Akt sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti elektron tijorat yo’nalish



Download 153,78 Kb.
bet1/3
Sana09.06.2022
Hajmi153,78 Kb.
#647656
  1   2   3
Bog'liq
Boshqaruv tamoyili 1





O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKЕNT AXBOROT TЕXNOLOGIYALARI
UNIVЕRSITЕTI

AKT SOHASIDA IQTISODIYOT VA MENEJMENT FAKULTETI ELEKTRON TIJORAT YO’NALISH
121-20 GURUH TALABASI KAMOLIDDINOV AZIZBEKNING


Boshqaruv tamoyillari(amaliyot)
fanidan

Bozor sharoitida boshqaruvning ahamiyati


mavzusida


1-MUSTAQIL ISHI


TOSHKENT-2022

Reja:




  1. Kirish

  2. Bozor nima?

  3. Boshqaruv usullarining mohiyati va xususiyatlari.

  4. Bozor sharoitida boshqaruvning ahamiyati

  5. Xulosa

Bozor – alohida, mustaqil qaror qabul qiluvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda sotuvchi va xaridorlar o‘rtasidagi o‘ziga xos shakl­dagi munosabatlar yig‘indisidir. Iqtisodiy resurslar cheklanganligini inobatga olib ishlab chiqarish­ni kengaytirish mumkinmi? Ha.


Bozor tarkibi – alohida bozor elementlarining tartib bilan joyla­shuvi. Bozor tarkibini turlicha tasniflash mumkin.

  1. Bozor munosabatlarining obyektiga qarab: iste’mol tovarlari bozori, xizmatlar, sanoat mahsulotlari, xom – ashyo, qimmatli qog‘ozlar bozori va boshqalar;

  2. Bozor munosabatlarining subyektiga qarab: xaridorlar va sotuvchilar bozori;

  3. Geografik joylashuviga qarab: mahalliy bozor, jahon bozori;

  4. Raqobat muhitiga qarab: mukammal raqobatlashgan bozor, nomukammal raqobatlashgan bozor;

  5. Tarmoqlar bo‘yicha: avtomobil bozori, neft bozori;

  6. Sotish xarakteriga qarab: ulgurji va chakana bozor;

  7. Qonunchilikka muvofiqligiga qarab: qonuniy va noqonuniy bozor, “qora” bozor.

Bozor turli sharoitlarga qarab quyidagi shart-sharoitlarni taminlaydi:

  • O‘zgaruvchan sharoitlarga tezda moslashishga yordam beradi.

  • Bozor iqtisodiyoti sharoitida fan va texnika yutuqlaridan unum­li foydalanishni ta’minlaydi.

  • Resurslarni samarali taqsimlaydi.

  • Insonlarning turli ehtiyojlarini yuqori darajada qondirishni yo‘lga qo‘yadi.

Shu bilan birgalikda bozor mexanizmi mukammal emas, tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatadi-ki, uning kamchiliklari ham mavjud: bozor aholi uchun ijtimoiy ximoyani, doimiy ishni, doimiy daromadni, barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlamaydi, chunki bozorda sikl­li rivojlanish bo‘ladi, ya’ni o‘sish, jonlanish, iqtisodiy pa­sayish, inqiroz, infilatsiya, ishsizlik holatlari ham bo‘ladi.
Bozor - xaridorlar va sotuvchilar o‘rtasidagi o‘ziga xos muno­sa­batlar tizimini tashkil etadi. Bozor iqtisodiyoti xolatining asosiy tushunchalar bo‘lgan talab va taklif orqali aniqlanadi. Bozordagi talab – bozordagi tovar yoki xizmatga bo‘lgan insonlarning ehtiyojini bilvosita ko‘rinishidir. Ehtiyoj biror bir narsaga erishish istagini ko‘zda tutadi. Talab hajmi – haridorlar joriy vaqtda, joriy joyda, joriy narh­larda xaridorlar sotib olishga tayyor bo‘lgan tovar va xizmatlar xajmi. Talab xajmiga juda ko‘p omillar ta’sir qiladi. Masalan: iste’­molchilarning xoxish-istaklari, ularning daromadlari hajmi, mazkur tovarning bozordagi narxi, potensial xaridorlar soni va boshqalar.
Talab xajmi va uni aniqlab beruvchi omillar o‘rtasidagi hajm jiha­tidan bog‘liqlik talab funksiyasi deb nomlanadi. Talab xajmining bozor­dagi narxga bog‘liqligining grafik chizmasi talab egri chizig‘i deyiladi.

Talab hajmi va talab narxi o‘rtasidagi teskari bog‘liqlik talab qonu­ni deyiladi. Bu qonunning mohiyati shundaki, arag biror bir tovar­ga bo‘lgan narx pasaysa, unga bo‘lgan talab ortib boradi, tes­ka­risi, agar narx oshib borsa, talab xajmi pasayadi.

Boshqaruv usullari boshqaruv subyektining muayyan natijalarga erishish maqsadida boshqaruv obyektiga ta’sir o`tkazish usullari yig`indisidir. Boshqaruv usullari vositasida moddiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan oqilona foydalangan holda, yuqori natijalarga erishish maqsadida iqtisodiy jarayonlarga ta’sir etiladi. Boshqaruv usullarining nazariy asoslarini chuqur va atroflicha tahlil etish lozim bo`ladi. Negaki, eng maqbul usullar ham noto`g`ri qo`llanilganda salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.Boshqaruv usullarini turkumlashga turlicha yondoshuvlar mavjud. Ammo har qanday inson yoki jamoaga faqatgina ularning manfaatlariga mos keluvchi ta’sir choralarini qo`llash samarali hisoblanadi. Ta’sir ko`rsatish mazmuniga ko`ra boshqaruvning tashkiliy-farmoyish, iqtisodiy va ijtimoiy-psixologik usullari mavjud.


Download 153,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish