Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida (yangi tahriri) 1-bob. Umumiy qoidalar


-modda. Dividendlar to‘lanishi haqida aksiyadorlarni xabardor qilish



Download 280,98 Kb.
bet30/154
Sana18.04.2022
Hajmi280,98 Kb.
#561432
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   154
Bog'liq
qimmatli qog\'ozlar

55-modda. Dividendlar to‘lanishi haqida aksiyadorlarni xabardor qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat dividendlarning miqdorini ulardan undiriladigan soliqlarni inobatga olmagan holda e’lon qiladi. Jamiyat to‘lanadigan dividendlar miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining va jamiyatning rasmiy veb-saytlarida qonunchilikda belgilangan muddatlarda e’lon qiladi.
(55-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
56-modda. Dividendlarga soliq solish
Oldingi tahrirga qarang.
Dividendlarga soliq solish soliq to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi va bunda soliq solish bo‘yicha imtiyozlar belgilanishi mumkin.
(56-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
7-bob. Jamiyatning boshqaruv organlari. Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasi
57-modda. Jamiyatni boshqarish
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi, kuzatuv kengashi va ijroiya organi jamiyatning boshqaruv organlaridir.
58-modda. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi jamiyatning yuqori boshqaruv organidir.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini jamiyat kuzatuv kengashining raisi, u uzrli sabablarga ko‘ra bo‘lmagan taqdirda esa, jamiyat kuzatuv kengashining a’zolaridan biri olib boradi.
Jamiyat har yili aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini (aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini) o‘tkazishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi jamiyat ustavida belgilangan muddatlarda, ammo moliya yili tugaganidan keyin olti oydan kechiktirmay o‘tkaziladi. Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida jamiyatning kuzatuv kengashini va taftish komissiyasini (taftishchisini) saylash to‘g‘risidagi, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (bundan buyon matnda direktor deb yuritiladi), kollegial ijroiya organining (bundan buyon matnda boshqaruv deb yuritiladi) a’zolari, ishonchli boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomaning muddatini uzaytirish, uni qayta tuzish yoki bekor qilish mumkinligi haqidagi masalalar hal etiladi, shuningdek ushbu Qonun 59-moddasi birinchi qismining o‘n ikkinchi va o‘n uchinchi xatboshilariga muvofiq jamiyatning yillik hisoboti jamiyat ijroiya organi va kuzatuv kengashining jamiyatni rivojlantirish strategiyasiga erishish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotlari va boshqa hujjatlari ko‘rib chiqiladi.
(58-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishidan tashqari o‘tkaziladigan umumiy yig‘ilishlari navbatdan tashqari yig‘ilishlardir.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish sanasi va tartibi, yig‘ilish o‘tkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar berish tartibi, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorgarlik vaqtida aksiyadorlarga beriladigan materiallarning (axborotning) ro‘yxati jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish chog‘ida umumiy yig‘ilishda, kun tartibidagi masalalarni muhokama qilish va ovozga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilishda ishtirok etish imkoniyatini beradigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilishi mumkin. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda masofadan turib ishtirok etish va masofadan turib elektron ovoz berishning umumiy tartibi qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
(58-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-sonli Qonuniga asosan yettinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son — 2022-yil 31-yanvardan kuchga kiradi)
Barcha oddiy aksiyalar bitta aksiyadorga tegishli bo‘lgan jamiyatda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkazilmaydi. Ushbu Qonun va jamiyatning ustavi bilan aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi vakolatiga kiritilgan masalalar bo‘yicha qarorlar bunday aksiyador tomonidan yakka tartibda qabul qilinadi hamda yozma shaklda rasmiylashtirilishi kerak, jamiyatning imtiyozli aksiyalari ushbu Qonunga muvofiq ovoz berish huquqini olishi hollari bundan mustasno. Bunda ushbu bobning aksiyadorlar umumiy yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish, uni chaqirish va o‘tkazish tartibini hamda muddatlarini belgilovchi qoidalari qo‘llanilmaydi, aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazish muddatlariga taalluqli qoidalar bundan mustasno.

Download 280,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish