Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti tarix fakulteti


Qo’shilmalik harakatining ishchi guruxlari va ad hoc qo’mitalari



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/14
Sana03.07.2021
Hajmi0,69 Mb.
#108359
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
qoshilmaslik xarakati shakllanishi va faoliyati-1

Qo’shilmalik harakatining ishchi guruxlari va ad hoc qo’mitalari 

1973  yilda  Jazoirda  o’tgan  qo’shilmaslik  harakatining  konferensiyasida 

muvofiqlashtiruvchi  byuro    tomonidan  «doimiy  faoliyat  ko’rsatuvchi  organni 

tashkil  etish  bo’yicha  masalani  o’rganish  va  takliflar»  berish  haqida  qaror  qabul 

qilingan  edi.  1979  yilda  Muvofiqlashtiruvchi  Byuroning  Kolombodagi  vazirlar 

darajasidagi    kengashida  Nyu-Yorkda  tor  doirada  ishchi  guruhini  tuzish  haqida 

qaror  qabul  qilindi.  Shu  yili  Gavanada  o’tgan  oliy  darajadagi  qo’shilmaslik 

harakatining  konferensiyasida  Shri  –  Lanka  tamonidan  harakat  doirasida  asosiy 

vazifasi  qo’shilmaslik  harakatiga  a’zo  davlatlar  o’rtasidagi  chegara  masalalarini 

tinch  yo’l  bilan    tartibga  soluvchi  doimiy  organ  hisoblangan  maxsus  komissiya  – 

organ tuzish taklifi  berildi.

45

    



 

Har  ikki  loyiha  ham  to’lig’icha  oxiriga  yetkazilmadi,  chunki  harakat 

qatnashchilari  bo’lgan  aksariyat  davlatlar  bunday  doimiy  organ  tuzilishi  yoki 

                                                 

44

 Движение  неприсоединения. Отв.ред.  проф. И.И.Коваленко,  М., «Наука», 1985,  С.290. 



45

 Движение  неприсоединения в документах  и материалах.  Сост.  Р.А.Тузмухамедов,  М.; «Наука», 1983, 

С.135.   



 

36 


chegara  masalalari  bo’yicha  komissiya  tuzilishi  harakatni  «uchinchi  blok»ka 

aylantirib  qo’yardi  deb hisoblashar edi. Shunday bo’lishiga qaramasdan 1982-yilda 

Gavanada  Muvofiqlashtiruvchi  byuroning  kengashi  to’plangan  vazirlar  Shri  – 

Lanka,  Yugoslaviya  va  boshqa  davlatlarning  ziddiyat  va  keskinliklarni  tinch  yo’l 

bilan  hal  etish  taklifini  sinchkoflik  bilan  o’rganish  uchun  maxsus  ishchi  guruxi 

tuzildi.  Oradan  bir  yil  o’tib  Dehlida  yig’ilgan  harakatning  navbatdagi  oliy 

darajadagi  konferensiyasida  Muvofiqlashtiruvchi  byuroga  «ishchi  guruhining 

a’zolarini  tanlashni  yakunlash…  va  bu  masala  yuzasidan  navbatdagi  tashqi  ishlar 

vazirlari  konferensiyasida  xisobot berishi» yuklatildi.

46

 



 

Garchi  bu  ishlar  to’liq  oxiriga  yetkazilmagan  bo’lishiga  qaramasdan,  amalda 

harakat  ichida  doimiy  faoliyat  yurituvchi  bo’g’inlar  paydo  bo’ldi.  Qarama  – 

qarshiliklarni  tinch  yo’l  bilan  tartibga  soluvchi  organlar  ham  tuzildi.  XX  asrning 

80-yiilari  o’rtalariga  kelganda  shakllangan  shu  kabi  tuzilmalarni,  ya’ni  organlar 

ikki  guruxga  bo’lish  mumkin:  sessiyali  va  norasmiy  doimiy.  Ulardan  ikkinchisiga 

rasman  doimiylik  maqomi  berilmagan  bo’lsa  ham,  doimiy  asosda  faoliyat  yuritadi 

va o’zining  ijrochi  apparatiga ega.  

 

Ulardan  birinchisiga  uch  yilda  bir  marta  doimiy  ravishda  yig’iladigan  davlat 



va  hukumat  boshliqlarining  konferensiyasini,  oliy  forumlar  oldidan  yoki  har  yili 

Nyu  –  Yorkda  «sentyabr  uchrashuvlari»  vaqtida  yig’iladigan  tashqi  ishlar 

vazirlarining  konferensiyasini,  ikki  oyda  bir  marta  to’planishi  belgilangan 

BMTdagi  qo’shilmaslik  harakatiga  a’zo  davlatlar  guruhining  yalpi  majlisini  va  har 

oyda  chaqirib  turiladigan  muvofiqlashtiruvchi  byuroning  kengashini  kiritish 

mumkin. 


Norasmiy  doimiy  asosda  faoliyat  yurituvchi  qo’shilmaslik  harakati 

organlariga  muvofiqlashtiruvchi  davlatni  va  uning  raisini  –  harakat  raisini,  tashqi 

ishlar  kengashining  raisini  va  Muvofiqlashtiruvchi  byuro  raisini  kiritish  mumkin, 

qaysiki  ular  belgilangan  tartibga  ko’ra  qo’shilmaslik  harakatining  kollektiv 

organlarining  u  yoki  bu  sessiyasiga  bog’liq  bo’lmagan  ravishda  uch  yil  davomida 

                                                 

46

 Движение  неприсоединения в современном мире. Отв.ред.  Я.Я.Этингер,  М., «Международные 



отношения», 1985,  С.135. 


 

37 


faoliyat  olib  boradi.  Shu  sababli  Muvofiqlashtiruvchi  davlatning  poytaxti 

qo’shilmaslik  harakatining  norasmiy  poytaxti  hisoblangan,  Nyu  –  Yorkda  BMT 

doirasida harakat  davlatlari  guruxlari  tashkiloti  doimiy  markaz sifatida  qaralgan.

47

    



Yuqorida  qarab  o’tgan  umumsiyosiy  doimiy  organlar  va  navbatdagi  va 

navbatdan  tashqari  sessiyalar  shaklidagi  organlaridan  tashqari  qo’shilmaslik 

harakatida  vaqtlar  o’tishi  bilan  ko’pincha  ziddiyatli  vaqtda  aniq  bir  masalalarni  hal 

qilish  uchun chaqiriladigan  ad hoc organlari chaqirilgan.   

Aniq  bir  ziddiyatli  masalalar  bo’yicha  qo’shilmaslik  harakati  faoliyati  xar 

doim  ham  qandaydir  bir  yangi  organni  tuzishni    talab  etmagan.  1979-yilda  arab 

davlatlari  Isroil  bilan  yarash  sulhini  imzolagan  va  Kemp  –  devid  shartnomalariga 

rozilik  bildirganligi  uchun  Misrni  qo’shilmaslik  harakati  a’zoligidan  o’chirishni 

talab  qilib  chiqishdi.  Oliy  darajadagi  Gavana  konferensiyasi    Muvofiqlashtiruvchi 

byuroga  ad  hoc  qo’mitasi  sifatida  chiqib,  navbatdagi  konferensiyaga  shu  masala 

yuzasidan  hisobot  tayyorlashni  buyurdi.  Muvofiqlashtiruvchi  byuro  o’ziga 

qo’yilgan  mazkur  vazifani  bajardi  va  1981-yilning  fevralida  hisobotni  Dehli 

konferensiyasi  oldidan  to’plangan  tashqi  ishlar  vazirlari  kengashiga  taqdim  etdi. 

Ammo  tashqi  ishlar  vazirlari  kengashi  Misr  maqomi  masalasidagi  qarorni 

qo’shilmaslik  harakatining  oliy  darajadgi  VII  konferensiyasida  qarab  chiqish 

uchun  qoldirdi.  Bu  konferensiya  chaqirilgan  vaqtda  amalda  Misr  maqomi  masalasi 

kun tartibidan  olib tashlangan  edi. 

Shunday  qilb  Muvofiqlashtiruvchi  byuroga  ad  hoc  qo’mitasi  sifatiga  rolni 

bajarish  vazifa    qilib  yuklanishi  bu  ma’lum  bir  prinsipial  masalani  hal  etishda 

uning  aralashuvi  bilan  bog’liqdir.  Ayni  vaqtda  ko’rilayotgan  ziddiyatli  masaladan 

kelib  chiqib  ikkita  guruxga  ajratish  mumkin:  masalan  qarama  –  qarshilikka 

borayotgan  davlatlarning  bittasi  qo’shilmaslik  harakatining  a’zolari  bo’lishi 

mumkin,  yoki har ikkisi  ham shu harakat a’zolari  bo’lishi mumkin.   

Qo’shilmaslik  harakati  kontingenti  ko’paya  borgani  sari  uning  tarkibida  tor 

doirada  boshqa  bir  organlarning  kengashiga  bog’liq  bo’lmagan  ravishda  ishchi, 

                                                 

47

 Движение  неприсоединения в современном мире. Отв.ред.  Я.Я.Этингер,  М., «Международные 



отношения», 1985,  С.136. 


 

38 


aloqa  va  redaksion  (noshirlik)  guruhlari  shakllanib  borgan.  Misol  uchun,  1980-

yilda  Nyu-Yorkdagi  BMT  shtab  –  kvartirasida  qo’shilmaslik  harakatining  Yaqin 

Sharq  va  Falastin  bo’yicha  (16  ta  davlat),  qurolsizlanish  va  xalqaro  havfsizlik  (12 

davlat  vakillari  ishtirokida),  Janubiy  Afrika  bo’yicha  (16  davlat),  Koreya  bo’yicha 

(5  ta  davlat)  kabi  ishchi  guruhlar  faoliyat  ko’rsatgan.undan  tashqari  Kipr  masalasi 

bo’yicha  6  mamlakat  vakillari  kirgan  aloqa  (kontakt)  guruxi,  ichki  ishlarga 

aralashmaslik  bo’yicha redaksion guruh (10 ta davlatdan iborat) ishlagan.   

Shuni  qayd  qilish  kerakki,  bu  guruhlarning  ayrimlari  juda  faol  harakat  qilib 

BMT  shtab  –  kvartirasidan  tashqarida  ham  faoliyat  ko’rsatgan.  1975-yilda  tashqi 

ishlar  vazirlarining  Lima  konferensiyasida  BMT  doirasida  Muvofiqlashtiruvchi 

byuro va aloqali  «beshlar guruhi»  harakati  borasida amaliy  qadamlar qo’yildi.

48

   



1976-yilda 

Kolomboda 

o’tkazilgan  qo’shilmaslik  harakatining  oliy 

darajadagi  forumi  «Isroil  okkupasiyasi  havfida  yashayotgan  arab  davlatlari  va 

xalqlariga  amaliy  yordam  ko’rsatish  bo’yicha  qo’mita  (qo’shilmaslik  harakati 

vakillaridan  iborat)» tashkil  etish haqida qaror qabul qildi.

49

   


1982-yilning  iyulida  Nikosiyada  bo’lgan  Muvofiqlashtiruvchi  byuroning 

navbatdan  tashqari  yig’ilishida  o’sha  paytda  harakatga  raislik  qilayotgan  davlat  va 

sakkizta  harakatga a’zo davlatlardan iborat maxsus qo’mita tuzish to’g’risida qaror 

qabul  qildi.     Bu  qo’mitaning  funksiyalari  sifatida  quyidagilar  belgilandi:falastin  va 

livan  xalqlarini  qo’llab  –  quvvatlash  va yordam berishning aniq chora – tadbirlarini 

ishlab  chiqish,  sinchkovlik  bilan sodir bo’layotgan voqealarni kuzatish, BMT Bosh 

Assambleyasi,  Havfsizlik  Kengashi  bilan  aloqalarni  doimiy  saqlab  turish,  VII 

konferensiyaga  Falastin  masalasi  bo’yicha  maxsus  deklaratsiya  tayyorlash 

yuklatildi.

50

   



Qo’shilmaslik  harakati  tarkibida  shuningdek,  boshqa  bir  masalalar yuzasidan 

ham  ad  hoc  singari  funksiyani  bajaruvchi  qo’mitalar  tashkil  etilganligini  ko’rish 

                                                 

48

 Движение  неприсоединения в документах  и материалах.  Сост.  Р.А.Тузмухамедов,  М.; «Наука», 1983, 



С.250.   

49

 Движение  неприсоединения в документах  и материалах.  Сост.  Р.А.Тузмухамедов,  М.; «Наука», 1983, 



С.382. 

 Қўмита таркибига  Куба, Кипр, Ҳиндистон,  Шри  Ланка, Бенин,  Сенегал,  Гайана, Югославия,  Никарагуа 

кирган. 

50

 Движение  неприсоединения в современном мире. Отв.ред.  Я.Я.Этингер,  М., «Международные 



отношения», 1985,  С.141.   


 

39 


mumkin.  Dehli  konferensiyasida  Indira  Gandiga  harakat  raisasi  sifatida  rivojlangan 

davlatlar  boshliqlari  va  hukumatlari  bilan  iqtisodiy  muammolar  bo’yicha 

muzokaralarga  olib  borish  uchun  tarkibiga  harakatning  bir  necha  vakillari  kiritilgan 

qo’mita tuzish uchun ko’rsatma berildi.   

Eron  va  Iroq o’rtasida boshlanib ketgan urush harakatlari ham Qo’shilmaslik 

harakati  tarkibida  bu  muammoni  tinch  yo’l  bilan  hal  etishga  yordam  berish 

maqsadida  maxsus  ad  hoc  qo’mitasi  tashkil  etildi.  1980-yilning  oktyabrida  Nyu  – 

Yorkdagi  Muvofiqlashtiruvchi  byuro  yig’ilishida  bu  qo’mitani  tashkil  etish 

to’g’risida  qaror  qabul  qilindi.  1981-yilning  fevralida  Dehlida  o’tkazilgan  tashqi 

ishlar  vazirlariningmajlisida  bu qaror tasdiqlandi.

51

   


Qo’shilmaslik  harakati  xalqaro  bir  tashkilot  sifatida  jahondagi  xalqaro 

munosabatlar  tizimida  o’z  so’zini aytishi ko’p jihatdan unga a’zo bo’lib kirayotgan 

davlatlarning  salohiyati  va  ayni  vaqtda  ularning  soniga  ham  bog’liq.  Agar  tashkilot 

tashkil  topgan  ilk  yillarga  nazar  solinsa,  uholda  qo’shilmaslik  harakatiga  a’zo 

bo’lmoqchi  bo’lgan  davlatdan  tushgan  arizaning  va  o’sha  davlatning  navbatdagi 

konferensiyaga  yoki  tashqi  ishlar  vazirlarining  kengashi  chaqirish  kifoya  qilgan 

bo’lsa, 1976 yildan boshlab bu borada alohida tartib ishlab chiqildi. Endi harakatga 

qo’shilmoqchi  bo’lgan  davlat  ariza  bilan  Muvofiqlashtiruvchi  kengashga  murojaat 

qilishi  belgilandi.  Bunday  istak  albatta  harakatga  a’zo  bo’lgan  davlatlarning  hech 

bo’lmaganda  bittasi  tomonidan  qo’llab  quvvatlanishi  shart  bo’lgan.  Agar 

Muvofiqlashtiruvchi  Byuro  a’zolikka  davogar  mamlakatning  arizani  qabul  qilsa,  u 

holda  bu  masalani  ko’rib  chiqishni  navbatdagi  tashqi  ishlar  vazirlarining 

kengashiga  taqdim  etgan.  Kengashda  davogar  davlat  vakili  ishtirok  etgan  yoki  bu 

masala  navbatdagi  konferensiyaga  o’tkazilgan.  Bunday  «murakkab»  a’zolik 

yo’lining  tanlanishi  tashkilotning  xalqaro  obro’  e’tibori o’sa borganligini ko’rsatish 

bilan  birga,  ayni  vaqtda  a’zo  bo’lib  kirayotgan davlatning nechog’lik qo’shilmaslik 

harakati  talablariga  javlb  bera olishini  ham bilish  imkonini  bergan.  

                                                 

51

Движение неприсоединения в современном мире. Отв.ред.  Я.Я.Этингер,  М., «Международные 



отношения», 1985,  С.141. 


 

40 


Shu  sabablarga  ko’ra  1975-yildan  konferensiya  yoki  yig’ilishlarga  taklif 

etiladiganlar  orasidagi  «kuzatuvchilar»  va  «mehmonlar»  huquqlari  alohida  ishlab 

chiqildi.   

«Kuzatuvchi»  maqomi  qo’shilmaslik  harakati  paydo  bo’lgan  ilk  davrlardan 

boshlab  amalda  bo’lgan.  Qohira  konferensiyasida  ishtirok  etgan  jami  20  ta 

harakatga  a’zo  davlat  bilan  birga  kuzatuvchi  sifatida  Braziliya  qatnashgan.  Vaqtlar 

o’tishi  bilan  bu  maqom  endi faqat davlatlarga nisbatan qo’llanilib qolmasdan, balki 

milliy  –  ozodlik  tashkilotlari,  BMT,  mustaqillikka  erishgan  davlatlarning 

hukumatlararo  tashkilotlariga  nisbatan  ham  qo’llanila  boshlandi.  Har  bir  yangi 

uchrashuvdan 

oldin 

yangi 


«kuzatuvchilar» 

ro’yxati 

e’lon 

qilingan. 



Konferensiyalarda  ishtirok  etayotgan  «kuzatuvchi»  maqomiga  ega  bo’lgan 

delegasiya  forumning  yalpi  majlisida  kirish  ma’ruza  bilan  chiqish  qilishi  mumkin 

bo’lgan,  ammo  unga  uchrashuvning  ish  jarayonida  va  qaror  qabul  qilishida  faol 

ishtirok  etishi  chegaralangan.   

«Mehmon» 

maqomi 


1970-yilda, 

Qo’shilmaslik 

harakatining 

III 


konferensiyasida  joriy  qilindi.  Dastlab  bu  milliy  –  ozodlik  harakatlarini  qo’llab  – 

quuvatlaydigan  tashkilot  sifatida  vujudga  kelgan  va  to  IV  konferensiyagacha 

«mehmonlar»  guruhini  ana  shu  milliy  –  ozodlik  tashkilortlarini  qo’llab  – 

quvvatlovchilar  tashkil  qilgan.  IV  konferensiyadan  boshlab  milliy  –  ozodlik 

tashkilotlari  qoidasiga  muvofiq  «kuzatuvchi»  maqomini  oldi,  ya’ni  bayonnoma 

nuqtai  nazaridan  olib  qaraganda  bir  pag’ona  yuqori  martabaga  (rang)  ko’tarildi. 

Keyinchalik 

«mehmonlar»  maqomi  bilan  turli  tashkilotlar  va  xalqaro 

tashkilotlarning  ayrim  idoralari  ishtirok  etadigan  bo’lishdi.  Ularga  faqatgina 

uchrashuvlarda  qatnashish huquqi berildi.   

Yuqoridagi  ikkita  «maqomlar»  ning  joriy  qilinishi  Qo’shilmaslik  harakati 

uchun  amaliy  ahamiyatga  ega  deb  hisoblash  mumkin.  Chunki,  birinchidan,  bunday 

holat  harakatning  demokratik  tomonini  ko’rsatsa,  ikkinchidan,  harakatning 

faoliyati  to’g’risidagi  axborotlarni  yanada  kengroq  doiraga  tarqalish  imkonini 

yaratgan.  Vaqtlar  o’tishi  bilan  harakatga  a’zo  bo’lib  kirgan  aksar  davlatlar,  asosan 



 

41 


Lotin  Amerikasi  mamlakatlari  davtlabki  bosqichda  «kuzatuvchi»  yoki  «mehmon» 

sifatida  oliy darajadagi  konferensiyalarda  ishtirok  etib kelgan.   

Masalan,  Qo’shilmaslik  harakatining  1998–yil  sentyabr  oyida  Afrika 

qit’asining  Durban  shahrida  bo’lib  XII  konferensiyasida  kuzatuvchi  sifatida 

quyidagi 

davlatlar 

ishtirok 

etgan: 


Armaniston,  Dominikan  Respublikasi, 

Belarussiya,  Qozog’iston,  Braziliya,  Qirg’iziston,  XXR,  Meksika,  Kosta-Rika, 

Paragvay,  Xorvatiya,  Ukraina,  Dominika,  Urugvay.  «Mehmon»  sifatida  Avstraliya, 

Niderlandiya,  Avstriya,  Yangi  Zelandiya,  Bosniya  va  Gersegovina,  Norvegiya, 

Bolgariya,  Polsha,  Kanada,  Portugaliya,  Finlyandiya,  Koreya  Respublikasi, 

Fransiya,  Ruminiya,  Germaniya,  Rossiya,  Gresiya,  Slovakiya,  Sloveniya, 

Vengriya,  Shvesiya,  Irlandiya,  Shveysariya,  Italiya,  Buyuk  Britaniya,  Yaponiya, 

AQSh (birinchi  marta).

52

 


Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish