Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti gidrometeorologiya kafedrasi landshaftshunoslik



Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/42
Sana02.01.2022
Hajmi0,86 Mb.
#311486
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   42
Bog'liq
landshaftshunoslik-1

Yonbag‘ir 

–  bo‗rtma,  baland  relef  shakllarining  (tog‗lar,  tepalar,  do‗nglar) 

atrofdagi pastliklar bilan tutashgan yon qismlari. Yonbag‗irlar shakliga ko‗ra botiq, 

tekis, qabariq bo‗ladi.  



Jarlik 

– tog‗li o‗lkalardagi tik yonbag‗irlar, daryolar baland terrasalarining tik 

kesilgan  chekkalari,  dengizlarning  urilma  to‗lqinlari  hosil  qilgan  baland 

qirg‗oqlari.  Daryolar  qalin  lyoss  jinslarning ostini  yuvishi  natijasida ham  J.  hosil 

bo‗ladi. Tektonik yoriqlar bo‗ylab uzilmalar ro‗y berishidan ham J. vujudga keladi. 

J-larni odatda yon jarlar  kesib  tushgan   bo‗ladi. 



Zonallik 

–  Yer  geografik  qobig‗ining  Yer  yuzida  Quyosh  issiqligining 

geografik  kengliklar  bo‗yicha  notekis  taqsimlanishi  va  yog‗in  miqdorining  har 

xilligi natijasida tabiiy holda turli tabiatli qismlarga bo‗linishi qonuniyati.  



Iqlim 

– Yer yuzasi biror joyi ob-havosining ko‗p yillik rejimi. Iqlim Quyosh 

radiatsiyasi,  yer  yuzasining  holati  va  atmosferadagi  havo  harakatlari  hosilasidir. 



 

74 


Qarang.

  Iqlim  hosil  qiluvchi  omillar.  Iqlim  ob-havodan  farq  qilib,  barqaror 

bo‗ladi. U yillar, asrlar mobaynida o‗zgaradi. 

Kaynozoy  erasi

  (yunoncha 



kaynos

  –  yangi, 



zoye 

–  hayot)  –  Yer    geologik 

tarixining  eng  yangi  erasi.  67  mln.  yil  davom  etayapti.  Uchta  davrga  bo‗linadi: 

paleogen,  neogen  va  antropogen.  Shu  erada  paydo  bo‗lgan  tog‗  jinslari  kaynozoy 

tog‗  jinslari  (yotqiziqlari)  deyiladi.  Yerning  hozirgi    zamon  tabiati  K.e.  da tarkib 

topgan. 


Karst

,  karst  hodisasi  (Yugoslaviyadagi  karst  platosi  nomidan  olingan)  – 

suvda  yaxshi  eriydigan  tog‗  jinslari  (ohaktosh,  bo‗r,  dolomit,  gips,  tuzlar)  ni  yer 

osti  suvlari  eritib  olib  ketishi  natijasida  ro‗y  beradigan  jarayonlar.  Natijada  tog‗ 

jinslari  orasida  bo‗shliqlar  –  g‗orlar,  yo‗laklar  hosil  bo‗ladi.  O‗pirilmalar  ro‗y 

berib,  yer  yuzasida  voronkasimon  chuqurliklar,  yoriqlar  vujudga  keladi.  Yer 

yuzidagi  oqar  suvlar  yer  ostiga  tushib  ketib,  yer  osti  daryolari,  ko‗llari  hosil  bo‗-

ladi. Qrimda, Kavkaz, Uralda ko‗p uchraydi. O‗zbekistonda Hisor, Chotqol, Nurota 

tog‗larida, Ustyurtda ro‗y beradi. 

Landshaft

  (nemischa 



land 

– yer va 



shaft

 – o‗zaro bog‗liq) – tabiiy tuzilishi, 

ya‘ni    geologik  zamini,  relefi,  iqlimi,  tuproqlari,  o‗simlik  turkumi,  hayvonot 

dunyosi, yer osti va yer usti suvlari rejimi nisbatan bir xil bo‗lgan hudud. O‗zining 

strukturasi,  ya‘ni  komponentlari  o‗rtasidagi  o‗zaro  aloqalari  va  o‗zaro  bog‗liqligi 

xususiyati bilan yonidagi boshqa joylardan farq qiladi. Geosistema xillaridan biri.  




Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish