Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti tarix fakulteti



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/14
Sana03.07.2021
Hajmi0,69 Mb.
#108359
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
qoshilmaslik xarakati shakllanishi va faoliyati-1

 

 


 

52 


II.2. Qo’shilmaslik harakati va xalqaro havfsizlik masalalari

 

Biz  yuqorida  aytib  o’tdikki,  qo’shilmaslik  harakati  o’zining  eng  asosiy 

maqsadi  sifatida  birinchi  navbatda  xalqaro  tinchlikni  ta’minlash,  qurollanishga 

qarshi  kurashish  va  umuman  «bloklar»  o’rtasidagi  qarama  –  qarshilik  girdobiga 

tushib qolmaslikni ko’rsatdi. Shu asosda biz ma’lum ma’noda bu harakatni ko’proq 

tinchlik  uchun kurshuvchi  bir xalqaro tashkilot  maqomida ko’rishimiz  mumkin.   

Ikkinchi  jahon  urushi  boshlab  bergan  «sovuq  urush»ning  eng  og’ir  oqibati 

qurollanish  poygasining  boshlanib  ketishi  bo’ldi.  Qurollanish  poygasi  shu darajaga 

borib  yetdiki,  bunda  eng  samarali  qurol  hisoblangan  yadro,  atom,  vodorod 

bombalariga  ega  bo’lish  va  uni  yaratish  dunyoda  o’z  so’zini  aytishning  bir 

vositasiga  aylandi.    Lusaka,  Jazoir  va  Kolomboda  o’tgan  qo’shilmaslik 

harakatining  oliy  darajadagi  uchrashuv  va  konferensiyalarida  ishtirokchi  davlatlar 

dunyoda  tinchlik  va  havfsizlikni  ta’minlashni  bosh  omili  umummiqyosda 

qurollanishdan  voz  kechish  va  to’lig’icha  qurollanish  poygasini  tugatish  ekanligi 

alohida  qayd  qilib  o’tildi.  O’tgan  asrning  70-yillar  oxiri  va  80-yillar  boshlariga 

kelganda,  qurollanish  poygasi  borgan  sari  avjiga  chiqqan  bir  sharoitda, 

Qo’shilmaslik  harakati  davlatlari  bunga  qarshi  kurash  yo’lida  tobora  jips  ekanligini 

ma’lum  qildilar  va bu borada yangi sahifani  ochishga erishdi. 

Agar  ikkinchi  jahon  urushidan  faqat  AQSh  yadro  qurolining  tanho  egasi 

sifatida  chiqqan  bo’lsa,  keyingi  yigirma  yillik  vaqt  ichida  bu  qurolning  sohibi 

bo’lgan davlatlar miqdori bir nechtaga yetdi. Natijada dunyo yangi bir urush, yadro 

urushlari bo’sag’asiga kelib qoldi. Xo’sh, yadro quroliga va umuman qurollanishga 

qarshi  hamda  xalqaro  havfsizlikni  ta’minlash  yo’lida  Qo’shilmaslik  harakati 

qanday ishlarni  amalga  oshirdi.  

1961-yildagi  BMT  Bosh  Assambleyasining  XVI  sessiyasida  Gana, 

Gveneiya,indoneziya,  Togo,  Tunis,  Efiopiya  va  yana  besh  harakat  a’zosi  yadro 

qurolini  qo’llashni ta’qiqlovchi № 1653 rezolyusiyasini  imzoladi.

61

 



                                                 

61

 Движение  неприсоединения в современном мире. Отв.ред.  Я.Я.Этингер,  М., «Международные 



отношения», 1985,  С.201.   


 

53 


1963-yilda Moskvada Angliya, AQSh va sobiq sovet davlati o’rtasida Yadro 

qurolini  atmosferada,  suvda  va  kosmos  kengligida  qo’llashni  tahqiqlovchi 

shartnoma  imzolandi,  ammo  bu  shartnoma  yerostida  yadro  qurolini  ishlatmaslikni 

nazarda  tutdi  xolos.  Ammo  shunday  bo’lsada,  Qo’shilmaslik  harakatining  ayrim 

davlatlari  bu  shartnomani  imzolamadilar,  yana  ayrim  a’zo  davlatlar  ratifikasiya 

qilmadi.  Umuman  olib  qaraganda,  XX  asrning  to  90-yillarigacha  bo’lgan  davrda 

Qo’shilmaslik  harakatining  dunyo  miqyosida  qurollanishi  yoki  yadro  qurolini 

ta’qiqlash  masalasidagi  faol  ishtiroki  ko’pincha  «ikki  qutb  yetakchilari»  ning  bu 

sohada  erishgan  kelishuvlari  tagida  qolib  ketgan.  Ya’ni  agar  mazkur  kuchlar  bu 

borada  biron  kelishuvga  erishsalar,  o’sha  kelishuv  harakat  a’zolari  tomonidan 

qo’llab – quvvatlangan  yoki rad qilingan.   

O’tgan  asrning  90-yillardan  boshlab  xalqaro  munosabatlar  tizimida  yuzaga 

kelgan  ko’p  qutblilik  tamoyili  ma’lum  ma’noda  Qo’shilmaslik  Harakatiga  sezilarli 

ta’sir  o’tkazdi.  Ortga  chekinishni  istamagan  harakat  global  miqyosdagi 

muammolarni  muhokama  qilishda  va  unga  yechimlar  topishda  davom  etaverdi. 

Yangi  asr  boshlarida  qo’shilmaslik  harakati  davlatlarining  Adelphi  427  deb 

nomlanuvchi  alohida  bir  siyosati  shakllandi.  Ma’lumot  o’rnida  aytish  kerakki,  shu 

davrga  kelganda  yadro  qurolini  tarqatmaslik  va  undan  voz  kechish  sohasida 

shartnoma  harakatga  a’zo  bo’lgan  davlatlarning  uchdan  ikki  qismi  imzolagan. 

Yadro  quroliga  nisbatan  Qo’shilmaslik  harakatiga  a’zo  davlatalr  ichida  bir 

tomonlama  qarash  XXI  asr  boshlariga  kelganda  ham  saqlanib  qolaverdi. 

Chunonchi  harakatning  faol  a’zolaridan  biri  bo’lgan  Eron  bugungi  kunning  yadro 

xalqaro  muammosi  markazidagi  figuraga  aylandi.  Ana  shu  davlat  2012  yildan 

xarkatga  raislik  qilish  bo’yicha  taklif  berganligi,  harakatni  yana  bir  bor  (xuddi  XX 

asrning  90-yillaridagi  kabi)  burilish  bosqichiga  olib  keldi.  Qolaversa  harakatga 

a’zo  davlatlar  tomonidan  2015  yildan  boshlab yadro qurolini tarqatmaslik borasida 

bir to’xtamga kelish  masalasi  ilgari  surilmoqda.   

XX  asr  oxiri  XXI  asr  boshlarida  garchi  xalqaro  maydonda  kuchlar  nisbati 

umuman  o’zgarib  ketgan  bo’lsa,  ham  Qo’shilmaslik  harakati  o’zining  eski 

tamoyiilaridan  bo’lgan  qurollanishga  qarshi  kurashni,  birinchi  navbatda  yadro 




 

54 


qurolini  tarqatmaslik  siyosatini  asosiy  vazifa  sifatida  kun  tartibiga  ko’tardi.  XII 

oliy  darajadagi  Harakatning  konferensiyasida  yana  bir  bor  bu  siyosatdan  voz 

kechmasligi  ma’lum  qilindi.  Bu  maqsadga  erishish  uchun  uzoq  va  bosqichma  – 

bosqich  bo’lgan  jarayonni  o’tishini  belgilab  oldi.  Barcha  qo’shilmaslik 

mamlakatlarini  Yadro  Qurollarini  Tarqatmaslik  haqidagi  Shartnomaga  (YaQTSh) 

hamda  Yadro  Sinovlarini  Ta’qiqlash  to’g’risidagi  Shartnomaga  (YaSTSh) 

qo’shilishni,  shuningdek  yadro  qurollarini  tarqatmaslik  tuzumini  rivojlantirish  va 

mustahkamlashga  chaqirdi.  Qo’shilmaslik  harakatiga  a’zo  davlatlar  YaQTSh 

bo’yicha  konferensiya  o’tkazishga  tayyorgarlik  ko’rish  hamda  YaSTSh 

majburiyatlari  bo’yicha  keng  xalqaro  nazoratni  ta’minlash  lozimligi  to’g’risida 

bayonot  berdilar.  Durban  forumida  Janubiy  Osiyoda  amalga  oshirilgan  yadro 

sinovlarini  to’xtatish  borasida  duch  kelingan  qiyinchilik haqida so’z bordi. Harakat 

Hindiston  va  Pokistonning  yadro  sinovlarini  o’tkazganligini  ochiqdan  –  ochiq 

muhokama  qila  olmadi,  shunday  bo’lsa  ham  ikki  davlat  BMT  Bosh 

Assambleyasining  53-sessiyasida  «yaqin  kelajakda»  YaSShT  ga  qo’shilishi  haqida 

bayonot berdi.

62

 

Qo’shilmaslik



 

harakati  qo’rolsizlanish  yo’nalishining  yana  bir  muhim 

yo’nalishi  odatiy  qurollarning,  birinchi  navbatda  «uchinchi  dunyo»  mamlakatlarida 

muvozanatini  saqlab  qolish  va  ta’minlashdan  iborat.  Bunda  mintaqaviy  darajada 

qurollanishni  tartibga  olishga  ahamiyat  qaratilishi,  ammo  BMT  Nizomida 

mustahkamlanib  qo’yilgan  har  bir  davlatning  o’z-o’zini  mudofaa  qilish  huquqini 

e’tiborga olgan holdi, belgilandi. 

Shuningdek  Durban  sammitida  odatiy  qurollarning  noqonuniy  tarqalishiga 

qarshi  faol  kurashish  kerakligi  uqtirildi.  Bunga  bog’liq  ravishda  Qo’shilmaslik 

harakati  shu  turdagi  qurollarni  yetkazish  ustidan  xalqaro  nazoratni  kuchaytirish 

hamda  xalqaro  qurol  savdosining  transparentligi  bo’yicha  barcha  imkoniyatlardan 

foydalanish  g’oyasini  ilgari  suradi.  Ko’pchilik  qo’shilmaslik  davlatlarining  nuqtai 

nazaridan  kelib  chiqib  Qo’shilmaslik  harakati  tez  fursatlarda  yadro  va  odatiy 

                                                 

62

 Крылов  C. Движение  Неприсоединения  на пороге ХХI.  // векаhttp:// 



old.nasledie.ru/politvne/186/article.php?art=20    


 

55 


qurollar 

muammosiga 

bag’ishlangan  BMT  Bosh  Assambleyasining  IV 

maxsussessiyasini  o’tkazish taklifi  bilan  chiqqan.

63

  

Misr  tashqi  ishlar  masalalari  bo’yicha  maslahatchi  bo’lgan  Moxamad 



I.Shakarning  fikricha:  «2012  yilda  Qo’shilmaslik  harakati  doirasida  Yaqin  Sharqda 

yadro  qurolidan  xoli  xudud  yaratish  va  yadro  va  boshqa  har  qanday  ommaviy 

yo’qotishga  asoslangan  qurollardan  voz  kechishga  qaratilgan  Konferensiya 

o’tkazilishi  rejalashtirilgan.  Shuningdek  Konferensiyada  harakatning  yadro 

siyosatini  2015-yilgacha  kuchga  kiritish  masalasi  ham  muhokama  qilinadi». 

Avstraliya  Milliy  Universiteti  kansleri,  sobiq  Avstraliya  tashqi  ishlar  vaziri  Garet 

Evans  bo’lsa  «xarkatga  a’zo  davlatlar  ko’proq  o’zlarining  milliy  masalalari  bilan 

shug’ullanishlari  natijasida  sovuq  urushdan  keyingi  bosqichda  harakatda 

«anarxizm»  kuzatilsada,  ammo  baribir  Qo’shilmaslik  harakati  yadro  muammosini 

har  bir  konferensiyalarida  muhokama  etishda  davom  etaveradi»,  -  degan  fikrni 

bildirib  o’tdi.

64

 




Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish