Ajiniyoz nomidagi Nukus dpi ning Boshlangʻich taʼlim fakulteti Boshlangʻich taʼlim va sport tarbiyaviy ishi yoʻnalishi 3-v guruh talabasi Yuldashova Dilnozaning


Tabiatshunoslikni o'qitishning o'lkashunoslik tamoyili



Download 17,94 Kb.
bet7/7
Sana31.12.2021
Hajmi17,94 Kb.
#213596
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
TABIATSHUNOSLIKNI O’QITISH TAMOYILLARI VA QONUNIYATI Yuldashova Dilnoza 3-V

Tabiatshunoslikni o'qitishning o'lkashunoslik tamoyili. Maktab o'lkashunosligining vazifasi o'quvchilar tomonidan ta'lim-tarbiya maqsadida har xii manbalar bo'yicha va bevosita kuzatishlar asosida o'z o'lkasi hududini har tomonlama o'rganishdir.

O'lkashunoslik hayot bilan bog'lanishning qudratli vositasidir. Ko'pchilik o'quvchilarning maktabni bitirganlaridan keyin mahalliy sanoat va qishloq xo'jaligi korxonalariga ishlash uchun borishlari hisobga olinganda, o'lkashunoslik alohida ahamiyat kasb etadi.

O'lkashunoslik bevosita tabiat muhofazasi bilan bog'liq, chunki o'z o'lkasini bilish o'quvchilarga uni muhofaza qilish va ko'kalam-zorlashtirish bo'yicha ishlarda ongli qatnashish imkoniyatini beradi. O'z o'lkasini o'rganish o'quvchilarning mustaqilligini rivojlan-tiradi, chunki bu ijtimoiy-foydali mehnatda faol qatnashishga imkon beradi.

O'lkashunoslik materialini o'rganish bo'yicha ish o'quv maq-sadlariga javob berishi kerak, shuning uchun ham uning maz-muni va xarakteri o'quv dasturi bilan belgilanadi. O'lkashunoslik ishJari tashkil qilinish shakllari bo'yicha sinfda va sinfdan tashqarida bo'lishi mumkin. Faqat ular barcha o'quvchilar tomonidan bajarilsin.

O'lkashunoslik tamoyili nazariy tabiatshunoslik kursining o'quvchilar o'z o'lkalari tabiati bilan bevosita muloqotda bo'lishida oladigan tasavvurlarga uzviy ravishda bog'lanishini nazarda tutadi. O'lkashunoslik bilimlaridan foydalanish o'quv o'lkashunosligining bosh maqsadidir. Buning uchun o'qituvchi yetarli o'lkashunoslik materiallariga ega bo'lishi, o'quv materialini o'zlashtirish va tushunib olishga yordam beradigan mahalliy ma'lumotlarni darslar uchun tanlab olishi kerak. O'lkashunoslik tamoyili tabiatshunoslikni o'qitishda ko'pgina didaktik tamoyillardan (o'qitishning ilmiyligi va ko'rgazmaliligi, aniqdan noaniqqa, yaqindan uzoqqa borish kabilardan) foydalanishga imkon beradi.

Mahalliy o'lkashunoslik materiallaridan o'qituvchi tabiatshunoslikni o'qitishda tushuntirish, taqqoslash va ko'rsatish uchun, o'quvchilarning ko'pgina tabiat hodisalarini bevosita idrok qilishlarida foydalanadi.

O'lkashunoslik tamoyilidan muntazam ravishda foydalanish olingan nazariy bilim va uquvlarni turmush (masalan, qishloq xo'jalik ishlarining mo'tadil, ya'ni optimal muddatlarini aniqlash uchun oldindan ob-havoni aytib berish, daryodan o'tishda xavfsizlikni ta'minlash maqsadida uning oqimi rejimini aniqlash, mahalliy qishloq xo'jaligi tashkilotlari uchun o'simliklar yig'ish va hokazolar) bilan bog'lashga yordam beradi.

Shunday qilib. tabiatshunoslikni o'qitish «og'zaki sxemada» bo'lmay, balki haqiqatni kuzatish asosida quriladi. Bundan o'lkashunoslikdan tabiatshunoslikni o'qitishda har kuni va uzluksiz foydalanish kerakligi ma'lum bo'ladi. Barcha darslar o'lkashunoslik tamoyili asosida tuzilishi kerak.

O'quv o'lkashunosligini o'lkani o'rganish bo'yicha faqat yurish va to'garak ishlari tashkil qilish bilangina emas, balki har xil tabiiy hodisalarni muntazam kuzatishlar bilan, o'rganilayotgan hududning ajoyib tabiiy va xushhavo joylarini tekshirish bilan hamda o'z kuzatishlarini umumlashtirish bilan ham bog'lash kerak bo'ladi.

Darslardagi umumlashtirish o'rganiladigan dastur mavzulari bilan bog'liq holda borishi lozim. O'lkashunoslik tamoyilining mohiyati shundan ham iboratki, u o'quvchilarga tanish bo'lgan joyda tabiat hodisalarini kuzatish va haqiqiy tasawurlar asosida tabiatshunoslik asoslarini tashkil qiluvchi tushunchalarni shakllan-tirish imkoniyatini beradi.

Jonajon o'lkani o'rganish umumiy tabiatshunoslik kursini o'rganish bilan parallel holda olib borilmog'i lozim. 3-4-sinflardagi o'lkashunoslik tadqiqotlarining muhim qismi tuproqqa, o'simlik va hayvonot dunyosiga xarakteristika tuzish, daryolar oqimining rejimi va xarakterini o'rganish, tabiat muhofazasidir.

O'quvchilar o'zlarining shahar yoki qishloqlarida qanaqa daryo,anhor kabi suv havzalari, ko'chatzorlar borligini, ularniifloslanishdan saqlashni bilib olishlari kerak. Hayvonlarga g'amxo'rlik qilish lozim. Qimmatli tabiat obyektlarining ta'rifini tuzish va ularni qo'riqlash,zararli tabiiy jarayonlarning (jarliklar, o'pirilishlar, yemirilishlardan hosil bo'lgan jismlaming) odamning xo'jalik faoliyatiga ta'sirini o'rganish va ularning oldini olishda ishtirok etish lozim.

O'lkashunoslik tamoyilini o'quv-tarbiya ishlarida faqat maktab oikashunoslik burchagida mahalliy materiallarni izchil ravishda to'plab borgan sharoitdagina amalga oshirish mumkin. Eng oddiy o'lkashunoslik kuzatishlari, boshlang'ich sinfda o'quvchilar chiqargan xulosalar ular ongida asta-sekin to'planib boradi va bu xulosalar hayotda hamda tabiatni keyinchalik o'rganishda kerak bo'ladigan asosiy tabiatshunoslik tushunchalarini shakllantirish uchun baza bo'lib xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Umumiy o’rta ta‘limning davlat ta‘lim standarti va o’quv dasturi. Ta‘lim taraqqiyoti, 3-maxsus son. Sharq NMK.

2.Nuritdinova M. “Tabiatshunoslik o`qitish metodikasi”.O’quv qo’llanma. T:. 2005.

3.Bahramov A., “Tabiatshunoslik.” Darsligi 3-sinf. T:. “Cho’lpon” nashriyoti 2014.



4.BahramovA., “Tabiatshunoslik.” Darsligi 4-sinf. T:.“Sharq” nashriyoti 2014.

5.GrigoryansA.G. Tabiatshunosliknio’qitish. T. 1992.
Download 17,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish