Algoritm (dastur)larni loyihalash va ishlab chiqishning keng tarqalgan metodlaridan biri bu modulli usul (modulli texnologiya) hisoblanadi.
Modul bu ma'lum bir algoritm yoki uning ba'zi bir bloklari bo'lib, ularni ajratib va yangilash mumkin bo'lgan ma'lum nomga ega. Barcha algoritmlar yordamchi bo'lsa ham ba'zida modul yordamchi algoritm deb ataladi. Ba’zi hollarda subalgoritm deb ham yuritiladi. Dasturlashda protsedura, subprogramma sinonimlari bilan ham yuritiladi.
modul tanasiga yo’nalish (ssilka) faqat uning nomi orqali amalga oshiriladi, ya’ni modulni chaqirish va aktuallashtirish faqat sarlavha (asosiy funksiya) orqali amalga oshirilishi mumkin.