Aholining turli qatlamlari bilan olib boriladigan ijtimoiy ishning o’ziga xosliklari



Download 0,78 Mb.
Sana15.01.2022
Hajmi0,78 Mb.
#366200
Bog'liq
Aholining turli qatlamlari bilan olib boriladigan ijtimoiy ishning o'ziga xosliklari. Kuzatish

Aholining turli qatlamlari bilan olib boriladigan ijtimoiy ishning o’ziga xosliklari

Tayyorladi: Sattorova Mohinur

Reja:

  • Aholining turli guruh va qatlamlari haqida tushuncha
  • Ijtimoiy xizmatchining vazifalari
  • Aholi alohida qatlamlari va guruhlari bilan ishlashda o’ziga xos umumiy model
  • Biror bir oilani va undagi ijtimoiylashuv jarayonini kuzatish

Aholining turli qatlamlari haqida tushuncha

  • Aholining turli guruh va qatlamlari deganda ijtimoiy ta’minotdan foydalanuvchilar, bolalar, o‘smirlar va ularning oilalari, nogironlar, nogiron bolalar, spirtli ichimlik va narkotik moddalarga ruju qo‘yganlar nazarda tutiladi. Ijtimoiy xizmatchi yangi inson qiyofasini yaratishga harakat qiladi. Masalan, oilada farzandni urish holatini olaylik. Tabiiyki, bunda ijtimoiy xizmatchining xatti-harakatini birovning oilaviy hayotiga qo‘pol ravishda aralashuv sifatida qaraladi va turli noroziliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

Ijtimoiy xizmatchining vazifalari

  • Ijtimoiy xizmatchi faqatgina mijozning roziligi bilan faoliyat olib borishi lozim. Lekin amaliyotda shunday holatlar uchraydiki, kishining ijtimoiy xizmatga muhtoj ekanligi yaqqol ko‘rinib turadi. Masalan, aqliy rivojlanishdan ortda qolgan bola suhbat davomida o‘zini noto‘g‘ri tutishi, yetim bola ijtimoiy xizmatchining shaxsiy sumkasidan pulni o‘g‘irlab qo‘yishi, faxriy – pensioner xizmatchini qo‘pol so‘zlar bilan so‘kishi yuz bersa, aholining bu qatlamiga yordam ko‘rsatish shart emasligini anglatmaydi. Ijtimoiy ish kasbi egasini ishontira bilishi, hurmat ko‘rsata olishi, his qila olishi, qo‘llab-quvvatlashi va eng muhimi munosabatlarda samimiy bo‘lishi kerak. Ijtimoiy ish maktabini tashkil etgan Meri Richmond fikriga ko‘ra, ijtimoiy xizmatchi javobgarlik va mas’uliyatni his qilib turishi kerak.

Aholi alohida qatlamlari va guruhlari bilan ishlashda o’ziga xos umumiy model


1. Mijozning o‘zgarishlarga nisbatan ehtiyoji va birlamchi aloqaning o‘rnatilishi.

Bunda ijtimoiy xizmatchi yordamga muhtoj kishi o‘z muammosini nimada ekanligini anglab yetmaganligi bilan to‘qnash keladi. Ijtimoiy xizmatchi mijozning e’tiborini nima sababdan u muammoning mavjudligini inkor etayotganiga qaratib suhbat jarayonida taktik ravishda muammoning aynan borligini ko‘rsatib berishi mumkin bo‘ladi.


Aholi alohida qatlamlari va guruhlari bilan ishlashda o’ziga xos umumiy model


2. Muammoni tadqiq etish va tushuntirish.

Bu jarayon mijoz yuzaga kelgan vaziyatda chindan ijtimoiy xizmatchi unga yordam bera olishini tushungan vaqtdan boshlanadi.


Aholi alohida qatlamlari va guruhlari bilan ishlashda o’ziga xos umumiy model


3. Rag‘batlantirish.

Ijtimoiy xizmatchi mijoz bilan birgalikda uning holatini baholab, ijtimoiy tashxis qo‘yadi.


Aholi alohida qatlamlari va guruhlari bilan ishlashda o’ziga xos umumiy model


4. Muammoni konseptual asoslash.

Bunda ijtimoiy xizmatchi va mijoz maqsadlarni aniq belgilab olishlari, unga erishish uslublari va amalga oshiriladigan vazifalarni aniqlab olinadi.


Aholi alohida qatlamlari va guruhlari bilan ishlashda o’ziga xos umumiy model


5. Muammoni hal etish strategiyasini tadqiq etish.

Bunda ijtimoiy xizmatchi va mijoz o‘rtasida muammoni hal etishning hamkorlikdagi strategiyasi ishlab chiqiladi. Bir mijozga to‘g‘ri kelgan yechimni boshqasiga shundayligicha qo‘llab bo‘lmaydi. Oxirgi bosqichda strategiya tanlanadi va amalga oshiriladi.


Tadqiqot maqsadi

  • Kuzatish metodi orqali aholining turli qatlamlarida ro’y berayotgan hodisalarni o’rganish
  • Ularda ro’y berayotgan muammolarni aniqlash
  • Tushuntirish ishlarini olib berish
  • Muammoni hal etishda ko’maklashish

Kuzatilayotgan oila haqida ma’lumot

Oila 2 kishidan iborat. Oilaning moddiy ahvoli qoniqarli, tinch, urush- janjallarsiz oila, oila a’zolari qo’ni qo’shnilar bilan yaxshi munosabatda, mahalla jamoa tadbirlarida faol qatnashadi, uylari toza ozoda

Ayol: 56 yoshda, turmush o’rtog’idan farzandsizlik tufayli ajrashgan. Kutubxonachi lavozimida ishlaydilar.

Qizlari: 20 yoshda talaba

Bu oila bilan 3 yildan beri ahil qo’shnimiz. Oilada ona va qizining o’zaro munosabatlari xavas qilsa arzigulik darajada. Qo’shnim o’z qizlarini 3 yoshligida bolalar uyidan asrab olganlar, lekin qizlariga huddi o’zlari dunyoga keltirgan farzanddek munosabatda bo’ladilar.

Qizlari ham uni asrab olishganligini biladi. Qizning aytishicha u hech qachon o’zini asrab olingan farzanddek his qilmagan. Otasizlik qanday bo’lishini ham bilmaydi, chunki onasi unga ham otalik ham onalik mehrini berganlar. Qo’shnim o’zlari arzimagan oylikka ishlasalarda, farzandlarini hech nimadan zoriqtirmay o’stirganlar. Farzandlarini ta’lim – tarbiyasi uchun tinimsiz harakatda bo’lganlar, davlat ishidan tashqari hatto qo’shimcha tungi ishlarda ham ishlaganlar.


  • Aynan fotosurat olingan kunda ayol 56 yoshni qarshi oldilar. Qizning onasini tabriklash jarayonida aytgan so’zlaridan judayam ta’sirlandim. Ko’zlarimga beihtiyor yosh kelib, yig’idan o’zimni ovuta olmadim.
  • Xulosa o’rnida shuni aytib o’tmoqchimanki, xalqimizda “ Tuqqan emas, boqqan ona!” degan maqol bejizga emas ekan. Va insonlar o’rtasidagi mehr- muhabbat har narsadan ustun turar ekan. Dunyoda moddiy jihatdan eng ahamiyatli bo’lgan narsa ham mehr oldida o’z qadr qiymatini yo’qotadi. Chunki oilalar bor pul, mol- dunyo jihatdan to’la ta’minlangan, lekin oilada tartib-intizom, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat yo’q, tinchlik yo’q. Lekin aynan men kuzatgan oilani garchi to’liq bo’lmasada namunali, xavas qilsa arzigulik oilalardan biri. Jamiyatimizda ana shunday, boshqalarga o’rnak bo’luvchi oilalar ko’payishini xohlagan bo’lar edim.

E’tiboringiz uchun rahmat!!!


Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish