ishlaydigan yoki chet elda tadbirkorlik va boshqa faoliyatni amalga oshiruvchi oila a’zolariga;

oilaning  “Har  bir  oila  —  tadbirkor”  dasturi  doirasida  (o‘zini  o‘zi  boshqarish  organining  oila  tarkibi  va

iqtisodiy ahvoli to‘g‘risidagi ma’lumotida yoritilishi lozim) oilaviy tadbirkorlikda band bo‘lgan, biroq ushbu dastur

bo‘yicha mikrokredit olingan sanadan boshlab ko‘pi bilan 12 oy band bo‘lgan a’zolariga;

sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bo‘yicha jazoni ijro etish muassasalarida ekanligi munosabati bilan

oilada bo‘lmagan a’zolariga;

tuman (shahar) aholi bandlikka ko‘maklashish markaziga ish qidiruvchi sifatida rasmiy murojaat qilgan yoki

ishsiz  sifatida  ro‘yxatga  olingan,  ushbu  markaz  tomonidan  kasbga  tayyorlashga,  qayta  tayyorlashga  yoki  malaka

oshirishga  yuborilgan,  shuningdek,  o‘zini  o‘zi  band  qilgan  fuqarolar  ro‘yxatiga  kiritilgan  shaxslarga  nisbatan

qo‘llanilmaydi.

Ushbu bandda ko‘rsatilgan mezonlar asosida bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa yoki

moddiy  yordam  tayinlash  rad  etilganda,  ariza  beruvchiga  xabar  “Yagona  reyestr”  AT  orqali  rad  etish  sabablari

ko‘rsatilgan holda elektron shaklda (arizada ko‘rsatilgan elektron manziliga yoki SMS-xabarlar orqali mobil telefon

raqamiga) yuboriladi.

20.  Ariza  beruvchining  ushbu  Nizomning  6  va  19-bandlariga  muvofiq  bolali  oilalarga  nafaqa,  bola

parvarishi  bo‘yicha  nafaqa  yoki  moddiy  yordamni  olish  huquqiga  ega  emasligi  “Yagona  reyestr”  AT  tomonidan

avtomatlashtirilgan  tarzda  manfaatdor  vazirliklar  va  idoralarning  axborot  tizimlaridan  elektron  shaklda  olingan

ma’lumotlar hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan oilaning tarkibi bo‘yicha taqdim etilgan

ma’lumotlarga asosan aniqlanadi.

Manfaatdor  vazirliklar  va  idoralarning  axborot  tizimlaridan  ariza  beruvchi  to‘g‘risida  elektron  shaklda

avtomatlashtirilgan  tarzda  olingan  ma’lumotlar  “Shaxsga  doir  ma’lumotlar  to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston  Respublikasi




8/9/2021

 122-сон 05.03.2021. Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya tex…

https://lex.uz/docs/-5319768

8/23


Qonuniga  muvofiq  himoyalanadi.  Ushbu  ma’lumotlardan  foydalanish  vakolati  Pensiya  jamg‘armasi  hududiy

boshqarmasining buyrug‘i bilan rasmiylashtirilgan mas’ul xodimga beriladi.




Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish