Aholining tabiiy va mexanik harakatining joriy hisobi qanday amalga oshiriladi? Aholi Yer yuzida yoki uning muayyan hududi, qitʼa, mamlakat, tuman, shaharida istiqomat qiluvchi odam (inson) lar majmui



Download 14,51 Kb.
Sana01.07.2022
Hajmi14,51 Kb.
#723910
Bog'liq
Aholining tabii-WPS Office


  1. Aholining tabiiy va mexanik harakatining joriy hisobi qanday amalga oshiriladi? Aholi – Yer yuzida yoki uning muayyan hududi, qitʼa, mamlakat, tuman, shaharida istiqomat qiluvchi odam (inson) lar majmui. Aholini tadqiq etish bilan maxsus fan – Demografiya shugʻullanadi.aholi oʻrtasida sodir boʻlayotgan jarayonlar biologik, geografik, ijtimoiy-iqtisodiy omillar taʼsirining natijasidir. Lekin Aholi rivojlanishiga hal qiluvchi taʼsirni ijtimoiy-iqtisodiy omillar koʻrsatadi. Aholi muammolari odamlarning biologik xususiyatlari, insonlarning atrof muhit bilan oʻzaro alokasi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bilan bogʻliq. Chunki aholining mehnatga yarokli qismi jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchidir. Aholini ilmiy va muntazam oʻrganish oʻrta asrlardan boshlangan. Ani hisobga olish Yevropa va Amerikada 19-asrda, qolgan regionlarda 20-asrning dastlabki choragida yoʻlga qoʻyilgan. Oʻzbekistonda aholi haqidagi statistik maʼlumotlar 19-asr 2-yarmidan boshlab mavjud. Respublikada aholi muammolarini oʻrganish 1960–1970-yillardan boshlab tez rivojlandi. AHOLIni ifodalovchi asosiy koʻrsatkichlar qatorini – uning takror barpo qilinishi (tugʻilish, oʻlim, nikohga kirish, ajralish, tabiiy oʻsish), joylanishi, urbanizatsiyasi, migratsiyasi, yosh jinsiy tarkibi va oilaviy holati, maʼlumot darajasi, irqiy, til, etnik, diniy tarkibi tashkil etadi. 2.2 AHOLIning ijtimoiy-iqgisodiy tarkibini ifodalovchi koʻrsatkichlarga uning bandligi, iqtisodiy faolligi, kasb-hunari va boshqa kiradi.Turli shtatlarda migratsiya darajasi va uning yo'nalishi sezilarli darajada farqlanadi. Mamlakatlar aholisiga Shimoliy Amerika xarakterlanadi Boshqacha qilib aytganda, uzoq muddatli yoki doimiy yashash uchun bu erga kelganlar soni chiqib ketganlar sonidan ko'proq. Boshqa mamlakatlarda, masalan, Ozarbayjonda teskari nisbat kuzatiladi. Rossiyada aholining mexanik harakati tabiiy kamayishning 75% migratsiya bilan qoplanishi bilan tavsiflanadi. Rossiya hajmi bo'yicha dunyoda uchinchi o'rinda, faqat AQSh va Germaniyadan keyin ikkinchi o'rinda. Migrantlarning qariyb ¾ qismini MDH davlatlaridan kelgan rusiyzabon aholi tashkil etadi.Tavsiflanadi?

Mexanik harakati aholi - yana tez-tez ko'chib sifatida tanilgan, bir tushuncha. Bu boshqa bir mamlakatda, geografik sohada yoki mintaqada o'z harakat ifodalangan bo'lib, jismoniy shaxslarning yoki ijtimoiy guruhlarning yashash joyi o'zgarishi bor bo'lgan bir jarayon.1.1Aholining ta'siri ostida o'zgarishi tabiiy harakat (ko'payish ) - tug'ilish va o'lim jarayonlarining nisbati. Tabiiy harakat avlodlar almashinuvi va aholi tiklanishining doimiy jarayonini keltirib chiqaradi. Aholining soni bo'yicha farq qiluvchi dunyo mamlakatlarida bunday ko'payish sur'atlarini taqqoslash uchun yiliga har 1000 kishiga tug'ilish va o'limning o'rtacha darajasi (koeffitsienti) hisoblab chiqiladi (ppm bilan o'lchanadi). Tug'ilish va o'lim darajasi o'rtasidagi farq deyiladi tabiiy o'sish. Tabiiy o'sish sur'ati ijobiy, salbiy yoki nolga teng bo'lishi mumkin, bu aholi sonining ko'payishi, kamayishi yoki barqarorligini ko'rsatadi.

  1. Aholi roʻyxatlari – Mamlakat yoki muayyan hududda maʼlum vaqt yoki davrda yashayotgan aholining demografik, iqtisodiy va ijtimoiy maʼlumotlarining jarayoni toʻplami. Baʼzan aholi roʻyxati tushunchasiga, shuningdek ushbu maʼlumotlarni yigʻish, ishlash va nashr etishni ham qoʻshadilar. Aholi roʻyxatlari ilmiy talablarga hamda amaliyot ehtiyojlariga javob berish, aholi soni, tarkibi va joylashishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish maqsadida oʻtkaziladi. Aholi roʻyxatlari oʻtkazilganda uyma-uy yurib, har bir yashovchi haqida maʼlumot yigʻiladi.Aholi roʻyxatlarini oʻtkazish boʻyicha bir qancha ilmiy tamoyillar mavjud. Ularning ichida jami voqea va hodisalarni qamrab olish tamoyili eng muhimi hisoblanib, roʻyxat oʻtkazilayotganda muayyan joydagi jami aholi qamrab olinishi shart. Faqat shundagina aholi roʻyxatlari oʻtkazilayotgan hududdagi demografik jarayonlar toʻgʻrisida toʻlaqonli maʼlumot olish mumkin. Aholi roʻyxatiga demografiya belgilari (jinsi, yoshi, oilaviy holati), iqtisodiy belgilari (mashgʻuloti, iqtisodiy faoliyat sohasi yoki turi), maʼlumoti (savodliligi, maktabga borishi), etnik alomatlari (millati, tili, baʼzan dini) va hokazo maʼlumotlar olinadi. Ayrim aholi guruxlari uchun nikohga kirgan oy-kuni, tugʻilgan bolalari soni ham olinadi. Ar.da koʻpincha oila (uy sohibaligi), kim oila boshligʻi ekanligi hisobga olinadi. Ushbu maʼlumotlar vaqt va hudud doirasida taqqoslashga yarokli boʻlishligi uchun, jami aholiga bir xil mazmundagi savollar takdim qilinishi kerak, yaʼni mamlakat miqyosida aholi roʻyxatlari yagona dastur asosida oʻtkazilishi shart. Bunda BMT tomonidan berilgan tavsiyalarga tayaniladi. Aholiga tegishli maʼlumotlar aniq boʻlishligi uchun ularni har bir kishidan shaxsan olinadi. Roʻyxat odamlarning oʻz joyida muqim yashab turgan davrida, yaʼni asosan qishda qisqa muddatda, bir necha kun yoki hafta mobaynida oʻtkaziladi, lekin barcha maʼlumotlar kritik (jiddiy) lahzasi (odatda roʻyxatga olishning birinchi kuni) da olinadi – shungacha oʻlganlar va tugʻilganlar koʻrsatilmaydi. Javoblar roʻyxat varakalariga yagona nusxada yoziladi.Har qanday davlatning tarixi – bu, birinchi navbatda, unda yashaydigan xalqning tarixi, aholisining soni va tarkibi, uning iqtisodiy va ijtimoiy tavsiflarida o‘z ifodasini topadi. Aholi soni bo‘yicha aniq va yaxlit ma’lumotlar aholini ro‘yxatga olish asosida olinadi.

Aholini ro‘yxatga olish yakunlariga qarab o‘tmish va hozirgi davr haqida fikr va mulohazalar yuritish hamda kelajakni prognoz qilish mumkin bo‘ladi. 

Qator holatlarda aholini ro‘yxatga olish – aholining yoshi, jinsi, milliy tarkibi, ma’lumot darajasi, nikoh holati, bandligi va boshqa tavsiflari haqida ma’lumotlar olishning yagona manbai bo‘lib xizmat qiladi. 

Aholini ro‘yxatga olish – bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axborot manbai hisoblanadi.Aholini dastlabki ro‘yxatga olish qadimgi Gretsiya, Vavilon, Mesopotamiya, Rim, Xitoy, Yaponiya va Misrda o‘tkazilgan. Lekin, bu aholi ro‘yxatlarining maqsadi aholidan soliq yig‘ish, ya’ni boj olish hamda harbiy maqsad uchun aholi sonini aniqlash bo‘lgan. Shuning uchun ham, bu aholi ro‘yxatlarida asosan erkaklar ro‘yxatga olingan. Chunki, u paytlarda erkaklarning iqtisodiy o‘rni yuqori bo‘lgan, soliq to‘lashda faqat erkaklar, ya’ni oila boshliqlari qatnashgan.

Aholini eng birinchi rasmiy ro‘yxatga olish 1790 yilda AQShda, keyinchalik 1800 yilda Shvetsiya va Finlyandiyada, 1801 yilda – Angliya, Daniya, Norvegiya va Fransiyada o‘tkazilgan. Ammo, bu aholi ro‘yxatlari juda oddiy shaklda hamda uzoq muddatga cho‘zilgan. Masalan, birinchi AQShda aholini ro‘yxatga olish ishlari 18 oy davomida olib borilgan.

XIX asrga kelib, aholini ro‘yxatga olish juda kengaydi.
Qator Evropa mamlakatlarida statistika tashkilotlari tuzildi. Aholini ro‘yxatga olish ilmiy dasturlar asosida olib borilishi yo‘lga qo‘yildi. Xususan, 1870-1879 yillarda dunyoning 48 ta, 1890 yillarda esa 57 ta davlatida aholi ro‘yxati o‘tkazilgan. XIX asr oxirida dunyo aholisining 21 foizi ro‘yxatga olingan bo‘lsa, XX asr boshida 54 foiz aholi ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Ikkinchi jahon urushidan keyin, aholini ro‘yxatga olish tizimi yanada takomillashtirildi. 1945-1954 yillarda – 151 ta davlatda, 1965-1974 yillarda – 179 ta davlatda aholi ro‘yxati o‘tkazilgan. Hozirgi paytda, dunyodagi deyarli barcha davlatlarda aholini ro‘yxatga olish ishlari olib borilmoqda.


51.
Mehnat bozori deganda bir tomondan ish beruvchilar, ikkinchi tomondan ishga talabgorlarning (yollanuvchilarning) o’zaro munosabati amalga oshuvchi bozor iqtisodiyotining maxsus bo’lagi tushuniladi va u quyidagi komponentlardan tashkil topadi: mehnatga talab; mehnat taklifi; ishchi kuchi bahosi; ishchi kuchi qiymati; raqobat.Mehnat bozori deganda bir tomondan ish beruvchilar, ikkinchi tomondan ishga talabgorlarning (yollanuvchilarning) o’zaro munosabati amalga oshuvchi bozor iqtisodiyotining maxsus bo’lagi tushuniladi va u quyidagi komponentlardan tashkil topadi: mehnatga talab; mehnat taklifi; ishchi kuchi bahosi; ishchi kuchi qiymati; raqobat.
Mehnat bozori statistikasi oldida mehnat resurslari, iqtisodiy faol va nofaol aholi, aholini bandligi, ishsizlik terminlarini izohlash asosida statistik ko’rsatkichlarni aniqlash metodologiyasini takomillashtirish, hisoblash va tahlil qilish, korxona va tashkilotlarda xodimlar sonini, tarkibini, unumdorligini o’rganish vazifalari turadi. Buni ustiga, mehnat bozorini holati bilan aholini tanishtirish va boshqaruv organlarini ma’lumotlar bilan ta’minlash, statistik organlarining ham o’ta muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.Mеhnаt kоdеksi”gа vа O'zbеkistоn rеspublikаsi vаzirlаr mаhkаmаsining 2002 yil 31 yanvаrdаgi № 42 sоnli “Аhоlini ish bilаn tа'minlаngаnligini hisоbgа tizimini tаkоmillаshtirish to'g'risidа”gi qаrоrigа binоаn mеhnаt rеsurslаrining quyi chеgаrаsi 16 yosh, yuqоri chеgаrаsi esа erkаklаr uchun 60, аyollаr uchun 55 yosh dеb qаbul qilingаn.
MR = MYo – NI +PO'
bu yerdа:
MYo – mеhnаtgа lаyoqаtli;
NI – nоgirоnlаr;
PO' – ishlаb chiqаrish yoki хizmаt ko'rsаtish sоhаlаridа bаnd bo'lgаn pеnsiоnеrlаr vа 16 yoshdаn kichik bo'lgаn o'smirlаr.
Statistik ma’lumotlarga qaraganda 2013-yilda 12523,3 ming kishi ish bilan band bo’lgan. Ularning katta qismi yani 81% ko’prog’i nodavlat sektorida foliyat yurituvchi subyektlarda ishlaydi. Ish bilan band bo’lganlardan sanoat tarmoqlarida, qurilish va transportda- erkaklar ko’p ishlaydi; ta’lim , madaniyat, sanat, sog’liqni saqlash, savdo va umumiy ovqatlanishda- ayollar ko’proq ishlar ekan.
2013-yilda ish bilan band bo’lganlardan ma’lumoti bo’yicha :
Oliy ma’lumotliylar – 32.7%
O’rta maxsus ma’lumotliylar-35.7%
O’rta va to’liqsiz o’rta ma’lumotliylar – 31.6%
Xozirgi paytda 1500 ko’proq kasb-hunar muossasalari foliyat yritayotgan bo’lib, ularda yoshlar xalq xo’jaligining turliy tarmoqlariga mutaxassislar tayorlab bermoqdalar. Demak, bundan keying yillarda o’rta maxsus ma’lumotlilar hissasi o’rta va to’liqsiz o’rta ma’lumotlilar hisobiga oshib boradi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga asosan ishga va ish haqqiga ega bo‘lmagan, ish qidiruvchi sifatida mehnat birjasida ro‘yxatga olinganlar, hamda mehnat qilishga yoki kasbiy qayta tayyorlanishga tayyor bo‘lgan mehnat qilish yoshidagi (16 yoshdan to nafaqa yoshigacha) mehnatga layoqatli shaxslar ishsizlar deyiladi. Ishsizlik turli sabablar oqibatida vujudga keladi va ularni quyidagi turlarga bo‘ladi:

Friksion ishsizlik;

Tarkibiy (strukturaviy) ishsizlik;

Davriy ishsizlik.


Friksion ishsizlarga ish yoki turar joylarini o‘zgartiruvchi, mavsumiy ishlar tugallanmaganligi sababli, o‘quv yurtlarini birtirganligi sababli ish qidirib yurgan ishsizlar kiradi. Tarkibiy (strukturaviy) ishsizlar ishlab chiqarish tarkibi yoki uning texnologiyasi tubdan o‘zgarib, kasblarning ayrim turlariga talab kamayganligi sababli kelib chiqadi. Bozor munosabatlari raqobatda sinmaslik uchun yangi texnika va texnologiyalarni joriy qilishni taqazo etadi. O‘z nabatida Fan va texnikaning juda tez taraqqiy etishi, yangi kasb, mutaxassislarni talab qiladi. Demak, yangi texnikalarda yoki yangi texnologiya bo‘yicha ishlaydigan mutaxassislarni tayyorlash kerak. Bu esa birmuncha vaqtni talab qiladi.

Davriy (siklik) ishsizlik – ishsizlikning bu turi iqtisodiyotning inqiroz siklida paydo bo‘ladi va yuksalish davrida yo‘qoladi. Shuning uchun bunday ishsizlikni davriy (siklik) ishsizlik deyiladi.


Ma’lumki, mamlakatlarda iqtisodiyotning inqiroz davrida ko‘pgina korxonalar yopiladi (faoliyatini), ishchilar ko‘chaga haydaladi. Ishsizlar sonini hisobga olish joylarda tashkil etilgan mehnat birjalari tomonidan amalga oshiriladi. Ular ishsizlarni bo‘sh o‘rinlarga joylashtirish, zarur bo‘lsa yangi kasbga qayta o‘qitish, statistikada aholining bandlik va ishsizlik koeffitsientlari o‘rganiladi. Mehnat resurslarining bandlik koeffitsienti (MRBK) ish bilan band bo‘lgan aholi sonini (IB) iqtisodiy faol aholi soniga (IFA) bo‘lib topiladi.

52.Mehnat bozori — ish kuchi oldisotdi qilinadigan bozor. Mehnat bozorining ishtirokchilari ishga yollovchilar, ishga yollanuvchilar va ular oʻrtasidagi turli vositachilar hisoblanadi. Turli vositachi firmalar, tashkilotlar va agentliklar Mehnat bozorining infratuzilmasini tashkil etadi. Ish kuchi maxsus tovar sifatida uning sohibi tomonidan bozorga taklif etiladi. Ishga yollovchilar Mehnat bozoriga talab bilan chiqadi. Ish kuchining oldisotdisi bevosita haridor bilan sotuvchi oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri yoki vositachilar ishtirokida yuz berishi mumkin. Bu ishni mehnat birjasi yoki ish topib beruvchi firmalar bajaradi. Ish kuchining oldisotdisi mehnat bitimi shaklida rasmiylashtiriladi. Mehnat bozorida ish kuchini sotuvchi bilan uni oluvchi oʻrtasida mehnatning kelishilgan narxi — ish haqidkr.Mehnatga talab uning narxi boʻlmish ish haqi miqsoriga nisbatan teskari mutanosiblikda, yaʼni ish haqi oshsa mehnatga talab qisqaradi, agar u pasaysa, mehnatga talab oshadi. Mehnat bozoridagi mehnat taklifi ish haqiga nisbatan toʻgʻri mutanosiblikda boʻladi. Moddiy muhtojlik sharoitida koʻp ishlab, koʻp pul topishga intilish mehnat taklifini oshiradi. Mehnat bozorida mehnatga talab taklifdan oshib ketsa ish kuchi taqchilligi, mehnat taklifi talabdan koʻp boʻlsa ishsizlik paydo boʻladi.



Mehnat bozorining turlarga ajralishi uning harakteri va koʻlamiga bogʻliq. Mehnat bozori oshkora va yashirin harakterda faoli-yat koʻrsatishi mumkin. Oʻz koʻlamiga qarab Mehnat bozori mahalliyhududiy, milliy va jahon bozorlaridan iborat. Globalizatsiya sharoitida moddiy resurslarni mamlakatlararo taqsimlanishiga mos ravishda mehnat resurslari ham taqsimlangani sababli jahon Mehnat bozori tez rivojlanadi. Iqtisodiyoti kuchli mamlakatlar milliy Mehnat bozorida kelgindilar mehnati taklifi tez usadi, narxi arzonligidan unga talab ham ortadi. 2000-yilda Yer yuzida oʻzi tugʻilgan yurtida ishlamaydiganlar soni 80 mln. nafardan ziyod boʻldi. Xalqaro Mehnat bozori kengayishi rivojlangan mamlakatlarda oʻzga millat diasporasi oʻsishiga olib keladi (mas, 2002-yil AQShdagi xitoyliklar 15 mln. nafardan ortiq boʻlgan).
Mehnat bozori deganda bir tomondan ish beruvchilar, ikkinchi tomondan ishga talabgorlarning (yollanuvchilarning) o’zaro munosabati amalga oshuvchi bozor iqtisodiyotining maxsus bo’lagi tushuniladi va u quyidagi komponentlardan tashkil topadi: mehnatga talab; mehnat taklifi; ishchi kuchi bahosi; ishchi kuchi qiymati; raqobat.
Samarali va egiluvchan mehnat bozori deganda doimo o’zgarib boruvchi tizim, aniqrog’i o’zida quyidagi xarakteristikalarni mujassamlashtiruvchi model tushuniladi:
– ishga yollanuvchi va ish beruvchining faoliyati shaxsiy manfaatlarni maksimal qondirilishiga yo’naltirilgan. Sotib oluvchida u foyda summasi bo’lsa, sotuvchida u juda murakkab tarkibga ega;
– ishchi kuchini sotuvchi va sotib oluvchi turli variantlar mavjudligi haqida ma’lumotlarga ega va
o’zi uchun eng manfaatlisini tanlash qobiliyatiga ega;
– mehnat bozorida bir xil tipdagi mehnat xizmatlari sotiladi va sotib olinadi.
Sotiladigan va sotib olinadigan tovar, aniqrog’i ishchilar bir biridan deyarli farq qilmaydi:
– ishchi kuchiga qilinadigan xarajatlar faqat vaqtga mos ravishda ish haqlaridan tashkil topadi, mehnat unumdorligi esa doimiy miqdor bo’lib hisoblanadi va ish vaqtining uzunligiga bog’liq emas;
– mehnat xizmatlarini sotib olish va sotish faqat raqobat asosida amalga oshiriladi.
Buning asosiy sharti sifatida bozorda bir biriga bog’liq bo’lmagan ko’plab sotuvchi va sotib oluvchilarning qatnashishi hisoblanadi.
Download 14,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish